Karvonsaroy
Xavfsizlik

Suriyada IDning so‘nggi qoldiqlarini yo‘qotishga qaratilgan yakuniy hujum boshlanmoqda

Karvonsaroy va AFP

Suriya demokratik kuchlari (SDK) askarlari 11-sentyabr kuni Shaddod shahrida Suriyada IDga tegishli tobora kichrayib borayotgan hududga zarba berishga hozirlanmoqdalar. (Delil Sulaymon/AFP)

Suriya demokratik kuchlari (SDK) askarlari 11-sentyabr kuni Shaddod shahrida Suriyada IDga tegishli tobora kichrayib borayotgan hududga zarba berishga hozirlanmoqdalar. (Delil Sulaymon/AFP)

DAYR AZ-ZOR, Suriya – Suriya demokratik kuchlari (SDK) Yaqin Sharqdagi guruh tomonidan nazorat qilinadigan kichik hududda “Islom davlati”ni (ID) tugatish bo‘yicha operatsiyaning yakuniy bosqichi bo‘lishi kutilayotgan hujumni boshladilar, deb xabar berdi rasmiylar seshanba, 11-sentyabr kuni.

“Qurshov” operatsiyasi nomini olgan quruqlikdagi hujum SDK tomonidan Suriya shimoli-sharqida o‘tkazilmoqda. AQSH boshchiligidagi koalitsiya kuchlari havo va artilleriya yordamini taqdim etmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, 1-maydan beri olib borilayotgan “Qurshov” operatsiyaning so‘nggi bosqichi dushanba, 10-sentyabr kuni boshlangan.

SDK – Suriyalik arablar va kurd jangchilaridan iborat quruqlikdagi asosiy kuch bo‘lib, uning yordamida AQSH yetakchiligidagi koalitsiya Suriyada katta hududni nazorat qilib turgan IDni bu yerlardan chiqara oldi.

Koalitsiya a’zosi 81 millimetrlik minomyot snaryadini hozirlamoqda, Iroq-Suriya chegarasi, 13-may. Koalitsiya IDga qarshi “Qurshovga olish” operatsiyasini davom ettirayotgan Suriya demokratik kuchlariga havo va o‘t ochish ko‘magini taqdim etdi. (AQSH armiyasi)

Koalitsiya a’zosi 81 millimetrlik minomyot snaryadini hozirlamoqda, Iroq-Suriya chegarasi, 13-may. Koalitsiya IDga qarshi “Qurshovga olish” operatsiyasini davom ettirayotgan Suriya demokratik kuchlariga havo va o‘t ochish ko‘magini taqdim etdi. (AQSH armiyasi)

ID Dayr Az-Zor viloyatining bir qismini va mamlakat janubidagi ayrim hududlarni hamon o‘z nazoratida ushlab turibdi.

“Xalifalik”ning tugatilishi

ID chegaradagi hududlarining qariyb 98 foizini boy bergan, bu haqda uning rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy 2014-yilda Iroq va Suriyada ma’lum qilgan edi.

ID 2017-yilning iyul oyida Iroqning Mosul shahrida, shuningdek, o‘tgan yil oktabrda uning ehtimoliy poytaxti deb aytilgan Suriyaning Raqqa shahrida tor-mor etilganidan so‘ng, terrorchilik guruhining o‘z davlatchiligini yaratish haqidagi orzulari sarobga aylangan.

Mazkur yirik mag‘lubiyatlardan so‘ng, ID jangarilari Suriyaning cho‘l hududlariga yuborilgan edi.

O‘tgan oy o‘zining 55-daqiqalik videomurojaatida Al-Bag‘dodiy Yaqin Sharqdagi harbiy muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng IDning ortga chekinayotganini tan olgan edi.

Oʻz izdoshlarini “din, sabr va jihodni” tark etmaslikka chaqirar ekan (bu, aftidan, guruhning magʻlub boʻlayotganidan darak beradi), Al-Bagʻdodiy “mujohidlar uchun gʻalaba yoki magʻlubiyat qoʻlga olingan shahar yoki qishloq, yoxud egalik qilinayotgan yer bilan oʻlchanmasligini” taʼkidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bekorlarning beshtasini yozibsiz. AQSH terrorchilarni siqib chiqardi? Odamlarni kuldirmang. Rossiya va suriyaliklarning harbiy havo kuchlarisiz bunga erishib boʻlmas edi.

Javob berish