Karvonsaroy
Xavfsizlik

Portlovchi moddalar xavfiga qarshi kurash bo‘yicha YXHT mintaqaviy seminari yakunlandi

Karvonsaroy

13-sentyabr kuni Ostonada YXHTning Markaziy Osiyoda portlovchi moddalar xavfini kamaytirish va ularga qarshi kurash bo‘yicha 10-mintaqaviy seminari yakunlandi. 2015-yilning 30-dekabrida Kolumbiyaning Medellin shahrida olingan suratda qo‘lbola portlovchi moslama aks etgan (Leon Monsalve/AFP)

13-sentyabr kuni Ostonada YXHTning Markaziy Osiyoda portlovchi moddalar xavfini kamaytirish va ularga qarshi kurash bo‘yicha 10-mintaqaviy seminari yakunlandi. 2015-yilning 30-dekabrida Kolumbiyaning Medellin shahrida olingan suratda qo‘lbola portlovchi moslama aks etgan (Leon Monsalve/AFP)

OSTONA – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) 13-sentyabr, payshanba kuni Ostonada Markaziy Osiyoda portlovchi moddalar xavfini kamaytirish va ularga qarshi kurash bo‘yicha 10-mintaqaviy seminarini yakunladi.

Qozog‘iston mudofaa vazirligi hamda YXHTning Ostona va Dushanbedagi idoralari tomonidan tashkil etilgan bu yilgi seminar qo‘lbola portlovchi moslamalar (QPM) va ularga qarshi kurashning eng ilg‘or tajribasiga bag‘ishlandi.

Seminar davomida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan kelgan 60 nafar harbiy va fuqarolik rasmiylari QPM bilan bog‘liq muammolar va ularning xavfidan xabardorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida so‘zlab berdilar.

Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining rahbari, elchi D‘yord Sabo shunday dedi: “Harbiy soha va xavfsizlik xizmati xodimlari, shuningdek, fuqarolik sohasi mutaxassislarining QPM xavfiga qarshi kurash qobiliyatini kuchaytirish muhim masaladir. Ekspertlar orasida, ayniqsa, mintaqaviy darajada tajriba almashinuvi ushbu sa’y-harakatlarda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi”.

Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining rahbari, elchi D‘yord Sabo porlovchi moddalar xavfiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy seminarning ochilishida nutq so‘zlamoqda, Ostona, 11-sentyabr. (Bakitjan Aristanbek/YXHT)

Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining rahbari, elchi D‘yord Sabo porlovchi moddalar xavfiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy seminarning ochilishida nutq so‘zlamoqda, Ostona, 11-sentyabr. (Bakitjan Aristanbek/YXHT)

Xorij mutaxassislaridan QPMga qarshi kurash saboqlari

AQSH, BMT va Britaniya mutaxassislari ishtirokchilar bilan QPMga qarshi kurash bo‘yicha eng ilg‘or tajribani o‘rtoqlashib, bu boradagi dolzarb muammolarni muhokama qildilar.

Seminarda “portlovchi moddalar xavfini kamaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik, QPM keltirib chiqaradigan xavf turlari, zararsizlantirish bo‘yicha gumanitar faoliyatni amalga oshirishda QPM bilan bog‘liq muammolar, uchuvchisiz uchar qurilmalardan (dronlar) foydalanish xavfi va ularni QPMga qarshi kurashda qo‘llash kabi mavzular muhokama qilindi”, deyiladi YXHT saytida.

Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasining minalarga qarshi choralar bo‘linmasi rahbari Yoxan Dal shunday dedi: “Markaziy Osiyo mamlakatlari minalarni zararsizlantirish va portlovchi moddalar xavfini kamaytirish sohasida uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu muammoga qarshi kurash salohiyatini kuchaytirishda hukumatlar, vazirliklar va turli idoralar o‘rtasida tajriba almashish muhim. Bu safargi 10-seminar ham ushbu an’ananing davomi bo‘ldi.”

“Qozog‘iston Respublikasi har doim qurol-yarog‘ nazorati sohasidagi xalqaro hamkorlikning izchil va faol ishtirokchisi bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda”, dedi mamlakat Mudofaa vazirining o‘rinbosari, general-leytenant Talgat Muxtarov.

“YXHT mintaqasida xabardorlikni oshirish hamda xavfsizlik va ishonchni mustahkamlashga oid chora-tadbirlar mazkur hamkorlikning muhim tarkibiy bo‘g‘ini hisoblanadi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500