Karvonsaroy
Tahlil

Kreml IDning fitnali videosi bilan rusiyzabonlarni aldashga urinmoqda

Karvonsaroy

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoni sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, Kreml ruslar va rusiyzabonlarni “AQSH IDni qo‘llab-quvvatlamoqda”, degan fitna nazariyasi bilan aldamoqchi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur video tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Kreml ruslar va rusiyzabonlarni AQSH “Islom davlati”ni (ID) qo‘llab-quvvatlamoqda, degan fitna nazariyasi bilan laqillatmoqchi.

Asosan Ukrainadagi rossiyaparast ayirmachilar faoliyatini yoritish bilan shug‘ullanuvchi Kreml nazoratidagi “Russkaya Vesna” (Rus bahori) vebsayti 6-sentabr kuni YouTube tarmog‘iga video joyladi, unda go‘yoki Suriyadagi ID jangarisi uning guruhi AQSH tarafidan qo‘llab-quvvatlanganini tan olgan.

Videoning ayrim jihatlari taxminiy iqrorning haqiqiyligini shubha ostida qoldirmoqda.

Asirga javoblar aytib turilgan

8-minutlik videoda bir guruh noma’lum kimsalar oldida tiz cho‘kib turgan, qo‘llari va ko‘zlari bog‘langan odam tasvirlangan.

Kreml qo‘llab-quvvatlovidagi veb-saytdan olingan videolavhada “Islom davlati” jangarisi ekani aytilgan shaxsning so‘roqqa tutilayotgani ko‘rsatilgan. Taglavhada “Amerikaliklar oziq-ovqat va qurollar bilan ta’minlaganlar”, deb yozilgan. Subtitrlardagi javoblar noto‘g‘ri izohlangani yetmagandek, videoda o‘rgatib turish bilan bog‘liq holatni yashirilgan. (File)

Kreml qo‘llab-quvvatlovidagi veb-saytdan olingan videolavhada “Islom davlati” jangarisi ekani aytilgan shaxsning so‘roqqa tutilayotgani ko‘rsatilgan. Taglavhada “Amerikaliklar oziq-ovqat va qurollar bilan ta’minlaganlar”, deb yozilgan. Subtitrlardagi javoblar noto‘g‘ri izohlangani yetmagandek, videoda o‘rgatib turish bilan bog‘liq holatni yashirilgan. (File)

12-sentabr kuni Suriyaning Idlib viloyatidagi Binnish shahrida har qanday reydlarga tayyor turish maqsadida qo‘lbola gaz niqoblarini taqib ko‘rayotgan bolalar. Suriya rejimi va uning Rossiyalik ittifoqdoshi isyonchilarning so‘nggi qo‘rg‘oni bo‘lgan Idlibni qaytarib olish bilan tahdid qilmoqda. (Muhammad Haj Kadur/AFP)

12-sentabr kuni Suriyaning Idlib viloyatidagi Binnish shahrida har qanday reydlarga tayyor turish maqsadida qo‘lbola gaz niqoblarini taqib ko‘rayotgan bolalar. Suriya rejimi va uning Rossiyalik ittifoqdoshi isyonchilarning so‘nggi qo‘rg‘oni bo‘lgan Idlibni qaytarib olish bilan tahdid qilmoqda. (Muhammad Haj Kadur/AFP)

11-dekabr kuni Suriya rahbariyatining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan tarqatma surat: Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapdan ikkinchi) va uning suriyalik hamkasbi Bashar Asad (o‘ngdan ikkinchi) Suriyaning Latakiya viloyatida joylashgan Xmeymimdagi Rossiya aviabazasida rossiyalik harbiy zobitlar uchrashmoqda. (Suriya rahbariyatining Facebook sahifasi/AFP)

11-dekabr kuni Suriya rahbariyatining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan tarqatma surat: Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapdan ikkinchi) va uning suriyalik hamkasbi Bashar Asad (o‘ngdan ikkinchi) Suriyaning Latakiya viloyatida joylashgan Xmeymimdagi Rossiya aviabazasida rossiyalik harbiy zobitlar uchrashmoqda. (Suriya rahbariyatining Facebook sahifasi/AFP)

Harbiy kiyimdagi odam arab tilida, Suriya shevasida so‘zlab, ID a’zosi ekani aytilgan Dayr Al-Buhtlik (Abu Umar Al Xoraniy nomi bilan ham tanish bo‘lgan) Suhayb Izzidin Al-Zuabiy ismlik shaxsdan “intervyu” olgan.

“Russkaya vesna” tomonidan berilgan arab va rus tillaridagi subtitrlar o‘rtasida farq kishini hayratga soladi. Subtitrlardagi javoblar noto‘g‘ri izohlangani yetmagandek, videoda o‘rgatib turish bilan bog‘liq holatni yashirilgan.

Masalan, lavha avvalida kimdir suratga olish vaqti kelganini anglatib, rus tilida “Motor!” degani eshitiladi.

Intervyu “Isming nima? Taxallusing nima? Qayerdansan?” kabi oddiy savollar bilan boshlanadi, tutqun esa ming‘irlab, so‘roqqa tutuvchi aytib turgan javoblarni qaytaradi.

So‘roqqa tutuvchi “Qaysi bo‘linmada bo‘lgansan?” degan to‘rtinchi savolini bir necha bor va turlicha takrorlaydi, tutqun esa nima deb javob berishni bilmaydi.

Avvaliga Al-Zuabiy “IDda bo‘lganman”, deb aytadi. So‘roqqa tutuvchi davom etadi: “Yaxshi, IDda, aynan qaysi guruhda? Guruh rahbari kim edi? Guruh amiri kim edi?”

“Qora Tosh bo‘linmasidan”, deydi tutqun. “Qora Toshdagi rahbaringiz kim edi?” deb davom etadi so‘roqqa tutuvchi.

Asir sukut saqlaydi, so‘roqqa tutayotgan shaxsning sabri chidamay, “Senga nima bo‘ldi? Hozirgi guruhingizning amiri kim?” deya savolini takrorlaydi.

“Iroqlik Abu Bakr Al-Bag‘dodiy”, deydi Zuabiy ID rahbarini nazarda tutib.

“Hozirgi guruhingizning rahbari kim? Sizlarni qo‘lga olgan vaqtimizdagi guruhingizni? deb qaytaradi so‘roqqa tutuvchi kimsa.

Kamera ortida kimdir javoblarni aytib turadi, asir esa va nihoyat so‘roqqa tutuvchi istagan javobni aytadi.

“Qora Tosh” bo‘linmasi dala qo‘mondoni Abu Ayyub al-Iroqiyning ismi titrlarda Abu Bakr al-Iroqiy bo‘lib kelgan. “Al-Suvayda sahrosidagi guruh 1500 jangaridan tarkib topgan, mening bo‘linmamda esa 250 ta jangari bor. Qurollarni amerikaliklar yetkazib berishgan.”

Asirga takror-takror berilgan savollar va javoblarning ruscha matni keltirilmagan.

Rus tilidagi tarjima haqiqatdan yiroq

Savollarning ikkinchi turkumida ham rus tarjimasi arab tilidagi aslidan farqlanadi.

“Harbiy tayyorgarlik qayerda o‘tkazilgan? Sizlarga qancha to‘lashgan?”, deydi so‘roqqa tutuvchi.

Asir arabchada “Meni IDning Ruqbon qochqinlar maskanida tayyorladilar”, deb javob qaytargan.

Ruscha titrlarda bunday deyiladi: “Amerikaliklar meni Ruqbon qochqinlar maskanidagi ID saflarida tayyorladilar”.

Keyingi savolda ham yana bir qarama-qarshilik ko‘rinadi.

“Ommaviy axborot vositalari, WhatsApp va Facebook tarmog‘ida yosh bolalar asirlarni o‘ldirayotganini tez-tez ko‘rib turamiz. Bu bolalar haqida nima bilasiz, ular qayerda?”, deb yoziladi ruscha titrlarda.

Aslida so‘roqqa tutuvchi bunday deydi, “12 yoshgacha bo‘lgan bolalar odam o‘ldirish, xunrezlik kabi jinoyatlarni sodir etayotganlarini ko‘p ko‘ramiz...”

Al-Zuabiyning so‘zlariga ko‘ra, bu bolalarning “miyalari zaharlanmoqda, shu sababli ular biladigan yagona haqiqat – qon to‘kish va odam o‘ldirishdir”.

Uning aytishicha, yosh bolalar ham Ruqbonda tayyorgarlikdan o‘tishgan. Bolalar xudkushlikka tayyorlanganmi-yo‘qmi degan savolga, u “ha” deb javob bergan.

“Yaqinda al-Suvaydada ID hujumi amalga oshirildi”, dedi so‘roqqa tutuvchi bosim bilan. “Hujum vaqtida sen qanday vazifani bajarding?”

“Guruhimiz o‘z-o‘zini portlatuvchi xudkushlardan tarkib topgan edi”, dedi Zuabiy. “Biz bir vaqtning o‘zida al-Suvaydaning ichidan va uning tashqarisidan hujum qilishimiz kerak edi. Guruhlardan biri Idlibga kimyoviy hujum haqidagi fitnali videoni tasvirga olish uchun yuborilgan edi. Bunda Suriya armiyasini ayblash maqsad qilingan edi.”

Bu javob rejimning Suriyaliklarga qarshi kimyoviy hujum aybini yashirish uchun Kreml tomonidan tez-tez qo‘llanadigan xitobni ifoda etadi. Javobdagi yana bir qiziqarli jihat Iordaniya chegarasiga yaqinidagi janubi-sharqiy Suriyada joylashgan al-Suvayda – Turkiya chegarasiga yaqin, Suriyaning shimoli-sharqidagi Idlibdan 400 kilometr uzoqda joylashgan.

Yuqorida tilga olingan qarama-qarshiliklar bilan bir qatorda, kamera ortida aniq boshqaruv ostida qo‘rqib turgan asir moliyaviy qiyinchiliklar sababli ID safiga qo‘shilganini tan olgan.

U videolavhaning boshidan oxiriga qadar tushunib bo‘lmaydigan tarzda gapirgan va qo‘rqib turgani aniq edi. Videoda ko‘rinmagan Suriya va Rossiya harbiylari uni o‘lim yoki tahdidlar bilan gapirishga majbur qilayotganlarini taxmin qilish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kremlning hatti-harakatlari ustidan kulmoqdalar

Arab va rus tilida so‘zlashuvchilar turli ijtimoiy tarmoqlarda videoni mazax qilishgan.

YouTube tarmog‘ida rusiyzabonlar haqoratomuz izohlar qoldirishdi.

“Shu ham sahnalashtirilgan namoyish bo‘ldiyu? Videoning 1:11 daqiqasida askar asirga savol berib unga qaysi ismni aytishni buyurdi”, deb fikr qoldirdi Abu Bublik.

“Ostankinoda (Rossiya davlat telekanali studiyasi) navbatdagi suratga olish kuni...”, deb yozgan Vova Kopeykin.

“Bu video sahna ortida nima bo‘layotganini, arab tilida asir nima deyishi kerakligini aytib turishganini anglamaydigan, rusiyzabon auditoriyaga mo‘ljallangan”, deb qo‘shimcha qildi Ahmed Hasan.

“Tarjimaning yarmidan ko‘pi xato Bu video sahnalashtirilgan bo‘lib chiqsa hayron bo‘lmayman”, deb yozdi Ramil Gaifullin.

“Video haqiqiyga o‘xshamaydi. U qanday qilib ularga kim oziq-ovqat va qurol yetkazib berganini bilishi mumkin?”, deb savol qo‘ydi Pristsilla Tabaki. “Ularga AQSH yuk mashinalarida oziq-ovqat yetkazadimi? Bu ochiqdan-ochiq tashviqot.”

Arab tilida so‘zlashuvchilarning fikrlari ham shunday.

“O‘xshamagan rol, telba Shabixalar (Suriya hukumati tarafdorlariga qo‘yilgan laqab). Iflos ruslar qanday yolg‘on gapirishni rejimdan o‘rganib olib, endi ulardan ham o‘zib ketishyapti”, dedi Muhammad Su Facebook tarmog‘ida.

“Asir ruslar uning miyasini tozalashda nimadan foydalanganini aytmagan. Detektiv esa undan Persil yoki Ariyelmidi, deb so‘rashni unutgan”, dedi Xolid Alsa kir yuvish kukunini nazarda tutib.

Facebook tarmog‘idagi xuddi shu postda “Axir bu uch o‘lchamli yolg‘onku”, deb yozadi Abu al Valid Albukamali. “Iordaniya chegarasi yaqinidagi Ruqbon lagerida tayyorlangan ID jangarisi Erkin Suriya armiyasi va Jabhat al Nusra Idlibda nimalarni rejalashtirganini bilarmish. Yo qudratingdan!”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500