Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qozoqlar Xitoy Shinjonidagi noqonuniy hibslar haqida so‘zlamoqdalar

AFP

Qozoq fuqarolarining oila a’zolari 1,5 millionga yaqin etnik qozoqlar yashaydigan Shinjonda mahalliy Xitoy rasmiylari tarafidan keng ko‘lamli hibslar to‘lqiniga duch kelmoqdalar. Ular endi bu haqda so‘zlay boshlaganlar. (Alexander Platonov/AFPTV/AFP)

OLMAOTA – Etnik qozoqlardan bo‘lgan Akikat Kaliolla Xitoy janubidagi olis Shinjon viloyatida o‘tgan yoshligiga nazar solar ekan, bu joy tabiatining mislsiz go‘zalligi va aksari musulmonlardan iborat aholiga xos bo‘lgan rang-barang to‘ylarni eslaydi.

Biroq, endilikda u o‘sib-ulg‘aygan, mintaqadagi eng yopiq hududlardan hisoblanuvchi Emin okrugida, Pekin “ayirmachi unsurlar” deb ataydiganlar sababli xavfsizlikka tahdid yuzaga kelmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlar guruhining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mintaqaning milliondan ortiq aholisi suddan tashqari tartibda siyosiy “qayta tarbiyalash” markazlarida saqlanmoqda.

Avgust oyida rasmiy Pekin bu da’volarni “mutlaqo yolg‘on” deb atagan edi.

2 yildan beri Xitoyda yashab kelayotgan qozoq ayolining turmush o‘rtog‘i Jenisnur Ayatxan o‘zining muntazam ravishda hibsga olinishini aytadi. (AFP)

2 yildan beri Xitoyda yashab kelayotgan qozoq ayolining turmush o‘rtog‘i Jenisnur Ayatxan o‘zining muntazam ravishda hibsga olinishini aytadi. (AFP)

Xitoylik 41 yashar etnik qozoq Sayragul Sauytbay sud hukmini kutmoqda, 13-iyul, Jarkent, Qozog‘iston. U Qozog‘istondagi oilasiga qo‘shilish maqsadida Xitoy-qozoq chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblangan va 1-avgust kuni shartli jazoga hukm qilingandi. Janubiy Xitoyda yuz minglab musulmonlar saqlanishi aytiladigan maxfiy “axloq tuzatish” lagerlari uning sud jarayonida muammoga aylangan. (Ruslan Pryanikov/AFP)

Xitoylik 41 yashar etnik qozoq Sayragul Sauytbay sud hukmini kutmoqda, 13-iyul, Jarkent, Qozog‘iston. U Qozog‘istondagi oilasiga qo‘shilish maqsadida Xitoy-qozoq chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblangan va 1-avgust kuni shartli jazoga hukm qilingandi. Janubiy Xitoyda yuz minglab musulmonlar saqlanishi aytiladigan maxfiy “axloq tuzatish” lagerlari uning sud jarayonida muammoga aylangan. (Ruslan Pryanikov/AFP)

25-sentabr kuni Pekinda XXR bosh vaziri o‘rinbosari Xan Chjen (o‘ngda) Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Asqar Mamin bilan qo‘l siqishmoqda. Xitoydagi etnik qozoqlarga nisbatan inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar ortidan Ostona va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar sinovga duch kelgan. (Lintao Zhang/AFP)

25-sentabr kuni Pekinda XXR bosh vaziri o‘rinbosari Xan Chjen (o‘ngda) Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Asqar Mamin bilan qo‘l siqishmoqda. Xitoydagi etnik qozoqlarga nisbatan inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar ortidan Ostona va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar sinovga duch kelgan. (Lintao Zhang/AFP)

Haq-huquqli insonlar

Olmaotada AFPga intervyu bergan 34 yashar musiqachi Kaliollaning aytishicha, u shu yili ota-onasi va ikki ukasi bilan aloqani yo‘qotgan. Kaliollaga ko‘ra, ular ana shu lagerlardan biriga joylashtirilganlar.

“Ularning odamlarga, ayniqsa, mening ota-onamga nisbatan munosabati g‘ayriqonuniy”, deydi u.

“Axir ular chorva mollari emas, haq-huquqi bor insonlar-ku. Otam ham, onam ham keksa odam va sog‘liqlari yaxshi emas.”

Markaziy Osiyo bilan chegaradosh Shinjon viloyatida 1,5 millionga yaqin etnik qozoqlar yashaydi. Bu joy allaqachon etnik ziddiyatlar markaziga aylanib ulgurgan.

Yaqin-yaqingacha davlat tarafidan bo‘layotgan bosimlar ularni chetlab o‘tar, bu muammodan asosan, mintaqa aholisi orasida ko‘pchilikni tashkil etuvchi musulmon uyg‘urlar shikoyat qilib kelishardi.

Biroq, Kaliolla – chegara osha o‘z qarindoshlaridan ajrab qolgan ko‘p sonli qozoqlardan biri, xolos. Endilikda Xitoy rasmiylari etnik qozoqlarga ham o‘z qarashlarini singdira boshlaganlar.

Kaliolla o‘zi yoki yaqinlari lagerlarga joylashtirilgan “100 ga yaqin kishini” bilishini aytadi.

“Ulardan ko‘pchiligining turmush qurganiga o‘zim guvoh bo‘lganman”, deydi u.

U oila a’zolari bilan yarim yil ichida bir martagina, avgust oyida bog‘lana olgan. O‘shanda ukasi Shinjon rasmiylarining talabiga ko‘ra u bilan aloqaga chiqqan edi.

U Kaliolladan yaqinlarining ahvoli haqida “oqibatini o‘ylamay” gapirishni bas qilishni, sababi bu ularga faqat zarar keltirishini aytgan.

Shinjondagi musiqa maktabida o‘zining bo‘lajak rafiqasi (Qozog‘iston fuqarosi) bilan tanishib, Qozog‘istonga ko‘chib kelgan Kaliollaning aytishicha, uning otasi Emin okrugida politsiya tarafidan sodir etilgan adolatsizlarga qarshi chiqib kelgani sababli oila rasmiylar nishoniga aylangan.

“Otam u yerda yurist bo‘lib ishlardi. Qozoq xalqiga nisbatan bosim kuchaygacha, otam Pekindagi markaziy hukumatga murojaatnoma yo‘llagan edi”, dedi u AFPga.

“Bizga yordam bering!”

Madaniyati va dini sababli muntazam ravishda bosimga uchrab kelishini aytadigan ko‘pchilik uyg‘urlardan farqli o‘laroq, qozoqlar uzoq vaqt davomida o‘z tarixiy vatanlari va Xitoy o‘rtasida erkin harakatlangan.

Bu erkinliklar Tibetdagi nazorat choralari bilan tanilgan murosasiz amaldor – Chen Suango 2016-yilda Xitoy kommunistik partiyasi rahbari bo‘lganidan so‘ng barham topdi.

Xitoy Shinjonda radikallar tarafidan sodir etilgani gumon qiligan bir qator hujumlarni bosim choralari uchun bahona sifatida keltirgan.

Mintaqadagi etnik ozchiliklarning haq-huquqlari bilan bog‘liq xavotirlarning kuchayishi ortidan qo‘shni Qozog‘iston bexosdan so‘zlovchilarning diqqat markazidan o‘rin oldi.

Qozog‘iston rasmiy shaxslari vaziyat yuzasidan xavotir bildirgan bo‘lsa-da, aynan lagerlar haqida gapirishdan bosh tortmoqdalar.

Biroq, yaqinlari Shinjonda bedarak yo‘qolgan oddiy qozog‘istonliklarning o‘zlari esa Olmaotadagi matbuot anjumanlari chog‘ida ro‘yirost gapirib, umidsizlik va ayriliq haqidagi hikoyalarini so‘zlab berganlar.

Ayollardan biri – Gavhar Kurmanaliyeva jurnalistlarga: “Sakkiz oydan beri hech qanday dom-darak yo‘q! Iltimos, bizga yordam beringlar!” deb xitob qilgan.

Kurmanaliyeva uning erkak qarindoshi (Qozog‘iston fuqarosi) chegaradagi savdo tumanida Xitoy politsiyasi tomonidan ushlanganini aytgan.

Uning ortidan Muratxan Kasengazi o‘z hikoyasini so‘zlab bergan. Ma’lum bo‘lishicha, uning rafiqasi – yana bir qozoq pasporti sohibasi – 2017-yil dekabrda Xitoyga davolanish uchun borgan va u yerda hibsga olingan.

So‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston Xitoy fuqarosi bo‘lgan etnik qozoq ayolini deportatsiya qilishdan bosh tortgani sababli Xitoyning g‘azabiga uchrash xavfi ostida qolgandi. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘i va bolalari bag‘riga qaytish maqsadida chegarani noqonuniy kesib o‘tganini tan olgan.

Sayragul Sauytbay ismli bu ayol Pekin rasmiylari tarafidan qayta tarbiyalash lagerida majburan ishlatilgani va u yerda 2500 nafar etnik qozoq ushlab turilgani haqida ko‘rsatma berganidan so‘ng xalqaro OAV e’tiboriga tushgan edi.

Baxtli yakunlar juda kam

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov avgust oyida 700 ga yaqin qozoq fuqarosining Xitoydan chiqib keta olmayotgani bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Pekin bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Bu sa’y-harakatlar ayrim hollarda o‘z samarasini bergan ko‘rinadi.

2016-yilda Go‘zalnur Jeniskazi qarindoshlarini ko‘rib kelish uchun Xitoyga yo‘l oladi. Bu qisqa safar bo‘lgani sababli, 4 oylik go‘dagini uydagilariga tashlab ketadi.

Ammo yakunda u bir necha oyni uy qamog‘ida o‘tkazgan, qozoq pasportini yo‘qotib qo‘yganidan keyin esa, qisqa muddatga hibsda ham ushlab turilgan. Bu haqda u AFP muxbirlariga so‘zlab bergan, ular Olmaotadagi avtobus bekatida ayolning oilasi bilan uchrashgan vaqtdagi hayajonli holatiga guvoh bo‘lganlar.

“Men Qozog‘istonning Urumchidagi konsulxonasi yordami bilan ozodlikka chiqdim”, dedi u qizini mahkam bag‘riga bosar ekan.

Biroq, voqealarning ko‘pi bunday baxtli yakun topmaydi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoyning iqtisodiy saxiyligiga qaram bo‘lgan va uning trillion dollarlik savdo va infratuzilmasi taraqqiyotida muhim rol o‘ynashga intiladigan Markaziy Osiyo mamlakati qandaydir talablar qo‘yishga qodir emas.

“Qozog‘istonning Xitoy ustidan deyarli hech qanday ta’sirga ega emas”, deydi olmaotalik siyosatshunos Aydos Sarim AFP bilan suhbatda.

“Xitoy Yevropa Ittifoqi va AQSH oldida ham egilmaydigan bo‘lsa, Qozog‘iston haqida nimayam derdik?”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500