Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Xitoyning o‘sib borayotgan iqtisodiy qudrati oldida Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri kamayib bormoqda

Kanat Altynbayev

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev iyun oyida ishchi tashrif bilan Xitoyning Sindao shahriga keldi. (Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati)

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev iyun oyida ishchi tashrif bilan Xitoyning Sindao shahriga keldi. (Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati)

OLMAOTA – Xitoyning o‘sib borayotgan iqtisodiy ambitsiyalari Moskva o‘zining “tomorqasi” deb hisoblaydigan Markaziy Osiyoda Rossiyaning ta‘siriga tahdid solmoqda, deydi tahlilchilar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma‘lumotlariga ko‘ra, Xitoy dunyoda ikkinchi eng yirik iqtisodiyot hisoblanadi. Bu orada, uzoq yillarga cho‘zilgan inqiroz ortidan Rossiya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha 2017-yilgi dunyo reytingida 12-o‘ringa tushib qolgan.

So‘nggi yillarda Xitoyning iqtisodiy rivojlanishi yaqqol ko‘zga tashlanib borayotgani AQSHda joylashgan “Stratfor” tahlil markazining aprel oyidagi tadqiqotida ham o‘z aksini topdi.

“1990-yillarda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi yiliga 1 milliard dollardan kam bo‘lgan”, deyiladi tadqiqotda. “2017-yilga borib, bu ko‘rsatkich 30 milliard dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi umumiy savdo aylanmasi 18,6 milliard dollarga teng bo‘ldi”.

Qozog‘iston bosh vaziri o'rinbosari Asqar Mamin (chapda) 26-sentyabr kuni Pekinda XXR bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xan Chjen bilan uchrashdi. (Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati)

Qozog‘iston bosh vaziri o'rinbosari Asqar Mamin (chapda) 26-sentyabr kuni Pekinda XXR bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Xan Chjen bilan uchrashdi. (Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati)

O‘zaro savdo hajmining o‘sib borayotganiga yana bir misol sifatida, mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin sentabr oyi oxirida Xitoyga qilgan safari chog‘ida umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 11 ta yangi qo‘shma korxona tuzishga oid bitimlarni imzolagan. Bu haqda Qozog‘iston hukumati xabar berdi.

Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2017-yilda 30 foizdan ko‘proqqa oshgan. Ikki mamlakat prezidentlari bu raqamni yiliga 20 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganlar. Qozog‘iston hukumatiga ko‘ra, 2017-yilda o‘zaro savdo hajmi qariyb 10,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Xitoy va Qozog‘iston hamkorligida umumiy qiymati 28 milliard dollarni tashkil etuvchi 51 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat Qozog‘istonda jahon bozorlariga mahsulot eksport qiladigan yirik zavodlar barpo etishni rejalashtirgan.

Olmaotalik iqtisodchi va “OilGazProject” kompaniyasi direktori Jaras Axmetovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning kuchli tarafi – uning investitsiya salohiyatidir.

“Xitoy hukumati va xitoylik ishbilarmonlarda ortiqcha kapital bor va ularda investitsiya kiritish imkoniyati paydo bo‘lgan”, dedi u Karvonsaroyga. “Xitoy, o‘z navbatida, Qozog‘iston uchun potensial jihatdan yangi bozordir”.

Pekinning o‘sib borayotgan ta’siri sobiq imperialistik davlat – Rossiya manfaatlariga tahdiddir, dedi Axmetov.

“Xitoy Qozog‘istonga muhtoj”

Xitoy savdo va infratuzilma orqali o‘zini Osiyo, Yevropa, Afrika va Okeaniyadagi o‘nlab mamlakatlar bilan bog‘lashga imkon beradigan tashabbus orqali Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarini kafolatlashga urinmoqda.

Mazkur tashabbus Rossiya boshqaruvidagi YOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) kabi tuzilmalar oldida qator afzalliklar ega. Bu haqda bishkeklik siyosatshunos Nargiza Murataliyeva Markaziy Osiyo tahliliy hisobot byurosiga bergan intevyusida ma’lum qildi. YOII Markaziy Osiyo mamlakatlari hisobidan Rossiyaga foyda keltirishi sababli tanqidga uchragan edi.

Xitoy tashabbusi erkin savdo hududlari tarmog‘ini yaratishga va iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi yoki muayyan tashqi siyosat yo‘nalishlariga sodiq bo‘lgan katta milliy tashkilotlardan uzoqlashishga imkon beradi, dedi u.

Aksincha, Kreml yetakchiligidagi YOII “a’zo davlatlarning iqtisodiy munosabatlarini muvofiqlashtirish va tartibga solishni talab qiladi, ammo shu bilan bir vaqtda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosatdagi harakatlarini cheklaydi”, dedi Murataliyeva.

Xitoy iqtisodi tashqi savdo bilan chambarchas bog‘liq, deydi olmaotalik iqtisodchi Petr Svoik Karvonsaroy nashriga. Aynan shu sababli ham Pekin uchun bu tashabbus alohida ahamiyat kasb etadi.

“Xitoyga Rossiya va Qozog‘iston bozorlariga kirish emas, balki Yevropa, Yaqin Sharq va uning atrofidagi hududlarga tranzit yo‘li kerak”, dedi u. “Xitoy barcha tovarlarni dengiz orqali yuboradi, savdo urushlari kuchayadigan bo‘lsa, boshqa davlatlar bu yo‘llarni yopib oq‘yishi mumkin.”

“Qozog‘iston Xitoyga tranzit mamlakat sifatida kerak, shu bilan birga u resurslarga ham boy davlat”, dedi Svoik. “Shu sabab, Pekin bu yerda bajonidil o‘z zavodlarini joylashtirgan bo‘lardi. Ammo hozir u shoshayotgani yo‘q. Eng avvalo u kuzir qartasi - sarmoya kiritishdan foydalanmoqda.”

Uning bashorat qilishicha, Xitoy sarmoyasi Markaziy Osiyo rivojlanishining ajralmas qismiga aylanadi.

Rossiya manfaatlariga tahdid

Markaziy Osiyo bilan Xitoyning tobora kuchayib borayotgan hamkorligi Xitoy kabi iqtisodiy qudratiga ega bo‘lmagan Rossiya manfaatlariga soya soladi, dedi Svoik.

“1991-yilda Sovet Ittifoqi inqirozidan so‘ng, Rossiya rivojlangan davlatlarga xomashyo yetkazib beradigan “yordamchiga” aylanib qoldi”, dedi u.

“So‘nggi 15 yil ichida Rossiya hukumati mamlakatning iqtisodiy qudratini tiklashga harakat qildi, ammo urinishlar omadsiz bo‘ldi”, dedi u.

Xitoy shunchaki raqobatchi emas, dedi u. Ruslardan farqli ravishda Xitoy “mintaqadagi dominant ishtirokchi”. u mamlakat ichkarisiga ham, xorijga ham investitsiya kirita oladi.

“Biz Xitoy mablag‘i evaziga Qozog‘istonda ajoyib yollar barpo etdik”, dedi Svoik. “Ular janubdan g‘arbga tomon yo‘nalgan. Ruslar esa Xitoy sarmoyasi bilan o‘z mamlakatlarida hech nima qurishni istamaydilar, o‘zlarida esa mablag‘ yo‘q.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoyda yangi texnologiyalar bor

Javob berish