Rossiyaning maxfiy jangovar razdevka boshqarmasi noxush tarzda diqqat markaziga tushib qoldi – bunga uning josuslari tarafidan xalqaro miqyosda yo‘l qo‘yilgan xatolarga aloqadorligi sabab bo‘lgan.
Yaqinda ular tarafidan amalga oshirilgan nojo‘ya hatti-harakatlar Markaziy Osiyoda Kremlning o‘z mavqeini saqlab turish yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan bog‘liq operatsiyalarini so‘roq ostiga qoldiradi, bu o‘z o‘rnida tahlilchilar va oddiy fuqarolarning e’tiboridan chetda qolmayotir.
Markaziy Osiyo Kremlning gibrid urushlari taktikasi nishoniga aylangani aniq, bular siyosiy nizo, an’anaviy va noan’anaviy urushlar, kiber-urush va ta’sir o‘tkazish kampaniyalarini o‘z ichiga oladi.
Solsberidagi xatoliklar
Mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida Rossiyaning sobiq ikki yoqlama josusi Sergey Skripal va uning qizini zaharlash bilan bog‘liq voqea ana shunday xatoliklardan biridir.
Britaniya qotillik sodir etishga uringan ikki gumondorni zaharlanish voqeasidan ikki kun o‘tib – ular shaharga ikkinchi bor qaytgan vaqtda aniqladi. Ularning yuzlari bir nechta kamera, jumladan, Skripal xonadoni yonidagi kameralarga tushib qolgan.
Putin gumondorlarni televideniyeda chiqishga undaganidan so‘ng ular Kreml qanoti ostidagi RT telekanalida efirga chiqdilar. Efirda ular gumondorlar – Ruslan Boshirov va Aleksandr Petrovlar bilan familiyalari bir xil ekanligini tasdiqladilar.
Noqulay, biroz xavfsiragan holda korinish bergan va ishonarsiz so‘zlagan bu shaxslar sayyoh sifatida Solsberidagi 123 metrlik cherkov minorasini tomosha qilish uchun borganliklarini aytganlar.
Rossiyaning Fontanka yangiliklar sayti va inglizlarning Bellingcat tergov guruhi tomonidan aniqlanishicha, gumondorlar passportlari deyarli ketma-ket raqamlarga ega bo‘lgan. Bu esa ularning shunchaki sayohatga kelgan biznesmen ekanligi emas, balki pasportlari bir vaqtda berilganiga ishora qilmoqda.
Bu xatolik o‘xshash raqamli pasportga ega boshqa josuslarning topilishini ham osonlashtirdi.
Ikki yoqlama shaxsiyatlar
Bellingcat tomonidan aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, gumondorlarning oddiy shaxs emasligiga bir qator belgilar guvohlik bergan, masalan, Petrov mudofaa vazirligining telefon raqami bilan ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Bellingcat Ruslam Boshirov ismli shaxs Bosh razvedka boshqarmasining (GRU) yuqori lavozimli zobiti Anatoliy Chepigaga juda o‘xshash ekanini aniqlagan.
Hatto Kremlga sodiq bo‘lgan tabloid – Komsomolskaya Pravda ham shaxsni aniqlash mutaxassisi yordamida ikki kishi bir-biriga o‘xshash ekanligini tasdiqlagan.
Tegov veb-saytlari va OAVda Chepiganing kollej sharaf devoridagi suratlarini topishgan va sirli ravishda uning Rossiya qahramoni unvoniga ega ekanini aniqlashgan.
Rossiya Boshirov Chepiga ekanini va bu ism-familiyali odam odatda Putin tomonidan beriladigan oliy unvonga ega odamligini rasman inkor etgan.
Dushanba (8-oktabr) kuni Bellingcat “Aleksandr Petrov” aslida GRU tomonidan ishga olingan harbiy doktor – Aleksander Mishkin ekanligini fosh qildi.
Mishkinning ismi va uning GRUda ishlashi seshanba kuni taniqli rusiyzabon tergov sayti – “Conflict Intelligence Team” tomonidan ham mustaqil ravishda tasdiqlandi.
Bellingcat asoschisi Eliot Higgins va tadqiqotchi Kristo Grozev Britaniya parlamentida o‘tgan tadbir vaqtida muxbirlarga Mishkin Ukraina va ajralib chiqqan Prednistrovye respublikasida maxfiy operatsiyalarda ishtirok etganini aytishgan.
Higgins va Grozevning so‘zlariga ko‘ra, Mishkin xuddi Chepiga kabi 2014-yil kuzida Putin tomonidan Rossiya Federatsiyasi qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
“Bellingcat tomonidan olib borilgan tergov natijalari Solsberida GRU zobitlari maxsus missiya bilan bo‘lgani haqida qo‘shimcha ehtimol beradi”, deb xulosa qilinadi bayonotda.
“Jamoada maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy doktorning borligi, missiya shunchaki axborot yig‘ish yoki shpionaj faoliyatidan yiroq bolganiga ishora qiladi.”
Achinarli darajadagi uquvsizlik
Rossiya razvedkasi yo‘l qo‘ygan xatoliklarga yana bir misol – ikki rus “diplomat”ining Haagadagi Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga (KQTT) qarshi xakerlik hujumi uyushtirishga harakat qilganida qo‘lga olinishi bo‘ldi.
Niderlandiya hukumatining 4-oktabr kungi xabariga ko‘ra, shu yilning aprel oyida diplomatik pasportga ega rus josuslari KQTT binosi yaqinidagi avtomobillar to‘xtash joyidan turib xakerlik hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ikkita passport raqami deyarli ketma-ket bo‘lgan, ularning birida taksi cheki bo‘lib, gumondor GRU idoralari joylashgan ko‘chadan Moskva aeroportiga kelgan. Taksi kompaniyasi Rossiya OAViga chekning haqiqiyligini tasdiqlagan.
Bellingcat pasportlarni yo‘l harakati politsiyasining qora bozorda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasi bilan solishtirganda, gumondor josuslardan biri o‘z mashinasini GRU idorasida ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu ro‘yxatda jami 305 ta haydovchi bo‘lgan.
Agentlarni aniqlashni shu darajada osonlashtiradigan bunday hatti-harakatlar “achinarli darajadagi uquvsizlik” va “oddiy korrupsiya” belgisidir, deb yozadi Karnegi Moskva markazi xodimi Aleksander Gabuyev o‘zining Twitter sahifasida. Uning fikricha, zobitlar yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar to‘lamaslik maqsadida shunday qilishgan.
Ikki xodim va GRU ko‘p jihatdan operatsiya xavfsizligiga e’tibor qaratmaganini hatto moskvalik siyosatchi ham e’tirof etdi.
Gumondor josuslarning suratlari onlayn resurslarda, jumladan havaskor futbol ligasi va tanishuv saytlarida joylashtirilgan bo‘lib chiqdi.
Moskva shahar kengashi deputati Anastasiya Bryuxanova kampaniya vaqtida GRU binosi atrofida bir soatcha aylanib yurgan, so‘ng “osonlikcha darvozani ochib kirgan”, ammo uni to‘xtatishgan.
Kreml va rossiyalik harbiy amaldorlar kiberhujum borasidagi ayblovlarni shahrlamagan bo‘lsa-da, TIV matbuot kotibi Mariya Zaharova esa ularni G‘arbning “josuslik jazavasi” deb atab, rad etdi.
Kiberhujumni amalga oshirish uchun tanlangan vaqt ham bejiz emas, sababi Rossiya aprel oyida voqea joyidan dalillarni yashirishga ulgurish maqsadida Suriyaning Duma shahriga KQTT mutaxassislarining kirishini qasddan kechiktirishda ayblangan edi.
7-aprel kuni Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya rejimi isyonchilar qo‘rg‘oniga qarshi kimyoviy qurol bilan hujum qilishda ayblangan edi. Hujum oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan.
O‘zgacha fikrni bo‘g‘ish
Razvedkadagi bu kabi qo‘pol xatolardan tashqari, Kremlning o‘zgacha fikrni bo‘g‘ishga qaratildan davomli kampaniyasi – Putin rejimi haqida haqiqatni so‘zlamoqchi bo‘lganlar qanday xavflar bilan yuzma-yuz kelishi haqida Markaziy Osiyoliklar uchun qayg‘uli eslatma bo‘lib xizmat qiladi.
May oyida Rossiyaning azaliy tanqidchilaridan bo‘lgan ukrainalik jurnalist Arkadiy Babchenkoning sahnalashtirilgan “o‘limi” Moskvaning uni o‘ldirishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz fitnasini oshkor qilgan edi. Babchenko Rossiya rasmiylarini o‘zgacha fikrlovchilarni yo‘q qilish, Ukraina, Suriya va boshqa mamlakatlarda urush olovini yoqishda ayblagan edi.
Rejalangan hujum “Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish” va “Rossiyani hammadan ham ko‘ra ko‘proq qo‘rquvga soladigan shaxsni o‘ldirish” maqsadida “Rossiya hududidan turib amalga oshirildi”, deb yozgan edi Ukraina prezidenti Petr Poroshenko o‘zining Facebook sahifasida.
Aprel oyida “Vagner guruhi” nomli Putinning maxfiy armiyasi haqida batafsil maqola yozgan rossiyalik jurnalist Maksim Borodin Yekaterinburgda beshinchi qavatdagi kvartirasidan shubhali tarzda “yiqilib tushgan” va hayotdan ko‘z yumgan edi.
Kremlga qarshi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan sobiq rossiyalik siyosatchi Denis Voronenkov 2017-yilda kuppa-kunduzi Kiyev ko‘chalarining birida otib ketilgan, 2016-yilning iyulida esa Rossiya va ukrainalik jurnalist Pavel Sheremet avtomobilining portlashi ortidan fojiali tarzda halok bo‘lgandi.
Kreml shuningdek, 2006-yilda Londonda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoni radioaktiv poloniy moddasi bilan zaharlab o‘ldirishda gumon qilinadi. U Rossiya ta’qibidan qochib, Yevropadan boshpana topgach, Putinni tanqid qilgan edi.
Rossiyaga qarshi turgan ukrainalik siyosatchi Viktor Yushchenko 2004-yilda prezident saylovidagi g‘alabali yurishi vaqtidagi dioksin bilan zaharlangan va yuzi qo‘rqinchli holga kelgan edi.
Putin rejimini qoralash kerak; Rossiyaliklarga ozodlik! Bu shior birinchi navbatda Rossiya aholisining ozodligi uchun zarur.
Javob berishFikrlar 5
Rossiyaning butunlay miyasi ayniganining oqibati bu.
Javob berishFikrlar 5
Maqola ochiqdan-ochiq noxolis ruhda yozilgan va axmoqlar uchun moʻljallangan. Nahotki kimdir GRUning uquvsizligi haqidagi boʻlmagʻur gaplarga ishonsa... U holda boshqa miqyosdagi savol paydo boʻladi. GRU shunday zaif agenturaga boʻla turib, oʻz operatsiyalarini oʻtkazar ekan, boshqa mamlakatlarning aksil-razvedkalari darajasi qanchalik past boʻlishi kerak, aksil-tuzilmalarning hozirligini eʼtiborga olmay oʻz operatsiyalarini oʻtkazishga imkon berishi uchun? Muallif nafrat va hasadga toʻla soʻlaklarini sachratib yozgan bu asarni oʻqir ekanman... Albatta Rossiyada ham hammasi yaxshi va toʻgʻri emas, xatolar va kamchiliklar bor. Lekin, kamchilik ish yoʻq joydagina boʻlmaydi... Muallif esa, yashirin boʻlmagan nafrati bilan ochiq narsani koʻrmayapti.. Nafrat samara berishi uchun esa material oz-ozdan berilishi va axlat chelakdagi chiqindi kabi emas, balki turli manbalardan olingan ishonchli mulohazalar bilan tasdiqlanishi kerak. 50 yillardagi qalam ustalarining ishiga oʻxshayapti. Moskvadan Yevropa va AQSH tomonga qazilayotgan yerosti yoʻli haqida ham yozishmabdi-da, toʻliq ANSHLYUZ boʻlardi. Afsus, odamning oʻqigisi ham kelmayapti
Javob berishMuallif Rossiyaga yoki Putinga boʻlgan nafrati tufayli ogʻzidan koʻpik sachratmoqda, deb boʻlmaydi. Ammo, uning aytganlari haqiqat! Ukraina ustidan uchib oʻtayotganida urib tushirilgan Malayziyaga tegishli “Boing”ni eslang, 300 dan ortiq odam nobud boʻlgan edi. Gaagada [tergovchilar] samolyot Rossiya hududidan uchirilgan “Buk” raketasi tomonidan urib tushrilganini isbotlashdi, buni “Buk” yonida turgan rus zobiti ham tasdiqladi! U yerda FSB zobitlari ham boʻlishgan! Buning sababi nima deb oʻylaysiz? Eʼtibor bering, oʻshanda Rossiya ommaviy axborot vositalarida darrov “Boing” Putinning samolyotiga juda oʻxshash ekanligi aytildi, Ukraina harbiylari Putinning samolyotini urib tushirmoqchi boʻlishgan, degan gapga hammani tayyorlash uchun. Kulgili, shunday emasmi?
Javob berishFikrlar 5
Buning oqibatlari Putin uchun ayanchi boʻladi!
Javob berishFikrlar 5