Karvonsaroy
Din

Din peshvolari tinchlikni targ‘ib qilish uchun Ostonaga yig‘ildilar

Aydar Ashimov

10-11-oktabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining 6-qurultoyida 46 davlatdan 80 dan ziyod delegatsiya ishtirok etdi. (Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati)

10-11-oktabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining 6-qurultoyida 46 davlatdan 80 dan ziyod delegatsiya ishtirok etdi. (Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati)

OSTONA - Butun dunyodan kelgan ulamolar, siyosatchilar va din peshvolari 10-11-oktyabr kunlari Ostonada bo‘lib o'tgan anjumanda qatnashib, xavfsizlik muammolari, din va globallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildilar.

Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining qurultoyi ilk marotaba 2003-yilda Ostonada o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shandan beri har uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi.

Bu yil 6-marotaba o‘tkazilgan anjumanda 46 davlatning 82 delegatsiyasi, jumladan, Islom, nasroniylik, yahudiylik, induizm, daosizm va zardushtiylik dinlari peshvolari va siyosat arboblari qatnashdi. Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi (DUMK) ma’lumotlariga ko‘ra, ular qatorida, shuningdek, xalqaro, diniy va nodavlat tashkilotlarining vakillari ham bor edi.

Qurultoy qatnashchilari oldida nutq so‘zlar ekan, prezident Nursulton Nazarboyev “hamkorlikni yangi bosqichiga o‘tish zarurligini” ta’kidladi, deb xabar beradi Kazinform.

10-11-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan diniy yetakchilar anjumani qatnashchilari xavfsizlik muammolari, din va globallashuv, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildilar. (Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati)

10-11-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan diniy yetakchilar anjumani qatnashchilari xavfsizlik muammolari, din va globallashuv, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildilar. (Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati)

“Men din peshvolari va diniy tashkilotlarning ulkan salohiyatidan foydalanib, nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutmoqdaman”, dedi u. “Biz barcha diniy yetakchilarini xalqaro hamjamiyatga, odamlar va davlatlarga yuzlanib, ularni tinchlik va xavfsizlikka targ‘ib etishga chaqiramiz.”

Qurultoy davomida Nazarboyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi Tomas Greminger va BMTning madaniyatlar ittifoqi bo‘yicha oliy vakili Nosir Abdulaziz al-Nosir bilan uchrashdi.

Al-Nosir bilan o‘tkazgan uchrashuvida Nazarboyev tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun unga Do‘stlik nishonini topshirdi.

Terrorizm va ekstremizmga barham berish

“Suriyadagi nizo, dindorlarning ommaviy qirg‘in qilinishi, diniy obidalar va jahon merosiga kiruvchi yodgorliklarning vayron etilishi – global barqarorlik va xavfsizlikka tahdiddir”, dedi Qozog‘iston Senati raisi va Qurultoy kotibiyati rahbari Qosim-Jo‘mart Tokayev. Bu haqda Kazinform agentligi chorshanba kuni xabar berdi.

“Zo‘ravonlik ekstremizmi va xalqaro terrorchilik tashkilotlari muammolari vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q”, dedi qurultoyda ishtirok etgan Buyuk Britaniyalik protestantlik cherkovi pastori Jeyms Kliv Karvonsaroy nashriga.

“Global muammolar va siyosiy nizolar manzarasida bu muammo saqlanib qolmoqda va kuchaymoqda”, dedi Kliv.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli e’tiqoddagi diniy yetakchilar xavfsiz va bag‘rikeng dunyoni barpo etishga hissa qo‘shishlari mumkin. U Markaziy Osiyo davlatlarida mavjud bo‘lgan turli fikr va dunyoqarashlarga qaramay, ular orasidagi hamkorlik va tinchlikni bunga misol o‘laroq keltirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500