Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qirg‘izistonliklar Rossiyaning Issiqko‘l yaqinida o‘tkazgan harbiy mashqlaridan g‘azabga keldilar

Kanat Altinbayev

ODKBning 2018-yilgi Hamkorlik mashqlari 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar maydonida Rossiya rahbarligida bo‘lib o‘tdi. (ODKB)

ODKBning 2018-yilgi Hamkorlik mashqlari 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar maydonida Rossiya rahbarligida bo‘lib o‘tdi. (ODKB)

Rossiya 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar maydonida ODKBning 2018-yilgi Hamkorlik mashqlarini o‘tkazdi. (ODKB)

Rossiya 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar maydonida ODKBning 2018-yilgi Hamkorlik mashqlarini o‘tkazdi. (ODKB)

ODKBning 2018-yilgi Hamkorlik mashqlari 9-oktabr kuni Rossiya rahbarligida Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar maydonida o‘tkazildi. (ODKB)

Rossiya 9-oktyabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi “Edelveys” o‘quv maydonida o‘tgan ODKBning 2018-yilgi hamkorlik mashg‘ulotlariga rahbarlik qildi. (ODKB)

Rossiya ODKBning 2018-yil Hamkorlik mashqlarini 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar bazasida o‘tkazdi. (ODKB)

Rossiya ODKBning 2018-yil Hamkorlik mashqlarini 9-oktabr kuni Issiqko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulotlar bazasida o‘tkazdi. (ODKB)

BISHKEK – Qirg‘iziston aholisi, fuqarolik jamiyati faollari va ekologlar Issiqko‘lda Rossiya tomonidan o‘tkazilgan harbiy mashqlar va sinovlarga o‘z noroziliklarini bildirmoqdalar. Ularga ko‘ra, bu mashg‘ulotlar tabiatga ziyon yetkazmoqda.

Mazkur tog‘li ko‘l mamlakatdagi asosiy sayyohlik maskani hisoblanadi.

Rossiya sobiq Sovet davlatlari hududidan insofsizlik bilan uran chiqindilarini yo‘q qilish va qurollarni sinash uchun foydalangan bo‘lsa, so‘nggi norozilik Rossiya mudofaa vazirligining sentabr oyida Issiqko‘l sohillarida MDH aksilterror mashqlarini tashkillashtirganidan keyin kuchaygan.

Mashqlar davomida harbiylar Rossiyaning SU-25 jangovar samolyotlari yordamida garovga olingan samolyotdan yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini qutqarishni mashq qildilar.

Rossiya va Qirg‘iziston askarlari 25-sentabr, Tamchi aeroportida o‘tkazilgan “Issiqko‘l aksilterror mashqlari - 2018” harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar. (Vyacheslav OSELEDKO/AFP)

Qutqarish ishlari tugaganidan keyin, ular Issiqko‘l atrofidagi tog‘li hududda joylashgan “dushman pozitsiyalarini” Iskander-M qisqa masofali raketa tizimidan o‘qqa tutdilar va samolyotni qo‘lga olgan “jangarilarni” yo‘q qildilar.

Mahalliy ekotizimga putur yetmoqda

“Ko‘rishga arzigulik voqea! Issiqko‘ldagi harbiy mashg‘ulotlardan olingan 20 ta surat” – Kremlning tashviqot quroli bo‘lmish Sputnik gazetasida chop etilgan foto-maqola sarlavhasi shunday nomlangan.

Mahalliy mushtariylarning aksari bu maqolani istehzo o‘laroq qabul qilib, ko‘l atrofida o‘tgan harbiy mashqlardan ranjiganlar, chunki bu hudud o‘zining shifobaxsh suvlari va nozik ekotizimi bilan salkam muqaddas maskan hisoblanadi.

Bishkeklik muhandis-ekolog, “MoveGreen” ekologik harakati xodimasi Baktigul Stakeyeva Issiqko‘l atrofida o‘tgan mashqlarning ko‘l ekologiyasiga jiddiy zarar yetkazganini qoraladi.

Harbiy mashqlar davomida ro‘y bergan portlashlar zararli moddalarni tarqatishi shubhasiz, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Portlashlar yuz bergan joyda chuqurlar paydo bo‘ladi, ularning atrofidagi tuproq va o‘simliklar xarob bo‘ladi”, dedi u. “Zaharli moddalar, tuproq, suv va hayvonot olamiga ziyon yetishidan tashqari, shovqinli ifloslanish ham bor.”

Mahalliy ekotizim harbiy mashqlarsiz ham o‘ta nozik, dedi u.

“Sevimli ko‘limizning allaqachon buzilgan ekotizimini yanada nobud qilish noto‘g‘ri qaror”, dedi u.

Ishonchsizlik va hayrat

Suratlar ko‘plab qirg‘izistonliklarni larzaga soldi. Ular sevimli ko‘llarini jangovar samolyotlar, raketa, otishmalar, yirik portlashlar va osmonga ko‘tarilgan qora tutun qurshovida ko‘rdilar.

“Suratlarga nazar solar ekanman, bu bizning Issiqko‘limizda bo‘layotganiga ishongim kelmayapti”, dedi bishkeklik fuqarolik jamiyati faoli Bakitbek Israilov Karvonsaroy nashriga.

Israilovning oilasi har yili Issiqko‘lda dam olar edi. Uyga “tabiatdan quvvat olib” qaytar edik, deydi u. “Nima uchun harbiy operatsiyalar uchun aynan shu joyni tanlashdi?”

Boshqa issiqko‘lliklar ham ijtimoiy tarmoqlarda g‘azabnok fikrlarni yozib qoldirganlar.

“Samolyotlar Issiqko‘l qirg‘oqlarini sinov maskaniga aylantirdi”, deb yozdi bishkeklik advokat Ulam Jumakov Fecebook tarmog‘ida. “Ular to‘glarimizga bomba uchirib, mashg‘ulotlar o‘tkazishyapti, tekinga topgan joylarini qarang.”

“Taraqqiy etgan bir davlat boshqa davlatga o‘z hududida qurollarni sinash va yeriga bomba tashlashiga ruxsat berishini tasavvur qila olasizmi?!”, dedi u.

“Sovet davrida Moskvaning makkor kommunistlari Sovet Ittifoqining kichik mamlakatlaridan qurol sinovlarini o‘tkazish va yadroviy chiqindilarni ko‘mish uchun foydalanganlar, Qirg‘izistonning Mayluu-Suvi shunday chiqindilarga to‘lgan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Yanada ko‘proq mashqlar va maxfiy dengiz sinovlari

Rossiya qurolli kuchlari ko‘l atrofidagi harbiy mashg‘ulotlarini hali yakunlaganicha yo‘q.

Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (ODKB) tezkor kuchlari 9-oktabr kuni ko‘l yaqinidagi Edelveys mashg‘ulot bazasida mashqlarni boshlab yubordi.

“Hamkorlik-2018 mashqlari”ga 2000 ga yaqin askar, 300 ta mashina va qurollar, 40 ta samolyot jalb etildi. Mashqlarning “faol” qismi shanba (13-oktabr) kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

Bu orada ekologlar ko‘ldagi Stalin davridan qolgan dengiz sinov inshooti borasida xavotirga tushmoqdalar.

Tikanli sim bilan o‘ralgan va harbiy istehkom bilan himoyalangan hudud 1943-yildan beri mavjud bo‘lib, Qorako‘l yaqinida joylashgan, deyiladi 2015-yilda “Current Time” telekanali, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi va Amerika Ovozi hamkorligida o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv maqolasida.

Inshoot suvosti qurollari, asosan, torpedolarni sinash uchun mo‘ljallangan.

Atrof-muhit muhofazachilari, sinov inshooti Issiqko‘l atrofidagi muhitga yetkazgan zararni aniqlash uchun zarur ma’lumotlarga ega emasliklarini aytadilar.

Bishkekdagi torpedo ishlab chiqaruvchi zavod rahbarining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Ormonov telekanalga bergan intervyusida Issiqko‘l tubida yuzlab Rossiya snaryadlari to‘planib qolganini aytgan.

Rossiya sinaydigan qurollanmagan torpedolar ham ekotizimga xavf soladi, dedi “Taza tabigat” (Toza tabiat) jamoat birlashmasi rahbari Anora Dautaliyeva.

Videoga javoban Facebookda izoh qoldirgan Qirg‘iziston ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti Manasbek Sultonov Rossiyaning sinov bazasi yopilishi kerakligini ta’kidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya foydasiz qurollarini oʻzida sinasin.

Javob berish

Bu ODKB kelishuvi doirasidagi mashqlar, baza Baliqchida boʻlganidan keyin nima ham qilish mumkin. Portlashlardan ekologiyaga qanday zarar boʻlishi mumkin, u yer axir qoyali joylar boʻlsa. Undan koʻra, Qum-tor haqida, Barkoondagi sianid oqibatlari yoki Kajisoydagi chiqindixona haqidagi yozinglar undan koʻra. Amerikoslarning buyurtmasi bilan yozar ekansizlar.

Javob berish

Toʻlib ketib, rejadagi hajmidan oshgan Qumtor chiqindixonasi haqidagi maʼlumotlar qani? Bu haqda hech kim hech narsa yozmaydi... Barskoonda 1998-yilda sianid bilan sodir boʻlgan avariyani va Qumtorni ham unutmanglar. Eng katta ziyon oʻsha edi... Himoyachilar, qayerdasizlar

Javob berish

Maʼlumotingiz uchun, Rossiya mamlakatimiz xavfsizligini koʻzlab mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Qirg‘iziston xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga tahdid paydo bo‘lgan taqdirda aynan Rossiya Qirg‘iziston manfaatlarini himoya qiladi. Qirg‘iziston qurolli kuchlari va boshqa kuch tuzilmalariga hurmatim baland, ammo tajovuzkorga qarshi yolgʻiz kurashib bo‘lmaydi. Kumtor, Junda va boshqa kompaniyalar tabiatga yanada halokatliroq zarar yetkazmoqda. Muallif, bundan keyin tuzukroq maqolalar yozing ​

Javob berish

Bu oʻzbilarmonlar Issiqkoʻlni terrorchilarning avtomatlari ostida turib tozalamoqchi.

Javob berish

Askarlar Baliqchi koʻli sohilidan 15 ta yuk mashinasida axlatni tozalab chiqishdi. Mana natija

Javob berish

Boʻlmagʻur gaplarni chiqarmang ))))

Javob berish

Butun sohil mahalliy aholi tashlagan butilkalar, paketlar, lattalarga to‘lib ketgan, ammo bu haqida hech kim lom-mim demaydi. Endi esa hamma tilga kiribdi. Ot sporti federatsiyasi raisi kim ekan bazani yopish yoki qoldirish kabi masalalarni hal qiladigan. Hamma o‘z tomorqasiga rais bo‘lib olgan.

Javob berish

Ha-ya, hamma ekologlarning joni kirib qolibdimi. Pulning hidini sezib qolishibdi-da. Atrofdagi pansionatlar chiqindilarini suvga oqizayotgani bilan hech kimning ishi yo‘q, muhimi pulini olsa bas.

Javob berish

Bu qanday ahmoqona gap, toʻlangan pullarni nima qilib ham oqlasa boʻldi ekan-da. Issiqkoʻlga eng katta talafotni axlat chiqishini va oqova suvlarni nazorat qilmayotgan amaldorlar yetkazmoqda. Boʻlmagʻur gaplarni bas qilinglar.

Javob berish

Ha-ya... Oʻzimizning axlatxonalarimiz atrof-muhitni yaxshilaydi-da...

Javob berish

Nima uchun hukumatimiz aholi haqida qayg‘urmaydi? Xitoylar Qoraboltada zavod ochgan, xalq shu havodan nafas olib zaharlanyapti. Endi harbiylar ham atrof-muhitga zarar yetkizyapti.

Javob berish

Hukumat ruxsatisiz qilinyaptimi?

Javob berish