Karvonsaroy
Terrorizm

Oʻz yurtiga qaytarilgan gumondor-terrorchining sudi Qozogʻistonning radikalizmga qarshi kurash choralarini aks ettirmoqda

Aydar Ashimov

Afg‘onistondan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingan jangari Damir Znaliyev 2017-yil mart oyida Atirau aeroportiga kelgan. (KNB)

Afg‘onistondan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingan jangari Damir Znaliyev 2017-yil mart oyida Atirau aeroportiga kelgan. (KNB)

OSTONA – Yaqinda terrorchilikda ayblangan qozog‘istonlik shaxs ustidan olib borilgan mahkama jarayoni Qozog‘istonning radikallashuvga qarshi olib borayotgan sa’y-harakatlarini aks ettiradi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, qozog‘istonlik Yo‘ldosh Kunshugarov 16-oktabr kuni Istanbuldan Atirauga olib kelingan.

Kunshugarovni javobgarlikka tortish choralari KNB, Qozog‘iston bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Turkiya rasmiylari hamda Interpol ko‘magida amalga oshirildi, deb xabar bergan KNB.

“Terrorchilik harakatlarini tashkillashtirish va terrorchilik faoliyatida ishtirok etishda gumon qilingan Kunshugarov 2011-yildan beri qidiruvda bo‘lgan”, deb xabar berdi KNB. “U hibsda saqlanmoqda. Tergov davom etyapti.”

Terrorchilik faoliyatini olib borishda gumon qilingan Qozog‘iston fuqarosi Yo‘ldosh Kunshugarov Turkiyadan ekstraditsiya qilingan edi. Bu suratda uning 2018-yil 16-oktabrda Atirauga yetib kelgani koʻrsatilgan. (KNB)

Terrorchilik faoliyatini olib borishda gumon qilingan Qozog‘iston fuqarosi Yo‘ldosh Kunshugarov Turkiyadan ekstraditsiya qilingan edi. Bu suratda uning 2018-yil 16-oktabrda Atirauga yetib kelgani koʻrsatilgan. (KNB)

Suratda: 2017-yil yanvar oyida Afg‘onistonda hibsga olingan qozog‘istonlik Damir Znaliyev (o‘ngda) va O‘zbekiston fuqarosi Abdul Matin (chapda). Terrorchilar xudkushlar faoliyatini tashkillashtirish va minalar oʻrnatish bo‘yicha mutaxassis ekanliklariga iqroq boʻlganlar. Ular mahalliy jangarilarni tayyorlash va ularga yordam berish uchun Afg‘onistonga jo‘nab ketishgan. (KNB)

Suratda: 2017-yil yanvar oyida Afg‘onistonda hibsga olingan qozog‘istonlik Damir Znaliyev (o‘ngda) va O‘zbekiston fuqarosi Abdul Matin (chapda). Terrorchilar xudkushlar faoliyatini tashkillashtirish va minalar oʻrnatish bo‘yicha mutaxassis ekanliklariga iqroq boʻlganlar. Ular mahalliy jangarilarni tayyorlash va ularga yordam berish uchun Afg‘onistonga jo‘nab ketishgan. (KNB)

Qozog‘iston rasmiylari xabariga ko‘ra, Kunshugarov 2008-yilda Afg‘oniston va Pokiston oʻrtasidagi chegara hududlarida boʻlib, u yerda Xalifalik askarlari (Jund al-Xilafa) guruhini tuzishga ko‘maklashgan.

Ushbu guruh turli davlatlardagi qator terrorchilik xurujlari, jumladan, 2011-yilning oktabr oyida Atirau shahridagi ikki portlashni amalga oshirgan. Atirauda yuz bergan terrorchilik hodisalari Qozog‘istonda rasman terakt sifatida tan olingan ilk hurujlar boʻlgandi.

2013-yilda Kunshugarov noqonuniy ravishda Suriyaga jo‘nab ketgan va u yerda al-Qoidaning Suriyadagi bo‘linmasi, avvallari al-Nusra fronti nomi bilan tanilgan Jabhat Fotih ash-Shom guruhi safiga qo‘shilgan.

2015-yildan beri u Turkiyada yashirinib yurgan, politsiya uni oʻsha yerda qo‘lga olgan.

“Xalifalik askarlari”

Kunshugarov kuch tuzilmalari qo‘lga olgan Jund al-Xilafa guruhining yagona a’zosi emas.

2013-yil fevral oyida Pokiston hukumati Jund al-Xilafaning yana bir faol a’zolaridan boʻlgan O‘rinbasar Munatovni qo‘lga olib Qozog‘istonga ekstraditsiya qilgandi. 2017-yilda esa Afg‘oniston huquq-tartibot organlari guruh yetakchisi deb gumon qilingan Damir Znaliyevni hibsga olib vataniga qaytarishgan. Hozirda ularning ikkovi ham 20 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

“Terrorchilik guruhidagi uch nafar faol aʼzoning qo‘lga olinishi va ularning ekstraditsiya qilinishi soxta g‘oyalar yo‘lida insonlar joniga qasd qiluvchilar uchun jazo muqarrar ekanligini isbotlaydi”, dedi tarazlik siyosatshunos va “Beibit Aspan” (Tinch osmon) nodavlat tashkiloti rahbari Ruslan Seksenbayev Karvonsaroy nashriga.

Terrorchilarni qidirish va ularni javobgarlikka tortish maqsadida boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish idoralari va Interpol bilan keyinchalik ham hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega, dedi Seksenbayev.

“Terrorchilik xalqaro miqyosdagi muammo”, dedi u. “Hatto mahalliy terrorchilik guruhlari ham xorijiy terrorchilik tashkilotlari, ayniqsa Suriya, Afg‘oniston va dunyoning qolgan notinch nuqtalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlardan axboriy, g‘oyaviy va moliyaviy koʻmak oladi.”

Ekstraditsiya choralari davom ettirilmoqda

2-oktabr kuni Gretsiya hukumati 2015-yildan beri Interpolning Suriyada terrorchilik faoliyati olib borishda gumon qilingan terrorchilar ro‘yxatida boʻlgan, asli kelib chiqishi qarag‘andalik Doston Xaisinni ekstraditsiya qildi, deb xabar berdi KNB.

Shuningdek, 2017-yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni Abduxalil Abdujabbarovni ekstraditsiya qilgan edi. Qozog‘iston fuqarosi boʻlgan bu kimsa “diniy adovat qo‘zg‘ash va terrorchilikni targ‘ib qilish”da ayblangan. 2017-yilning avgust oyida u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

“Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan beri terrorga qarshi kurashga oid qonunlarni takomillashtirib bormoqda”, dedi Ostonadagi Qozog‘iston aksilterror qo‘mitasi jamoat tashkiloti rahbari, huquqshunos Amanjol Urazbayev Karvonsaroy nashriga.

“Biz jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritdik”, dedi u. “Mart oyida hukumat 2018-2022-yillar uchun ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha davlat dasturi loyihasini tasdiqladi. Loyihada avvalgi dasturlardan farqli o‘laroq, zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olishga alohida oʻrin berilgan.”

Radikallashuvning oldini olish

Radikallashuvning oldini olish bo‘yicha ishlar maktablarda ham olib borilmoqda, dedi Urazbayev.

Bunda turli tashilotlar, jumladan, radikallashuvga qarshi kurash boʻyicha takliflarni taqdim etgan Qozog‘iston xalq kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirok etmoqdalar.

Qozog‘iston aksilterror qo‘mitasi “zamonamizning global tahdidlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘quv-amaliy markazni” tashkil etdi, dedi Urazbayev.

Markaziy Osiyo davlatlari buzgʻunchi tashkilotlarning a’zolarini aniqlash va kuzatish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdilar, ammo bu borada tizimli ma’lumotlar mavjud emas, dedi u. Ostonadagi sinov loyihasi shu muammoni hal etishga qaratilgan.

“Biz radikallashuv darajasini aniqlovchi metodologiyani ishlab chiqdik. Ostonada qo‘poruvchi tashkilotlarga a’zolikda gumon qilinganlar bilan suhbat olib bormoqdamiz”, dedi Urazbayev.

Keyingi bosqichda tashkilot mamlakat bo‘ylab o‘z tajribasini oʻrtoqlashadi va qo‘poruvchi tashkilotlar tarafdorlarining umumiy ma’lumotlar bazasini yaratadi, dedi u.

Radikallarni eski g‘oyalaridan qaytarish va ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha reja tuzish bu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kulgili jazo. Begunoh odamlarni yoppasiga o‘ldirganlar faqat o‘lim jazosiga mahkum.

Javob berish