Karvonsaroy
Diplomatiya

Markaziy Osiyoda Rossiya siyosati kuchsizlanayotgan bir paytda Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik oʻsmoqda

Kanat Altinbayev

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yil iyun oyida Ostonada o‘tgan EXPO-2017 ko‘rgazmasida Xitoyning “Kelajak energiyasi: yashil Ipak yo‘li” deb nomlangan eng yirik ekspozitsiyalaridan birini koʻzdan kechirmoqda. (Qozog‘iston prezidenti rasmiy sayti)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yil iyun oyida Ostonada o‘tgan EXPO-2017 ko‘rgazmasida Xitoyning “Kelajak energiyasi: yashil Ipak yo‘li” deb nomlangan eng yirik ekspozitsiyalaridan birini koʻzdan kechirmoqda. (Qozog‘iston prezidenti rasmiy sayti)

OLMAOTA – Mayalliy kuzatuvchilarga koʻra, Xitoy loyihalari va Markaziy Osiyoga kiritilayotgan yirik hajmdagi sarmoyalar mintaqaning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmagan Moskvaning ta’sirini susaytirmoqda.

2015-yilda asos solingan, bir nechta sobiq Sovet davlatlarini jamlagan Rossiya rahbarligidagi iqtisodiy blok –Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YII)kabi tashkilotlar, asosan Moskva uchungina manfaatli boʻlgan yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratilgan, deydi ular.

Yaqin yillar davomida YIIning Markaziy Osiyolik a’zolari bundan aziyat chekib kelmoqda edi, dedi bishkeklik tadbirkor Ayan Riskulov Karvonsaroy nashriga.

“Misol uchun, Qirg‘izistonning bir vaqtlar gullab-yashnagan parrandachilik sanoati Rossiyadan olib kelingan arzon mahsulotlar sababli inqirozga uchrash arafasida”, dedi u. “Rossiya o‘zining parrandachilik sanoatini subsidiyalaydi, Qirg‘iziston esa bunday qilmaydi.”

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) va Xitoy prezidenti Si Tzinpin (o‘ngda) 2017-yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston va Xitoy: Yevroosiyoning tranzit koʻprigi” video-anjumanida qatnashdilar. (Qozog‘iston prezidenti rasmiy sayti)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) va Xitoy prezidenti Si Tzinpin (o‘ngda) 2017-yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston va Xitoy: Yevroosiyoning tranzit koʻprigi” video-anjumanida qatnashdilar. (Qozog‘iston prezidenti rasmiy sayti)

Boshqa tomondan, Xitoyning xomashyo importlari, shu bilan birga, Markaziy Osiyoda taraqqiyot va energetika, jumladan, transport infratuzilmasiga oid loyihalari mintaqadagi davlatlar iqtisodiy barqarorligining muhim omiliga aylanib bormoqda, dedi, Riskulov.

“Bu Rossiyaga yoqmasligi aniq, ammo Moskva bu kabi ob’yektiv va qonuniy tendensiya bilan hisoblashishga majbur”, dedi u.

Rossiyaning “va’dalari” bahosini tushunish

Rossiya Qirg‘iziston janubidagi strategik ahamiyatga ega gidroelektrostansiya loyihasi bo‘yicha oʻz majburiyatlarini bajara olmagach, uning Qirg‘iziston bilan munosabatlariga batamom putur yetdi, deydi Riskulov.

2012-yilning kuz oylarida Moskva Jalolobod viloyati va Tepa Norin gidroelektrostansiya kaskadida “Qambar ota-1” GESini barpo etish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

2015-yilga kelib, Rossiya bu loyihani moliyalashtirishni va qurilishni to‘xtatdi. 2016-yilning yanvar oyida Qirg‘iziston hukumati Moskva bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

“Kremlning kutilmaganda loyihani moliyalashtirishdan voz kechishi Qirg‘izistonning hafsalasini pir qildi”, dedi Riskulov. “Bu hodisa Bishkek uchun foydali saboq bo‘ldi, u Rossiyaning “va’dalari” qiymatini ko‘rdi.”

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, qiymati 3 milliard AQSH dollariga teng mazkur loyiha Xitoylik investorlarni jalb qilishi mumkin.

2015-yilning dekabr oyida bosh vazir Temir Sariyev “biz boshqa sarmoyadorlarni jalb qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz va qo‘shimcha muzokalar oʻtkazamiz”, dedi. U potensial investorlar “talaygina” ekanligini qo‘shimcha qilgan.

Moskva mintaqaning samarali iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda, dedi Armiya, konversiya va qurolsizlanish tadqiqotlari markazining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻlimining rahbari, kiyevlik Yuriy Poyta.

Kun tartibi Kreml tarafidan belgilanadigan YII va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi (ODKB) kabi xalqaro tashkilotlarning a’zosi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan Moskvaga tobe, dedi u.

“Rossiya kichik hamkorlarning manfaatlari bilan hisoblashmay, o‘zining bosim o‘tkazish vositalarini ishga solmoqda ”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “YII Markaziy Osiyo davlatlariga hech qanday iqtidsodiy foyda keltirmagan, samarasiz postsovet idorasi ekanligini amalda isbotladi.”

Xitoy Markaziy Osiyo energetika sohasiga koʻz tikmoqda

Iqtisodiy jihatdan foydali loyihalarni o‘z ichiga olgan Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi Markaziy Osiyo uchun YIIga qaraganda ancha istiqbolliroq, dedi Poyta.

Rossiya mintaqaga energetika sektori boʻyicha muvaffaqiyatli hamkorlik modelini taklif eta olmaydi, bu esa mintaqa investitsiyalar va moliyaviy koʻmakka har qachongidan ham muhtojroq bo‘lib turgan bir vaqtda yuz bermoqda, dedi u.

Poytaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi ikkinchi eng yirik iqtisodiyot va mintaqa davlatlarining asosiy hamkorlaridan biri. Rossiya esa YIM bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinni egallaydi.

Mintaqada davlatlararo suv va energetika munosabatlari tartibga solinganidan soʻng, Xitoy uchun Tojikiston va Qirg‘izistonning gidroenergetika sohasi istiqbolli ahamiyatga ega, dedi “Markaziy Yevroosiyo” tahliliy loyihasi rahbari toshkentlik Vladimir Paramonov.

Markaziy Osiyo energetikasi mintaqaning geografik jihatdan yaqinligi va qitʼa ichidagi joylashuvi bilan Xitoy uchun e’tiborli, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Shu bilan birga, Qozog‘iston va O‘zbekistonda yadro yoqilg‘isi uchun xomashyo bo‘lgan uran zahiralari talaygina”, dedi u. “Ayniqsa, Pekin yadroviy energetikani rivojlantirish bo‘yicha yirik rejalarni ko‘zlagan bir vaqtda mintaqa Xitoy uchun juda muhim ahamiyatga ega.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu amerikaparast veb-sayt Rossiyani salbiy tomondan ko‘rsatish uchun hatto dushmanini ham maqtashga tayyor. Ammo Amerika ham, Xitoy ham Rossiyachalik Markaziy Osiyoga foyda keltirmadi. Bunday safsatani yozishni bas qiling. Juda past ketibsiz. Maktab oʻquvchisining saviyasi.

Javob berish

Toʻgʻri, Rashka Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyotidan manfaatdor emas. Rossiya taʼsiridan qanchalik tez qutulsak, shuncha yaxshi. Biz tarixan Rossiyadan koʻra, Xitoyga koʻproq bogʻliqmiz. Rossiya bilan bogʻliqligimizga atigi 150 yil boʻlgan. Rus dunyosidan uzoqlashishimiz uchun lotin yozuvini joriy etish vaqti kelgan.

Javob berish

super

Javob berish