MOSKVA – 29-oktabr, dushanba kuni Moskvada o‘n yildan beri oʻtkazib kelinayotgan “Nomlarning qaytishi” tadbirida yuzlab odam qurbonlarning ismlarini o‘qish uchun navbatda turdilar. Shahar maʼmuriyati har yilgi tadbirning o‘tkazilishini so‘roq ostida qoldirgan edi.
Ayrimlar Solovkiy mehnat lageridan keltirilgan tosh oldiga gullar va shamlar qo‘yishdi. Bu tosh avvallari KGB, hozir esa Federal xavfsizlik xizmati (FSB) idorasi oldiga yodgorlik sifatida joylashtirilgan.
“Men har yili kelaman, sababi qurbonlar xotirasini yod etishim kerakligini his qilaman”, deydi liberal “Yabloko” siyosiy patyiyasi a’zosi 55 yoshli Segey Mitrokhin.
Hozirda Rossiya o‘sha davrlarni unutishga harakat qilmoqda, dedi u AFPga.
Rossiya tarixni qaytadan yozishga harakat qilmoqda
Kremlning Sovet diktatori Iosif Stalin davri zo‘ravonliklarini oqlashga bo‘lgan davomli urinishlari Rossiya va Markaziy Osiyo fuqarolarini qurbonlar xotirasini yod etishdan qaytara olgani yoʻq.
1930-yillarda Stalin uning siyosatiga qarshi chiqqanlarni va Stalinga suiqasd qilishni rejalashtirish yoki bir necha xorijiy mamlakatlar foydasiga josuslik qilish kabi faraziy jinoyatlar sabab millionlab fuqarolarni o‘limga hukm qilgan.
So‘nggi yillarda Rossiyada millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan Stalin hukmronligini ijobiy tomondan ko‘rsatish, qatag‘on va majburiy kollektivizatsiyani xaspoʻshlashga urinish tendensiyasi kuzatilmoqda.
O‘tgan yil dekabr oyida FSB rahbari Aleksandr Bortnikov Stalin qurbonlarining aksari shu jazoga loyiq bo‘lganini aytgandi.
“Rossiyskaya Gazeta” rasmiy nashriga bergan intervyusida u ko‘p jinoiy ishlar haqqoniy va “ob’yektiv” bo‘lganini hamda “chet el josuslik idoralari tomonidan rejalashtirilgan davlat to‘ntarilishlariga aloqadorligini” asoslab bera olishini aytgan.
Tarixni qayta yozishga bo‘lgan bunday urinishlar Stalin zulmidan aziyat chekkan Markaziy Osiyolik oilalarning yaralarini yangiladi.
SSSR bo‘ylab Stalin sababchi bo‘lgan qurbonlarning aniq soni nomaʼlum. Ayrim hisob-kitolarga qaraganda 1921-yildan (Stalin hukumat tepasiga kelgunga ancha yil oldin) 1953-yilga (Stalin vafoti) qadar qurbonlar soni 5,5 million kishi bo‘lgani taxmin qilinadi. Boshqa manbalarga koʻra, bu raqamlar bundan ko‘proq.
Qozog‘istonning o‘zida Stalin siyosati sababli qozoqlarning deyarli uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketgan.
Qirg‘izistonda esa 40 mingga yaqin qirg‘izlar Stalin davrida o‘limga hukm qilinganlar.
Har yili 8-noyabr kuni qirg‘izistonliklar Sovet davri qurbonlarini yod olish uchun Ota-Beyit (Otalar qabristoni) xotira majmuasiga yigʻiladilar. Bu sana oʻtgan yildan beri rasman xotira kuni sifatida belgilangan boʻlsa-da, u bir necha yillardan beri nishonlab kelingan.
Qozog‘istonliklar 1997-yildan beri Stalin qatag‘oni qurbonlarini 31-may kuni xotirlaydilar.
“Qayta-qayta bitta tuzoqqa tushayotganimiz sababli ham oʻsha mudhish davrlarni yodda tutishimiz kerak”, degan edi Olmaotadagi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti tarixchisi Anvar Galiev shu yil avvallida Karvonsaroy nashriga. “Biz bunday dahshatli vaziyatlar hatto nazariy jihatdan qaytarilmasligini ta’minlaydigan tizimni yaratishimiz zarur.”
“Yodda tutishimiz kerak”
Moskvada har yili 12 soatlik tadbirni tashkil etadigan “Memorial” huquq himoyachilari guruhi bu oyda rasmiylar marosimning odatdagidek oʻtkazish rejalarini qabul qilishmaganini, ammo bir necha kundan keyin uni davom ettirishga ruxsat berishganini aytganlar.
“Bularning barchasini yodda tutishimiz kerak”, dedi familiyasi sir qolishini istagan 26 yashar talaba Anastasiya.
“Rasmiy manbalarda bu davr haqida ma’lumot topish mushkul”, dedi u. “Endi bularning barchasi tadbirni tashkillashtirgan “Memorial” guruhidagi xodimlar faoliyatiga bog‘liq.”
“Hukumat tomonidan qurbonlar xotirasi yod etish uchun yetarlicha harakat qilinmayapti”, dedi ba’zi qurbonlarning ism-shariflari o‘qilganda hayajonga tushgan 88 yashar Maria Saxarova.
VTSIOM ijtimoiy so‘rov markazi tomonidan shu oyda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-24 yashar rossiyaliklarning deyarli yarmi Stalin davri qatag‘onlaridan bexabar ekanliklarini aytganlar.
Rossiyada inson huquqlarining buzilishi haqida xabar berib turadigan “Memorial” tashkiloti so‘nggi yillarda kuchli bosim ostida qolmoqda.
2016-yilda hukumat 2012-yilda kuchga kirgan qaror asosida “Memorial” tashkilotini “xorijiy idora” deb nomladi. Unga ko‘ra, “siyosiy” faoliyat yuritayotgan va xalqaro miqyosda moliyalashtiriladigan guruhlar har uch oyda moliyaviy hisobot topshirishlari zarur.
Sobiq sovet ittifoqining tobora koʻrpoq mamlakatlari terrorchi Stalinning qatagʻonlarini qoralamoqda
Javob berishFikrlar 29
Yaxshi. Qatagʻonlar ruslarning boshiga tushadigan boʻlsa, boshqacha sayrab qolishadi.
Javob berishFikrlar 29
Xo‘sh… 40 mingta qozoq qatag‘onga uchragan, yana 137 ta odam otilgan, ammo qirg‘izistonliklar 1917-yilda rahbariyatga kelgan bolsheviklarga ijobiy munosabatda va ularda kolloniyal tsar boshqaruvidan ozod qilganlarni ko‘rishadi. Hech kim fikrimizni o‘zgartira olmaydi, chunki odamlardagi xotira so‘nmaydi. Ming-minglab etnik qirg‘izlar qizil armiyaga qo‘shilgan. Odamlar hech o‘ylamay bolsheviklarning ketidan borishgan, eng muhimi 20 yildan sal oshmay oktabr inqilobidan keyin, kommunistlar o‘z so‘zlarida turib ozchilik qirg‘izlarga suveren sovet respublika statusini bergan. Pishpeklik Frunze ham muhim rol o‘ynagan. Mahalliy xalq uning otasini juda hurmat qilgan. Shu sabablar siz amerikaliklar bu masalani joyidan siljita olmasangiz kerak, avvalidan muvaffaqiyatsiz. Albatta, Jugashvili (Stalinning haqiqiy ism-sharifi) yomon bo‘lsa-da, ming kuyunmang uning tarafdorlari bu yerda doim bo‘ladi. Gap Kreml tashviqotida emas, u boylikka o‘ch bo‘lmagan, millionlab pul o‘g‘irlamagan, hozirgilardek, ayniqsa post sovet yurtlardek o‘zidan keyin o‘g‘irlangan mol-mulk qoldirmagan! Qo‘shilar haqida gapirganda bir narsani yoddan chiqarmang, 20 yillarda hukumatni mahalliylashtirish olib borilgan va uning yarmi mahalliy aholi bo‘lgan! Qo‘shnilarimiz qandaydir maqolachalar yozishdan ortig‘iga qo‘l urmaydi. Har yerda FSB izini izlash juda kulguli.
Javob berishStalin juda boy boʻlgan. Hech nimani oʻgʻirlamagani ertak.
Javob berishFikrlar 29
Xudoimey, qayerga qarab ketyapmiz?.. Eslaydigan mavzu topganlarinichi... Hozir yashab turibmiz, hammasi yaxshi, do‘stmiz!
Javob berishFikrlar 29
NKVD juda katta struktura. Nevskiy Pyatachok haqida o‘qib ko‘ring [Leninggrad, hozirda Sankt Peterburgning sharqidagi Neva ko‘prik oldi hududi)... Brest qal’asi (u yerda NKVDning butun polki, oddiy askardan komandirgacha hammasi halok bo‘lgan). Chegara xizmati ham NKVDning bir qismi bo‘lgan. Yana bir bor: o‘z ishingiz bilan band bo‘ling! Yangi yilingiz bilan va hammaga omad.
Javob berishFikrlar 29
Nima uchun o‘tgan narsalarni chaynaysizlar? Hech kin anig‘ini bilmaydi. Hozirda nima bo‘layotganiga e’tibor qaratish kerak. Kim o‘tmish haqida maqola yozadi? O‘zlari bu haqida hech nima bilishmaydi. Kimningdir buyurtmasini bajarishyapti xolos. Hamma gap pulda. Hozirgi voqealardan chalg‘itishmoqda.
Javob berishFikrlar 29
Rossiya natsizm va fashizm yoʻlini tanladi
Javob berishMillatchilik yomon narsa. Baxtga qarshi Rossiyada u mavjud. Millatchilik doim natsizm bilan yonma-yon yuradi
Javob berishFikrlar 29
Rossiya harchand harakat qilmasin, Stalinizm va SSSR jinoyatlarini yashirib bo‘lmaydi. Hammasi uchun javob berishga to‘g‘ri keladi!
Javob berishXatolar uchun uzr. Maqolalarga yozilgan fikrlarni oʻqib xayolimga faqat bir narsa keladi. Foydali ish bilan shugʻullaning. Sariq matbuotni oʻqimang. Hammaga omad.
Javob berishFikrlar 29
Agar o‘sha vaqtda boshqacha siyosat bo‘lganida 90-yillar ancha erta kelgan bo‘lar edi. Hozir har yerdan liberallar chiqib olib Stalin repressiyalari haqida gapirib yotishibdi. Unda qani endi, “Vatan uchun! Stalin uchun!” deb, aniq o‘lim va dushmanga chiqishga undaydigan biror boshqa odam ismini aytingchi.
Javob berishFikrlar 29
Agar o‘sha vaqtda Stalin emas, uning o‘rniga Nemtsov va unga o‘xshaganlar bo‘lganida sizlar va 15 ta mamlakatning millatlari bo‘lar edingizmi? Ha, Stalin oshirib ham yuborgandir, ammo boshqa yo‘l tutishning iloji bormidi?
Javob berishFikrlar 29
Stalin o‘z peshobiga koʻmilib, qilmishiga yarasha o‘lim topdi.
Javob berishOʻzing ham peshobingga koʻmilib oʻlasan, bu fiziologiya!
Javob berishOʻzingga ham shuni tilayman
Javob berishFikrlar 29
Qanaqasiga millionlab? Arxiv maʼlumotlariga koʻra, Stalinning butun hukmronligi davomida bir milliondan kamroq odam sudlangan.
Javob berishBo‘lishi mumkin emas! Balki bitta respublikadan bir milliondir
Javob berishFikrlar 29
Lenin-Stalin-Gitler-Marks-Engels - hammasi bir uyadan chiqqan.
Javob berishFaqat Yeltsin Osiyo va Rossiyaga qarshi terrorchilikni toʻxtatgan edi, Putin esa hammasini tiklamoqda, genotsid, qotilliklar, osiyoliklar va ruslarga qarshi intrigalarni qoʻllamoqda. Uning oldida Hitler va Stalin bogʻcha bolalari kabidir
Javob berishFikrlar 29
Etikdo‘zning o‘g‘li jahannamda yonsin
Javob berishFikrlar 29
Putin o‘zning o‘g‘ri, qonli tuzumiga qarshi bo‘lganlarni yo‘q qilish maqsadida Stalinni oqlashga urinmoqda
Javob berishFikrlar 29
Bu amerikoslarning yolg‘onchi veb-sayti o‘zining alahsirashi bilan yana bir bor kulgiga qoldi
Javob berishFikrlar 29
Shunday uydirmaga ishonadigan ahmoqlar ham bor ekanmi? Yoki pindoslar Markaziy Osiyoda ahmoqlar yashaydi deb oʻylaydimi?
Javob berishFikrlar 29
Ular sukutdalar... javoblari yoʻq. Tarixni bilmaydilar, na oʻzlarinikini, na jahon tarixini ))
Javob berishFikrlar 29
Soxta xabar tarqatuvchi Amerika nashri, nima uchun Qizil armiya kelishidan avval otib o‘ldirilgan, “Klooga” konsentratsiya lageridagi mahbuslar jasadlarining suratini qoʻygansan. Jasadlar yoqish uchun maxsus piramidalarga yig‘ilgan. Estoniya bosh okrugi. Reyxskomissariyat Ostland. Uchinchi reyx. 1944-yil. Bu suratni qo‘yib ularni STALIN qurbonlari deb atamoqdasan. Bu bo‘htonchi saytga ISHONMANGLAR ODAMLAR.
Javob berishUnday boʻlsa, uning humkronligi davrida oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashish oʻrniga arzonlashganini qanday tushuntirish kerak?
Javob berishHech nima arzonlashmagan. Ochlik davri bo‘lgan.
Javob berishAgar ajdodlaring ochlikdan o‘lgan bo‘lsa, sen qanday dunyoga kelding ekan? Amerikoslarning o‘g‘itidan o‘sib chiqdingmi yoki.
Javob berishFikrlar 29