Karvonsaroy
Energiya

Rossiya Markaziy Osiyoda oʻzigagina manfaatli energetika bitimlaridan foydalanib kelmoqda

Kanat Altinbayev

“Zapolyarnoye” gaz koni ishchisi, 2016-yil dekabr oyida Rossiyada olingan surat . (Gazprom)

“Zapolyarnoye” gaz koni ishchisi, 2016-yil dekabr oyida Rossiyada olingan surat . (Gazprom)

OLMAOTA – Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya Markaziy Osiyoning gaz resurslaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanmoqda, mintaqadan uni arzonga sotib olib, Yevropaga qimmatroq narxda sotmoqda.

Moskvaning neft va gaz sohasida faqat o‘z manfaatlarini koʻzlashi butun mintaqa boʻylab uzoq tarixga ega.

Kreml nazoratidagi “Gazprom” maʼlumotlariga koʻra, uzoq va o‘rta muddatli istiqbolda Yevropada Rossiya gaziga boʻlgan talab (ayni damda eksport qilinayotganidan tashqari) yiliga 50 milliard kub metrga yetishi mumkin. Bu haqda “Gazprom Eksport” korxonasi bosh direktori Yelena Burmistrova 25-oktabr kuni Italiyada o‘tgan anjumanda maʼlum qildi.

Vedomosti.ru nashriga koʻra, 2017-yilda “Gazprom” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirmagan davlatlarga rekord darajada – 194 milliard kubometr gaz yetkazib bergan.

“Shimoliy oqim” Rossiyani Germaniya bilan ikki quvur orqali bog‘lab turadi. (Gazprom)

“Shimoliy oqim” Rossiyani Germaniya bilan ikki quvur orqali bog‘lab turadi. (Gazprom)

“Shimoliy Oqim” quvurlari, noyabr, 2016-yil. (Gazprom)

“Shimoliy Oqim” quvurlari, noyabr, 2016-yil. (Gazprom)

Tobora ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida “Gazprom nafaqat ilg‘orlash yo‘llarini tutish, balki yangi gaz yetkazib berish tizimini ham yaratish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, degan Burmistrova Veronada bo‘lib o‘tgan 11-Yevroosiyo iqtisodiy forumida. Bu haqda “Svobodnaya pressa” nashri xabar bergan.

“Mavjud tizimlar talabga javob bermaydi, shu maqsadda buz “Turk oqimi” va “Shimoliy Oqim-2” neft quvurlarini ko‘zlamoqdamiz”, degan u Rossiya tomonidan Turkiya va Germaniyaga qadar yotqizilayotgan neft quvurlarini nazarda tutib.

Arzon o‘zbek gazi

Yevropaga qayta sotish maqsadida Markaziy Osiyodan sotib olinayotgan gaz uchun Rossiya to‘layotgan narxlar Markaziy Osiyolik tahlilchilarni hayratga solmoqda.

Yevropa va Markaziy Osiyodagi Gazpromning baholash siyosati “xafagarchiliksiz, bu shunchaki biznes” qabilida olib boriladi, dedi ostonalik xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Ruslan Nazarov.

“Rossiya gaz gigantining yondashuvi qat’iy”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

2017-yil aprel oyida “Gazprom” oʻzbek gazini sotib olish bo‘yicha besh yillik shartnoma tuzgan. Bu shartnomaga asosan, “Gazprom” 2018-yildan boshlab besh yil davomida har yili 4 milliard kubometr gaz sotib oladi.

Shartnoma bo‘yicha gaz yetkazib berish joriy yildan boshlangan. Rossiyaning gaz giganti O‘zbekistonga jami 2,5 milliard AQSH dollari toʻlaydi, bu 1000 kubometr gaz uchun 125 AQSH dollari demakdir.

“Gazprom gazni Yevropaga qanday narxda sotishini hisobga olsak, bu juda arzon”, dedi Nazarov.

Rossiya federal bojxona xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yilda “Gazprom” Italiyaga 1000 kubometr gazni 200 AQSH dollaridan sotgan.

2018-yilda esa gaz narxi 1000 kubometr uchun 230 AQSH dollarigacha oshgan, 2017-yilda o‘rtacha ko‘rsatkich 197 AQSH dollariga teng bo‘lgan, deb xabar beradi Prime axborot agentligi.

Toshkentning boshqa chorasi yo‘q, u Rossiyaning narxlarini qabul qilishi shart, chunki O‘zbekistonda dengiz porti yoki eksport infratuzilmasi mavjud emas, dedi Nazarov. Hatto qo‘shni davlatlarda ham dengizga chiqish imkoni yo‘q.

“O‘zbekiston faqat Rossiya va Xitoyga gaz sotishi mumkin”, dedi u. “Moskva buni biladi va bundan foydalanmoqda.”

Turkmanistondagi inqiroz

Turkmaniston ham chorasiz taʼminotchi oʻlaroq, xuddi shunday vaziyatda qolgan.

2009-yildan boshlab oʻsha vaqtda turkman gazining eng yirik xaridori boʻlgan “Gazprom” Yevropada narxlar tushib ketgani sababli Turkmaniston gazining narxini (ming kub metr uchun) 240 dollardan 160 dollarga tushirishga harakat qilgan edi.

Rossiya narxni pasaytirish maqsadida Turkmanistondan neft sotib olish hajmini keskin kamaytirdi.

2015-yilda “Gazprom” “Turkmangaz”ga qarshi Shvetsiyadagi Xalqaro arbitraj sudiga daʼvo bilan chiqib, Turkmaniston Rossiyaga taqdim etib boʻlgan gaz narxini tushirishga uringan edi. Oxir-oqibat 2016-yil noyabrda tomonlar sudlashuvni toʻxtatganlar.

Shu yilning oʻzida “Gazprom” Turkmanistondan gaz sotib olishni butunlay toʻxtatdi.

Bunday bozorni yo‘qotish Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga og‘ir zarba berdi, sababi Turkmaniston gaz eksportiga qaram edi, deydi olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetov.

“Ashxobodning endi birgina xaridori bor – Xitoy”, dedi u. Ammo Turkmaniston Xitoyga o‘z foydasidan ham to‘lashi kerak, chunki Turkmanistondagi gaz konlarini ishga tushirgani va ularni rivojlantirishga koʻmaklashgani uchun Turkmaniston Xitoydan 8 milliard AQSH dollari qarz.

“Buning natijasida Turkmaniston iqtisodiyoti shiddat bilan zaiflashib bormoqda”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Mamlakat bo‘ylab ishsizlik darajasi oshgan, oziq-ovqat taqchilligi va ocharchilik kuzatilmoqda, borgan sari ko‘proq odam mamlakatni tark etishga urinmoqda.”

Qozogʻistondagi neft konini quvurga almashish

Qozogʻiston endigina mustaqillikka erishgan 1990-yillarda Rossiya ushbu postsovet davlatiga nisbatan bosim oʻtkaza boshlagan, maqsad – Qozogʻiston energoresurslariga egalik qilish huquqini qoʻlga kiritish edi.

Rossiya haligacha oʻz ittifoqdoshi deb hisoblaydigan Qozogʻiston bu vaqtda sovet davrida vayron boʻlgan iqtisodini tiklashga urinmoqda edi.

Ostona Tengiz konidan olingan neftni eksport qilish yoʻllarini izlayotgan vaqtda Rossiya oʻzining “Atirau-Samara” quvuri orqali qozoq neftini oʻtkazishni istamagan edi. Bu qaror neft tarkibida quvurlar korroziyasini keltirib chiqaruvchi merkaptan moddasining yuqori darajada ekani bilan izohlangan, deydi Olmaotadagi neft va gaz mutaxassisi, “Qozogʻistonning qora qoni” kitobi muallifi Oleg Chervinskiy Karvonsaroy bilan suhbatda.

Biroq, Rossiyaning bu shikoyatlari uning oʻz manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bahona ekanligi hammaga ayon edi.

“Ochigʻini aytganda, bu siyosiy ahamiyatga ega masala edi”, deya “Tengizshevroil” qoʻshma korxonasi rahbari Charlz Auermanning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Chervinskiy oʻz asarida. “Avvallari ruslar oyiga 330 ming tonna merkaptan nefti olishar edi, ular birdaniga ekologik nuqtai nazardan ongli boʻlib qolishdi”.

“Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi Tengiz loyihasida 5 foizlik ulushga ega boʻlishi haqidagi kelishuvdan soʻnggina Rossiya qozoq neftini olishga rozi boʻlgandi”, dedi Chervinskiy Karvonsaroyga.

Kitobda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning xotiralaridan parcha keltirilgan: Rossiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti qozogʻistonlik hamkasbidan Tengiz konini Rossiya berishni soʻragan, ammo Nazarboyev rad javobini bergan edi.

Nazarovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Markaziy Osiyo uchun hech qachon ishonchli iqtisodiy hamkor boʻlmagan, energetika sohasida u faqat oʻz manfaatlarinigina koʻzlab kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Har doim shunday boʻlgan, kim kuchli boʻlsa, oʻsha doim haq, Men ayiqman degandek ))))

Javob berish

“Manfaat” deb nimani nazarda tutyapsiz... “foyda” degani. Kim foydasiz biror kelishuvni imzolaydi?.. Axmoq amerikoslar, rus tilini o‘rganlaring

Javob berish