Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozogʻiston narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash maqsadida internet orqali anonim pul oʻtkazmalarini taqiqlamoqchi

Kseniya Bondal

Narkofurush va giyohvandlar mobil qurilmalarga o‘rnatiladigan to‘lov ilovalari orqali deyarli anonim tarzda faoliyat yurita oladilar. (File)

Narkofurush va giyohvandlar mobil qurilmalarga o‘rnatiladigan to‘lov ilovalari orqali deyarli anonim tarzda faoliyat yurita oladilar. (File)

OLMAOTA – Qozog‘iston hukumati narkotrafikka qarshi kurash bo‘yicha yangi qonun doirasida anonim to‘lovlarni taqiqlovchi chora-tadbirlarni ko‘zlamoqda.

Parlamentn quyi palatasi 14-noyabr kuni tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi. Loyiha qonun sifatida tasdiqlanishi uchun uni yana ikki oʻqishda koʻrib chiqish talab etiladi.

Shu kunning oʻzida ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov deputatlarga yuzlanib, onlayn to‘lovlar mamlakat bo‘ylab giyohvand moddalar tarqalishiga imkon berayotgani borasida o‘z xavotirlarini bildirdi.

“O‘tgan yili biz narkotik tarqatish bilan shugʻullangan 520 ta saytni, bu yil esa 3200 ta saytni yopdik”, dedi u.

Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan musodara qilingan nasha solingan qutilar, Olmaotadagi sud-tibbiy ekspertizasi markazi, 2009-yil may oyi. (Vladimir Tretyakov)

Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan musodara qilingan nasha solingan qutilar, Olmaotadagi sud-tibbiy ekspertizasi markazi, 2009-yil may oyi. (Vladimir Tretyakov)

“Anonim to‘lovlar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq 240 ming tengegacha (648 AQSH dollari) mablag‘ yuborish mumkin. Biz bir oy avval bu borada Qozog‘iston Milliy banki va Moliya vazirligiga taklif yubordik”, deb aytgan u deputatlarga.

“Biz pul o‘tkazmalari shaffof bo‘lishi uchun bunday anonim to‘lovlarni bekor qilish taklifini bildirdik”, dedi u.

Muammo mijozlarda sintetik narkotik moddalarni pochta orqali olib kirish va ular uchun onlayn to‘lov tizimi bo‘lgan QIWI Wallet orqali pul o‘tkazish imkoniyatining mavjudligida, deb tushuntirdi Kasimov. Ikkala vaziyatda ham yuboruvchi tomon anonimlikni osongina saqlab qolishi mumkin.

“Bu biz faqat mijozlarni qo‘lga olamiz deganidir”, dedi u.

Yana bir muammo, texnologiya bilan doim birga yurish muammosi, chunki narkofurushlar o‘z mahsulotlarining taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga tushmasligi uchun doim ularning tarkibini o‘zgartirib turadilar, dedi u.

“Joriy yilda sintetik narkotik moddalarni olib kirishga oid 125 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, dedi Kasimov deputatlarga. Ammo qoʻlga olingan moddalar Qozog‘istonning qora ro‘yxatida bo‘lmagani sababli jinoiy ishlar soni 89 taga qisqargan, deb qo‘shimcha qildi u.

“Bu o‘zgarishlar hukumatga bozorlarda tezkorlik bilan paydo bo‘layotgan va avval taqiqlangan moddalarning milliy ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan yangi turdagi sintetik moddalarni zudlik bilan taqiqlashga imkon beradi”, dedi u. “Bu albatta samaradorlikni oshiradi.”

Pul o‘tkazmalarini nazorat qilish

Narkofurush va giyohvandni jazolash uchun “to‘lovlar harakatini kuzatish” muhim, dedi Kassimov.

QIWI Wallet, Yandex.Money va WebMoney kabi pul o‘tkazish xizmatlari yuboruvchi va qabul qiluvchilarga bir-birlari haqidagi ma’lumotni oshkor etmaslik imkoniyatini beradi, dedi “FXPRIMUS” brokerlik firmasi tahlilchisi, olmaotalik Arman Beysembayev.

Bu xizmatlar orqali pul o‘tkazish uchun foydalanuvchilar virtual hamyonlarini mobil telefonga ulasalar kifoya, bunda boshqa hujjatlar talab etilmaydi, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Pul o‘tkazish uchun bankka borsangiz shaxsni tasdiqlovchi hujjat va shu bankda o‘z nomingizga hisob raqami ochishingiz kerak bo‘ladi”, dedi Beysembayev. “Bu yo‘l bilan qayerga va qancha mablag‘ yuborilganini tekshirish mumkin. Bunda QIWI Wallet va Yandex.Money tizimlaridagi kabi anonimlik yo‘q.”

Narkofurushlarning anonim to‘lovlardan foydalanishiga sabab, bu usul biznesni osonlashtiradi va potensial bozor geografiyasini kengaytiradi”, dedi u.

Shuningdek, kuchli shifrlash imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun Telegram ilovasi narkotik moddalarni sotuvchi va oluvchilar orasida mashhur, dedi u.

“Shaxssiz o‘tkazmalar” xavfsizlikka tahdid solmoqda

Anonim pul o‘tkazmalari jinoyatchi va hatto terrorchilik faoliyati rivojlanishiga zamin yaratadi, demoqda tahlilchilar.

“Anonim pul aylanmalari hajmi juda katta, ammo hech kim aniq raqamlarni aytmaydi, dedi Beysembayev. “Biz bu pullarni kamaytirish va ularni ochiqlashimiz kerak. Aks holda jinoyatchilar uchun juda yaxshi maydon yaratilmoqda.”

Barcha moliyaviy toʻlovlar shaffof va tushunarli boʻlishi kerak, deydi olmaotalik moliyachi, “UNKOPPA” MCHJ bosh direktori Alixan Kanapiya.

Narkotiklar butun jamiyat uchun tahdiddir. Internet orqali anonim pul oʻtkazmalari nafaqat narkotrafik, balki terrorizmni ham avj oldiradi”, dedi u.

“Qonuniy maqsadlarni koʻzlovchi har qanday inson oʻz nomi bilan bemalol pul oʻtkaza olishi kerak”, deb xulosa qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nega bunchalik ahmoqsizlar-a?​

Javob berish