Karvonsaroy
Terrorizm

O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashi boshqa mamlakatlar uchun namuna oʻlaroq ko‘rsatilmoqda

Maksim Yeniseyev

Turli mamlakatlardan kelgan etnik o‘zbeklardan iborat “Imom Buxoriy jamoati” (IBJ) jangari guruhi a’zolari 18-noyabr kuni Telegram ilovasi orqali ekstremistlar tomonidan tarqatilgan suratda Afg‘onistonning nomaʼlum hududida tasvirlangan. Oʻzbekiston yoshlar orasida ekstremistik tashviqot va radikallashuvga qarshi kurash maqsadida ularning huquqiy va diniy bilimlarini oshirishga intilmoqda.

Turli mamlakatlardan kelgan etnik o‘zbeklardan iborat “Imom Buxoriy jamoati” (IBJ) jangari guruhi a’zolari 18-noyabr kuni Telegram ilovasi orqali ekstremistlar tomonidan tarqatilgan suratda Afg‘onistonning nomaʼlum hududida tasvirlangan. Oʻzbekiston yoshlar orasida ekstremistik tashviqot va radikallashuvga qarshi kurash maqsadida ularning huquqiy va diniy bilimlarini oshirishga intilmoqda.

TOSHKENT – O‘zbekistonning terrorizmga qarshi choralari Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar uchun model sifatida xizmat qilmoqda, deydi tahlilchilar.

Yoshlarning huquqiy va diniy bilimini kuchaytirish orqali ular orasida ektremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olishga asoslangan radikallashuvga qarshi kurashning o‘zbek modeli o‘z samarasini berdi, dedi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) rahbari Vladimir Norov.

“Ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘pgina xorijiy mutaxassislarning e’tiborini jalb qilmoqda”, dedi Norov 1-noyabr kuni Xalq so‘zi nashriga. U 2006-2010-yillarda tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

“Mutaxassislarning baholashicha, O‘zbekistonning bu siyosiy yo‘li Islom dunyosidagi “ma’rifatli Islom” gʻoyasi uchun yangi muhim yo‘nalishga asos bo‘lib xizmat qiladi”, dedi u.

O‘zbek askarlari terrorga qarshi kurash mashg‘ulotlari chogʻida, 6-oktabr, Jizzax viloyati. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbek askarlari terrorga qarshi kurash mashg‘ulotlari chogʻida, 6-oktabr, Jizzax viloyati. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

Qalblar va g‘oyalar uchun kurash

O‘zbek modeli qonunlarga hurmatni rivojlantirish hamda ruhiy va diniy ta’lim orqali xalqning, ayniqsa yoshlarning “qalbi va ongi uchun kurashga” eʼtibor qaratadi, dedi Norov.

“Bundan tashqari, biz ekstremistik g‘oyalar ta’sirida qolgan va o‘z xatosini anglab yetganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal hayotga qaytarish ustida muntazam ravishda ishlaymiz”, dedi u.

Misol uchun, 1-noyabrdan boshlab, O‘zbekistonda maxsus komissiya Suriya, Iroq va Afg‘onistonga ketgan fuqarolarni tergov qilishni boshladi.

Jiddiy jinoyatlarni sodir etmagan, qo‘liga qurol olmagan shaxslar hamkorlik qilib, chin koʻngildan tavba qilsalar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.

2017-yilda O‘zbekiston hukumati ekstremistlar ta’sirida tushib qolgan fuqarolarning 10 ming nafar farzandlarini ish bilan ta’minladi, dedi Norov.

Yoshlarning radikallashuvi ko‘plab mamlakatlardagi eng xavfli va muhim muammolardan, deb ta’kidladi u.

SMTIning xalqaro tahlilchilar tadqiqotlariga asoslangan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 300 mingga yaqini ekstremistik tashkilotlarga aloqador.

Tajriba almashish

O‘zbekistonlik mutaxassilar xorijlik hamkasblari bilan mamlakat tajribasini bo‘lishish uchun aksilterror strategiyalar bo‘yicha kitob nashr qilishlari kerak, dedi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xon.

“Mamlakatda xavfsizlikning eng yuqori ko‘rsatkichi shu yerda saqlangani sababli boshqa davlatlar O‘zbekistondan ko‘p narsani o‘rganishi mumkin”, dedi Xon Karvonsaroy nashriga.

“Menimcha, tajriba almashish uchun siyosiy tavsiyalar kitob yoki broshura shaklida chop etilishi kerak. Terrorga qarshi kurash bo‘yicha o‘zbek modeli haqida munosib kitob hamon chiqmagan, zero bu juda foydali bo‘lar edi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

malumotlar qayerdan olingan . keltirish kerak .qaysi majlis qaysi nutq mi kitobdanmi

Javob berish

Ko‘proq dalilar yoki statistik ma‘lumotlar qo‘shsangiz va kengroq yoritsangi yanayam zo‘r bo‘ladi

Javob berish