Karvonsaroy
Texnologiya

Qozogʻiston aloqa kompaniyalari narxlarni 50 foizga arzonlashtiradi

Kseniya Bondal

Olmaota metrosida mobil telefonlaridan foydalanayotgan yoshlar, 16-dekabr kuni olingan surat. 10-dekabr kuni Qozogʻiston telekommunikatsiya operatorlari abonentlar uchun tariflarni 50% gacha arzonlashtirish rejalari haqida eʼlon qildi. (Kseniya Bondal)

Olmaota metrosida mobil telefonlaridan foydalanayotgan yoshlar, 16-dekabr kuni olingan surat. 10-dekabr kuni Qozogʻiston telekommunikatsiya operatorlari abonentlar uchun tariflarni 50% gacha arzonlashtirish rejalari haqida eʼlon qildi. (Kseniya Bondal)

OLMAOTA – Mamlakat axborot va kommunikatsiya vazirligining maʼlum qilishicha, Qozogʻiston telekommunikatsiya operatorlari kelasi yildan oʻz abonentlari uchun narxlarni 50 foizgacha kamaytiradi.

“Qozoqtelekom” milliy provayderi 2019-yil 1-yanvardan oʻz mijozlariga 5% lik chegirma taqdim etadi. Bu haqda 10-dekabr kuni axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari Darin Tuyakov eʼlon qildi.

“Transtelecom Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun taxminan 5 foizlik chegirma taklif qiladi, bu kompaniya joriy narxlarining pastligidan dalolat beradi”, deb yozadi Zakon.kz. “Qishloqda yashovchilar oyiga 529 (1,40 dollar), shahar aholisi esa oyiga 797 (2,10) dollar toʻlaydi.”

Shu bilan bir vaqtda, “KazTransCom ulanish narxini 50% gacha, shuningdek, oylik abonent toʻlovini 10 foizga va oylik internet narxini 15% gacha kamaytiradi”, dedi u.

Tuyakovning soʻzlariga koʻra, KaR-TeL yangi tariflarni joriy etmoqda. Narxlar taxminan 50% ga pasayishi kutilmoqda - oylik toʻlovlar 1300 tengedan (3,50 AQSH dollari) 590 tengegacha (1,60 AQSH dollari) arzonlashadi.

“Kcell yangi – Comfort XS+ tarifini ishga tushirdi”, dedi u. “Kompaniya narxlarni 50% gacha arzonlashtirdi. Oylik abonent to'lovi 2590 tengedan (7 AQSH dollari) 1390 tengega ($ 3,70) pasaydi.”

Prezident tashabbusi

Aloqa kompaniyalari tariflarni pasaytirish haqidagi qarorni Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kommunal xizmatlar tariflarini pasaytirish haqidagi topshirigʻiga binoan qabul qilganlar. Bu haqda Olmaotadagi “DAMU Capital Management” kompaniyasi bosh direktori Murat Kastayev Karvonsaroy bilan suhbatda aytib oʻtgan.

Qozog‘istonda elektr va issiqlik energiyasining o‘rtacha narxlari ishlab chiqarish xarajatidan 40 foizga ko‘p, degan Nazarboyev 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi sessiyasida.

“Bu 2016-2017-yillarda 15 ta elektrostansiyaning 38 milliard tenge (102,4 mln. AQSH dollari) miqdorida ortiqcha daromad olishiga sabab bo‘lgan. Bosh prokuratura idorasi bunga barham berdi”, dedi Nazarboyev energetika vaziri Kanat Bozumbayevga yuzlanib.

Bosh prokuratura idorasi bu masalani sinchikovlik bilan o‘rganib chiqadi va monopoliyachilarning narxlarni oshirishi jazolanadi, dedi u.

“Boshqachi qilin aytganda, prezident mobil aloqa korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri narxlarni pasaytirishga buyruq bermagan boʻlsa-da, muhim xizmatlar, jumladan, aholi uchun aloqa xizmatlari narxini tushirish bo‘yicha siyosiy qat’iylik belgilandi”, dedi Kastayev.

Aholi uchun yangi yil sovg‘asi

Mobil aloqa foydalanuvchilari narxlarning pasayishini olqishlamoqda.

Chimkentlik Zaure Baltayevaning aytishicha, bu uning oilasi uchun yengillik tugʻdiradi.

“Turmush o‘rtog‘im, o‘zim va uch farzandim mobil telefondan foydalanamiz va bu xizmat uchun har oy 8000-9000 tenge (22-24 AQSH dollari) sarflaymiz”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Albatta, buning yarmisini to‘lashni xohlagan boʻlardik”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi zamonda mobil telefonlarsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Olmaotalik Yekaterina Voronova ham Baltayevaning fikrlariga qo‘shiladi, ammo narxlarning tushishi xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishiga olib kelishidan xavotirda.

Karvonsaroy bilan suhbatda u mazkur oʻzgarishlarning audio sifati yoki internet tezligiga ta’sir qilishini istamasligini aytadi.

Narxlarning pasayishi hukumatning tashabbusi bilan amalga oshirilgani uchun uning imijiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, mobil aloqa operatorlari uchun yangi foydalanuvchilarni jalb qilishga imkon yaratadi, dedi Milliy telekommunikatsiya uyushmasining ilmiy-maslahat markazi rahbari, olmaotalik Yevgeniy Malishevskiy.

“Bugungi kunda Whatsapp, Facebook Messenger va Skype qoʻngʻiroqlarga ketadigan pulni iqtisod qilishga yordam beradigan muqobil yoʻllar koʻp, shu bois operatorlarning daromadlari kamaygan”, dedi u Karvonsaroyga.

Uning soʻzlariga koʻra, 2017 va 2018-yillar oraligʻida internet-trafik hajmi 100 foizga oshgan boʻlsa-da, kompaniyalarning daromadi 8-10 foizga koʻtarilgan, xolos.

Shu sabab, kompaniyalar ovozli qoʻngʻiroqlar xizmati jozibadorligini tiklashi kerak, tariflarni arzonlashtirish esa mijozlar sonini oshirish yoʻllaridan biridir, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maqolaning bir-biriga mos kelmagan sarlavha va suratidan boshim qotdi. Qozog‘istonda mobil xizmatlar 50 foizga arzonlashtiriladimi? Maqolani tushunishimcha, bu haqiqat emas.

Javob berish

Ha, ehtimol narxlar arzonlashtirilgandir, LEKIN gigabaytlar va boshqa kompaniyalarga chiquvchi qoʻngʻiroqlar kamaytirilgan

Javob berish