Karvonsaroy
Din

Oʻzbekiston diniy erkinliklarni taʼminlashda yutuqlarga erishmoqda

Maksim Yeniseyev

Oʻzbekistondagi turli diniy hamjamiyatlar vakillari AQSH Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek bilan uchrashuv chogʻida, 18-sentabr, Toshkent. (Oʻzbekiston diniy ishlar qoʻmitasi)

Oʻzbekistondagi turli diniy hamjamiyatlar vakillari AQSH Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek bilan uchrashuv chogʻida, 18-sentabr, Toshkent. (Oʻzbekiston diniy ishlar qoʻmitasi)

TOSHKENT – Oʻzbekiston 12 yil deganda AQSHning “diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzuvchi” mamlakatlar roʻyxatidan chiqarildi.

Oʻzbekiston 2006-yildan beri ilk marta “alohida xavotirga loyiq davlatlar” roʻyxatidan chiqarildi, dedi AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek 11-dekabr kuni jurnalistlar bilan oʻtgan telemuloqoti chogʻida.

Shu kunning oʻzida AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Oʻzbekiston “diniy erkinliklarning jiddiy buzilishlari”ga yoʻl qoʻyayotgan yoki bunday holatga beparvo qarayotgan hukumatlar uchun maxsus kuzatuv roʻyxatiga kiritilganini maʼlum qildi.

Oʻzbekistonning maxsus kuzatuv roʻyxatiga oʻtkazilishi mamlakatda diniy erkinliklar bilan bogʻliq vaziyatning yaxshilanganidan darak beradi. 28-noyabr kuni Pompeo tilga olgan 10 mamlakat diniy erkinliklarni qoʻpol ravishda buzib kelayotgan mamlakatlar sanaladi.

Toshkentdagi diniy adabiyotlar yarmarkasi, oktabr oyi. (Oʻzbekiston diniy ishlar qoʻmitasi)

Toshkentdagi diniy adabiyotlar yarmarkasi, oktabr oyi. (Oʻzbekiston diniy ishlar qoʻmitasi)

AQSH Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida, 18-sentabr, Toshkent. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

AQSH Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida, 18-sentabr, Toshkent. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

“Diniy erkinliklar himoyasi tinchlik, barqarorlik va farovonlikni taʼminlashda juda muhim”, dedi Pompeo.

“Bir qator mamlakatlarning diniy erkinliklarni taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlari alohida eʼtiborga molik. Men bunday tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlayman va muloqotning davom etishiga umid qilaman”, dedi u Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning saʻy-harakatlarini yuksab baholab.

Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻzining xalqaro majburiyatlarini bajarishga intilayotgan roʻyxatdagi yagona mamlakat boʻlib turibdi. Bu haqda AQSH senatori Rodjer Viker Yevropada xavfsizlik va hamkorlik komissiyasining (Xelsinki komissiyasi) 11-dekabr kuni Vashingtonda Pompeoning bayonoti muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan majlisi chogʻida maʼlum qilgan.

“Oʻzbekiston bu borada salmoqli ishlohotlarni amalga oshirdi, sababi u mamlakatning ravnaqini istaydi”, deb qayd etdi Braunbek teleanjuman chogʻida.

“Ular mamlakatda terrorizmning kamayishini istaydilar va buni odamlar turmush darajasining yaxshilanishida asosiy omillardan biri deb biladilar. Biz buni tushunamiz va ular bilan ishlaymiz”, dedi u.

Oʻtgan yil ichida diniy erkinliklarni buzuvchilar roʻyxatidan birgina davlat – 2007-yilda Vyetnam chiqarilgan edi.

Islohotlarning “tarixiy bosqichi”

2016-yilda Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan beri keng qamrovli islohotlar Oʻzbekiston Pompeoning bayonotini iliq qarshi olgan.

“Bu kutilgan qaror boʻldi, sababi O‘zbekiston barcha sohalarda tub islohot va oʻzgarishlardan iborat tarixiy bosqichdan o‘tmoqda”, deyiladi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining 12-dekabr kungi bayonotida.

18-sentabr kuni Braunbek O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Bu uning mamlakatga ushbu lavozimda o‘n yildan ortiqroq muddat ichidagi ilk tashrifi bo‘ldi.

O‘zbekistonning diniy siyosati barcha dinlar uchun teng sharoit yaratishga asoslangan, dedi Mirziyoyev Braunbek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida. Bu haqda Mirziyoyev matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston fuqarolari ham oʻzgarishlarni his qilayotganliklarini aytadilar.

“Avvallari O‘zbekistonda dinga oid nimaiki boʻlsa, barchasi taqiqlangan edi”, dedi 32 yashar toshkentlik Fazliddin Imomov Karvonsaroy nashriga.

“Ommaviy axborot vositalari orqali din yoki diniy liboslar haqida gapirib bo‘lmas edi, shuningdek, ijtimoiy tarqmoqlarda ham diniy mavzudagi muhokamalar iliq qarshi olinmagan”, dedi u.

O‘zbekistondagi eng yirik islohotlardan biri – ekstremizmda gumonlanganlar qora ro‘yxatinining bekor qilinishi boʻldi. Bu ularni toʻgʻri yoʻlga boshlash va jamiyatga qaytarish yoʻlidagi sa’y-harakatlarning bir qismi edi.

O‘tgan ikki yil davomida hukumat 20 mingdan ortiq fuqaroni bu ro‘yxatdan chiqardi, deb xabar bergan edi Tashqi ishlar vazirligi dekabr oyida.

Diniy tashkilotlar nazoratini erkinlashtirish

Bu yil O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish jarayoni soddalashtirildi.

“Yangi diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni juda murakkab boʻlib, ularning faoliyati qat’iy tartibga solingan edi”, dedi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xon Karvonsaroy nashriga.

31-may kuni hukumat bunday tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirgan – ro‘yxatdan o‘tkazish badali besh baravar pasaytirilgan, talab etilgan hujjatlar soni ham kamaygan.

Shuningdek, diniy tashkilotlar o‘z faoliyatiga doir hisobotni bit yilda bir marta topshirishi belgilandi. Avvallari bunday hisobot mamlakat Diniy ishlar qo‘mitasiga bir yida to‘rt marta topshirilishi kerak edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Prezidentga videomurojaat bilan chiqqan imomning Oʻzbekistondan ketib qolganiga sabab shumi? U bor-yoʻgʻi oʻquv muassasalari va ishxonalarda qizlarning hijob bilan yurishlariga ruxsat berilishi, erkaklarga esa soqol qoʻyishga qarshilik qilinmasligini soʻragan edi. Shuni deb kuch ishlatar tizimlardan baloga qoldi. Qani bu yerda progress?!

Javob berish

Amerikaning alohida fikr-mulohazalarisiz qanday yashab boʻlar ekan-a?

Javob berish