OSTONA – Eski yilni kuzatish va 2019-yilni qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qozog‘iston shaharlari Yangi yil bayrami oldidan bezatilmoqda.
31-dekabrdan 2-yanvarga qadar (dushanba-chorshanba) qozog‘istonliklar uchun dam olish kunlari etib belgilangan. Bu kuni idoralar va maktablar yopiq bo‘ladi.
Shu kunlarda barcha shahar hokimiyatlari bolalar uchun bayram tadbirlarini o‘tkazadilar, ularga o‘yinchoqlar, shirinliklar, nochor oilalar uchun esa kiyim va maktab anjomlaridan iborat sovg‘alar taqdim etadilar.
Ko‘pchilik qozog‘istonlik oilalar Yangi yilni go‘shtli taomlar, salatlar, meva va shampan vinosidan iborat an’anaviy ziyofat bilan kutib olishadi.

Ostonadagi bayram archasi, 20-dekabr. Qozog‘istonda bunday archalar bayramdan 10 kun oldin oʻrnatiladi. (Aydar Ashimov)
Qozog‘istonliklar 1-yanvar kuni Yangi yil bayramini nishonlashni bundan 150 yil avval boshlaganlar. Shuningdek, mart oyi oxirida bahorgi kun va tun tengligiga to‘g‘ri keladigan diniy bo‘lmagan bayram – Navro‘zni ham nishonlanadi.
Ertak menga yoqdi.
Javob berishMengayam!! Juda yoqdi!
Javob berishFikrlar 4
ajoyib manzara!
Javob berishajoyib!
Javob berishFikrlar 4