Karvonsaroy
Tahlil

2018: Markaziy Osiyoda muhim voqealar yili

Kanat Altinbayev

Turkiyzabon mamlakatlar rahbarlari 2018-yilning sentabr oyida Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahriga yigʻildilar. (Ozarbayjon prezidenti rasmiy sayti)

Turkiyzabon mamlakatlar rahbarlari 2018-yilning sentabr oyida Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahriga yigʻildilar. (Ozarbayjon prezidenti rasmiy sayti)

Tahlilchilar turkiyzabon davlatlar sammitini oʻxshash madaniyat va qarashlarga ega mamlakatlarning qudratli ittifoqi timsoli deb atamoqdalar. (Ozarbayjon prezidenti rasmiy sayti)

Tahlilchilar turkiyzabon davlatlar sammitini oʻxshash madaniyat va qarashlarga ega mamlakatlarning qudratli ittifoqi timsoli deb atamoqdalar. (Ozarbayjon prezidenti rasmiy sayti)

O‘tgan yilning 16-may kuni Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp (o‘ngda) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni (chapda) qarshi olmoqda. (O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi)

O‘tgan yilning 16-may kuni Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp (o‘ngda) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni (chapda) qarshi olmoqda. (O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi)

AQSH prezidenti Donald Tramp (oʻngda) 2018-yilning 16-yanvar kuni Oq uyda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) bilan qoʻl siqishmoqda. Uchrashuvda qator sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. (Qozogʻiston prezidenti rasmiy sayti)

AQSH prezidenti Donald Tramp (oʻngda) 2018-yilning 16-yanvar kuni Oq uyda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev (chapda) bilan qoʻl siqishmoqda. Uchrashuvda qator sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. (Qozogʻiston prezidenti rasmiy sayti)

OLMAOTA – Kuzatuvchilarga koʻra, 2018-yilda Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya va xalqaro hamkorlik tomon yoʻl ochuvchi jarayonlar boshlangan va ular koʻp yillardan beri mavjud boʻlgan siyosiy toʻsiqlar va ihotalash siyosatining tugatilishiga imkon yaratgan.

Ulkan yutuq

Mintaqa yetakchilarining butun yil davomidagi sermahsul uchrashuvlari Markaziy Osiyoning eng koʻp aholiga ega, oʻz chegaralari va qoʻshnilari bilan munosabatlarda tobora koʻproq ochiqlikka intilayotgan mamlakat – Oʻzbekiston ishtirokida oʻtdi.

Mart oyida Ostona Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan iborat Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining maslahat uchrashuviga mezbonlik qildi.

Uchrashuvda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston rahbari Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston parlamenti raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oʻtgan yilning mart oyida Ostonada uchrashuv oʻtkazdilar. (Qozogʻiston prezidenti rasmiy sayti)

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oʻtgan yilning mart oyida Ostonada uchrashuv oʻtkazdilar. (Qozogʻiston prezidenti rasmiy sayti)

Siyosiy tahlilchilarga koʻra, bunday formatdagi uchrashuvda rasmiy qarorlar qabul qilinishi koʻzda tutilmagan boʻlsa-da, bu voqeaning ahamiyati beqiyos, sababi mintaqa doirasida 10 yildan ortiq bu kabi uchrashuvlar oʻtkazilmagan.

“Biz barcha muammolarni oʻzimiz hal qilishimiz va xalqlarimiz farovonligini taʼminlashimiz kerak”, dedi Nazarboyev. “Ushrashuvdan maqsadimiz shu”.

Bu Markaziy Osiyo lidelarining rossiyalik hamkasblarisiz oʻtkazgan ilk uchrashuvi boʻldi. Bishkeklik siyosatshunos Mars Sariyevga koʻra, ular bu bilan mintaqaning oʻsib borayotgan mustaqilligini namoyon etganlar.

“Avvallari Markaziy Osiyo mamlakatlari qudratli davlatlarning obyektlari sifatida, ichki ittifoqlar, deylik, Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagina uchrashar edilar”, dedi u Karvonsaroyga. “Endilikda Markaziy Osiyo davlatlarining hamjihatligi yangi, nazoratchidan xoli boʻlgan darajaga koʻtarildi”.

Ishtirokchilar va kuzatuvchilar Mirziyoyevning ushbu uchrashuvni tashkillashtirganini yuqori baholab, oʻzidan avvalgi liderning siyosatidan uzoqlashgani va kelajak uchun hamkorlik eshiklarini ochganini taʼkidlamoqdalar.

Uning oʻtmishdoshi – marhum Islom Karimov davrida Oʻzbekiston qoʻshnilaridan uzoqlashib, chegara va suv bilan bogʻliq kelishmovchiliklar girdobiga tushib qolgan edi.

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash

15-mart kungi uchrashuvdan soʻng, Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari 20-22-iyun kunlari Qirgʻizistonga yigʻildilar.

Besh mamlakat tashqi ishlar vazirlari Issiqkoʻl viloyatining Choʻlpon ota shahrida uchrashib, bugungi kun voqeliklari, mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ular shuningdek, 6-iyul kuni Ostonada boʻlib, Qozogʻiston poytaxtining 20 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tantanalarida ishtirok etdilar.

Vazirlar Ostonadagi yangi arxitektura obyektlarini koʻzdan kechirib, yangi ochilgan Ostona Xalqaro moliya markazi joylashgan “EKSPO” ixtisoslashtirilgan xalqaro koʻrgazmasi pavilyonlariga tashrif buyurdilar.

Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari har bir rasmiy uchrashuv bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish tomon yangi qadam tashlamoqdalar.

“Mamlakatlar orasidagi munosabatlarda haqiqiy yutuqlar koʻzga tashlanmoqda”, degan edi Karvonsaroy bilan suhbatda olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetov tashqi ishlar vazirlarining iyul oyidagi uchrashuvi oldidan.

U Oʻzbekistonni Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan bogʻlaydigan transport kelishuvlari, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida viza tartibining soddalashtirilishi, Oʻzbekiston chegaralarining ochilishi natijasida Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar oʻrtasida savdo hajmining oshganini tilga oldi.

“Hamkorlikni chuqurlashtirishga moyillik yaqqol sezilmoqda”, dedi Ismagambetov.

Turkiyzabon davlatlar sammiti

Sentabr oyi boshida Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi Qirgʻizistonning Choʻlpon ota shahrida oʻzining 6-sammitini oʻtkazdi.

Kengashga aʼzo davlatlar – Qirgʻiziston rahbari Sooronbay Jeenbekov, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya davlat rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻan sammitda mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni muhokama qildilar.

Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 3-sentyabr kungi tadbirda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar. Oʻzbekiston Karimov davrida ushbu ittifoqqa qoʻshilmagan edi.

Tahlilchilarning fikricha, sammit natijasida oʻxshash madaniyat va qarashlarga ega mamlakatlarning yanada keng integratsiyalashuvi, hamkorligi va mustahkam ittifoqiga umid paydo boʻlgan.

Mamlakatlar mustahkam poydevor yaratmoqda, ular shunchaki uchrashuvlar oʻtkazish bilan cheklanmay, birlashish yoʻlida aniq choralarni amalga oshirmoqdalar, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Islom Kurayev.

Ular ikki tomonlama munosabatlarni yangilab, qimmatli tajribalar bilan oʻrtoqlashmoqdalar, dedi u.

Turkiya tashabbusi bilan oʻtkazilgan sammitda Oʻzbekistonning boʻlajak ittifoq aʼzosi sifatidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega, dedi Kurayev Karvonsaroyga. U turkiyzabon davlatlar salohiyatidan foydalanish turk dunyosini birlashtirishda haqiqiy yutuqlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidladi.

“Ushbu jarayon oʻn yoki yigirma yilga choʻziladigan boʻlsa ham, yangi gʻoyalarga ega yangi avlod yetishib chiqadi va u hukumatlararo munosabatlarga oid muammolarni boshqa yoʻllar bilan hal qiladigan boʻladi”, deydi Kurayev.

Sammit 2-8-sentabr kunlari Choʻlpon otada oʻtkazilgan 3-Butunjahon koʻchmanchilik oʻyinlari bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Prezidentlar ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirgʻizistonga sammitdan bir kun avval yetib keldilar.

Oʻzbekiston va Tojikiston: doʻstlik va hamkorlik

2018-yilda oʻzaro yaqinlashuv bilan bogʻliq eng katta voqea O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yuz berdi.

Ommaviy axborot vositalari “sovuq urush” deb nomlagan 20 yillik davrdan soʻng, ikki qo‘shni davlatning munosabatlari ancha iliqlashgan.

Dastlab, mart oyida Mirziyoyev Dushanbega rasman tashrif buyurdi. Keyinroq, avgustda Rahmon Toshkentga ishchi tashrif bilan keldi va ikki rahbar strategik hamkorlik bitimini imzoladi.

Yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlari eng yomon holatda edi, bunga Tojikiston energetika mustaqilligiga erishish maqsadida qurishni rejalagan Rog‘un to‘g‘oni sabab boʻlgan.

Oqimdan quyiroqda joylashgan O‘zbekiston ehtimoliy falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘g‘on borasida o‘z xavotirlarini bildirib kelgan, shu bilan birga, Tojikistonning butun iqtisodiyot, jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan suvni to‘xtatib qo‘yishidan ham xavfsiragan.

2018-yilda ikki davlat Tojikistonda ikkita gidroelektrostansiya qurilishi bo‘yicha shartnomani imzolash bilan uzoq davom etgan mojaroga yakun yasadi.

Mirziyoyevning do‘stona tashqi siyosati iliqlikdagi asosiy omildir, deydi Moskvadagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti aspiranti Komron Rahimov.

Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘on mojarosi va undan kelib chiqadigan xatarlarga yechim topishda birdek muhim rol o‘ynashi sababli ular o‘rtasidagi munosabat juda muhim”, dedi tojikistonlik Rahimov Karvonsaroy nashriga.

Qo‘shma Shtatlar bilan strategik hamkorlik

O‘tgan yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z tashqi siyosatlarining ustuvor yo‘nalishlarini ochiq namoyish etdilar va bunda Qo‘shma Shtatlar muhim rol o‘ynaydi.

O‘tgan yil yanvar oyida Vashingtonda Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev va AQSH prezidenti Donald Trampning uchrashuvidan soʻng, ikki mamlakat oʻzaro strategik hamkorlikni kuchaytirishini e’lon qildi.

Iqtisodiyot, mudofaa va xavfsizlik kabi muhim sohalarda hamkorlik koʻlami kengaydi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng Nazarboyev o‘z yurtiga jami qiymati 7 milliard AQSH dollariga teng 24 shartnoma, jumladan Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritilajak AQSH sarmoyalari bilan qaytdi.

Mart oyida, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik doirasida Afg‘onistonga noharbiy yuklarni yetkazib berish uchun Ostona Vashingtonga Kaspiy dengizidagi portlaridan foydalanishga ruxsat berdi.

O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar Mirziyoyevning AQSHga may oyidagi “tarixiy” tashrifi chogʻida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

15-17-may kunlari amalga oshirilgan tashrif asnosida O‘zbekiston Amerika kompaniyalari bilan uzoq muddatli shartnomalar imzoladi. Ularning jami qiymati 4,8 milliard AQSH dollariga teng, deyiladi O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi bayonotida.

Amerikaning yirik korporatsiyalari, jumladan “General Motors”, “Boeing”, “ExxonMobil”, “Coca-Cola” va “John Deere” ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston markaziy banki yaqin orada “yanada koʻproq” Amerika investitsiyalari kirishini kutmoqda, dedi toshkentlik iqtisodchi Rustam Fayziyev.

Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston ayni damda xavfsizlik sohasida yaqindan hamkorlik qilmoqda, bunda Afg‘oniston bilan chegarani himoyalash va giyohvand moddalar kontrabandasiga barham berishga alohida eʼtibor qaratilgan.

May oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2017-yilda imzolangan 5 yillik hamkorlik shartnomasining amalga oshirilishini muhokama qildilar, deb xabar berilgan AQSH elchixonasi bayonotida.

AQSH harbiy havo kuchlari va O‘zbekiston qurolli kuchlari uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib keladi, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Umid Asatullayev.

“AQSH harbiy havo kuchlari 2001-yildan 2005-yilgacha O‘zbekistondagi Xonobod aeroportidan Afg‘onistondagi aksilterror koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash bazasi sifatida foydalanib kelgan”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSHni Yangi yil bilan tabriklaymiz! Sizlar bizning doʻstlarimiz!

Javob berish