Mintaqada Rossiya yangiliklari va tashviqotiga ishonch tobora so‘nib borayotganiga qaramay, Rossiya Markaziy Osiyoda dezinformatsiya va soxtalashtirilgan faktlarni tarqatish harakatlarini toʻxtatgani yoʻq.
O‘tgan hafta Facebook Rossiyada ochilgan va ijtimoiy tarmoqlarda “muvofiqlashtirilgan shubhali xatti-harakatlar” deb nomlangan faoliyat bilan bog‘liq va bir qator davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga ta’sir ko‘rsatgan 500 dan ortiq sahifa, guruh va akkauntlarni o‘chirganini e’lon qildi.
Rossiyaning ta’sir choralari
Facebook qallob foydalanuvchilarni fosh etish bo‘yicha so‘nggi choralari davomida ikki bor Rossiyada joylashgan ta’sir operatsiyalari qurboni bo‘lganini aniqladi, ulardan biri Markaziy Osiyo va bir qator sobiq Sovet respublikalarida faol bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisiUkrainani nishonga olgan.
“Biz bu operatsiyalar oʻrtasida bogʻliklik topilmagan boʻlsa-da, ularning ikkovi ham akkauntlar tarmog‘ini yaratib o‘zlari va faoliyatlari haqida soxta xabar tarqatish kabi o‘xshash taktikadan foydalangan”, dedi Fecebookning kiberxavfsizlik siyosati bo‘limi boshlig‘i Nataniel Gleycher 17-yanvar kuni qoldirgan xabarida.
Kompaniya 364 ta sahifa va akkauntni o‘chirdi, ular o‘zlarini mustaqil yangilik saytlari yoki umumiy xabarlar saytlari deb koʻrsatgan, aslida esa Rossiyaning asosiy onlayn media nashri bo‘lgan “Sputnik” xodimlariga aloqador va Kremlning tashviqot quroli bo‘lgan, dedi u.
“O‘z shaxslarini soxtalashtirganliklariga qaramay, biz bu sahifa va akkauntlar Moskvada “Sputnik” axborot agentligi xodimlari bilan bog‘liq ekanini aniqladik, ba’zi sahifalar NATOga qarshi fikrlar, norozilik harakatlari va aksilkorrupsiyaviy mavzularda postlar yozib qoldirgan”, dedi u.
“Sputnik” unga tegishli Facebook sahifalari va akkauntlari o‘chirilganini tasdiqladi va bu harakat “shubhasiz siyosiy qaror va faktlar senzurasi” ekanligini aytdi”.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq Facebookka qarashli Instagramdan Ukrainani nishonga olgan Rossiyada joylashgan tarmoqning bir qismi deb topilgan 107 ta sahifa, guruh va akkauntni ham o‘chirgan.
“Biz AQSHda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar vaqtida Rossiyaga tegishli faoliyat bilan texnik bog‘liqlikni, jumladan avvalgi Internet tadqiqot agentligi (IRA) faoliyatiga o‘xshash xususiyatlarni aniqladik”, dedi Gleycher.
IRA Sankt-Peterburgda joylashgan “trollar fabrikasi”boʻlib, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyoda jamoatchilik fikriga ta’sir qilishga urinishda ayblangan.
Har kuni trollar fabrikasi xomdimlari yangiliklar yoki forumlarda minglab fikr-mulohazalar, postlar yozishgan va boshqa bloggerlarga javob qaytarishgan, degan edi IRAning sobiq xodimi Marat Burkxard 2015-yil mart oyida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga.
Bu Markaziy Osiyoni nishonga olgan soxta akkauntlarning Facebook tomonidan yopib qo‘yilishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.
O‘tgan yil aprel oyida, kompaniya Rossiyada joylashgan IRAga aloqador Federal yangiliklar agentligining Facebook va Instagramdagi yuzlab akkauntlarini o‘chirgan.
Rossiya trollar fabrikasi jab etilganiga “shubha yoʻq”
Markaziy Osiyolik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyalariga ishonmay qo‘ygan va Fecebookning shubhali akkauntlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rganini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Bugungi kunda zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar do‘stlar va tanishlarni bir-biriga bog‘laydigan joygina emas”, deydi Ostonadagi ijtimoiy munosabatlar mutaxassisi Alima Suleymenova.
“Tabiiyki, onlayn platformalar axborotni manipulyatsiya qilishning gʻirrom usullaridan ommaga ta’sir o‘tkazishda ishtirok etadigan siyosiy kuchlar orasida mashhur”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bu usullar soxta sahifalar va uydirma faktlarni o‘z ichiga oladi.”
“Facebook uchun o‘z platformasini tartibga keltirish va bunday faoliyatlarni jilovlash vaqti keldi”, dedi u.
“Bu Rossiyaning trollar fabrikasining ishi ekanligiga shubham yoʻq”, deydi olmaotalik tadbirkor Sayat Jumaxan Karvonsaroy nashriga. “Yuzlab soxta akkauntlar yaratish, tashviqiy va boʻhton maqolalarni yozish, shuningdek, nafrat qo‘zg‘ash ularning belgisi.”
“Ular Markaziy Osiyoda ham faoliyat olib boradi”, dedi u. “Mintaqamiz davlatlarida ular Kreml yoqtirmaydigan hamda Qozog‘iston uchun yangi, ustuvor yo‘nalishlar haqida o‘z fikrlarini bildirgan mahalliy faollarning obro‘sini to‘kadilar.”
“Rossiyaning trollari oʻzlikni anglash va madaniy qadriyatlarni tiklashga qaratilgan har qanday harakatni “fashizm” deb qabul qiladilar”, dedi u. “Ular axloqsiz va qo‘pol tilda yozishga ham tayyorlar.”
“Rossiya qilmishiga yarasha jazo oladi”
“Facebook toʻgʻri qilyapti”, deydi bishkeklik bloger Ruslan Isayev.
“Bunday sahifalar yopib qoʻyilgani maʼqul”, dedi u Karvonsaroyga. “Bugungi kunda global vaziyat har qachongidan ham qaltisroq boʻlib bormoqda, bunday soxta sahifalar esa uni battar alanga oldirib, yanada keskinlashtiradi.“
“Umid qilamanki, hukumatimiz bunday xatti-harakatlarni kuzatib boradi va xorijdan kirib keladigan axborot fitnalarining oldini oladi”, dedi u.
“Bu ketishda Rossiya bir kun oʻz boshiga yetadi”, deydi Qirgʻizistonning Qoraboltasidan boʻlgan uy bekasi Aliya Seitova. “Shunaqa tajovuzkor siyosat yuritayotgani tufayli u hech kimga yoqmay qolgan”.
“Rossiyaning deyarli doʻstlari qolmadi”, dedi u Karvonsaroyga. “Hatto bizning mehnat migrantlarimiz ham rossiyaliklarning takabburona munosabatlaridan hafsalalari pir boʻlib, uylariga qaytib kelishmoqda.”
Odamlar ongini zaharlashga urinishmoqda. Oʻzlari jarlik tubidalar, bizni ham oʻsha yerga tortishmoqchi.
Javob berishFikrlar 5
Rossiyaning iflos tashviqotiga ana shunday keskin javoblar qaytarilishi kerak.
Javob berishFikrlar 5
“Rossiyaga oʻziga biror balo orttirib oladi.” Jiddiy aytyapsizmi? Hech qanday aniq dalillar yoʻq, uy bekasi Aliya Semitovanini inobatga olmasa. Bugungi kunda haqiqat kim tomonda? Ular tomondami, bizdami? Balki sizdadir? Bu xuddi shunday tashviqotning oʻzi, shunchaki boshqa tarafga qaratilgan, xolos.
Javob berishFikrlar 5
Kreml botlari uchun qora kunlar kelmoqda.
Javob berishinshaalloh
Javob berishFikrlar 5