Karvonsaroy
Terrorizm

ID jangarisi deb gumon qilingan o‘zbekistonlik Suriyada qo‘lga olinishidan avvalgi ochlik va umidsizlikni tasvirlab berdi

Karvonsaroy va AFP

Suriya demokratik kuchlari (SDK) tomonidan xorijlik jihodchi degan daʼvolar bilan qo‘lga olingan Alexandr Bekmirzayev va yana to‘rt nafar shaxs, 11-yanvar kuni Suriyaning Hasake shahrida AFP nashriga intervyu bermoqda. (Delil Suleyman/AFP)

Suriya demokratik kuchlari (SDK) tomonidan xorijlik jihodchi degan daʼvolar bilan qo‘lga olingan Alexandr Bekmirzayev va yana to‘rt nafar shaxs, 11-yanvar kuni Suriyaning Hasake shahrida AFP nashriga intervyu bermoqda. (Delil Suleyman/AFP)

HASAKE, Suriya – “Islom davlati” (ID) guruhiga aʼzolikda gumonlanib qoʻlga olingan, kelib chiqishi O‘zbekistonga aloqador shaxs guruh “xalifaligining” so‘nggi bo‘linmalari ustiga raketalar yog‘ilgan paytda o‘zi his qilgan ochlik va qo‘rqinchni tasvirlab berdi.

45 yashar Aleksandr Bekmirzayev asli Belarusdan, 2010-yilda Irlandiya fuqaroligini olgan deb xabar bergan “The Irish Times” nashri.

Onasi belaruslik, otasi o‘zbek boʻlgan gumondor birodari oʻz joniga suiqasd qilganidan keyin “og‘ir ichkilik va giyohvandlikdan” aziyat chekkan vaqtida 20 yoshlarida O‘zbekistonda islom dinini qabul qilgan.

2013-yil sentabr oyida Bekmirzayev musulmonlarga “yordam berish uchun” Irlandiyadan Suriyaga jo‘nab ketadi. To‘rt oy o‘tib, uning belarus ayoli va Irlandiyada tug‘ilgan o‘gli ham uning ortidan yo‘l oladi. Bu haqda u AFP nashriga Suriyaning Hasake shahrida hibsda boʻlgan chogʻida maʼlum qilgan.

13-dekabr kuni ID tomonidan Telegram tarmog‘ida chop etilgan suratda Suriyada smartfonga tikilib turgan bir guruh jangarilar tasvirlangan. (Fayl)

13-dekabr kuni ID tomonidan Telegram tarmog‘ida chop etilgan suratda Suriyada smartfonga tikilib turgan bir guruh jangarilar tasvirlangan. (Fayl)

Ochlik

Uni so‘roq uchun hibsda uchlab turgan Kurd xalq mudofaa bo‘linmalari (YPG) intervyuga olib kelganlar. Gumondor uning koʻz oʻngida ID tayanchining qanday qulaganini soʻzlab bergan.

“Ochlikdan o‘lib ketamiz deb o‘ylagan edim”, dedi u AFP nashriga.

AQSH rahbarligidagi koalitsiyaning havo hujumlari bilan qo‘llab-quvvatlangan Suriya demokratiya kuchlari (SDK) sentabr oyidan beri Iroq chegarasida joylashgan IDning so‘nggi boʻlinmasini ham yo‘q qildi.

Yozdan beri deyarli har kuni “bomba hujumlari va portlashlar” sodir bo‘lar edi, dedi Bekmirzayev.

“Xajin darasi” SDK tomonidan qurshovga olinganidan keyin bozorda un tugadi, go‘sht esa haddan tashqari qimmatlashib ketdi, dedi u.

Bekmirzayevning so‘zlariga ko‘ra, uning ayoli va besh yashar o‘g‘li kepakli non, qo‘shnilar ulashgan yemak va o‘t-o‘lanlarni yeyishga majbur bo‘lishgan.

“Sabzavot deysizmi? Qaniydi. Hech nima, umuman hech nima yo‘q edi. O‘t-o‘lan yeganmiz”, dedi u.

Xorijlik jangarilar qo‘lga olindi

U dekabr oyida muhojirlarga qo‘shilib qochishga uringan vaqtda SDK tomonidan ID jangarisi ekanlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Iddaolarga koʻra, uning maqsadi qochqindan so‘ng kelajakda hujumlar uyushtirish uchun IDning uyqudagi bo‘linmalarini tuzish bo‘lgan.

Bekmirzayevning oʻzi esa hech qachon ID safida jang qilish maqsadi boʻlmagani va 2014-2015-yil oralig‘ida tez yordam xodimi sifatida ishlaganini da’vo qilmoqda. Ammo bundan keyin nima qilgani aniq emas.

U ID uchun qo‘liga qurol olmaganini ta’kidlamoqda, ammo uning da’vosi AFP tomonidan tasdiqlanmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ID qo‘mondoni uning pasportini tortib olgan va 2015-yildan beri u o‘z oilasi bilan qochishga urinib kelgan.

AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan askarlar qishloqlarni birma-bir egallar ekan, u ham ID nazorati ostidagi hududga tobora kirib borgan.

Kurd kuchlari nazoratidagi hududga qochganidan so‘ng, o‘tgan oy oxirlarida uni va yana to‘rt nafar jangarilikda gumon qilingan shaxslarni qo‘lga olishgan.

Kishme qishlog‘ida “SDK 800 metr masofaga yaqinlashgani sababli men o‘z uyimdan qochishga majbur bo‘lganman”, dedi Bekmirzayev.

U o‘z oilasi bilan Frot daryosining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab janubga al-Shafa qishlog‘iga qochgani, u yerda masjidda tunaganini aytgan.

U yerdan ayol va bolalar bo‘lgan katta guruh bilan yana qochishda davom etgan. Ularga minalashtirilgan hududlardan o‘tib olishga bir yigit yordamlashgan.

Bekmirzayev: “Agar katta guruhga qo‘shilib olsak, xavfsizroq bo‘ladi, chunki ular ko‘pchilikni, ayniqsa yosh bolalarni, ularning yig‘layotganini ko‘radilar”, deb o‘ylaganini aytdi.

Tushkunlikka tushgan va “jinlarni” eshitishni boshlagan

Bekmirzayev Irlandiyada o‘zini “Smit” deb chaqirishni talab qilgan do‘stiga WhatsApp ilovasi orqali xabar yuborar ekan, u Suriyada oʻtkazgan besh yarim yillik umrini ayriliq, qo‘rquv va umidsizlik bilan tasvirlaydi.

“The Irish Times” nashri guvoh bo‘lgan, 3-dekabr kuni yuborilgan xabarda u “Alloh vaziyatni oʻzgartirishiga umid qilamiz, ammo hammamiz bu yerda o‘lib ketsak kerak”, deb yozgan.

Sobiq ID tarafdori boʻlgan Smit do‘stini taslim bo‘lishga chaqirgan.

“U yerda qanday vaziyatda yoki qayerda ekanligingni bilmayman, ammo yevropalik yoki amerikaliklarga taslim bo‘lgin, aslo shialar yoki ruslarga emas”, degan Smit. “Birinchilari senga bosim o‘tkazsa-da tirik qoldiradi, keyingilari esa unday emas.”

“Birodarim, men bora olmayman. Allohning rahmatidan mahrum boʻlishdan qo‘rqaman. Ko‘pchilik qamoqqa tushadi”, deb aytgan Bekmirzayev.

Shu bilan birga, Bekmirzayevning ID yetakchilariga nisbatan ishonchi ham yo‘qola boshlagan.

“Bular hech nima bermaydi”, deb yozgan u 16-dekabr kuni. “Men buni kech tushundim, ammo hechdan ko‘ra kech yaxshi.”

“Menimcha, ular yaqinda oʻzlari mag‘lubiyatga uchragan joyda, xuddi Mosuldagidek sotqinlik qilib, o‘z uylariga jo‘nab ketishsa kerak”, degan u.

Bekmirzayev do‘stiga “kasallanganini” va allaqanday ovozlarni eshitayotganini aytgan. “Bu jinlar bo‘lsa kerak”, degan u.

Smit Bekmirzayevning ruhiy holati uni “radikallashuvga moyil qilib qo‘yganini” va “ongi radikal zaharlash qurboniga” aylanganini aytgan.

Hozir Bekmirzayev Suriyaga ketish haqidagi qarori “xato” boʻlganini aytadi.

U tushkunlik holatida guruhning qo‘lga tushmas yetakchisi qayerda ekanligini so‘ragan.

Abu Bakr al-Bag‘dodiy qani? Qani u? Bu mening savolim”, degan u AFP nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500