Karvonsaroy
Xavfsizlik

O‘zbekiston-AQSH harbiy hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Maksim Yeniseyev

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari askarlari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari askarlari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashgʻulotlarida ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashgʻulotlarida ishtirok etishdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari askarlari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda qatnashdilar. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonning maxsus harbiy boʻlinmalari askarlari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarda qatnashdilar. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekiston maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarida. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekiston maxsus harbiy boʻlinmalari 13-30-yanvar kunlari Missisipida o‘tgan “Janubiy zarba” qo‘shma mashqlarida. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

TOSHKENT – O‘tgan hafta O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov rahbarligidagi delegatsiyaning Florida shtati, Tampa shahridagi AQSH markaziy qo‘mondonligiga (CENTCOM) tashrifi O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtardi.

Tomonlar kelgusida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy sohada olib borilajak hamkorlikni muhokama qilganlar.

Uchrashuv chogʻida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, askarlarga ta’lim berish hamda qo‘shma va xalqaro harbiy mashqlarda hamkorlik qilishga oid masalalar muhokama etildi, deb xabar bergan “Tashkent Times” nashri 1-fevral kuni O‘zbekiston mudofaa vazirligiga tayanib.

“Biz O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov va uning delegatsiyasini AQSH markaziy qo‘mondonligida kutib olganimizdan mamnunmiz”, deyiladi CENTCOM shtabi rahbari, general-mayor Maykl “Erik” Kurillaning 29-yanvar kungi bayonotida.

AQSH markaziy qo‘mondonligida o‘tgan mashqlarga rahbarlik qilgan AQSH harbiy havo kuchlari general-mayori Jon Mott (o‘ngda) 29-yanvar kuni Florida shtatining Tampa shahridagi AQSH markaziy qo‘mondonligi bosh qarorgohida O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov (chapda) bilan uchrashdi. (CENTCOM)

AQSH markaziy qo‘mondonligida o‘tgan mashqlarga rahbarlik qilgan AQSH harbiy havo kuchlari general-mayori Jon Mott (o‘ngda) 29-yanvar kuni Florida shtatining Tampa shahridagi AQSH markaziy qo‘mondonligi bosh qarorgohida O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov (chapda) bilan uchrashdi. (CENTCOM)

“O‘zbekiston muhim hamkorimiz va biz oʻzaro mustahkam harbiy aloqalarga egamiz”, dedi u. “Biz mamlakatning Markaziy va Janubiy Osiyo (CASA) mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yoʻlidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi va rahbarligini olqishlaymiz.”

Azizovning CENTCOM bosh qarorgohiga qilgan tashrifi Missisipida o‘tkazilgan O‘zbekiston va AQSH harbiy mashqlari bilan yakunlandi.

13-30-yanvar kunlari O‘zbekistonning maxsus jangovar boʻlinmalari AQSH milliy gvardiyasi bilan birgalikda qo‘shma mashqlarda ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar Xettisburg yaqinidagi Shelbi lageri va Golfportdagi oʻquv poligonida bo‘lib o‘tdi.

Bu o‘zbekistonlik askarlarning Qo‘shma Shtatlardagi mashg‘ulotlarda ilk bor ishtirok etishidir.

Mashqlar doirasida Azizov va uning delegatsiyasi 29-yanvar kuni Missisipida AQSH harbiy mulozimlari bilan uchrashib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Mashg‘ulotlar Qo‘shma Shtatlar va boshqa muhim ittifoqchilar, jumladan Chili, Kanada va Niderlandiya kuchlari bilan hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan, deb xabar bergan O‘zbekiston mudofaa vazirligi.

Mashg‘ulotlar global inqirozlar va ishtirokchi boʻlinmalarning alohida talablarini inobatga olgan ssenariylar asosida oʻtkazildi.

Hamkorlikning yangi davri

Ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning yangi davri o‘tgan yili 16-17-may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qo‘shma Shtatlarga rasmiy tashrifidan boshlangan.

Tashrifi davomida Mirziyoyev o‘sha vaqtdagi AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mattis bilan uchrashgan va ikki mamlakat besh yillik harbiy hamkorlik rejasini qabul qilgan edi.

“O‘zbekiston tajriba almashish, harbiy-texnikaviy hamkorlik, mudofaa va xavfsizlik sohasida Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalardan manfaatdor”, degan edi Mirziyoyev uchrashuv chog‘ida.

O‘z o‘rinda Mattis O‘zbekistonni mintaqadagi muhim geostrategik davlat deb atagan.

Bu hamkorlik noyabr oyida AQSH mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Kolin Jekson boshchiligidagi AQSH harbiy delegatsiyasi Toshkentda Azizov tomonidan qabul qilinganida yanada kengaydi.

“Biz uchun, Qo‘shma Shtatlar ishonchli, vaqt bilan sinalgan hamkor, u bilan do‘stona munosabatlar, o‘zaro koʻmak va hamkorlik doimiy va dinamik ahamiyat kasb etgan”, degan edi Azizov uchrashuvda.

“Dunyodagi qudratli, jangovar imkoniyatga ega mamlakat bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, shubhasiz, armiyamizning jangovar shayligini oshirishga yordam beradi”, dedi u.

Missisipidagi mashqlarni ham “tarixiy” deb atash mumkin, deydi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xon.

“2005-yilda O‘zbekistondagi AQSH harbiy bazasi yopilganidan beri ikki mamlakat harbiy sohada bu darajada yaqin hamkorlik qilmagan edi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ayni damda O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlarning harbiy-texnikaviy hamkorligini “yaqin” deb bo‘lmaydi, ammo men uni “ishonchli” deya olaman.”

Azizovning Qo‘shma Shtatlarga tashrifidan O‘zbekiston o‘zining “mustaqil tashqi siyosatini olib borishni” maqsad qilgan deyishimiz mumkin, dedi Xon.

Islohotlarni qoʻllab-quvvatlash

Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston oʻz qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va jangovar shay holatda saqlashga jiddiy ahamiyat qaratgan.

Dunyo mamlakatlari qurolli kuchlarining Global Firepower reytingiga koʻra, bu saʼy-harakatlar oʻz samarasini bermoqda.

2018-yilda Oʻzbekiston armiyasi ushbu reytingda 9 oʻringa yuqorilab, jahonda 39-oʻringa chiqib oldi va Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiyaga aylandi.

Shuningdek, 2018-yilda Oʻzbekiston oʻz tarixidagi eng yirik harbiy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini tekshiruvdan oʻtkazdi. Mudofaa vazirligi muvaqqiyatli deb baholagan mashqlarga armiyaning barcha boʻlinmalari jalb etilgan.

Harbiy sohadagi hamkorlikning kengayishi bilan birga, AQSHning mudofaa va ilmiy-oʻquv muassasalari Oʻzbekistonning qurolli kuchlarni isloh qilish choralarini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Noyabr oyida Germaniyada joylashgan Jorj K. Marshall nomidagi xavfsizlik sohasiga oid tadqiqotlar boʻyicha Yevropa markazi professori Gregori Glison Oʻzbekiston qurolli kuchlari akademiyasi uchun xalqaro xavfsizlik boʻyicha oʻquv kurslarini tashkillashtirdi.

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Yevropada xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha professor boʻlgan Glison akademiya talabalari va oʻqituvchilari uchun muntazam ravishda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib keladi.

Qoʻshimcha tayyorgarlik va islohotlar olqishlanadi, deydi zahiradagi armiya zobiti Mahmud Abbosov.

“Oʻzbekiston Qurolli kuchlarining oʻquv muassasalari koʻp hollarda hanuzgacha Sovet davrida chop etilgan qoʻllanmalardan foydalanib kelmoqda”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Oʻzbek tilidagi zamonaviy oʻquv qoʻllanmalari esa koʻpincha eski materiallarning shunchaki qayta ishlangan varianti boʻladi”, dedi u. “Gap harbiy taktika haqida ketar ekan, armiya bu boradagi ilgʻor usullar va xorijiy tajribani oʻrganishga muhtoj.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500