Karvonsaroy
Diplomatiya

Kreml yangi “muzokaralar”ga mezbonlik qilish bilan Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini izdan chiqarishga urinmoqda

Sulaymon

Tolibonlar matbuot kotibi Muhammad Abbos Stanekzay 5-fevral kuni Moskvada Tolibonlar va afgʻon muxolifati vakillari oʻrtasidagi ikki kunlik muzokaralarning ochilishida ishtirok etmoqda. [Yuriy Kadobnov/AFP]

Tolibonlar matbuot kotibi Muhammad Abbos Stanekzay 5-fevral kuni Moskvada Tolibonlar va afgʻon muxolifati vakillari oʻrtasidagi ikki kunlik muzokaralarning ochilishida ishtirok etmoqda. [Yuriy Kadobnov/AFP]

KOBUL – Moskvada Tolibon vakillari va afgʻon muxolifatining qator siyosatchilari ishtirokidagi uchrashuv Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashish va tinchlik jarayonini barbod qilishga urinishdir, deb hisoblaydi afgʻonistonlik deputatlar va tahlilchilar.

Chorshanba (6-fevral) kuni oʻz nihoyasiga yetadigan ikki kunlik uchrashuvda Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanining bir nechta siyosiy raqiblari ham qatnashadi. Tinchlik muzokaralari uchun masʼul etib tayinlangan davlat elchilaridan hech biri uchrashuvga taklif etilmagan.

“Moskvadagi uchrashuv xomxayoldan boshqa narsa emas”, deb aytgan Gʻani TOLOnews nashriga.

“Afgʻon xalqining roziligisiz hech qanday qaror qabul qilinishi mumkin emas”, deydi u. “Moskvada yigʻilganlar ijro hokimiyati vakolatiga ega emaslar, ular istagan narsani gapirishlari mumkin”.

Oʻtgan yil noyabr oyida Moskvada oʻtkazilgan birinchi “tinchlik anjumanida” Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tolibon vakillari bilan uchrashmoqda. [Rossiya tashqi ishlar vazirligi]

Oʻtgan yil noyabr oyida Moskvada oʻtkazilgan birinchi “tinchlik anjumanida” Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tolibon vakillari bilan uchrashmoqda. [Rossiya tashqi ishlar vazirligi]

Rossiyaning Afgʻonistondagi sobiq elchisi Aleksandr Mantitskiy 2016-yil 24-fevral kuni Kobuldagi harbiy aerodromda oʻtkazilgan marosimda Hanif Atmarga AK-47 avtomatini topshirmoqda. Shu haftada Moskvadagi anjumanda ishtirok etayotgan Atmar boʻlajak prezident saylovlarida Afgʻoniston davlat rahbari Ashraf Gʻaniga raqiblik qiladi. [Shoh Maray/AFP]

Rossiyaning Afgʻonistondagi sobiq elchisi Aleksandr Mantitskiy 2016-yil 24-fevral kuni Kobuldagi harbiy aerodromda oʻtkazilgan marosimda Hanif Atmarga AK-47 avtomatini topshirmoqda. Shu haftada Moskvadagi anjumanda ishtirok etayotgan Atmar boʻlajak prezident saylovlarida Afgʻoniston davlat rahbari Ashraf Gʻaniga raqiblik qiladi. [Shoh Maray/AFP]

Gʻani tolibonlarga afgʻon hukumati bilan bevosita muzokaralar olib borishni bir necha marotaba taklif qilgan va bunda Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni boʻyicha AQSHning maxsus elchisi Zalmay Xalilzodning rolini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Xalilzod oʻtgan oy Dohada Tolibon vakillari bilan olti kunlik muzokaralar oʻtkazilgani haqida Gʻaniga xabar bergan, ushbu uchrashuvda tinchlik bitimining asoslari yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Tolibon harakati vakillari 25-fevral kuni Dohada AQSH rasmiylari bilan tinchlik muzokaralarining navbatdagi davrasini oʻtkazadilar.

Tinchlik yoʻlidagi saʼy-harakatlarni “yoʻqqa chiqarishga urinish”

“Dohada oʻtgan bir nechta uchrashuvlardan soʻng, tolibonlar bilan tinchlikka erishish masalasida nekbinlik yuzaga kelgan”, dedi Volesi Jirgʻadagi (parlament quyi palatasi) Kobul viloyati vakili Muhammad Farhod Sodiqiy.

“Lekin bugungidek qaltis vaziyatda Rossiya afgʻon hukumatining ishtirokisiz yana bitta uchrashuv oʻtkazmoqda”, dedu u Salaam Times nashri bilan suhbatda. “Men bu uchrashuvni muzokaralarni barbod qilishga urinish deya baholayman.“

Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi uchrashuvga “Rossiyadagi afgʻon hamjamiyati” nomidan “nufuzli arboblar” taklif etilganini aytgan. Bu bayonot dezinformatsiya va muzokalarda Rossiya hukumatining rasmiy ishtirokini yashirishga urinish oʻlaroq tanqidga uchragan.

“Biz Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun oʻz hissamizni qoʻshishga tayyormiz”, deyilgan bayonotda.

Rossiya hukumati sammitda qanday rol oʻynashi tushunarsiz. Biroq, 31-yanvar kuni Rossiya rasmiylaridan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Reyter agentligiga “bu kabi qiyin bosqichda muzokaralar stolida Afgʻoniston hukumatining rasmiy shaxslari boʻlmagani maʼqul” ekanini aytgan.

Moskvadagi uchrashuvda ishtirok etishini tasdiqlaganlar orasida Afgʻonistonda 20-iyul kuniga belgilangan prezident saylovlarida Gʻaniga raqiblik qiladigan Hanif Atmar ham bor. Shuningdek, tadbirda Gʻanining yana ikki raqibi – Ato Muhammad Nur va sobiq prezident Hamid Karzay ham ishtirok etmoqda.

Hukumat tarafidan tolibonlar bilan muzokalarga masʼul etib tayinlagan vakil ham yakshanba kuni Moskvaga chaqirilmaganini aytgan.

Rossiya “tinchlik maqsadlarini koʻzlamaydi”

Bu Rossiyaning tolibonlar ishtirokida “tinchlik anjumani” oʻtkazishga birinchi urinishi emas.

Noyabr oyida oʻtkazilgan shunga oʻxshash soʻnggi tadbir Afgʻon hukumati va tolibon harakati oʻrtasida muloqot oʻrnatish maqsadiga erisholmay, muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Aksincha, u Tolibon guruhlari oʻrtasidagi ixtiloflar va Rossiyaning Afgʻoniston ichki ishlariga aralashuvlarini yanada qatʼiyroq isbotladi.

“Tolibonlar va ayrim shaxslar oʻrtasidagi muzokaralar bizga mamlakatda urushga barham berish va tinchlikka erishishga zinhor yordam berolmaydi”, dedi Kobullik siyosatchi, Gʻanining sobiq matbuot kotibi oʻrinbosari Najibulla Ozod.

“Ruslar va tolibonlar bu muzokaralarni faqat o‘z manfaatlarini koʻzlab o‘tkazishni maqsad qilganlar”, dedi u Salaam Times nashriga. “Bu afg‘on xalqiga ziyon yekazadi.

“Tolibonlar va Rossiya ayrim shaxslar va siyosiy partiyalar bilan muzokaraga kirishish orqali Afg‘oniston hukumatining legitim emasligini koʻrsatmoqchilar”, dedi u. “Tolibonlar bilan erishilgan har qanday maxfiy kelishuv millatga xiyonat va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga hisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.”

Moskvadagi uchrashuv “diplomatiya me’yorlari, tamoyillari va axloqiy qoidalarini pisand qilmayapti”, dedi Ozod.

“Kobulda Rossiya elchixonasi va maxsus vakolatxonasi bor”, dedi u. “Mamlakatimizga taalluqli masalalar, jumladan tinchlik muzokaralari Afg‘oniston hukumati bilan muhokama qilinishi lozim.”

“Rossiya bu muzokarani Afg‘oniston hukumati bilan maslahatlashmay va kelishmay o‘tkazish bilan diplomatiyatning barcha tamoyillari va axloqiy qoidalarini buzmoqda”, dedi u.

“Kobuldagi tinchlik anjumanining ikkinchi bosqichida ishtirokchi davlatlar, jumladan Rossiya ham tinchlik jarayoni faqat Afg‘oniston hukumati tomonidan boshqarilishi va egalik qilinishiga kelishib olgan edilar”, dedi u.

“Amalda esa biz Moskva ikkinchi marta o‘z majburiyatlarini bajarmayotganiga guvoh boʻlib turibmiz”, dedi Ozod o‘tgan yili o‘tkazilgan muzokaralarni nazarda tutib.

“Faqat Afg‘oniston hukumatigina afg‘onlarning rasmiy vakili bo‘lishi mumkin, bu rolda hech qanday firqalar yoki Rossiya bo‘lishi mumkin emas”, deb aytgan kobullik siyosiy tahlilchi Sayid Hamid Anvariy.

“Bu muzokaralarni qandaydir siyosiy tomonlar ishtirokida o‘tkazish Afg‘oniston qonunchiligi va milliy manfaatlarimizga zid”, degan u Salaam Times nashriga. “Muzokaralarni faqat afg‘on hukumati o‘tkazishi va boshqarishi mumkin.”

“Rossiya yetakchilarining bu muzokaralarni o‘tkazishdan maqsadi – tinchlik yoʻlidagi sa’y-harakatlarga rahna solish va ular putur yetkazish”, dedi u. “Moskva tinchlikka erishishini istamaydi.”

“Sharmandali” muzokaralar

Moskvada o‘tkazilgan uchrashuvda tolibonlarning yolg‘onlari va maxfiy uchrashuvlaridan oliy darajadagi afg‘on rasmiylarining hafsalasi pir boʻlgani yaqqol sezilgan.

Sobiq ichki ishlar vaziri v.b. va milliy xavfsizlik boshqarmasining sobiq rahbari Amrulloh Solih Moskvada ishtirok etgan afg‘onistonlik siyosat arboblari, jumladan sobiq prezident Hamid Karzayni “terrorchilarga yalinish”da aybladi.

“Mamlakat ichi va tashqarisida uning manfaatlarini Afg‘on millati rahbariyati himoya qilishi SHART”, deb yozgan Solih 6-fevral kuni Twitter sahifasida.

“Qasddan yoki bilmay turib betartib xorijiy anjumanlarda ishtirok etishga rozi bo‘lgan afg‘onlar biz davlat emas, qabilalar birlashmasi ekanligimiz haqidagi yon-atrofimizdagi dushmanlarning da’volarini tasdiqlaydilar, xolos. “Foydali ahmoqqa” aylanib qolmang”, dedi u.

“Moskvadagi uchrashuv davomida kobullik ishtirokchilar ayblov va haqoratlarga quloq tutib o‘tirishdi, ammo buning evaziga hech narsaga erisha olishmadi, dedi u 5-fevral kuni va buni “oʻta sharmandali holat” deb atadi.

“Moskvada Tolibonlar va ayrim afg‘on siyosiy partiyalari o‘rtasida Afg‘on hukumati ishtirokisiz olib borilgan muzokaralar vaqtni zoye ketkazish va tolibonlarni qonuniylashtirish xolos”, deb yozgan oʻzining Twitter sahifasida Afg‘onistonning ikkinchi vitse-prezidenti Sarvar Donish.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kremlning o‘zi terrorchilik tashkilotiga aylangan

Javob berish

Nima uchun AQSH mustaqil davlatni bosib olib, rahbarini yoʻq qilib, aholiga mos boʻlmagan oʻz yashash shartlarini kiritsa bu demokratiya va erkinlik deb ataladi???!!! Kreml boʻlsa muzokaralar va ikki tomonlama manfaatli shartlarga asoslangan munosabat qilsa terrorchilik deb nomlanadi?! Javobingizni tushunish qiyin! Tushuntirib berishga harakat qiling!

Javob berish

Kreml eng katta terrorchilik tashkiloti ekanligi hammaga ayon.

Javob berish