Karvonsaroy
Din

Islom va nasroniylik dini peshvolari e’tiqod erkinligi va bag‘rikenglikka chaqiruvchi bayonot bilan chiqdilar

AFP

Rim papasi Fransisk va Al-Azhar masjidining bosh imomi shayx Ahmad al-Toyib 4-fevral kuni Abu Dabida o‘tkazilgan Insoniy birodarlik uchrashuvida oʻzaro hujjat almashmoqdalar. (Vinchenzo Pinto/AFP)

Rim papasi Fransisk va Al-Azhar masjidining bosh imomi shayx Ahmad al-Toyib 4-fevral kuni Abu Dabida o‘tkazilgan Insoniy birodarlik uchrashuvida oʻzaro hujjat almashmoqdalar. (Vinchenzo Pinto/AFP)

ABU DABI, Birlashgan Arab Amirliklari – Rim papasi va islom peshvolaridan biri e’tiqod erkinligiga chaqiruvchi qo‘shma bayonotni e’lon qildilar. Rim papasi Islom dini paydo boʻlgan makon – Arab yarim oroliga ilk bora tashrif buyurdi.

Musulmonlar bilan muloqotga kirishishni o‘z yetakchilik davrining poydevori etib belgilagan Rim papasi shanba-yakshanba (3-5-fevral) kunlari davomida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.

5-fevral, quyoshli va iliq kunda Rim papasi o‘n minglab katoliklarga messa o‘tish uchun Abu Dabining markaziy stadioniga keldi. Maydon Vatikanning oq-sariq bayroqlari bilan bezatildi.

BAAda istiqomat qiluvchi 135 mingdan ortiq xristianlar pontifik Zayid sport maydoniga kirib kelishi bilan uni olqishlashga tushib ketdilar. Messada to‘rt mingta musulmon ham ishtirok etdi.

Rim papasi Fransisk Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum hamrohligida mansabdor shaxslardan biri bilan qoʻl siqishmoqda, Abu Dabi, 4-fevral. (Vinchenzo Pinto/AFP)

Rim papasi Fransisk Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum hamrohligida mansabdor shaxslardan biri bilan qoʻl siqishmoqda, Abu Dabi, 4-fevral. (Vinchenzo Pinto/AFP)

Xabarlarga ko‘ra, messa BAAdagi eng yirik ommaviy tadbirga aylangan.

Dunyo tinchligi yoʻlidagi birodarlik

4-fevral kuni Abu Dabida Rim papasi al-Azhar masjidining bosh imomi, shayx Ahmad al-Toyib bilan muloqotda boʻldi. Qohiradagi Al-Azhar sunniy islom yoʻnalishidagi nufuzli taʼlim maskani hisoblanadi.

Diniy peshvolar “dunyodagi tinchlik va hamjihatlik uchun insoniy birodarlik” bo‘yicha hujjat imzoladilar. Vatikan bu hujjatni “xristianlar va musulmonlar o‘rtasidagi muloqotda muhim qadam” deb taʼriflagan.

Ular “e’tiqod erkinligi”, “bag‘rikenglik madaniyati targ‘iboti”, “ibodat joylarini himoya qilish” va ozchilikni tashkil qiluvchi guruhlarga “to‘liq fuqarolik” huquqlari berilishiga chaqirdilar.

“Jamiyatimizda to‘liq fuqarolik tushunchasini o‘rnatish hmda ihotalanish va kamsitilish his-tuyg‘ularini paydo qiluvchi “ozchilik” atamasidan voz kechishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir”, deyiladi hujjatda.

Hujjatga koʻra, “Erkinlik – har bir insonning huquqi boʻlib, har qanday shaxs e’tiqod, fikrlash, uni ifoda etish va amal erkinligiga ega” va “din, teri rangi, jins, irq va tillarning xilma-xilligi Xudoning xohish-irodasidir.”

“Odamlar ma’lum din yoki madaniyatga amal qilishi kerakligi, shuningdek, boshqalar qabul qilmaydigan hayot tarzini ularga majburlab oʻtkazishdan voz kechilishi lozim”, deyiladi unda.

“Hujjat juda ko‘p mulohaza va ibodat bilan tayyorlandi”, dedi Rim papasi 5-fevral kuni samolyotda Rimga qaytar ekan.

“Fikrimcha, eng katta tahdid bitta, u ham boʻlsa oʻrtamizdagi urush va vayronagarchiliklar, nafrat. Biz dindorlar bir-birimizga yordam bera olmasak, bag‘rikenglik qilmasak dinimiz magʻlub boʻladi”, dedi u.

“Men bir necha musulmonlardan hujjat al-Ahzar va boshqa taʼlim maskanlarida o‘rganilishini eshitdim. U o‘rganiladi, zo‘rlik bilan tadbiq etilmaydi”, dedi u.

Urushdan voz kechishda dinning vazifasi

Rim papasi Fransisk shayx Ahmad va BAA yetakchilari ishtirok etgan dinlararo anjumanda so‘zlar ekan, barcha diniy peshvolarni “urush” so‘zini tasdiqlashning har qanday vaziyatidan voz kechishga chaqirdi.

Abu-Dabining valiahd shahzodasi, shayx Muhammad bin Zayd al Nahayon 4-fevral kuni Rim papasiga 1965-yilda BAAda qurilgan cherkov yer maydonining hujjatini topshirdi.

U 5-fevral kuni kechqurun ikki diniy peshvoning “bu kabi muhim tashrifini tarixga muhrlash maqsadida Abu Dabida Ibrohim oilasi uyini qurishga buyruq berganini” aytdi.

Rim papasi Fransisk esa unga 1219-yilda ismdoshi Assizilik Fransisk va Misr sultoni Malik al Komilning uchrashuvidan yodgorlik sifatida qolgan nishonni taqdim etdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ham kulgili, ham ayanchli. Bu bosh imom va oʻquv muassasi boshqa musulmonlarga buyruq berishga haqli emas.

Javob berish

Bosh imom...... Bunaqa lavozim yoʻq

Javob berish