Karvonsaroy
Terrorizm

Suriyada ID iskanjasidan qochgan qozoq ayoli: “Hammasi yolg‘on”

Kseniya Bondal

Suriyaning Bahruz qishlog‘ida Suriya demokratik kuchlari (SDK) va “Islom davlati” o‘rtasidagi urushdan qochgan ayol 31-yanvar kuni Dayr Az-Zor viloyatida SDK tekshiruvidan oʻtish va ro‘yxatga olinishini kutmoqda. Suriyadan oʻz vataniga qaytib kelgan qozog‘istonliklar boshqa qaytganlarni deradikalizatsiya qilishga koʻmaklasha oladilar, deydi tahlilchilar. (Delil Sulaymon/AFP)

Suriyaning Bahruz qishlog‘ida Suriya demokratik kuchlari (SDK) va “Islom davlati” o‘rtasidagi urushdan qochgan ayol 31-yanvar kuni Dayr Az-Zor viloyatida SDK tekshiruvidan oʻtish va ro‘yxatga olinishini kutmoqda. Suriyadan oʻz vataniga qaytib kelgan qozog‘istonliklar boshqa qaytganlarni deradikalizatsiya qilishga koʻmaklasha oladilar, deydi tahlilchilar. (Delil Sulaymon/AFP)

OLMAOTA – Tahlilchilarga koʻra, o‘tgan oyda Suriyadagi “Islom davlati” iskanjasidan qutqarilgan qozog‘istonliklar o‘z tajribalari bilan oʻrtoqlashish orqali qolganlarni deradikalizatsiya qilishda yordam berishlari mumkin.

5-6-yanvar kunlari Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish idoralari Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Suriyadan 47 ta qozog‘istonlikni qutqarishga qaratilgan “Jusan” (“Achchiq shuvoq”) operatsiyasini oʻtkazdi.

47 nafar qutqarilganlarning 30 nafari yosh bola va 10 tasi ayollar edi. Qolgan yetti nafari qozog‘istonlik erkaklar bo‘lib, ular terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda ayblangan.

Oʻz vataniga qaytgan ayollardan biri – Janna 21-yanvar kuni KTK telekanaliga bergan intervyusida urush hududiga eri bilan birga ketganini soʻzlab berdi.

5-6-yanvar kunlari Suriyada Qozog‘iston tomonidan oʻtkazilgan operatsiya natijasida qutqarilgan bolalar, Qo‘zog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining videolavhasidan olingan kadr. (KNB)

5-6-yanvar kunlari Suriyada Qozog‘iston tomonidan oʻtkazilgan operatsiya natijasida qutqarilgan bolalar, Qo‘zog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining videolavhasidan olingan kadr. (KNB)

U qizini Qozog‘istondagi ota-onasiga tashlab kelgan, Suriyada esa o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Erining vafotidan keyin Qozog‘istonga qaytishni istagan, ammo terrorchilardan qochish imkoni bo‘lmagan, dedi u.

Janna vataniga qaytishga yordam bergan Qozog‘iston hukumatidan minnatdor ekanligini va IDning ekstremistik g‘oyalaridan voz kechganini aytadi.

“Ongimizga singdirgan qarashlarning barchasi yolg‘on boʻlib chiqdi”, deydi Janna.

“Bularning bari nafratni yuzaga keltirish uchun oʻylab topilgan”, dedi u. “Koʻzim endi ochildi.”

Radikallashuvning oldini olish

“Islom xalifaligini” tuzish gʻoyalaridan ruhlanib urush hududiga kelgan odam ma’lum bir vaqtdan soʻng unga berilgan va’dalar yolg‘on ekanligini tushunib yetishi bilan oʻz fikridan qaytadi, deydi Ostonadagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar institutining bosh ilmiy xodimi Irina Chernix.

“Ammo bu deradikalizatsiyaning qoʻrqinchli jarayoni, ayniqsa uni boshdan kechirganlar uchun”, dedu u Karvonsaroy nashriga.

ID safiga yollanganlar qaytish chiptasidan mosuvo boʻlganlar, deydi Chernix. Ularni yollaganlar Suriyaga yetib kelishlari uchun pul to‘lashgan, ammo u yerdan qochish deyarli imkonsiz bo‘lgan.

“Odatda ID a’zolari odamlarni qo‘yib yuborishmaydi”, dedi u. “Ular yo o‘ldiriladilar, yoxud Osiyo yoki Yevropaga borib, terrorchilik harakati sodir etishga rozi bo‘lishlari yoki va’da berishlari kerak bo‘ladi.”

“Mo‘jiza” bilan qochib qutulganlar esa IDning shunday talablarni qoʻyishini tasdiqlaganlar, dedi u.

Suriya va Iroqda bo‘lib qaytganlar o‘z hukumatlariga boshqalarni deradikalizatsiya qilishda yordam berishlari mumkin, deydi Olmaotada joylashgan Markaziy Osiyo strategik tadqiqotlar instituti rahbari Anna Gusarova.

Bunday holatlarni biz Tojikiston va Qirg‘izistonda kuzatganmiz, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Hukumat ulardan “ID qo‘l ostidagi yerlarda Islom qadriyatlari yoki Islom dunyosi yo‘qligini, aslida u yerda faqat urush boʻlayotganini odamlarga tushuntirib berishlarini soʻragan”, dedi u.

Qo‘shma Shtatlar va Malayziyada olib borilgan tadqiqotlarga Suriya, Iroq yoki Afg‘onistondan qaytganlar dastlabki olti oyda deradikalizatsiya jarayonidan o‘tmasa, ularning dunyoqarashini deyarli o‘zgartirib bo‘lmasligini koʻrsatdi, dedi Gusarova.

Uning soʻzlariga koʻra, reabilitatsiya jarayonidan oʻtmaganlarning 70-80 foizi, odatda jinoiy guruhlarga qoʻshilganlar yoki terrorchilik harakatini tayyorlash yoki tashkillashtirishda ayblanib sudlanganlar. Bunda ular hatto mamlakatdan chiqmasdan, shu yerning oʻzida qandaydir qoʻporuvchilik faoliyati bilan shugʻullanganlar”, deydi Anna Gusarova.

Bolalar himoyasi va reabilitatsiyasi

Gusarovaga koʻra, 2012-yildan 2014-yilgacha Qozogʻistondan Suriyaga chiqib ketgan oilalar urush hududini 2015-yilda tark eta boshlagan.

Hozirda bu jarayon tezlashmoqda va davlat qaytayotganlar bilan bogʻliq muammoni qanday hal qilishini qozogʻistonliklar tushunishlari kerak, dedi u.

Suriya va Iroqdan qaytgan bolalar va oʻsmirlar uzoq muddatli va takroriy reabilitatsiyaga muhtoj, deydi Gusarova.

Gusarovaning aytishicha, ular butun umrga psixologik yordamga muhtoj boʻladilar. Buning uchun esa nafaqat mablagʻ, balki imomlar va huquq-tartibot xodimlari kabi malakali mutaxassislar kerak boʻladi.

ID taʼsiri ostida ongi zaharlangan yoshlar ruhiy jarohatlar olishgan, deydi ostonalik siyosiy tahlilchi Talgat Kaliyev.

Psixologlar ularning barqarorligi va qayta radikallashuvga qay darajada moyil ekanini baholash uchun ular ishlashi kerak boʻladi, dedi u.

Bunday baholashdan soʻng, bu yoshlar jamiyatga qayta integratsiya qilinadi, biroq ularning maʼlum nazorat ostida boʻlishi maqsadga muvofiq, dedi u.

Bu bir qadar xavfli boʻlsa-da, Qozogʻiston fuqarolariga oʻz vataniga qaytishga izn berilishi lozim, dedi Kaliyev.

Mamlakat Qozogʻiston pasportiga egalik qiluvchi har bir shaxs uchun kurashmogʻi zarur, dedi u.

“Bugun bittasidan, ertaga boshqasidan yuz oʻgirsak, indinga nima boʻladi?”

“Deradikalizatsiya – qimmat jarayon”, dedi u. “Davlatning oʻz fuqarolarini normal hayotga qaytarish uchun pul sarflashga tayyorligi mamlakatning yetukligi belgisidir”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ularni nimani bilishimizni xohlasalar, shuni bilishga haqlimiz. Aynan ular jinoyatchilardir. Hammasi Allohga ayon.

Javob berish

Bu erkak va ayollar avvaldan tayyorlangan odamlar boʻlishi mumkin, oʻzini adashgandek, tavba qilgandek qilib koʻrsatishi mumkin. Ularni alohida nazorat ostida ushlash kerak

Javob berish

UD xalqni qatliom qilish, Isroil/dunyo yahudiylariga qarshi informatsion qoʻporuvchilik harakatlari. UD qatliom/dunyo yahudiylariga qarshi informatsion qoʻporuvchilik harakatlari/Irina Chernix/Anna Gusarova/Talgat Kaliyev aktivlarini muzlatish. Shunisi maʼlumki, ushbu shaxslar yordamida jamoatchilik fikrini shakllantirish/ogʻdirish harakatlari olib borilmoqda, RQ fuqarolari uchun odam yetkazib berish/yollash/tayyorlash kanallari berkitilmoqda. Bu qaytganlarning bari yahudiylar/milliy mafiyalar/ehtimol rasmiy masjidlardagi diniy mafiozi tashkilotlarining jinoyatlari guvohi sifatida himoya bilan taʼminlanishi lozim.

Javob berish

Dedi u, dedi u deb 50 marta yozilgan, kim yozgan bu statyani

Javob berish