Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raketaga qarshi mudofaa tizimlari xavotirga sabab boʻlmoqda

Kanat Altinbayev

Qozog‘iston havo mudofaasi qoʻshinlari 2016-yilda Ostona yaqinidagi Ashuluk shahrida (Rossiya) xalqaro musobaqada tayyorgarilik ko‘rmoqdalar. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Qozog‘iston havo mudofaasi qoʻshinlari 2016-yilda Ostona yaqinidagi Ashuluk shahrida (Rossiya) xalqaro musobaqada tayyorgarilik ko‘rmoqdalar. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

OLMAOTA – Kremlning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) aʼzo barcha davlatlar bo‘ylab raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejalari Markaziy Osiyo tahlilchilari va oddiy aholi orasida xavotirga sabab boʻlmoqda.

Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonni o‘z ichiga olgan ODKB davlatlarida raketaga qarshi yagona himoya tizimini yaratish rejalashtirilgan, deb aytgan “RIA Novosti” xabariga ko‘ra tashkilot matbuot xizmati rahbari Anatoliy Sidorov 6-fevral kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Reja, eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Tojikiston va Qirg‘izistonda raketaga qarshi mudofaa tizimlarini kuchaytirishni koʻzda tutadi. ODKB doirasida Kreml qo‘shma raketa mudofaa tizimlarini Armaniston, Belarus va Qozog‘istonda joylashtirib boʻlgan.

Kremlning iddaosiga koʻra, raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi tashkilotga a’zo davlatlar xavfsizligini koʻzlab kengaytirilmoqda.

Qozog‘iston havo mudofaasi qoʻshinlari 2016-yilda Ostona yaqinidagi Ashuluk shahrida (Rossiya) xalqaro musobaqada tayyorgarilik ko‘rmoqdalar. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Qozog‘iston havo mudofaasi qoʻshinlari 2016-yilda Ostona yaqinidagi Ashuluk shahrida (Rossiya) xalqaro musobaqada tayyorgarilik ko‘rmoqdalar. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari 2018-yil may oyida anjuman o‘tkazdilar. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va Armaniston harbiy hamkorlik va qo‘shma mashqlarga oid shartnomalarni imzoladi. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari 2018-yil may oyida anjuman o‘tkazdilar. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va Armaniston harbiy hamkorlik va qo‘shma mashqlarga oid shartnomalarni imzoladi. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Shunday boʻlsa-da, Markaziy Osiyodagi ko‘pchilik uchun g‘oya faqat bir tarafning manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Kreml strategik maqsadlariga erishish uchun haqiqatnamo sabablardan foydalanmoqda, deydi Kiyevda istiqomat qiluvchi daniyalik jurnalist Maykl Andersen. U 20 yildan beri postsovet mamlakatlaridagi voqea-hodisalarni yoritib keladi.

Kremlning bunday xatti-harakati 2014-yilda ham kuzatilgan edi, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi etnik ruslarni himoya qilish kerak degan edi. Oʻsha yili Kreml Qrimni oʻz hududiga qoʻshib oldi va sharqiy Ukrainaga qoʻshinlarini kiritdi.

Rossiya “ODKBga a’zo davlatlarning harbiy xavfsizligini ta’minlash” emas, balki oʻzining siyosiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qilmoqda, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Mintaqaga tashqi harbiy tahdid bo‘lmagan sharoitda raketaga qarshi mudofaa tizimi “Rossiya nazoratini kuchaytirish va harbiy ta’sirni kengaytirish” maqsadiga xizmat qiladi, dedi u.

Markaziy Osiyoning milliy xavfsizligiga tahdid

Andersenga koʻra, Kreml Markaziy Osiyo davlatlari milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, sababi Rossiya bu hudud axborot maydoniga, transport infratuzilmasi va hududiga kirish yo‘llarini izlamoqda.

“Putin bu muammoni Tojikiston va Qirg‘izistonga ma’lum summani toʻlash yo‘li bilan hal qiladi, bu sinalgan usul”, dedi u. “Kremlda boshqa “yashirin usullar” ham bor – Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham Rossiyadagi mehnat muhojirlari yuborayotgan pul o‘tkazmalariga qaram.”

Bu vaziyatga shubha bilan qarayotgan tojikistonlik va qirg‘izistonliklar Rossiya sobiq Sovet respubilkalariga yordam berish maqsadida emas, balki o‘zining siyosiy va strategik manfaatlarida harakat qilayotganini aytmoqdalar.

Dushanbedagi mehmonxona menejeri Ravshan Tillozoda o‘z mamlakatida Rossiyaning raketaga qarshi mudofaa tizimlarining joylashtirilishiga ehtiyoj koʻrmayotganini aytadi.

“Hududimiz Afg‘onistonga yaqin bo‘lgani sababli terrorizm muammosi yoʻq emas”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ammo terrorchilarda raketa yo‘q. Raketasi bor davlatlar esa bizga hujum qilmaydi.”

Rossiya oʻz hududidan tashqarida oʻzi uchun himoya barpo etib, bizni xavf ostida qoldirmoqda”, dedi u. “Rossiyaning raketaga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilgan Tojikiston hududi nishonga aylanishi mumkin”.

Markaziy Osiyoda Kremlning raketaga qarshi mudofaa tizimlarini kuchaytirishga intilishi AQSH va Yevropa bilan munosabatlarining yomonlashgani bilan bogʻliq, dedi bir vaqtlar Qirgʻiziston iqtisodiy boshqaruv vaziri vazifasini bajargan Emil Umetaliyev.

Fevral oyida AQSH Rossiyaning OʻQMR bitimini buzgani bilan bogʻliq bir necha holatlarga ishora qilib, bitimdan chiqish boʻyicha olti oylik jarayonni boshlashi haqida ogohlantirdi.

“Bunday qarama-qarshiliklarning kuchayishi birgina Rossiya uchun xavfli emas. ODKBga aʼzo barcha mamlakatlar oʻzlari istamagan holda ushbu xavfli vaziyat taʼsirida qoladilar”, dedi Umetaliyev.

Oʻtmish saboqlari

Kremlning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tashqi siyosati Rossiyaning maqsadi nima ekanligini ochiq-oydin koʻrsatib turibdi, dedi Umetaliyev.

“Markaziy Osiyo davlatlari oʻz mustaqilligini keragidan ortiq koʻrsatib qoʻyadigan boʻlsalar, qatʻiy jazoga yoʻliqadilar – Ayrim rossiyalik siyosatchilar, shuningdek, harbiy yetakchilar ochiqdan-ochiq shunga ishora qilganlar”, dedi u.

Besh yil avval Moskva va Ostona oʻrtasida diplomatik janjal kelib chiqishiga bir bahry qolgan edi, bunga rossiyalik ikki siyosatchining Qozogʻiston borasida aytgan soʻzlari sabab boʻlgan.

2014-yilning 23-fevral kuni Rossiya davlat dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy “Rossiya-24” telekanali efirida “Markaziy Osiyoda hech qanday respublika mavjud emas”, deb aytgan edi.

U Markaziy Osiyodagi besh davlat Rossiya tarkibida “Markaziy Osiyo federal okrugi”, Verniy shahri esa (Olmaotaning Chor Rossiyasi davridagi nomi) uning poytaxti boʻlishi kerakligini aytgan.

Bu voqeadan bir necha kun avval esa boshqa bir siyosatchi Eduard Limonov oʻzining Facebook sahifasida shunday yozgan: “Umid qilamanki, Rossiya Ukraining bir qismini qoʻlga kiritadi. Harakat qilsak, Shimoliy Qozogʻiston ham bizniki boʻladi. Qozogʻistondagi oraliq hukmdorlik davrida esa u yerdagi rus shaharlarini Rossiyaga qaytarishimiz mumkin.”

“Oraliq hukmdorlik davri” – qozoqlar taʼbiricha, Nursulton Nazarboyev oʻz lavozimini tark etadigan kunga qoʻpol ishora boʻlgan.

Bu soʻzlar qozogʻistonliklarning gʻazabini keltirdi, mamlakat tashqi ishlar vazirligi esa Rossiya tashqi siyosat mahkamasiga Jirinovskiy va Limonovlarning fikrlariga izoh berishni soʻrab norozilik notasi yubordi.

Bu kabi jangovar mulohazalar Rossiyaning geosiyosiy holatiga zid keladi, deb hisoblaydi Andersen.

Putin Ukrainadagi taʼsirini yoʻqotdi, Belarus bilan munosabatlarda esa tanglik yuzaga kelgan. U Markaziy Osiyoni ham qoʻldan chiqarayotganini his qilmoqda, dedi u.

Andersenning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalari Gʻarb bilan hamkorlikni tobora mustahkamlab borar ekan, Putin Kremlning mintaqadagi taʼsirini saqlab qolish uchun qoʻlidan kelganini qiladi.

“Shunday ekan, Markaziy Osiyo mamlakatlari undan yaxshilik kutmasalar ham boʻladi. Biroq, hech kim ularning fikrini soʻrab oʻtirmaydi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Markaziy Osiyodan Rossiya harbiy bazalari yoʻqotilsin

Javob berish

Ha, bu buyurtma maqola, tushunadigan odamlar biladi. Qandaydir jurnalistning ahmoqona fikrlariga havolalar berilgani esa umuman kulgili.

Javob berish

Xitoy butun Oʻrta Osiyoni uch soatda bosib olishi mumkin, ular faqat ruslardan qoʻrqadi, bu hammaga maʼlum. Shaxsan men mehnat lagerida qayta tarbiyalanishni xohlamayman, ruslar bilan boʻlganim yaxshi.

Javob berish

Rossiya nuqul qulab tushadigan raketalarini oʻzida joylashtiraversin.

Javob berish

Qu-qu-qu, xoʻrozlar qoʻrqib ketishdi. Yollanma maqolaning badboʻy hidi kelyapti

Javob berish

Rossiya tushib ketayotgan ishtonini koʻtarib olishni eplasin

Javob berish

Avval ruschani oʻrganib ol, oʻrgildim sendaka sharhlovchidan! ))

Javob berish

Yaxshi fikr, agar gʻarbga bu yoqmayotgan boʻlsa demak Rossiya toʻgʻri yoʻlda

Javob berish

Markaziy Osiyodan Rossiyaning barcha harbiy bazalarini yoʻqotish kerak

Javob berish