Karvonsaroy
Atrof muhit

Jahon banki Markaziy Osiyoda ob-havo, iqlim va gidrologiya ma’lumotlarini yaxshilashga yordam beradi

Jahon banki

Tyan-Shan togʻining shimoliy yonbagʻirlaridagi yaylovlarda qoʻylarni oʻtlatib yurgan podachi, Qirgʻiziston [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Tyan-Shan togʻining shimoliy yonbagʻirlaridagi yaylovlarda qoʻylarni oʻtlatib yurgan podachi, Qirgʻiziston [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Tojikistondagi qurgʻoqchilikning qishloq xoʻjalik mahsulotlariga taʼsiri. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Tojikistondagi qurgʻoqchilikning qishloq xoʻjalik mahsulotlariga taʼsiri. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi gidroelektrostansiya. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi gidroelektrostansiya. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi meteostansiya boshqaruvchisi. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi meteostansiya boshqaruvchisi. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Zamonaviylashtirilgan ob-havo prognozlari bazasi, Qirgʻiziston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Zamonaviylashtirilgan ob-havo prognozlari bazasi, Qirgʻiziston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi qayta tiklangan meteostansiyalardan biri. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Qirgʻizistondagi qayta tiklangan meteostansiyalardan biri. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Anzob dovoni boʻylab harakatlanayotgan yoqilgʻi tashuvchi mashinalar, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Anzob dovoni boʻylab harakatlanayotgan yoqilgʻi tashuvchi mashinalar, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Zamonaviy ob-havo bashorati uskunlalari, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Zamonaviy ob-havo bashorati uskunlalari, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Milliy libosdagi ayol mobil telefonida ob-havo maʼlumotini tekshirmoqda, Nurek, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Milliy libosdagi ayol mobil telefonida ob-havo maʼlumotini tekshirmoqda, Nurek, Tojikiston. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Jahon banki hamda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash global jamgʻarmasi tomonidan Qozogʻistonda dala sharoitida tashkil etilgan trening. [Jahon banki]

Jahon banki hamda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash global jamgʻarmasi tomonidan Qozogʻistonda dala sharoitida tashkil etilgan trening. [Jahon banki]

Maktabga ketayotgan qirgʻizistonlik bolalar. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Maktabga ketayotgan qirgʻizistonlik bolalar. [Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network]

Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi: bir necha oʻn yillar avval 80 foizni tashkil etgan qashshoqlik darajasi bugungi kunda 30 foizga tushdi. Shunday boʻlsa-da, oʻsib borayotgan iqlimiy va tabiiy ofatlar tahdidi mintaqa aholisining turmushi va xavfsizligiga soya solmoqda, deyiladi Jahon bankining yanvar oyidagi bayonotida.

Asr oxiriga borib, mintaqadagi oʻrtacha harorat 4 darajagacha oshishi mumkin – bu esa suv toshqinlari, yer koʻchkilari, sellar, qurgʻoqchilik, kuchli shamollar va qor koʻchkilari kabi ekstremal tabiat hodisalari taʻsirini yanada kuchaytiradi – bu zaif qatlamlar uchun jiddiy xavfdir.

Masalan, Markaziy Osiyoda mehnatdagi aholining 30 foizi dehqonchilik va chorvachilik ortidan kun koʻradi, qishloq xoʻjaligini yuritish borasida shakllangan tajriba avloddan avlodga oʻtib kelmoqda. Biroq, iqlim oʻzgarishi tufayli kelib chiqadigan oʻzgaruvchan ob-havo sharoitlari natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchdan bir qismga kamayishi, bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solib, butun mintaqada iqtisodiy oʻsish yoʻliga toʻgʻanoq boʻlishi mumkin.

Kutilmagan yogʻingarchiliklar, qor va muzliklarning erishi ham Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energiyaning muhim qismi boʻlgan gidroenergetika sohasini ham izdan chiqarishi mumkin. Ushbu elektrostantsiyalar turarjoylar, maktablar va mintaqaning oʻsib borayotgan iqtisodiyoti uchun sof va ishonchli elektr energiyasini etkazib beradi.

Tojikistonning Xo‘jand shahridagi gavjum bozor. (Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network)

Tojikistonning Xo‘jand shahridagi gavjum bozor. (Kristina Stuhlberger/Zoï Environment Network)

Meteorologik va gidrologik bashoratlar aholi xavfsizligi va bardoshliligini kuchaytirishga yordam beradi. Bunga barvaqt ogohlantirish tizimlarini ishga tushirish, qishloq xoʻjaligi hosilini himoyalash, gidroenergiya ishlab chiqarish hajmini oshirish va infratuzilmaga muhim investitsiyalar orqali erishish mumkin.

Bularning bari butun mintaqada gidrometeorologiya sohasi imkoniyatlarini kengaytirishni taqozo etadi.

Prognozlash va maʼlumotlar almashinuviga 28 mln. dollarlik investitsiya

Bu tahdidlarni bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida Jahon banki Markaziy Osiyoda gidrometeorologiya xizmatlarini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida kuzatuv stansiyalarini zamonaviylashtirish, prognozlash koʻnikmalari va moddiy-tehnik bazani yaxshilash hamda mintaqa mamlakatlari orasida axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish uchun 28 mln. dollar ajratgan.

Loyiha doirasida Qirgʻizistonda 33 ta meteorologiya va 3 ta gidrologiya stansiyasini, Tojikistonda esa 54 ta meteorologik va 16 ta gidrologik stansiyalarni qayta tiklashga muvaffaq boʻlindi.

Bu choralar mamlakatlarning ob-havo, iqlimiy va gidrologik oʻzgarishlarni real vaqt rejimida monitoring qilish va maʼlumotlarni uzatish qobiliyatini yaxshilashga yordam berdi, natijada meteorologik va gidrologik prognozlarning aniqligi 30 foizga oshdi.

Oʻta muhim meteorologik va gidrologik maʼlumotlarni olishning osonlashuvi mintaqa mamlakatlari uchun katta foyda keltiradi – qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oshadi, tabiiy ofatlarga shaylik darajasi yaxshilanadi, shuningdek, eng muhim sohalar – agrosanoat, oziq-ovqat xavfsizligi, suv xoʻjaligi, energetika, aholi salomatligi va transport sohalarida iqlim oʻzgarishlariga qarshi bardoshlilik ortadi.

Loyiha doirasida zamonaviy ishchi stansiyalar, avtomatlashtirilgan kuzatuv tarmoqlari, sunʻiy yoʻldosh maʼlumotlari va ob-havoni prognozlash jihozlari kabi eng zamonaviy texnik qurilmalar taqdim etildi. Bu ish koʻplab hamkorlar, jumladan, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash global jamgʻarmasi (GFDRR), Jahon banki va Jahon meteorologiya tashkiloti koʻmagida amalga oshdi.

Maʼlumotni oʻz vaqtida yetkazish

Bu choralar meteorologik maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirishga va axborotni talab etilgan joyga oʻz vaqtida taqdim etishga yordam beradi.

Jahon banki hamda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash global jamgʻarmasining (GFDRR) – “Markaziy Osiyo togʻ hududlaridagi xavflar haqida barvaqt ogohlantirish tizimini kuchaytirish” deb nomlangan qoʻshimcha loyihasi doirasida Markaziy Osiyoning besh mamlakatida 8 dan ortiq treninglar tashkil etildi. Ular ekstremal ob-havo sharoitlari, kutilmagan suv toshqinlari, sellar, yer va qor koʻchkilarini prognozlash va baholashga qaratilgan.

Yevropa va Markaziy Osiyolik ekspertlar ishtirokida oʻtgan treningda 100 dan ortiq mutaxassis bilim oldi. Shuningdek, Yevropaning kuchli poʻrtanalarni oʻrganish laboratoriyasi va Qozogʻistonning sellardan himoyalanish davlat agentligi tomonidan bevosita dala sharoitlarida treninglar oʻtkazildi.

Yaqinda loyiha uchun qoʻshimcha 115 mln. AQSH dollari ajratildi. Bu qanday ob-havo hukm surishidan qatʼi nazar, Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim oʻzgarishi oqibatlari va tabiiy ofatlarga qarshi bardoshliligini oshirishga koʻmaklashish choralarini davom ettirishga imkon beradi.

[Jahon banki guruhi ushbu materialdan http://www.worldbank.org/terms manzilidagi sahifasida koʻrsatilgan shartlar asosida foydalanishga ruxsat beradi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500