Karvonsaroy
Diplomatiya

“Sputnik”ning fitnali maqolasi Rossiyaning Markaziy Osiyoda vahima uygʻotishga qaratilgan navbatdagi xatti-harakati sifatida baholanmoqda

Maksim Yeniseyev

7-fevral kuni “Sputnik-Oʻzbekiston” saytida chop etilgan Rossiyadagi afgʻon urushi faxriylari uyushmasi raisi Frans Klintsevichdan iqtibos keltirilgan maqola skrinshoti.

7-fevral kuni “Sputnik-Oʻzbekiston” saytida chop etilgan Rossiyadagi afgʻon urushi faxriylari uyushmasi raisi Frans Klintsevichdan iqtibos keltirilgan maqola skrinshoti.

TOSHKENT – Rossiyaning “Sputnik” yangiliklar sayti oʻquvchilarni adashtirish hamda AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasiga adovat solishga qaratilgan maqolalarni chiqarishda davom etmoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining Tolibonlar va “Islom davlati” (ID) bilan qoʻrqitishga harakat qilib kelishi anchadan beri hammaga maʼlum. Yaqinda esa ularning AQSH bilan “qoʻrqitish”ga urinishi fosh boʻldi.

“Markaziy Osiyo AQSH maxsus xizmatlarining hujumiga uchraydi” deb nomlangan vahimali maqola “Sputnik-Oʻzbekiston” saytida 7-fevral kuni chop etildi.

Maqola Rossiyadagi Afgʻon urushi faxriylari uyushmasining raisi – Frans Klintsevich bilan suhbatni oʻz ichiga olgan boʻlib, u AQSH tarafidan “Rossiya” uchun paydo qilinayotgan “muammolar” postsovet mamlakatlariga ham taʼsir qilishini aytgan.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun 14-fevral kuni Myunxenda uchrashdilar. [Oʻzbekiston TIV]

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun 14-fevral kuni Myunxenda uchrashdilar. [Oʻzbekiston TIV]

“Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasi jiddiy hujumlarga uchraydi. Bu hozirgi kunda AQSH maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan hujumlardir”, deb aytgan u “Sputnik-Oʻzbekiston” nashri bilan suhbatda. Urush faxriysi bu bilan goʻyoki Amerika kuchlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga hujum qilish uchun afgʻonistonlik jangarilarni tayyorlayotganiga “ishora” qilgan.

“Bu hujumlar, eng avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaratiladi. AQSH tomonidan shakllantirilayotgan bu taktika esa yutqiziqsizdir”, deb aytgan u.

“Jirkanch maqola”

Ushbu maqolaga eʼtibor qaratgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyoga nisbatan asossiz xavflar tilga olingani bois uni “jirkanch” deb atagan.

Kamilov maqola chiqqan kunning ertasiga – 8-fevral kuni jurnalistlar oldida chiqish qilgan. U 19-20 fevral kunlari Toshkenda oʻtgan “Markaziy Osiyodagi oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar“ nomli anjumanga tayyorgarlik doirasida uyushtirilgan tadbirda nutq soʻzladi.

U jurnalistlarga “Markaziy Osiyo jangarilar hujumidan vayron boʻladi” degan gap-soʻzlarni 25 yildan beri eshitib kelishini aytdi.

Vazir “Sputnik” nashri maqolasidan iqtibos keltirar ekan, Tolibonlarning Markaziy Osiyoga suqilib kirish niyatida ekanini isbotlovchi dalillar yoʻqligini taʼkidladi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarining hujumga uchrashi haqidagi bu daʼvolar naqafat norozilik keltirib chiqaradi, balki kishining gʻazabini ham qoʻzgʻaydi”, deb aytgan Kamilov Gazeta.uz nashrining 8-fevral kungi xabariga koʻra.

“Bu Oʻzbekistonda rasmiy shaxs tarafidan “Sputnik” maqolasiga eʻtiroz bildirilishi bilan bogʻliq ilk holatdir. Fikrimcha, nashr tahririyati bundan toʻgʻri xulosa chiqarishi va oʻzining tashviqot “joʻmragini” yopishi kerak”, deydi oʻzbekistonlik jurnalist Bobur Alalov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Mamlakatdagi xorijiy muxbirlarni aynan Oʻzbekiston TIV akkreditatsiyadan oʻtkazishini unutmaslik lozim”, dedi Alalov.

Tashqi ishlar vazirligi saytidagi maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda “Sputnik” nashrining 3 nafar muxbiri roʻyxatdan oʻtgan.

Yolgʻon vahima

Bu Kreml nazoratidagi ommaviy axborot vositalarining boʻrttirma tahdidlar, jumladan ID terrorchilik guruhi bilan qoʻrqitish orqali Oʻzbekistondagi mushtariylarni adashtirishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.

Kreml nazorati ostidagi “Russkaya vesna” sayti oʻtgan yilning 16-may kuni “Qonli toʻqnashuv xavfi: IDning 5000 jangarisi Oʻzbekistonda” sarlavhali maqolani chop etgandi.

Maqolada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Abdujabbor Abduvohidov tomonidan oʻsha vaqtdagi AQSH elchisi Pamela Spratlenga yuborilgani iddao qilingan soxta maktub haqida soʻz boradi.

Oʻzbekiston rasmiylari mamlakatda IDning birorta jangarisi yoʻqligini aytib, maqolaning soxta ekanligini fosh qilganlar. Oʻzbek ommaviy axborot vositalari Rossiyadagi OAVni Oʻzbekistonda informatsion qoʻporuvchilik harakatlari bilan shugʻullanmaslikka” chaqirganlar.

Afgʻoniston rasmiylari mamlakat shimolida ID kuchlari jiddiy hozirlikka ega emasligini taʻkidlaganlar, deb yozgan edi 13-fevral kuni uzjournal.uz nashri.

“Shimol (Markaziy Osiyo) mamlakatlari uchun xavotirga oʻrin yoʻq. Badashxonda IDning jangovar kuchlari borligi haqidagi xabarlar asossiz.” deb aytgan “Shahin” Afgʻoniston milliy armiyasi 209-korpusining axborot xizmati vakili Muhammad Hanif Rizoiy.

“Sari Pul va Juzjon viloyatlarida ular butunlay tor-mor etilgan”, degan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 20

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putinning makkorona rejalari allaqachon hammaga ma’lum

Javob berish

NKVDning iflos vorislari, 1941-yildan beri SSSRga 100 foiz porox va 80 foiz zirhli po‘lat va qanchadan-qancha texnika yuborgan Amerika ustidan axlat to‘kib yotibdi... Yaxshilikni bilmagan ifloslar.... Afg‘on mojarosiga kelsak... Rossiya va uning maxsus kuchlari uzoq muddatdan beri va qunt bilan tolibonlarning tiklanishiga yordam bermoqda, Tojikistondan oʻtuvchi yoʻlak orqali bu haqiqiy terrorchilik tashkilotini moddiy va harbiy tomondan qo‘llab kelmoqda. Aynan shuning uchun ularga u yerda baza kerak. Afg‘onistonda hech qanday ISHID yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, chunki biri arab biri, esa pushtun va ular har xil tilda gapiradi. Rossiya esa faqat vaziyatni og‘irlashtirmoqda, yangi qurbonlarni yaratmoqda va o‘z jahannami girdobiga begunohlarni olib ketmoqda. Suriyada eronliklar va Bashar bilan JAHANNAM yaratishdi, gaz bilan minglab tinch aholini yo‘q qilishdi. Xuddi shunday Ukraina va Gruziyadagi o‘z birodarlarini qonli hujumda yo‘q qilishdi. Endi bizni ham bu narsaga qo‘shishmoqchi. Biznikilar go‘llik qilib qo‘yishmas degan umiddaman, hukumatimiz esa siyosiy yetuklikni namoyon qilib ruslarning bu iflos o‘yinida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolmaydi deb umid qilaman.

Javob berish

Amerikoslar tomonidan buyurtma bilan yozilgan navbatdagi safsata! Aqlliroq nimadir yozasizlarmi oʻzi?

Javob berish

Sputnikni nagliy betgachoparligi, propagandasi allaqachon Markaziy Osiyo va oʻzbeklarni joniga tekkan...

Javob berish

Nega O‘zbekiston o‘z mardikorlarini Rossiyadan olib chiqib ketmaydi? Hammasi AQSHga borsin. Bu tashqi ishlar vaziri axmoq ekan, albatta uning bayonoti soxta bo‘lib chiqmasa. Unga ISHID xavf solayotganini aytib ogohlantrishsa, unday emas deydi. Demak o‘zi ishidchilardan.

Javob berish

Keyin yurtingizda kim mehnat qiladi? Siz ruslar aroqni shunchalik yaxshi koʻrasizlarki, miyasi bor odamlar yaxshi ishlarga joylashib, alkashlar esa qora ishni qilishga boʻyni yor bermaydi. Shunga ham bunaqa ishlarni oʻzbeklar qilishadi. Yana ozroq kutsangiz, oʻzbeklarning urugʻi butun dunyoga yoyiladi. Oʻzbek rus ayolni urugʻlantirayotganda, rus erkak mast boʻlib uxlab yotgan boʻladi.

Javob berish

Sendaqa oʻrisparastlardan mamlakatni tozalash kk...

Javob berish

Sputnik.uz, vesti.uz, anhor.uz kabi rossiyaparast saytlar qachon yopiladi?

Javob berish

Nihoyat, bu bemazagarchilikka ham eʼtibor berishni boshlashibdi, bir necha yillardan beri davom etib kelyapti bu.

Javob berish

Rossiya, bizlarni tinch qoʻy, bir asrdan beri Markaziy Osiyoga aralashib yuribsan.

Javob berish

Balki oʻzbeklar Rossiyaga borishmas?

Javob berish

Sizlar Ukraina va butun taraqqiy etgan dunyo mamlakatlariga kira olmaysizlar, Markaziy Osiyo qoʻrqinchli “mujohidlari” bilan navbatda turibdi :-)

Javob berish

Toʻgʻri aytasan. Rossiya barcha MO mamlakatlarini oʻz holiga qoʻyishi kerak. Qarzlardan esa kechmasligi kerak, aksincha qattiqlik bilan qaytarib olish kerak. Gumanitar yordam ham berilmasin.

Javob berish

Qanday gumanitar yordam? LOL.

Javob berish

Rossiya Markaziy Osiyo respublikalarini oʻziga yaqinroq ushlab turish uchun ularni qoʻrqitib qoʻymoqchi. Bu hiylalari oʻtmaydi. Ularning qanday ekanliklari bilinib boʻldi.

Javob berish

Oʻzlaringizning Amerikalaringiz oppoq va momiq, shundaymi? U oʻz qisqichlarini kiritgan mamlakatlarda nimalar boʻlganini koʻrganmiz, Liviya, Iroq va h.k.lar bunga misol, oʻzbeklar juda dono xalq, bu yerdan Amerika bazalarini quvib chiqarishgani yaxshi boʻlgan

Javob berish

Darvoqe Markaziy Osiyo davlatlariga hech kim tahdid solmayotgani haqidagi maqola ham Rossiya nashrlarida chiqdi. Farqini toping va kim moliyalashtirganini tushunib oling. AQSH va Rossiya qarshiligini ko‘rasiz. Bizni hech kim tinch qo‘ymaydi, ammo qo‘rqmasa bo‘ladi. Hammasi nazorat ostida.

Javob berish

Albatta, ruslar Markaziy Osiyoning rivojlanishini xohlamaydilar.

Javob berish

Taassufki, AQSH harbiylarini quvib chiqargan va davlatimiz uchun juda ko‘p yaxshiliklar qilgan dono inson (Islom Karimov) biz bilan emas... Ana o‘shanda ig‘vo foyda bermagan edi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati kelajakda ham bunga yo‘l qo‘ymaydi deb umid qilamiz, agar shunday bo‘lsa ham, u holda munosib javob berishga kuchimiz ham, irodamiz ham yetadi. Sababi, buning tashabbuskorlari transmilliy kompaniyalar manfaatiga xizmat qiluvchi xuddi o‘sha amerikalik qo‘g‘irchoqlar bo‘ladi. Albatta, maqsad Markaziy Osiyo davlatlari emas, Rossiya. Buni hatto “yosh bolaga ham biladi”... ba’zilar esa hamon tushunmaydi. Xomxayolga berilmang, Yevro-amerika konglomeratining bu yerdagi faolligi hayotimizni yaxshilashga qaratilmagan...​​

Javob berish

Bu ruslarning qoʻlidan keladi, oʻzbeklarga qoyil, fitnalarga aldanishmabdi

Javob berish