Kremlning Markaziy Osiyoni vahimaga solish siyosati harbiy va siyosiy nazoratni saqlab qolish va o‘z ichki muammolarini hal qilishdan qochish usuli, deb ta’kidlamoqda mahalliy tahlilchilar.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning shu oy Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga qilgan tashrifi davomida bu da’vo oʻz tasdigʻini topdi.
Kun tartibida xavfsizlikka oid masalalar muhokama qilindi. Qirg‘iziston hukumati muhokama qilingan mavzularni ochiqlamagan bo‘lsa-da, turli gap-soʻzlarga koʻra, mamlakat janubida ikkinchi harbiy bazani ochish ehtimoli koʻrib chiqilgan, deb xabar beradi mahalliy nashrlar.
Qirg‘izistonda Rossiyaning harbiy hozirligi – 2003-yilda Bishkekdan 22 km masofada joylashgan Qand shahrida harbiy aviabaza ochilishi va 1943-yildan beri Issiqko‘lda faoliyat olib borayotgan torpedalarni sinash poligonini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi harbiy bazaning ochilishi ehtimoli allaqachon tilga olingan edi.
4-fevral kuni Bishkekda Rossiya - Qirg‘iziston aloqalariga bagʻishlangan ma’ruza davomida Lavrov Moskvaning ikkinchi harbiy bazani ochishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan.
Shu bilan birga, Moskva bundan bir yil avval Tojikiston va Qirg‘izistonda o‘z harbiy bazalarini qurishni boshlab yuborgan edi.
Bazalar “Afg‘onistondan kelib chiqayotgan tahdidlar munosabati bilan” mustahkamlanmoqda, degan edi Rossiya tashqi ishlar vazirligining MDHdagi vakili Aleksander Sternik 2018-yil fevral oyida RIA Novosti nashriga.
E’tiborni chalg‘itish
Rossiya tashqi tahdidlar oldidagi qo‘rquvni Markaziy Osiyoda o‘z o‘rnini kuchaytirish va ichki muammolardan qochish uchun qo‘llaydi, deydi mahalliy tahlilchilar.
Rossiya hukumati Rossiyani “tashqi dushmanlardan” himoya qilish chaqirigʻi bilan millatchilarga murojaat qilmoqda, dedi bishkeklik siyosiy tahlilchi va Qirg‘iziston demokratik partiyasi raisi Seytek Kachkinbayev Karvonsaroy nashriga.
Chet elda yangi, jumladan Qirg‘izistondagi potensial harbiy bazalarning ochilishi jamoatchilik e’tiborini ichki muammolardan chalg‘itishga mo‘ljallangan, dedi u.
“Juda ko‘p muammo to‘planib qogan”, dedi Kachkinbayev. Korrupsiya, mablagʻning chiqib ketishi, tobora pasayib borayotgan neft narxlari va 2018-yilda pensiya yoshi ko‘tarilishi munosabati bilan “Rossiya hukumatiga nisbatan jamoatchilik ishonchi so‘nib bormoqda”.
Unga ko‘ra, Moskva Qirg‘izistonni Rossiya manfaatlari uchun xizmat qilishga majburlash usullariga ega.
Millionga yaqin, boshqacha qilib aytganda, qirg‘izistonliklarning oltidan biri Rossiyada ishaydi va ularning yarmidan koʻpi Rossiya fuqaroligini olgan, dedi Kachkinbayev norasmiy ma’lumotlarga tayanib.
“Rossiya fuqaroligini olgan aksariyat qirg‘izlar mamlakat janubidan kelgan”, dedi Kachkinbayev. “Inqirozli vaziyatda Kreml Qirg‘izistonning janubiy hududlari Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga ta’sir qilishi mumkinligi borasida gap-so‘zlar tarqalgan.”
Kachkinbayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda Rossiya harbiy hozirligining yanada kengayishi mamlakat milliy xavfsizligi uchun bahsli masala bo‘lib, uning iqtisodiy rivojlanishida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
Masalan, bu kelajakda Qirgʻizistonga Bishkek va Pekin o‘rtasidagi strategik temiryo‘l kabi muhim transport loyihalarini amalga oshirishiga xalal beradi. Temir yo‘l Qirg‘izistonni nafaqat Xitoy, balki boshqa davlatlar bilan ham bog‘lashi mumkin, dedi u.
“Qirg‘iziston hukumati milliy manfaatlarni himoya qilish bilan birga, Kremlni ham ranjitmaslik uchun pragmatik yo‘lni tanlagan. Ammo bu pragmatizm uzoq istiqbolda davlatimizning milliy manfaatlari uchun xizmat qilishi muhim”, Kachkinbayev.
Harbiy bazalar majburlash vositasi sifatida
Rossiya harbiy bazalari Markaziy Osiyoda Rossiyaning siyosiy ta’sirini saqlab turishga xizmat qiladi, deydi tbilisilik siyosatshunos va Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi Nodar Xarshiladze Karvonsaroy nashriga.
“Markaziy Osiyodagi manfaatlari xavf ostida qoladigan boʻlsa, Rossiya o‘z harbiy bazalarini Markaziy Osiyoda nazoratni saqlab qolish uchun qo‘llashi mumkin”, dedi Xarshiladze.
“Bunday ssenariylarda, Kreml ochiq tajovuzdan foydalanmaydi, ammo maxfiy operatsiyalar, sabotaj va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida millatlararo adovat qo‘zg‘ash kabi noodatiy va aralash vositalardan foydalanadi”, dedi Xarshiladze.
Moskva mahalliy armiyalar haqida muhim axborotga ega ekani sababli Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyaning bosimi oldida tobora zaiflashib bormoqda, dedi u.
Rossiya ma’lum davlatlar bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi sababli mahalliy armiyalarning jangovar holati va operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlari haqida qimmatli axborotga ega. Bu mahalliy urush yuz bergan vaziyatda Rossiyaga qo‘shimcha ustunlik beradi, dedi Xarshiladze.
“Mahalliy siyosiy elita bundan xabardor va muhim qarorlarni qabul qilishda Kreml manfaati bilan hisoblashishga majbur, chunki ular ayniqsa Qrim anneksiyasidan soʻng Rossiya tomonidan jiddiy tahdid ko‘radilar”, dedi u.
Faraziy tahdidlarni hosil qilish
Rossiya mavjud bazalarni saqlab qolish va yana yangilarini yaratish uchun, Markaziy Osiyoni qo‘rqitish va ittifoqdoshlari hududida harbiy hozirligini oqlash uchun geosiyosiy vaziyatdan foydalanmoqda.
Markaziy Osiyo ishtirokidagi uchinchi jahon urushi muqarrar, dedi MDH aksil terror markazining ilmiy-maslahat kengashi raisi, politsiya polkovnigi Marianna Kochubey. U o‘z fikrini o‘tgan yili noyabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ekstremizmga bag‘ishlangan anjumanda aytib o‘tgan.
Nizo Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida boshlanib, Markaziy Osiyoga va Kaspiy dengizi hududiga ko‘chadi, u yerda esa radikal islomiy kuchlar jangovar harakatlarni boshlaydi, deb bashorat qildi Kochubey.
Bizning (rossiyaliklar) oldimizda bir qator xavflar bor, birodarlarimiz – oʻzbek, qozoq va tojiklarni esa undan-da kattaroq sinovlar kutib turibdi, dedi Kochubey.
Markaziy osiyolik tahlilchilar ushbu iddaolarni jiddiy shubha ostiga olib, Rossiyaning shunchaki harbiy aloqalarni saqlab qolishga urinayotganini taʼkidlamoqdalar.
Yaqinda sodir boʻlgan voqealar jahonning qudratli davlatlari “murosa yoʻlini topish, yon berish va kelishuvga erishishga” va global urish xavfini kamaytirishga qodir ekanini koʻrsatdi, degan edi qozogʻistonlik siyosatshunos Islam Kurayev mahalliy “Karavan” nashri bilan suhbatda.
Kurayevga koʻra, Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlarini urush xavfi mavjud ekaniga ishontirishga urinmoqda va bu bilan ularning Rossiya bilan istiqboldagi harbiy hamkorligini mustahkamlashni koʻzlayapti.
“Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻzlarining tashqi siyosatlarini ishlab chiqishga tayyor ekanliklari sabab, sekin-asta uning taʼsiridan uzoqlashib borayotganini tushunmoqda. Shu bois bu vaziyatda terrorchilar yoxud urush xavfini roʻkach qilib, yolgʻondakam tahdidlarni oʻylab topish manfaatli”, dedi Kurayev.
“Oʻylaymanki, ular bu mavzuni hali uzoq chaynashadi”, dedi u.
Bularni o‘qib hayron qolmay iloj yo‘q... Odamlar “soxta vatanparvarlikka” va ruslar bilan bog‘liq har narsaga nisbatan nafratga shu qadar botib ketishganki! Qirg‘izistonning o‘zida mahalliy deputat viloyatlarni rivojlantirish uchun ularni boshqa davlatlarga, shu jumladan Rossiyaga ham berib yuborishni taklif qilmoqda. Bu harakati bilan o‘zlarining qo‘llaridan hech nima kelmasligini va davlatni rivojlantirish bilan boshqa davlatlar shug‘ullanishi kerakligini isbotlamoqdalar!!! Parlament deputati Akilbek Japarov esa Qirg‘iziston viloyatlarini rivojlangan davlatlar o‘rtasida taqsimlashni, ular esa bu yerlarni o‘z nazorati ostiga olishi haqida xabar bergan edi “Azattiq” nashri. Xo‘sh, uni isyonkor yoki sotqin deb atashdimi? Yoʻq, sukunat... Agar buni rus taklif qilganida-mi, uni tezda millatchi, ayirmachi deb atashar edi. Bu davlatlardagi ikkiyuzlamachilikning asl mohiyati! Rossiyaga millionlab migrantlar fuqarolik so‘rab kelishmoqda, bir vaqtning o‘zida ruslarga nisbatan mana shunday nafrat uyg‘otuvchi maqolalar chop etilmoqda! Rossiya hukumati va uning xalqini ajratib oling, xalqqa Kavkaz ham, Osiyo ham kerak emas... Ular shunchaki tinch yashab farzandlarini katta qilishni istaydilar!
Javob berishRossiyalik do‘stim, bu aynan BIZNING davlat! Qirg‘iz Rossiyaga borib Kareliya bo‘yini finlarga qaytib bering, deb aytsa ruslar uni kim deb o‘ylar ekan? Shuning uchun ham o‘z davlatimizda sotqin, oligarxparast Rossiyadan o‘zimizni himoya qilish uchun istaganimizni gapirishimiz mumkin. Qirg‘iziston demokratiya istaydigan davlat va biz bu demokratiya uchun 2010-yilda oq uy oldida qon to‘kkanmiz, siz ruslar Putin bilan qanday o‘tirgan bo‘lsangiz shunday o‘tiravering. Agar Rossiya va AQSH o‘rtasida tanlov bo‘lsa, men ikkinchisini tanlayman.
Javob berishFikrlar 19
Rossiya qurol savdosidan katta daromad oladi. Agar nizo va urushlar bo‘lmasa, qurol savdosi ham bo‘lmaydi
Javob berishFikrlar 19
Kremlning maxfiy harakatini hamma allaqachon tushunib bo‘ldi. )) Eng katta xavf Kreml va uning to‘dasi
Javob berishFikrlar 19
Sharh qoldirganlar orasida rossiyaparastlarning ko‘pligini... Yoki rossiyaliklar yozyaptimi? Men Qozog‘istondanman. Maqolada hammasi to‘g‘ri yozilgan. Rossiya boshqa mamlakatlarga nimani zo‘rlab singdirayotganini bilmadim-u, ammo bizga Xitoyni tashqi dushman sifatida singdirmoqdalar. Xitoy bizga hujum qilmasligini hammamiz bilamiz, chunki ularga Markaziy Osiyodan ko‘ra AQSH bilan ittifoq zarurroq.
Javob berishFikrlar 19
Muallif haq. Ular KR manfaatlarini oʻylab oʻz bazalarini kengaytiradilar, deb oʻylaysizmi? Buncha ham sodda boʻlmasangiz, odamlar. Geosiyosat hammaga ham maʼlum boʻlmagan tushuncha, ayniqsa shu maqolaga fikr bildirayotgan ayrimlar uchun. Bu yerda faqat va faqat RFning manfaatlari koʻzlanmoqda! Amerikaliklarning bunga nima daxli bor?
Javob berishHa, do‘stim, men tushunmayapman amerikaliklarning bunga nima daxli bor. Ruslarga hamma yerda amerkalik arvohlar ko‘rinaveradi.
Javob berishFikrlar 19
Chuqur hurmatga loyiq boʻlmagan Axlatsaroy, aytingchi, nega AQSH hammayoqqa burnini tiqib, butun dunyoda oʻz harbiy bazalarini joylashtiradi? Undan koʻra, Navroʻz haqida yozinglar, bahor yaqin )))
Javob berishFikrlar 19
Axmoqona gaplar. Muallif nima chekib olgan? Dahshat-ku. Sogʻlom kallada bunaqa fikrlar boʻlishi mumkinmas.
Javob berishXoy oshna, metin asosga ega ekansan, gap yo‘q
Javob berishFikrlar 19
Rossiya tojiklar, oʻzbeklar, qirgʻizlar va h.k.dan iborat qullarini yoʻqotgisi kelmayapti... Butun dunyo Rossiyaga qarshi, Rus imperiyasining sobiq mustamlakalaridan tashqari
Javob berishFikrlar 19
Rossiyaning oʻzi ISHIDga va Hizbullohga oʻxshagan boshqa terrorchilik tashkilotlariga homiylik qilishi anchadan beri hammaga maʼlum. Qanjiq Kreml
Javob berishAynan. Ular nafaqat qo‘llari qonga botgan zolim Asadni qo‘llab-quvvatlaydi, balki Janubiy Afrika diktatorlariga ham yordam beradi. Rossiya va Putin demokratiya dushmani.
Javob berishFikrlar 19
Nima uchun bu saytda Rossiyaga nisbatan buncha nafrat mavjud? Saytni Axlatsaroy deb nomlash kerak edi. Ig‘voga ne hojat? Agar urush boshlansa-chi, ISHID va boshqa isqirtlar bu yerga bostirib kirsa kim himoya qiladi? Amerikoslarmi? Menimcha amerikoslarga bu kerak emas. Rossiyani bulg‘ashni bas qiling endi. Xalqlar do‘stligi ayni damda muhim. ISHIDga o‘xshagan yaramaslarni mamlakatlarimizga qo‘ymaslik kerak.
Javob berishRossiyani oqlashga urinma, agar juda xohlayotgan boʻlsang, qandaydir faktlarni keltirishing kerak!
Javob berishFikrlar 19
Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eng katta xavf
Javob berishTo‘gri ta’kidladingiz. Rossiya Qirg‘iziston mustaqilligi uchun asosiy xavf.
Javob berishFikrlar 19
Shubhasiz, tashqi siyosatda milliy manfaatlarimizni himoya qilishimiz kerak. Bu ustuvor masala! Shu bilan birga, bizning milliy manfaatlarimiz qanday? Bu xavfsizlik va davlatimiz mustaqilligi; qirgʻizistonliklarning farovonligi; iqtisodiy rivojlanish va respublikamiz ravnaqi. Baxtga qarshi, bizda hozircha bularning hammasi ham mavjud emas. Bizga doʻstona munosabatdagi davlatlar va hamkor mamlakatlar kerak. Menimcha eng asosiy doʻstimiz va hamkorimiz bu Rossiya.
Javob berish“Buyuk va qudratli” Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi haqidagi bitimni buzish bilan Ukrainani nima qilganini bilasizmi? Rossiya buni “qardosh birodari”, bir umrlik ittifoqdoshiga qilgan.
Javob berishBizning hududiy yaxlitligimizni buzishdan ularga nima to‘smoqda? Gruziyadagi kabi qo‘g‘irchoq ayirmachi hukumat tayinlashga nima to‘sqinlik qiladi?
Fikrlar 19