Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Markaziy qoʻmondonligi rahbari Toshkentda Markaziy Osiyolik harbiy liderlar bilan uchrashdi

Karvonsaroy

AQSH Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni, general Jozef Votel (oʻngda) Qozogʻiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, general-leytenant Murat Maykeyev bilan qoʻl siqishmoqda, surat sanasi nomaʼlum. Votel 20-21-fevral kunlari Toshkentga tashrif buyurib, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining harbiy mutasaddilari bilan uchrashdi. (AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi)

AQSH Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni, general Jozef Votel (oʻngda) Qozogʻiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, general-leytenant Murat Maykeyev bilan qoʻl siqishmoqda, surat sanasi nomaʼlum. Votel 20-21-fevral kunlari Toshkentga tashrif buyurib, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining harbiy mutasaddilari bilan uchrashdi. (AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi)

TOSHKENT – AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni, general Jozef Votel Oʻzbekistonda boʻlib, mamlakat prezidenti hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining harbiy liderlari bilan muzokara oʻtkazdi.

Votel payshanba (21-fevral) kuni Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining anjumanida ishtirok etgan.

Tadbirda shuningdek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻoniston qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlari, shuningdek, Oʻzbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov ishtirok etdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi.

Uchrashuvda koʻp qirrali harbiy hamkorlikni mustahkamlash, turli mintaqalarda kuchayib borayotgan xavf va tahdidlarga qarshi kurash, shuningdek, Afgʻonistondagi notinch vaziyatga yechim topish yoʻllari muhokama etildi.

Anjumandan soʻng, Votel Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mudofaa vazirligiga oʻz minnatdorchiligini izhor etdi.

“AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi bilan anjuman doirasida hamkorlik qilayotgan Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va barqarorlikka erishishda muhim rol oʻynaydi”, deyiladi uning juma kuni AQSH elchixonasi tomonidan eʼlon qilingan bayonotida.

“Shuningdek, men mintaqada barqarorlikni saqlash uchun tahdidlarga qarshi kurash hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishga tayyor boʻlgan barcha Markaziy va Janubiy Osiyoning ishtirokchi davlatlariga minnatdorchilik bildiraman”, dedi u.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, harbiy anjumandan bir kun avval Mirziyoyev-Votel uchrashuvi boʻlib oʻtgan va unda ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar muhokama qilingan.

Mirziyoyev oʻtgan yilning may oyida AQSHga safari davomida prezident Donald Tramp bilan oʻtkazilgan “oliy darajadagi sermahsul muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasida keng koʻlamli strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berganini” qayd etdi.

“Bugungi kunda koʻp qirrali Oʻzbekiston – AQSH munosabatlari izchil mustahkamlanib bormoqda, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda”, deyiladi bayonotda. “2018-yilda oʻzaro savdo hajmi ikki barobar oshdi.”

Vazirlik xabariga koʻra, Mirziyoyev va Votel Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga “alohida eʼtibor” qaratganlar.

Votel tomonlarning mintaqada tinchlik va farovonlikni taʼminlash yoʻlida konstruktiv sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan strategiyani ishlab chiqishlariga umid bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 14

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hech nimani tushunmaysizlar. Amerikaliklar zo‘r!

Javob berish

Bu general nimaga umid qilyapti, AQSHning butun dunyodagi ta’siri so‘nib boryapti, Markaziy Osiyo ham bundan mustasno emas. Bularning hammasi diplomatik jazava, oʻzini ishlayotgan qilib koʻrsatishga urinish, hammasi faqat piar uchun.

Javob berish

Vashingtonning O‘zbekistonni qayta qurollantirish haqidagi istagini bayon qilgan Votelmi-di??? Bunday xayolparastlarni jiddiy qabul qilish mushkul)))))

Javob berish

AQSH xuddi shunday bahonalar bilan Afg‘onistonga o‘z qoʻshinini kiritgan. Natija – 18 yillik urush, narkotrafikning gullab-yashnashi va har kuni sodir etilayotgan teraktlar. Shimolda, Markaziy Osiyo bilan chegarada tumanlarida joylashgan Pentagon qoʻllovidagi ISHIDni esa gapirmasa ham boʻladi...

Javob berish

“Hududda tinchlik va farovonlikka erishish yoʻlidagi sheriklik” Liviya uchun davlatning vayron bo‘lishi, rivojlanayotgan mintaqaning jangarilar va jinoiy toʻdalar nazoratidagi hududga aylanishi bilan yakun topdi.

Javob berish

Bunday tashriflar yagona bir maqsadga xizmat qiladi - mahalliy generallarni pora bilan sotib olishga urinish va respublikalarning qurolli kuchlariga zarar keltiruvchi, Amerikaning texnika va qurollarini yetkazib berishga oid shartnomalarni zo‘rlab o‘tkazish.

Javob berish

Aftidan, Votel janoblari bir siqim eskirgan harbiy texnika evaziga mintaqa davlatlari yetakchilarining Davlat departamenti siyosatiga sodiqligiga erishishga umid qilgan shekilli ))))))

Javob berish

Nima uchun Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo davlatlarining siyosatiga aralashish huquqi bor deb o‘ylaydi? Ularning davlat qarzi davlat byudjetidan bir necha yil oldinga oʻtib ketgan. Avval boshqa davlatlarga qarzlarini to‘lasin, ana o‘shanda koʻramiz AQSH qanchalik super qudratli davlat ekanligini...

Javob berish

Bu Votel deganlarining tumshug‘i juda uzun chiqdi! Bunday tumshuq bilan nayzali hujumga o‘tish mumkin

Javob berish

Oʻzbekiston – Amerika harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorligining kengayishi Toshkent uchun puxta ishlangan reja bilan tugallanadi. Avval ularni moliyaviy yordamga ignasiga oʻtqazishadi, keyin esa oʻz shartlarini qabul qildirishadi. Natijada – davlat xonavayron boʻladi, mintaqa xarob boʻladi.

Javob berish

Afg‘onistondan daf boʻlishga va’da berishgan edi, ammo ular hamon afg‘on qurolli nizosini hal etish uchun sabab qidirish bilan ovora.

Javob berish

Nizoni hal qilish choralarini izlashdan koʻra koʻproq oʻz niyatlariga yetishdi – narkotrafik nazorati, boshqa davlatlar siyosatiga aralashish niyati bilan jangarilarni tayyorlash maydoni va hokazo. Qayerga burun suqishsa, oʻzlaridan keyin vayronalar va xarobalarni qoldirishadi. Ularning nogʻorasiga oʻynamagan davlatlarni yoqtirishmaydi.

Javob berish

Afg‘oniston – jangarilar inkubatori. O‘zbekiston esa terrorchilikni shakllantirish maydoni boʻlishga mos emas, ammo mamlakatdan navbatdagi ba’zani joylashtirish uchun foydalanish yaxshi fikr.

Javob berish

Tinchlaning! Tinchlik va AQSH oʻz maʼnosiga koʻra antonim soʻzlardir

Javob berish