Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyadagi mashhurlik darajasi pasayib borar ekan, Putin G‘arbga nisbatan yangi tahdidlar bilan chiqdi

Karvonsaroy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-yilning 20-fevral kuni Moskvada yillik murojaatnomasini taqdim etdi. (Aleksander Nemenov/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-yilning 20-fevral kuni Moskvada yillik murojaatnomasini taqdim etdi. (Aleksander Nemenov/AFP)

MOSKVA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin mashhurlik reytingi tobora pasayib borayotgan bir vaqtda taqdim etgan 20-fevral kungi murojaatida G‘arbga nisbatan tajovuzkor ohangni tanladi.

Putin G‘arbni qo‘rqitish va o‘z vatandoshlarini ilhomlantirish maqsadida O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganidan soʻng Vashingtonni Yevropada har qanday yangi raketalarni joylashtirishdan ogohlantirdi. U Moskva buni “jiddiy tahdid” deb qabul qilishini taʼkidlagan.

Yillar davomida taqdim etilgan rasmiy shikoyatlar va muammoni diplomatik tarzda hal qilishga urinish choralaridan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar va NATO ittifoqdoshlari Rossiya Sovuq urush davrining muhim bitimni “ochiqdan-ochiq” buzdi, degan xulosaga kelishgan.

Putin bu da’volarni “soxta” deya rad etdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-fevral kuni Federal yigʻinga murojaati vaqtida. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-fevral kuni Federal yigʻinga murojaati vaqtida. (Kreml)

Rossiya rasmiylari SSC-8/9M729 raketa tizimining bitim shartlariga muvofiqligini isbotlash yoki ularni yo‘q qilish imkoniyatiga ega ekanliklariga qaramay, uning bitimga zid ekanligini inkor etishdan toʻxtaganlari yoʻq.

Buning o‘rniga, Kreml va Rossiya harbiy mutasaddilari Qo‘shma Shtatlar va Yevropaga qarshi ochiq tahdid qilgan. Putin yadroviy xavfsizlik borasida o‘z qarashlarini yashirayotgani yo‘q.

Putinning murojaatnomasi ham bundan deyarli farq qilmadi.

“Bugun aniq va ochiq aytishim mumkinki, biz Rossiyaga tahdid soluvchi raketa tizimlariga ega qaror chiqaruvchi markazlarga qarshi qurollarni qo‘llashga majbur bo‘lamiz”, dedi Putin 87 daqiqa davom etgan murojaati davomida.

Putin Rossiyaga Qo‘shma Shtatlar ustidan harbiy ustunlik beruvchi qurollar dasturlarini sanab oʻtgan. Ammo, ularning birortasi ham tasdiqlanmadi.

U Sirkon va Sarmat raketalari, Poseydon suv osti dron tizimi va Avangard tovushdan tez uchuvchi raketasini tilga oldi.

NATO Putinning G‘arb mamlakatlari poytaxtlariga qarshi qaratilgan yangi raketalarni joylashtirish tahdidlarini qoraladi.

“Rossiyaning Ittifoqqa tahdid solishi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan harakatdir”, deb aytgan NATO matbuot kotibi o‘rinbosari Pirs Kazalet 20-fevral kungi bayonotida. “Biz Rossiyani O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasiga rioya qilishga chaqiramiz.”

Tahdidlarni paydo qilish

Putinning nutqi Kreml tomonidan uzoq vaqtdan beri qoʻllab kelingan – ichki muammolarni hal qilishdan qochish uchun tashqi tahdiddan foydalanish siyosatini aks ettirdi.

Uning jangovar ruhdagi qatʼiy soʻzlari ham prezidentning mashhurligi susaygan vaqtda vatanparvarlik ruhini paydo qilishga qaratilgan edi.

Yanvar oyida Rossiyaning “Levada-centr” mustaqil markazi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlardan maʼlum boʻlishicha, Putinning mashhurlik reytingi 64 foizga tushgan – bu soʻnggi 5 yil ichida qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir.

Murojaatnomadan bir kun oʻtib esa Putinning jangovarlik ohanggi biroz oʻzgargandek koʻrindi.

Qo‘shma Shtatlar va Rossiya “harbiy sohada yaxshi aloqalarga” ega, deb aytgan u 21-fevral kuni Moskvada TASS xabariga ko‘ra. “Albatta muammolar bor, ammo biz bu muammolarni birgalikda hal qilish uchun kerakli mexanizm va vositalarga egamiz.”

“Kubaning raketa inqiroziga o‘xshagan yangi inqirozni” paydo qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, dedi u.

Shunga qaramay, Moskva bundan bir yil oldin oʻzining taʼsir doirasidagi Tojikiston va Qirg‘izistonda harbiy bazalar qurishni boshlagan, bunga “Afg‘onistondan kelib chiqayotgan tahdidlar” sabab oʻlaroq keltirilgan, degan edi Rossiyaning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi (MDH) vakili Aleksander Sternik RIA Novosti nashriga 2018-yil fevralida.

Rossiya hukumati mamlakatni “tashqi dushmanlardan” himoya qilish chaqirigʻi bilan millatchilarga murojaat qilmoqda, dedi bishkeklik siyosiy tahlilchi va Qirg‘iziston demokratik partiyasi raisi Seytek Kachkinbayev Karvonsaroy nashriga.

Uning soʻzlariga koʻra, xorijda goʻyoki Rossiya manfaatlarini himoya qilish bahonasida yangi bazalarning (jumladan, Qirgʻizistondagi potensial bazaning) ochilishi jamoatchilikni mamlakatning ichki muammolarini chalgʻitishga xizmat qiladi.

Vahimani kuchaytirish amaliyotlari

Rossiya ommaviy axborot vositalari Kremlning vahima uygʻotishga qaratilgan harakatlarini anchadan beri qoʻllab-quvvatlab keladi.

“Markaziy Osiyo AQSH maxsus xizmatlarining hujumiga uchraydi” deb nomlangan shunday vahimali maqola “Sputnik-Oʻzbekiston” saytida 7-fevral kuni chop etildi.

Maqola Rossiyadagi Afgʻon urushi faxriylari uyushmasining raisi – Frans Klintsevich bilan suhbatni oʻz ichiga olgan boʻlib, u goʻyo AQSH tarafidan Rossiya uchun paydo qilinayotgan “muammolar” postsovet mamlakatlariga ham taʼsir qilishini aytgan.

“Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasi jiddiy hujumlarga uchraydi. Bu hozirgi kunda AQSH maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan hujumlardir”, deb aytgan u “Sputnik-Oʻzbekiston” nashri bilan suhbatda goʻyoki Amerika kuchlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga hujum qilish uchun afgʻonistonlik jangarilarni tayyorlayotganiga “ishora” qilib.

Bu orada Kreml insayderlari va ayrim urush faxriylar tarixni oʻzgartirishga urinib , AQSH harbiylarining Afgʻonistondagi ishtirokiga eʼtiborni qaratishga harakat qilmoqdalar.

Aftidan, 2015-yilda Putin “rahbariyat real tahdidlarga qarshi turishga uringanini” aytar ekan, Sovet Ittifoqining Afgʻonistonga bostirib kirganini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, “koʻp xatolarga yoʻl qoʻyilganini” tan olgan.

Yanvar oyi oxirida Rossiya parlamentining mudofaa qoʻmitasi “sovet qoʻshinlari terrorchi va ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda afgʻon hukumatiga koʻmaklashgani” haqidagi rezolyutsiya loyihasini maʼqullagan.

Gʻarbning qudratli davlatlari bilan munosabatlari tanglashib borar ekan, “Rossiya Gʻarbga qarshi turish uchun sovet davriga oid oʻtmishini tiriltirishga urinmoqda”, deb aytgan edi Rossiyadagi “Memorial” inson huquqlari tashkilotining taʼsischi aʻzosi Irina Sherbakova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Raasiya malades sizlar ishonayotgan Aqsh haman ishiga burnin tiqyabdi 2001 yilda Aqsh surxandaryoga baza qurgandi keyin Towkent uni chiqarish buyurganda chiqargan yoq keyin Raasiyaga murojat qilishd Moskva Aqshga 3 kun muxlat berdi Aqsh 2kunda olib keti bazasin Yaxshilikn bilish kerak

Javob berish

Putin doim oʻz reytingini qo‘shni davlatlarga qarshi urush ochish bilan koʻtaradi, 2014-yilda Rossiya-Ukraina urushini boshlagani kabi.

Javob berish

Karvonsaroylaringga oʻt tushsin. G‘arb tinchgina Yugoslaviya, Iroq, Liviyani xonavayron qilayotgan edi. Rossiya yaqinida havo raketalari mudofaa tizimlarini joylashtirmoqda. Rossiya esa G‘arbning tinchlik jarayoniga aralashmasligi kerak. Bunday bo‘lmaydi

Javob berish

Qozog‘iston ROSSIYADAN G‘arb sivilizatsiyasiga qarab QOCHISHI KERAK. Gap faqat Putler haqida emas. Gap o‘zlarida... Xudo Amerikani asra. MEN NURBOT EMASMAN.

Javob berish

Mutlaqo toʻgʻri!!! Malades!!!

Javob berish

Odatda ruhiy kasalliklar bahorda zoʻrayadi. Pukanda ham bor shu narsa bor.

Javob berish

Bu unda surunkali.

Javob berish

Ajoyib, sotsiologiya darsida foydalandim​

Javob berish