Karvonsaroy
Diplomatiya

YI Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi strategiyani tayyorlamoqda

Aydar Ashimov

Suratda: Osiyo - Yevropa forumida qatnashish uchun Yevropa kengashiga tashrif buyurgan Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev. Bryussel, 2018-yil, 18-oktabr. [Emmanuel Dunand/AFP]

Suratda: Osiyo - Yevropa forumida qatnashish uchun Yevropa kengashiga tashrif buyurgan Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev. Bryussel, 2018-yil, 18-oktabr. [Emmanuel Dunand/AFP]

OSTONA –Yevropa Ittifoqi (YI) Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni yaxshilash va mintaqadagi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishga qaratilgan yangi strategiyani qabul qilish arafasida. Istiqbolda afg‘onistonlik ayollarga O‘zbekiston va Qozog‘istonda ta’lim berish ham nazarda tutilgan.

YIning Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Piter Burian Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik bitimi strategiyasi va ratifikatsiyasini muhokama qilish uchun 21-22-fevral kunlari Ostonada qozog‘istonlik rasmiylar bilan uchrashdi, deyiladi Qozog‘istondagi YI delegatsiyasi bayonotida.

Ikki kunlik tashrifi davomida Burian parlamentda, Tashqi ishlar vazirligida hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda turli masalalar, jumladan “siyosiy va iqtisodiy islohotlar, qonun ustuvorligi, savdo va iqtisodiy munosabatlar” va xalqaro muammolar muhokama etildi, deyiladi bayonotda.

“Biz yozgacha YIning Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasini qabul qilamiz, unda YI-Markaziy Osiyo hamkorligining mintaqadagi eng ijobiy dinamikaga sabab bo‘lgan yangi imkoniyatlari tilga olinadi”, deb aytgan Burian bayonotga ko‘ra.

YIning Markaziy Oisyodagi maxsus vakili Piter Burian 21-22-fevral kunlari Ostonada qozog‘istonlik rasmiylar bilan “YIning Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasini qabul qilish hamda Uzoq muddatli hamkorlik va sheriklik shartnomasini ratifikatsiya qilish” borasida maslahat uchrashuvini o‘tkazdi. (Qozog‘iston parlamenti)

YIning Markaziy Oisyodagi maxsus vakili Piter Burian 21-22-fevral kunlari Ostonada qozog‘istonlik rasmiylar bilan “YIning Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasini qabul qilish hamda Uzoq muddatli hamkorlik va sheriklik shartnomasini ratifikatsiya qilish” borasida maslahat uchrashuvini o‘tkazdi. (Qozog‘iston parlamenti)

YIning Markaziy Oisyodagi maxsus vakili Piter Burian 21-fevral kuni Ostonada senatning tashqi aloqalar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Darigʻa Nazarboyeva bilan uchrashdi. (Qozog‘iston parlamenti)

YIning Markaziy Oisyodagi maxsus vakili Piter Burian 21-fevral kuni Ostonada senatning tashqi aloqalar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Darigʻa Nazarboyeva bilan uchrashdi. (Qozog‘iston parlamenti)

“Strategiyada Markaziy Osiyo bilan yanada mustahkamroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif qilingan, bu esa o‘z navbatida mintaqaning yanada barqaror, gullab-yashnayotgan va chambarchas bog‘langan iqtisodiy-siyosiy muhitga aylanishi uchun zamin yaratadi”, degan u.

Yangi strategiya

YIning Markaziy Osiyo uchun mo‘ljallangan yangi strategiyasi 2007-yildan beri amalda boʻlgan hujjatning o‘rnini egallaydi va mintaqada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashishga yordam beradi.

Bayonotga ko‘ra, “yangi strategiyada Yevropa Ittifoqining 2018-yil 18-oktyabrda qabul qilingan Yevropa va Osiyoni bogʻlash strategiyasiga muvofiq, mintaqa bilan uning ichida barqaror aloqa o‘rnatishga ko‘maklashish borasidagi yondashuvi bayon qilingan”.

“Shu bilan birga, u Markaziy Osiyo va Afg‘onistonga oid YI siyosatlarining oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirishga koʻmaklashadi”, deyiladi xabarda. “Yangi strategiya 2021-2027-yillar davomida YIning yordam dasturlarini tayyorlash uchun ham qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.”

Bayonotda qayd etilishicha, 2014-2020-yillar davomida YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida barqaror rivojlanish va hududiy xavfsizlik sohalariga oid mintaqaviy hamkorlik uchun 454,2 million yevro (195 milliard tenge) mablagʻ ajratilgan.

Qozog‘iston senati xabariga ko‘ra, senatning tashqi aloqalar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Darigʻa Nazarboyeva bilan uchrashuvda Burian “Qozog‘iston bilan hamkorlikni rag‘batlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga tayyor ekanligini” aytib o‘tgan.

“Nazarboyeva Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik Qozog‘iston tashqi siyosatidagi strategik yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlagan”, deyiladi bayonotda.

Qozog‘istonda “milliy qonunchilikni Yevropa me’yorlariga moslashtirish” borasida turli choralar qabul qilingan”, deyiladi hujjatda.

Nazarboyeva boshqa mavzular bilan bir qatorda, Qozog‘istonning YI bilan hamkorligida suv xavfsizligi va Afg‘onistonni barqarorlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga diqqat qaratdi.

Manfaatli hamkorlik

“O‘tgan yilning dekabr oyida Londonda Markaziy Osiyo uchun YIning yangi strategiyasi muhokama qilindi, unda Qozog‘iston rasmiylari ham ishtirok etishdi”, deydi ostonalik siyosatshunos Abdi Ismailov Karvonsaroy nashriga.

“O‘shanda YI vakillari Qozog‘iston Markaziy Osiyoda yetakchi rolni oʻynayotgani va kelgusi yillarda turli sohalarda ko‘pgina qo‘shma loyihalar amalga oshirilishini ta’kidlagan edilar”, dedi u.

“YI bilan hamkorlik Qozog‘iston uchun manfaatli, u mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini taʼminlashga hissa qo‘shadi”, dedi Ismailov Karvonsaroy nashriga.

“Mintaqadagi vaziyatni mutlaqo tinch deyish qiyin, shu sababli Yevropaning qo‘llab-quvvatlovi biz uchun muhim”, dedi u.

“Yevropacha qadriyatlar bizga juda yaqin”, dedi Buyuk Britaniyada tahsil olgan 26 yashar olmaotalik Yerlan Kulmaganbetov Karvonsaroy nashriga.

“Har bir fuqaromiz demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, bagʻrikenglikka intiladi”, dedi u. “Hozirgi kunda temir parda yo‘q, chegaralar ochiq, imkoniyatlar bisyor.”

“Mamlakatimizning Yevropa davlatlariga ochilayotganini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, dedi u.

Afg‘onistonga yordam

YI bilan hamkorlikdagi istiqbolli sohalardan biri – afg‘onistonlik xotin-qizlarga Qozog‘iston va O‘zbekistonda ta’lim berish qo‘shma dasturidir, deb xabar berdi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Atamkulov va Burian o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarga yakun yasab.

Ushbu dastur amalga oshadigan boʻlsa, afg‘onistonliklar Markaziy Osiyoning ikki davlatidagi universitet va kollejlarda tahsil oladilar. YI ularning ta’limiga ketadigan sarf-xarajatlarni qoplaydi. Ta’lim loyihasi Afg‘onistondagi ayollar va bolalarning holatini yaxshilaydi va mamlakatni barqarorlashtirishga yordam beradi, deb kelishdi Qozog‘iston va YI rasmiylari o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan muzokara chogʻida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hatto ovoz berish natijalari ham Markaziy Osiyo aholisi Gʻarb bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini koʻrsatmoqda. Bu nima uchun Rossiyani bunchalik qoʻrqitayotgani tushunarsiz. Axir unga hech qanday ziyon yetmaydiku.

Javob berish

YI va AQSH bu texnologiyalar va taraqqiyot demakdir. Rossiya bu poplar, shamlar, axlat va qashshoqlik.

Javob berish

Bugungi kunda doʻstlar yoʻq, hamma oʻz manfaatinigina koʻzlaydi ! Sarmoyaga muhtoj davlatni oʻziga qaram qilish bor ! Aldanib qolmang !

Javob berish

Barakalla, Rossiyaga oʻxshagan oʻra bilan emas, balki rivojlangan mamlakatlar bilan yanada ko‘proq hamkorlik qilish kerak.

Javob berish

Bu pullarni yana sovurib yuborishadi, qarzni toʻlash esa xalqqa qoladi. Tekinxoʻrlar, YIni laqillatishyapti

Javob berish