https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/02/28/feature-01
| Din

Qozogʻiston vazirliklari radikalizmga qarshi kurash maqsadida isloh qilinmoqda

Kanat Altinbayev

image

Suratda: Qozogʻiston hukumati buyurtmasi bilan suratga olingan “Zulmatda adashganlar” hujjatli filmidan kadr. Unda noanʻanaviy islomni qabul qilgan qozoq qizlari haqida hikoya qilinadi. Lavha oʻtgan yilning aprel oyida namoyish qilingan. [Qozogʻiston ijtimoiy rivojlanish vazirligi]

OSTONA – Kuzatuvchilarga koʻra, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboevning ikki vazirlik - Axborot va kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy taraqqiyot vazirligini axborot va ijtimoiy taraqqiyot vazirligiga birlashtirishga qaratilgan harakati hukumatga ekstremizmga qarshi kurashning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Hukumatni qaytadan tuzish

Nazarboev 21-fevral kuni iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va ijtimoiy siyosatdagi muvaffaqiyatsizlikni sabab qilib, vazirlar mahkamasini isteʼfoga chiqargan edi. Soʻnggi vaqtlarda Qozogʻiston jamoatchiligi orasida turmush darajasidan norozilik kuchayib bormoqda, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikr-mulohaza va chiqishlar shundan dalolat bermoqda.

25-fevral kuni prezident vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlab, Asqar Maminni Bakitjan Sagintayev oʻrniga bosh vazir etib tayinladi. Mamin avvalgi hukumat tarkibida bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan.

Avvalgi hukumat tarkibidagi ayrim vazirlar oʻz lavozimlarini saqlab qolgan. Biroq, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar uchun masʻul boʻlgan turli vazirliklarga yangi rahbarlar tayinlangan.

image

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboev 25-fevral kuni Ostonada parlament quyi palatasi deputatlari bilan yangi tarkibdagi hukumatning vazifalarini muhokama qilmoqda. [Qozogʻiston prezidentining rasmiy sayti]

image

Qozogʻiston ijtimoiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Berik Arin oʻtgan yilning sentyabr oyidagi Ostona konferensiyasida ekstremizmning oldini olishda NNTlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik haqida soʻzladi. [Qozogʻiston ijtimoiy rivojlanish vazirligi]

Bundan tashqari, Nazarboev ikki vazirlikni birlashtirdi: axborot va kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy taraqqiyot vazirliklari – axborot va ijtimoiy taraqqiyot vazirligiga aylandi.

Yangi vazirlik radikalizmga qarshi kurashga koʻmaklashadi

Ijtimoiy taraqqiyot vazirligi din, fuqarolik jamiyati va yoshlar siyosati masalalariga masʼul boʻlgan, axborot va kommunikatsiyalar vazirligi esa ommaviy axborot vositalari, internet va kommunikatsiyalar ishini muvofiqlashtirib kelgan.

Nazarboyev axborot va kommunikatsiyalar vaziri boʻlgan Dauren Abayevni yangi tuzilgan vazirlikning rahbari etib tayinlagan.

Kuzatuvchilar ikki vazirlikning birlashtirilishi Qozogʻistonda din sohasidagi monitoring samadorligini yaxshilashga imkon berishini taxmin qilmoqdalar.

Qozogʻistonda ayniqsa, “Islom davlati” (ID) jangarilarining Suriyadan qaytishga urinayotgani sababli radikalizm tahdidi kuchaymoqda, deydi ostonalik jurnalist Alibek Isatayev.

2017-yil aprel oyi holatiga koʻra, 500 dan ortiq qozoqlar jangarilar safida jang qilish maqsadida Suriya va Iroqqa safar qilgan. Bu haqda AQSHning “Soufan Group” tadqiqot markazining 2017-yil oktyabrida chop etilgan hisobotida maʼlum qilingan.

Yaqinda vazirlar mahkamasi tarkibida yuz bergan oʻzgarishlar ortidan Qozogʻiston hukumati konstruktiv diniy bilimlarni tarqatishda yanada faolroq va tizimli ish olib borishi mumkin, deb taʼkidladi Isatayev Karvonsaroyga.

“Biroq, dindorlarga bosimni kuchaytirmaslik, axborot manbalaridan foydalanishni yoki diniy erkinliklarni cheklamaslik kerak”, dedi Isatayev.

Toʻgʻri qarorlar

Ekstremizmga qarshi kurashda individual tanlov hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, deydi musulmonlar jamoat arbobi, olmaotalik Murat Telibekov “Karvonsaroy” bilan suhbatda.

Qozogʻiston sharoitida davlat tashkiloti emas, balki masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, qarorlar qabul qiladigan shaxs muhimroq hisoblanadi, dedi u.

Shunday boʻlsa-da, Telibekov yangi ishga tayinlangan Abayevning salohiyatini yuqori baholagan.

“Abayev oʻzining insoniyligi va demokratik qarashlari bilan ajralib turadi”, dedi u. “Bu xislatlar diniy masalalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Oʻylaymanki, qozogʻistonliklarni koʻpchiligi unga katta umidlar bilan qaramoqdalar.”

Sizga maqola yoqdimi?

24
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *