BOG‘UZ TASHQARISI, Suriya – Kuchli ruhiy iztirobni boshdan kechirgan yuzlab ayollar va bolalar Suriyaning sharqiy qismidagi cho‘l hududida “Islom davlati”ning (ID) so‘nggi qo‘rg‘onidan o‘zlariga tegishli oxirgi narsalarni olib qochishgan.
Soʻnggi omon qolganlar terrorchilar hududini tark etib, odamlarga liq to‘la yuk mashinasida AQSH qo‘llovidagi Suriya demokratik kuchlari (SDK) yig‘ilish punktiga yetib kelganlar.
Tintuv qilinganlaridan keyin ayollar guruh-guruh boʻlib tuproq ustiga oʻtirdilar, chang bosgan qora kiyimlari kir bo‘lib ketgan. Tinkasi qurigan bolalar esa gumanitar yordam qutilaridagi suv va nonga yopisha ketishdi.
Dayr Az-zorlik ayol to‘lib-toshgan sumkani va bo‘sh suv idishini ko‘tarib ketar ekan, suv so‘rab, yerda yotgan yarmi boʻsh butilkaga yopisha ketdi.
“Biz qamalda qolib ketdik... iflos suv ichib kelganmiz.”
Beriroqda, qo‘rg‘onni tark etishga qaror qilgan yana yuzlab odamlar navbat kutib turishibdi, ular AQSH qo‘llovidagi SDK tekshiruvidan o‘tishlari kerak.
Yaralangan gumondorlarning ba’zilari qo‘ltiqtayoq tutib olganlar – bu bir vaqtlar qudratli bo‘lgan terrorchilarning so‘nggi kunlari yaqinlashganidan darak berib turibdi.
Bundan to‘rt yil avval, qudratga toʻlgan davrining eng qizgʻin pallasida ID Birlashgan Qirollik hududiga teng yerda millionlab odamlarni boshqargan.
Ammo jihodchilar Ifrot daryosi va Suriyaning Iroq bilan chegarasidagi bir parcha yerda siqilib qolganlar.
“ID degan narsa endi yo‘q”
SDK va AQSH boshchiligidagi koalitsiya o‘tgan hafta oxirida jihodchilarning so‘nggi qo‘rg‘oniga hujum uyushtirdi. Hujum fuqarolarning hududni tark etishi uchun ajratilgan bir necha haftalik tanaffusdan soʻng yuz bergan.
Ammo yakshanba (3-mart) kuni kurdlar boshqaruvidagi kuchlar hududda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish uchun hujumni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar.
To‘planish nuqtasida avvalgi evakuatsiya qilinganlar qoldirib ketgan chiqindilar orasida bolalar yugurib yurishardi.
So‘nggi haftalarda o‘n minglab fuqarolar – mintaqa va butun dunyodan kelgan ayollar va yosh bolalardan iborat cheksiz oqim jihodchilarning tobora kichrayib borayotgan hududidan yuk mashinalarida olib chiqib ketildi.
So‘nggi bir necha kunda qochganlar u yerda hamon minglab fuqarolar qolayotgani, ammo jihodchilar urushsiz taslim boʻlmasligini aytganlar.
“Hammasi tugadi”, dedi Suriyaning Aleppo shahridan bo‘lgan 13 yashar Mahmud qutqarilganlar joylashgan lager tomonga ketayotgan mashinaga chiqar ekan.
“ID degan narsa endi yo‘q.”
Barakalla, Rossiya! Agar u boʻlmagan-da, AQSH ID bilan 200 yil “kurashgan” boʻlardi
Javob berishFikrlar 1