OLMAOTA – Qozog‘iston o‘z milliy valyutasi dizaynini o‘zgartirib, undan rus tilini olib tashlash arafasida. Bu Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyadan yanada mustaqilroq bo‘lish harakatini aks ettirmoqda.
Qozoq tengesining yangi dizayniga milliy naqsh, davlat tarixi va rivojiga hissa qo‘shgan taniqli shaxslarning suratlari, o‘ziga xos tarixiy, geografik joylar va arxitektura yodgorliklari, Qozog‘istonga xos flora va fauna namunalarining rasmlari, shu bilan birga davlat bilan bog‘liq muhim ramzlar kiritiladi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘tgan yil 12-dekabrda milliy valyuta dizaynini yangilashni tasdiqladi. Yangi banknotalar qachon chiqarilishi haqida xabar berilmagan.
Ayni damda muomalada boʻlgan tengeda ham qozoq, ham rus tilidan foydalanilgan.
Rossiya Qozog‘istondagi barcha pul birliklaridan (esdalik va numizmatik tangalar bundan mustasno) o‘z tilining olib tashlanishini eʼtibordan chetda qoldirmadi.
Rossiyaning “munosabati”
“Nafaqat Qozog‘iston, balki rus tilini ona tili deb hisoblovchi aholi yashaydigan barcha hududlarda Rossiya tashqi ishlar vazirligining faoliyati va vazifasiga aloqador ekanligini hisobga olsak, bu masala bizning doimiy e’tiborimizda bo‘ladi”, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova 22-fevral kuni “Moskva govorit” radiosiga bergan intervyusida.
Shu kunning oʻzida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tayotgan Qozog‘istonning oʻz valyutasini yangilashi uning “ichki ishi” ekanligini aytdi.
Biroq, Rossiyaning millatchi mutaassiblari bunga keskinroq munosabat bildirdilar.
25-fevral kuni Facebook sahifasida qoldirilgan xabarda “17Vagon” millatchilik harakatining Moskvadagi Qozog‘iston elchixonasi oldida uyushtirilgan namoyishi surati chop etilgan.
Guruh aʼzolaridan biri Nazarboyevga 2014-yil Ukraina asosan rusiyzabonlar yashaydigan Qrim va Donbassdan ularni kamsitgani sababli mahrum boʻlganini eslatuvchi yozuvni ko‘tarib olgan.
Plakatda Qozog‘iston oʻzining shimoliy hududlarini yo‘qotishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish aks etgan. Bu yerda asosan rus tilini ona tili deb hisoblaydigan aholi istiqomat qiladi.
“Nazarboyev, rusofobiya xavfli ekanligini yodingda tut! Kirill yozuvini qaytar”, deb yozilgan posterda. “Tengega rus tilini qaytar. Ruslar kamsitiladigan boʻlsa, ular yurtni tark etishi va o‘z yerlarini o‘zi bilan olib ketishi mumkin.”
Bu namoyish ayrim qozog‘istonliklarni g‘azabga soldi, ular bu voqeani huquq-tartibot idoralari e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan fitna deb atadilar.
Ostonalik tadbirkor Ruslan Bekeyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyoda yuz berayotgan, oʻz manfaatiga zid keluvchi voqealarni e’tiborsiz qoldirmaydi.
“Ammo, suveren davlatlar tanlovini hurmat qilishi kerak, chunki ularning har biri oʻz qadriyatlariga va rivojlanish yo‘liga ega”, dedi u Karvonsaroy nashriga.
Boshqa Markaziy Osiyo valyutalarini taqqoslash
Qozog‘istonning amaldagi pul birligining dizayni ba’zi qozoq faollarining tanqidiga uchragan. Ular boshqa Markaziy Osiyo valyutalarida rus tilidan xoli ekaniga e’tibor qaratganlar.
Umuman olganda, barcha 15 ta sobiq Sovet respublikalari ichida faqat Qozog‘iston va Rossiya valyutalaridagina rus tili mavjud. Hatto, rus tiliga yaqinroq bo‘lgan slavyan tilida so‘zlashuvchi Ukraina va Belarus pul birliklarida ham ruscha yozuvlar yoʻq.
Boshqa Markaziy Osiyo valyutalarida milliy va madaniy qadriyatlar aks ettirilgan boʻlib, ular milliy qahramonlar va taniqli shaxslar xotirasi abadiylashtirishni koʻzda tutadi.
O‘tgan yili Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasi – so‘mning 25 yilligini nishonladi. 1993-yilda davlat sobiq Sovet respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib rubldan voz kechdi va o‘z valyutasini joriy etdi. Ular avval-boshdan qirg‘iz yozuvida boʻlgan.
1994-1997-yillar oralig‘ida muomalada boʻlgan 10 so‘mlikda (14 AQSH senti) Kasim Tinistanov ask ettirilgan edi. U 1938-yilda Stalin davri qatagʻonlarining qurboni bo‘lgan, dedi tarix o‘qituvchisi, bishkeklik Marlen Karibayev. Tinistanov 1920-yilda qirg‘iz tili uchun lotin alifbosini yaratishga yordam bergan.
“Bu bilan Qirg‘iziston tarixiy adolatni tiklashga intilishini namoyish qilmoqda, ammo Rossiya hukumati Iosif Stalin boshchiligida olib borilgan qatag‘on muhokamasidan qochishga urinib kelmoqda”, dedi u Karvonsaroy nashriga.
O‘tgan yil may oyida Bishkekda qirg‘iz milliy valyutasining 25 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda prezident Sooronbay Jeenbekov so‘m “pul va kredit siyosatining muhim vositasi bo‘libgina qolmay, balki mustaqil suveren davlat ramzi hamdir” deb aytgan edi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston ham 2013-yildan beri o‘z milliy pul birligi – so‘mda lotin yozuvidan foydalanib kelmoqda.
O‘zbek valyutasi old tarafida milliy gerb, Toshkentdagi “Mustaqillik va ezgulik” monumenti va Temuriylar sulolasi hukmdori va Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek haykali aks ettirilgan.
Banknotalarning orqa tarafida parlament va senat binosi, Anjumanlar saroyi va Ulug‘bek rasadxonasi tasvirlangan.
Tojikiston valyutasining old tarafida tojik tili va orqa tarafida ingliz tili qo‘llanilgan.
Tojikiston uchun o‘z davlatchiligini aks ettiruvchi belgilarga e’tibor qaratish muhim edi, dedi Dushanbeda joylashgan Tojikiston jurnalistik tadqiqotlar markazi vakili Jasur Abdulloyev Karvonsaroy nashriga.
Shu sabab ham somoniyning so‘nggi nashri dizaynida Tojikistonning buyuk olimlari va davlat arboblari, tarixiy va madaniy osori-atiqalari aks etgan, dedi u.
Yaxshi
Javob berishFikrlar 19
Nega Rossiya shunaqa oddiy narsani deb ham koʻkrak keryapti? Qozoq pulida qozoqcha yozuv boʻladi-da.
Javob berishFikrlar 19
Bu oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga taʼsir qiladimi? Balki bu valyutani XVJga konvertatsiyaga kiritishar? Milliy mustaqillikning bunga nima daxli bor? 25 yildan ortiqroq mustaqil boʻlib keldik, bu voqelikka allaqachon koʻnikishmiz kerak. Balki bundan shunchaki ramziy “mustaqillik” koʻzlangandir, gʻoya mualliflarni shuni taʼkidlamoqchi boʻlishgandir?
Javob berishFikrlar 19
Bu Qozogʻistonning ishi. Rossiyaga taalluqli emas
Javob berishFikrlar 19
Yaxshi. Barakalla qozoqlar! O‘zbeklar siz bilan!!
Javob berishFikrlar 19
Barakalla, qozoqlar. Bu Rossiyaning dushmanona xatti-harakatlariga javob
Javob berishFikrlar 19
Oʻtgan yil may oyida Bishkekda Qirgʻiziston milliy valyutasining 25 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda prezident Sooronbay Jeenbekov soʻmning “nafaqat mustaqil pul-kredit siyosatining asosiy vositasi, balki suveren davlat mustaqilligining ramziga aylanganini taʼkidladi”. https://knews.kg/2019/03/01/deputat-akylbek-zhaparov-predlozhil-otdat-pod-upravleniye-razvitym-stranam-po-odnoj-oblasti-kyrgyzstana/ Qirgʻiziston parlamenti deputati Akilbek Japarov Qirgʻiziston viloyatlarini rivojlangan davlatlar boshqaruviga boʻlib berishni taklif qildi, deb xabar beradi “Azattyk”. Mana senga “mustaqillik”
Javob berishFikrlar 19
Bu mamlakatlar 27 yildan beri mustaqil! Ularni kim Rossiya bilan “doʻst boʻlishga“ majburlayapti? Toʻgʻrisi... yarim asrdan beri mustaqilmiz, nima koʻrdik? Millionlab mardikorlar Rossiyaga ishlagani ketyapti, rus tilini oʻrganib, RF fuqarosi boʻlish uchun hujjat topshirishyapti. Shu bilan bir vaqtda, ularning mamlakati har yili “Rossiyadan xalos boʻlishni xohlayotganini” eshityapmiz. “XALOS BOʻLINGLAR, NIMA XALAQIT QILYAPTI? YOKI QULMISIZLAR? Sizlarni haliyam Staling samolyot va poyezdlar tiqyaptimi? Sizlar uchun yer usti allaqachon jannatga aylangan boʻlishi kerak edi, shuncha ruslarni siqib chiqardinglar, tildan, hatto pullardagi ruscha yozuvdan ham xalos boʻldingiz. Uyingizga qaytib, oʻz mamlakatlaringizni rivojlantirishingizga nima xalaqit beryapti?
Javob berishFikrlar 19
Hammasi yaxshiku-ya, ammo millionlab qirg‘iz va o‘zbek migrantlari Rossiyaga pul uchun ketishyapti, u yerda esa hamma narsa rus tilida. Unda ketish kerak emasdir va haqiqatda ham Rossiyadan ajralish kerakdir? Balki ruslar ularni borishga ko‘ndirayotgandir, balki zo‘rlayotgandir, do‘q-po‘pisa qilayotgandir?!
Javob berishFikrlar 19
Bemaʼni narsalar bilan ovora boʻlib yurishibdi!!! Axlat toʻla bochkaga quloqlarigacha tushirib, boshlari ustida shamshir oʻynatib, bochkaga shoʻngʻitib turish kerak!!!
Javob berishFikrlar 19
Rossiyaning puli qozoq tilida boʻlsin. Darvoqe, “dengi” soʻzining oʻzi “tenge” soʻzidan kelib chiqqan
Javob berishOdamni kuldirmasangizchi! Agar bu so‘zlar o‘xshash bo‘lsa, ruscha “dengi” so‘zi “tenge” so‘zidan kelib chiqmagan, chunki ruslarda pul ko‘chmanchi qozoqlarning pul aylanmasidan ancha avval paydo bo‘lgan.
Javob berishSavodsizligingiz bilan odamni kuldirayotgan sizsiz. Moskoviyadagi moliyaviy atamalar – dengi (tenge), g‘azna (kazna), oltin, bozor va hokazo kabilarni Oltin O‘rda turklari kiritgan.
Javob berishBalli birodar. Bizning ota - bobolarimiz yulduzlar sanab yurganda, bular oyog`iga latta o`rab,hayvonlar terisidan po`stin kiyib yurishgan. Ammo tan olgisi kelmaydi.
Javob berishFikrlar 19
Qozogʻiston Gʻarbning tagiga borgan sari koʻproq yotib bormoqda. Shuning uchun ham bunday narsalar hayratlanarli emas. Bunaqangi siyosat yaxshilikka olib bormaydi.
Javob berishFikrlar 19
Keng omma bilsin – Nazarboyev bu saʼy-harakatni bekorga boshlamadi. Kreml armanlar bilan Qozogʻistonda milliy toʻqnashuvlarni keltirib chiqargani uchun qasos bu. Keyin esa bu kichik mavzuda Rossiya maxsus xizmatlari shu darajada axborotni koʻpirtirdilarki, hatto Armaniston hukumati bayonot eʼlon qilishga majbur boʻldi.
Javob berishTuyoqlarimni kuldirma, dermidi. Milliy nizolar toʻlaligicha Oqoʻrda tomonidan uyushtirilgan, xalqning eʼtiborini mitinglardan chalgʻitish uchun
Javob berishBekorlarni aytibsan. Shuni deb undan ham kattaroq miting boʻldiku. Bularning hammasi Rossiyaning igʻvosi. Shunga ham NAN (Nazarboyev) qasos sifatida pullardan rus harflarini olib tashladi.
Javob berishFikrlar 19
Qachon veb-saytingizni ochsam har balolar yozilgan bo‘ladi. Bu axlatni qayerdan olasizlar?
Javob berishFikrlar 19