Karvonsaroy
Inson huquqlari

Kreml 1930-yillarda Qozogʻistonda yuz bergan mudhish ocharchilikka oid tarixiy faktlarni rad etmoqda

Kanat Altinbayev

2017-yilda Olmaotada shahrida 1931-1933-yillardagi ocharchilik qurbonlari xotirasiga oʻrnatilgan “Ana” (Ona) monumenti. (Kanat Altynbayev)

2017-yilda Olmaotada shahrida 1931-1933-yillardagi ocharchilik qurbonlari xotirasiga oʻrnatilgan “Ana” (Ona) monumenti. (Kanat Altynbayev)

OLMAOTA – Kuzatuvchilarga koʻra, tarixiy masʼuliyat oldidagi qoʻrquv sababli Rossiya TIV 1930-yillarda Markaziy Osiyoda yuz bergan fojiani oqlashga urinmoqda.

Rossiya TIV 22-fevral kuni oʻz saytida “1932-1933-yillarda SSSRda yuz bergan ocharchilik natijasidagi fojia bilan bogʻliq igʻvolar munosabati bilan” rasmiy bayonoy eʼlon qilgan.

TIVga koʻra, Markaziy Osiyodagi “millatchilik qarashlari tarafdorlari” oʻz hamyurtlariga “sovet hukumati mintaqaning tub xalqlari qatliomini uyushtirgan” degan fikrga ishontirishga urinmoqda.

Moskvaning bu kabi asabiy munosabatiga, jumladan, oʻsha davrning fojiali voqealariga bagʻishlangan olmaotalik jurnalist Janbolat Mamayning “Zulmat: Qozogʻistondagi genotsid” hujjatli filmi ham sabab boʻldi.

1930-yillar boshida Qozogʻistonda olingan ona-bola surati (Kino, foto va audiohujjatlarning Markaziy davlat arxivi).

1930-yillar boshida Qozogʻistonda olingan ona-bola surati (Kino, foto va audiohujjatlarning Markaziy davlat arxivi).

Bolsheviklarning kollektivlashtirish siyosati natijasida kelib chiqqan ocharchilik davrida jon saqlash uchun Xitoyga yoʻl olgan qozoqlar. (“Zulmat. Qozogʻistondagi genotsid” filmidan olingan kadr)

Bolsheviklarning kollektivlashtirish siyosati natijasida kelib chiqqan ocharchilik davrida jon saqlash uchun Xitoyga yoʻl olgan qozoqlar. (“Zulmat. Qozogʻistondagi genotsid” filmidan olingan kadr)

Mazkur hujjatli film 30-yanvar kuni Olmaotada namoyish etildi va 2000 dan ortiq tomoshabinni jalb etdi. Film YouTubeda 418 ming marta tomosha qilingan va uning ostida 7400 ta fikr-mulohaza qoldirilgan.

Film 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshida Qozogʻistonda olib borilgan qishloq xoʻjaligini majburiy kollektivlashtirish jarayoni haqida hikoya qiladi. Sovet askarlari och qolgan dehqonlardan donni tortib olib, ko‘chmanchilarni kolxozlarda mehnat qilishga majburlaganda, hukumat sinfiy dushman deb e’lon qilgan boy dehqonlarni quloq qilib surgun qilishi ortidan ocharchilik boshlangan.

“Zulmat” filmi qozoq fojiasining faktlari va ko‘lamini fosh qiladi. Bularning hech biri Sovet davri darsliklarida chop etilmagan.

“3 milliondan ortiq odam ocharchilikdan halok bo‘lgan”, deyiladi filmda. “Qozoqlarning bosqinchilarga qarshi hech bir urushda bu darajada ko‘p odam qurbon bo‘lmagan. Bu bolsheviklar rahbarlari Qozog‘istonda olib borgan genosid bo‘lgan.”

Boshqa manbalarga ko‘ra, Qozog‘istondagi ocharchilik qurbonlari soni 1,5 milliondan 4 milliongacha boʻlgan.

Ocharchilik sababli qozoqlarning uchdan biri halok bo‘lgan, tirik qolganlar esa o‘z sovet respublikasida ozchilikni tashkil etgan, deydi amerikalik tarixshunos Sara Kameron. Minglab qozoqlar Sovet sharoitlaridan bundan-da qiyin vaziyatda qolgan Xitoyga qochib ketishgan.

Qozog‘istondagi 1930-yillar dahshatlari

Kreml rejasiga ko‘ra, azob-uqubatni Qozog‘istonda yashaydigan ruslarga nisbatan qozoqlar o‘z tanalarida yanada og‘irroq his qilganlar, deydi tadqiqotchilar.

Chet eldan yordam kelganida uni Sovet hukumati Qozog‘istondagi faqat etnik ruslarga tarqatgan va qozoqlar chetda qolgan, deydi Olmaotadagi tarix va etnologiya instituti katta tadqiqotchisi Kaydar Aldajumanov film davomida.

Mamayning hujjatli filmida rejimga qarshi bo‘lgan qozoqlarga nisbatan sovet hukumati havo zarbalarini ham qo‘llagani haqida ma’lumot beriladi. O‘z yurtdoshlarini bombardimon qilgan uchuvchilarga mamlakatning eng oliy – Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan.

Olmaotadagi Al-Farobiy nomli Qozog‘iston milliy universitetining tarix professori Anvar Galiyevning Karvonsaroyga xabar berishicha, Iosif Stalin hukumati qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirdi va xususiy mulkni yo‘q qildi.

Qo‘shimcha ravishda “Sovet hukumati kommunist dunyosi inqilobini yaratishni maqsaq qilgan edi hamda bu yo‘lda don va mollarni mudofaa zavodlarini qurish uchun eksport qigan”, dedi Galiyev.

Don va mollarni tortib olishga yana bir sabab – aholini (jumladan quloq qilinganlarni ham) och qoldirib boʻlsa ham shaharlar va Qizil armiyani boqish bo‘lgan, bu ayni vaqtda ham ko‘plab qozoqlarga xos boʻlgan podachi-ko‘chmanchilikka putur yetkazgan va kollektiv fermalar yaratilgan, bu yerlarda hech qanday daromadsiz sobiq ko‘chmanchilar va dehqonlar oddiy ishchilarga aylantirilgan.

1930-yilgi ocharchiligi don va mol yetishtirish bilan shugʻullangan Qozog‘iston, Ukraina va Rossiyaning Volgabo‘yi kabi Sovet hududlarida o‘lim darajasining ortishiga olib keldi, deydi Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi prezidenti, Fransiyaning Le-Man shahrida istiqomat qiluvchi Nadejda Atayeva.

“Bu falokat Sovet davri kommunistlarining shafqatsiz iqtisodiy siyosati tufayli sodir bo‘lgan”, dedi u.

“Bu voqealar bilan bog‘liq NKVD (KGBdan avval mavjud bo‘lgan xizmat) ixtiyoridagi ma’lumotlarning katta qismi hamon maxfiylikda saqlanmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Atayeva.

Arxiv hujjatlari qasddan uyushtirilgan genosidni tasdiqlaydi

22-fevralda e’lon qilingan Tashqi ishlar vaziri bayonotida dahshatli haqiqatni yashirishga harakat qilingan.

Ocharchilikka qurg‘oqchilik va qahatchilik kabi tabiiy sabablar ta’sir ko‘rsatgan, bunga qo‘shimcha ravishda “favqulodda choralar vaziyatni yanada og‘irlashtirgan”, deb xabar bergan Kreml ehtiyotkorlik bilan. Sovet hukumati 1933-yilda favqulodda yordamni qabul qilgan, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

“Rossiyaga birodar Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy faktlarni “milliy o‘yinlar” yordamida buzib ko‘rsatish harakatlariga aldanmasliklariga ishonamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Tashqi ishlar vazirligi.

80 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Rossiya Stalin rejimi atayin yuzaga keltirgan ocharchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishga harakat qilmoqda, dedi Mamay Karvonsaroy nashriga.

Rossiya buning aksini isbotlash uchun arxiv hujjatlaridan foydalanishini aytib tahdid qilmoqda, dedi u Kremlning ocharchilik borasidagi da’volari “ochiqdan-ochiq yolg‘on” ekanligini qo‘shimcha qilar ekan.

“Qozog‘istonda saqlanib kelinayotgan materiallar qozoq zaminida sodir etilgan genosidni tasdiqlaydi”, dedi Mamay. “Biroq, Kreml muhim arxiv hujjatlarini maxfiylashtirgan.”

Kreml qo‘lidagi ushbu hujjatlar oshkor bo‘lsa, Moskva “Sovet hukumatining eng katta jinoyatlarini tan olishga” majbur boʻladi, dedi u.

Rossiya tarixiy javobgarlikdan qo‘rqadi va eʻtiborni bunday nozik mavzuni koʻtarayotgan shaxslar tomoniga qaratishga harakat qilmoqda, dedi inson huquqlari faoli Atayeva.

“Rossiya hukumati o‘zining sukut saqlash siyosati qurboniga aylanmoqda”, dedi u. U bunday siyosat faqat salbiy natija berishini va “odamlarda haqiqatni bilish istagi faqat oshirishini”, qo‘shimcha qildi.

Demokratik jamiyatda bunday voqealarni tarixiy va qonuniy tomondan baholash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi kerak, dedi u.

“O‘shanda Rossiya tashviqot maqsadida qo‘llayotgan millatchilik tagma’nosi bekor bo‘ladi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 78

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kreml hech kimdan va hech narsadan qoʻrqmaydi. Istaganlar sinab koʻrishi mumkin.

Javob berish

Hmm... Lekin, hamma sovet respublikalari ham Golodomorni boshdan kechirmagani koʻp narsa mahalliy kadrlarga bogʻliq boʻlganini koʻrsatadi. Qirgʻizistondagi iqlim Qozogʻistondan ham yomonroq, lekin ota-bobolarimiz ommaviy ocharchilikka yoʻl qoʻymagan, chunki ular bir-birlarini imkon qadar taʼminlashga harakat qilgan. Natijada, sovet davrida kam sonli etnik ozchilik koʻpayishga erishdi. Shunday ekan, dushmannig ichingizdan izlang, hamma aybni choʻtir va egri gruzinga toʻnkamasdan.

Javob berish

SSSR – jinoyatchi mamlakat

Javob berish

Albatta, hammasiga Rossiya aybdor... Sizning qozoq komissarlaringiz-chi... farishta edimi? Kompensatsiyami? Muammo yoʻq. Ammo avval, SSSRning qarzlari uchun toʻlagan milliardlab dollarlarni Rossiyaga qaytaring. Sovet Qozogʻistonida ocharchilikdan oʻlgan ruslar, ukrainlar, nemislar, turklar, yahudiylar, vengerlar uchun kim tovon toʻlaydi? Odam nima haqda gapirayotganini bilishi kerak.

Javob berish

Ocharchilikni oqlayapsizmi?

Javob berish

Kreml buning tovonini toʻlashi kerak. Ular xalqlarni oʻz yerlaridan surgun qilishgan.

Javob berish

zur

Javob berish

Zulmat – qorongʻilik degani

Javob berish

Haqiqatda ham shunday boʻlgan, bu qozoq halqiga qarshi qaratilgan edi

Javob berish

Genotsid oʻz nomi bilan genotsid. Qozoqlarni bunchalik ezish uchun ularni qay daraja yomon koʻrish kerak? Shundan keyin qanday qilib kommunistlarga ishonish mumkin?

Javob berish

Ularga yer kerak boʻlgan.

Javob berish

Rossiya ikki sababga koʻra hech qachon Golodomorni tan olmaydi. Birinchidan, [Rossiya] Sovet Ittifoqining vorisi sifatida bunga javob berishi kerak boʻladi. Ikkinchidan, Kommunistik partiya hozirgi kungacha katta taʼsirga ega.

Javob berish

Qozogʻistonda rusiyzabon aholining koʻpligiga sabablardan biri shu. Bu qozoq birodarlarimiz uchun genotsid boʻlgan va deyarli barcha turkiyzabon respublikalarda amalga oshirilgan.

Javob berish

Barcha turkiy xalqlarga qarshi, bu aniq. Ammo 1932-yildan soʻng oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, biz ikki milliondan ortiq odam yoʻqotdik. Aksincha, Oʻzbekiston va Rossiyada oʻsish kuzatildi, ammo Ukraina toʻqqiz milliondan koʻproq odam yoʻqotdi. U yerda inqilobchilar ularga qarshi qirgʻin uyushtirganlarni xoʻrlashdi.

Javob berish

Haqiqatni bilishni istayman.

Javob berish

Golodomor boʻlgani rost, mening buvim qishloqning barcha bolalarini ochlikdan saqlab qolganlar. Ular buvimni soʻnggi nafaslarigacha unutmadilar. U katta qozonda suli pishirar edi (Ural viloyati, Kuskul qishlogʻi).

Javob berish

Rossiya, Ukraina va Qozog‘istondagi Golodomor dahshatlari haqida sovet davrining o‘zida guvohlardan eshitganim bor. Men buni insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblayman. Muammo shundaki, 1948-yilda qabul qilingan Genotsid to‘g‘risidagi oxirgi qonunda chalkashliklar bor. SSSR qonunning dastlabki loyihasidan sinfiy va ijtimoiy maqom asosidagi qotillikni chiqarib tashlab, irqiy va diniy sabablarnigina qoldirgan. Shunday ekan, yodda tutaylik, ko‘plab yuridik hujjatlar siyosiy murosa natijasi bo‘lib, muqaddas kitoblar kabi qabul qilinmasligi lozim. SSSR gunohga botgani sababli o‘zi uchun indulgensiya olish chorasini ko‘rgan. Aks holda bu konvensiya imzolanmagan bo‘lardi.

Javob berish

1960-yildan beri hayotim davomida Qozogʻistondagi hayot Rossiyadan yaxshi ekanligini koʻrganman.

Javob berish

Golodomor - oʻsib kelayotgan yosh avlod ongini zaharlashdir. Amerikaliklarning Qozogʻiston bilan nima ishi bor? Ular shunchaki uni qoʻlga olishni istaydilar. Sizlar esa haliyam zorlanib yuribsizlar. Amerikoslar ostida yaxshiroq yashaymiz deb oʻylasangiz kerak. Ular birinchi boʻlib shu soxta olimlarning ovozini oʻchiradilar. Amerikacha demokratiya barchangizni ezib tashlaydi. Mustaqil fikrlashni oʻrganinglar, odamlar. Bu “olimlar”ning hamma gapini yutavermasdan, oʻqinglar va tahlil qilinglar.

Javob berish

Biznikilarning tarixi haqida nimani ham bilarding. Menga bu voqealar haqida qariyalardan biri shaxsan soʻzlab bergan.

Javob berish

Rossiya musulmonlarga oʻta qattiq zolimlik qilgan

Javob berish

Onamning aytishlaricha, 70-yillarda ovulda hammaning otlarini tortib olib, bitta chuqurga toʻplab, pulemyotlardan otib tashlashgan ekan. Keyin esa, qozoqlar ochlikdan otlarning jasadlarini yemasligi uchun, ularning ustiga kerosin toʻkishgan. Shulardan keyin ham kimdir ocharchilik sunʼiy ravishda paydo qilinmagan deydimi? Onam ocharchilikni eslab, ruslar unga bardosh bera olmaydi, degandi.

Javob berish

Ifloslar!!! Rossiya mudhish jinoyatlari uchun ertami-kechni javob berishi kerak bo‘ladi. Qancha qozoq o‘lib ketdi. Bundan oldin esa xalqimizning yaxshilari, ziyolilarini qirishgan. Alash o‘rdaliklarni tag-tugi bilan yo‘q qilishgan. (1917-1918-yillarda Qozog‘istonda mavjud bo‘lgan davlat)

Javob berish

Ocharchilik boʻlgan, buning isbot bor. Goloshchyokin davrida hamma narsani tortib olishgan. Stalinga telegram orqali bayonot yuborib turilgan. Tub aholiga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan. (Filipp Goloshchyokin, 1925-1933-yillarda Qozog‘iston avtonom sotsialistik sovet respublikasining kommunistik partiyasi birinchi kotibi)

Javob berish

Stepan Bandera jinoyatchi emas, himoyachi va qahramon boʻlgan. Hurmatga loyiq.

Javob berish

Hech qanday qatliom boʻlmagan

Javob berish

Buning genotsidligini isbotlovchi dalillar hamma yerda tiqilib yotibdi, bobo-momolarimiz bu ocharchiliklarni unutganlari yoʻq.

Javob berish

Ochlik va ocharchilikni (Golodomor) adashtirmaslik kerak. Boy odamlar parhezda ham och qolishlari mumkin. Bu ocharchilik emas. Golodomor ikkita eng katta xalqni qirib tashlashni maqsad qilgan edi. SSSR va Stalin jinoyatchi boʻlgan.

Javob berish

Ocharchilik boʻlgan, buni rad etish ahmoqlik boʻladi. GENOTSID BOʻLMAGAN. Xuddi shunday Ukrainada ocharchilik bilan odamlarni oʻldirish ham boʻlmagan. Buni hozir Ukraina xalqi genotsidi deb atashmoqda. XX asrda ocharchilik faqat sobiq SSSR hududida keng tarqalgan hodisa emasdi. Oʻttizinchi yillar boshida AQSHdagi ocharchilik bunga misol boʻla oladi. “Biz oʻrganib qolgan, yoqimli boʻlgan oziq-ovqatlarni bor narsalar bilan almashtirar edik... Karam oʻrniga butalar barglaridan foydalanar edik, qurbaqa yeganmiz... bir oy ichida onam va katta opam hayotdan koʻz yumdi...” (Jek Griffin) 1931-yildan 1940-yilgacha, aholi oʻsish dinamikasiga koʻra, AQSHda 8 million 553 ming kishi halok boʻlgan. Bu rasmiy maʼlumotlar boʻlib, ularni chetlab oʻtishga harakat qilinadi. Qizigʻi, aholi oʻsish koʻrsatkichlari 1931/31 yil boshida birdaniga ikki barobar oʻzgargan. Birdaniga tushib, oʻn yil davomida oʻzgarmay turadi. Har qanday jiddiy demograf yuz million aholiga ega boʻlgan davlatda koʻrsatkichlar dinamikasi bunday keskin oʻzgarishi faqat odamlarning ommaviy oʻlimi sababli boʻlishini aytadi. Qani aytingchi, siz hech Amerika xalqi genotsidi haqida eshitganmisiz? Yoʻq! Chunki u yerda ocharchilik fors-major, Buyuk depressiya sababli yuzaga kelgan. Ammo SSSRda bu albatta genotsid boʻlishi kerak! IKKILAMCHI, UCHLAMCHI, OʻNLAMCHI AMERIKA STANDARTLARIDAN ODAMNING KOʻNGLI AYNIYAPTI! ___ SSSRga qarshi har qanday asossiz hujumlar har qanday tanqidlar va faktlar bosimiga bardosh bera olmayapti. Hozir S

Javob berish

Siz nohaqsiz. Boshida SSSR rahbarlari savodsiz bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan o‘qishgan, o‘qitishgan, keyinchalik vaziyat yaxshi tomonga o‘zgara boshlagan. O‘sha vaqtlarda Qozog‘istonda juda ko‘p qozoq maktablarini yopishgan, aholisi besh yuz mingdan ortiq bo‘lgan Qarag‘andada bittagina qozoq maktabi bo‘lgan, rus maktablari esa ko‘p bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki bu bilan qozoq tili, madaniyati va urf-odatlarini siqib chiqarish niyati bo‘lgan.

Javob berish

Haqiqatda ham shunday boʻlgan..... 1958-yilda olis qishloq tumanlari bolalari uchun bittagina qozoq internati qolgan edi.... Shaharliklar faqat rus maktablarida oʻqiy olar edi..... Oʻzim qaragʻandalikman....

Javob berish

Rossiya or-nomussiz va vijdonsiz, eng jinoyatchi mamlakat

Javob berish

Toʻppa-toʻgʻri!

Javob berish

Ha-ya! Nizo chiqarish maqsadida nimalar qilishmaydi. G‘irt g‘arb tashviqoti ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.

Javob berish

Ha, hammasiga Gʻarb aybdor. Katta buvimning aytishlaricha, oʻrislar qozoqlarning yerlari, kvartiralari, mollari va uylarni tortib olib, oʻzlariga oʻxshagan oʻnlab oʻrislarga berishgan ekan. Kim norozi boʻlsa, mol kabi oʻldirib tashlashgan. Shunday ekan, xitoylardan battar boʻlgan oʻrislardan koʻra, Gʻarb boʻlgani yaxshiroq.

Javob berish

Kreml terrorchilari sud qilinmagunlaricha hech qachon tan olishmaydi.

Javob berish

Ko‘p millatli davlatda millatlararo nafratni paydo qilish sabablaridan biri, o‘zi zaif bo‘lgan davlatni yo‘q qilishdir.

Javob berish

Janoblar! Rossiya ham ocharchilikdan qiynalgan, buvimning uch farzandi ochlikdan o‘lgan. Yahudiylar rus familiyalari bilan berkinib quturishgan edi. Ukrainada ham yahudiylar hukumat tepasiga kelishgan. O‘ylab ko‘ring.

Javob berish

Ochlik haqiqatda boʻlgan. 1903 yilda tugʻilgan buvimning onasi va buvim aytib berishgan. Qishloqda oʻzining hovlisida ochlikdan oʻlib qolgan odamlarning qabrlarini koʻrsatishgan. Nonini ixtiyoriy ravishda topshirishdan boʻyin tortganlarning qoʻlida oʻlgan Qizil armiya askarlari sharafiga oʻrnatilgan, hali ham turgan yodgorlikni koʻrganman. Kolxozlar majburan tashkil qilingan. Katta buvim Yevdokiya sigir va buzoqlarini kolxozga topshirishganlarini aytib bergan. Topshirishdan voz kechganlarni esa qaytib koʻrishmagan (ularni majburlab koʻchirib yuborishgan yoki umuman yoʻq qilishgan). Otam Sovet hukumati dushmanlarining otilishini ilma-teshik boʻlib ketgan voyenkomatning orqa devorini koʻrsatgan. Bularning hammadi Xudo koʻrsatmasin dahshatli. Oʻzim pravoslav rusman, voronejda yashayman. Kommunistik partiya rahbarlari yahudiy ekanligidan xabarim bor, ammo menimcha boʻlib oʻtganlarning hammasi gunohlar uchun berilgan Xudoning jazosi. Bu kabi dahshatli voqealari qaytarilmasligi uchun, nimani notoʻgʻri qilganimizni, nima bilan Xudoning gʻazabiga uchrashanimizni, nima sababdan Rus-Yapon urushi, Birinchi jahon urushi, inqilob, fuqarolik urushi va Ikkinchi jahon urushi boʻlganini tushunib olishimiz kerak. Qarindoshlarimizning davomiy gunohlari boʻlganki bularning hammasi choʻzilib ketgan.

Javob berish

Rossiya oʻz tabiatiga koʻra shunday mamlakat – odamxoʻr. U oʻzi sodir etgan jinoyatlarni hech qachon tan olmaydi. Shu sababli ham uning qulashi va jazo olishi adolatdan boʻladi.

Javob berish

Amerikaning ketini oʻpadiganlar tarafidan yozilgan navbatdagi maqola... Boshqalaridan kam boʻlmagan buyurtmali va tashviqot maqolasi. Tez orada amerikacha “erkinlik” nima ekanligini bilib olasizlar... Nazarboyev siz nafratlanadigan sovet tuzumi tarbiyalagan soʻnggi rahbar edi. Butun dunyoda fitnali zamonlar boshlanmoqda. Ular bizning (postsovet) mamlakatlarga koʻproq taʼsir qiladi. Oʻsha “amerikacha erkinlik”ka sotilgan va undan mast boʻlgan, qoʻli yetgan narsani beqarorlikka mubtalo qiladigan “liberal” rahbariyatimizga “rahmat”... Hammaga sogʻ-omonlik tilayman!!!

Javob berish

Fakt faktligicha qolaveradi. Sovet hukumati aybi bilan qozoqlarning yarmi qirilib ketgan, bu ham shunchaki chorvalarni tortib olganliklari sababli. Qozoqlar dehqonchilik bilan shug‘ullanmagan. Natijada ularni yo‘q qilib yuborishgan. Bu genotsid hisoblanadi.

Javob berish

Xoʻsh, sizningcha Amerika hammasini oʻylab chiqarayotgan ekan. Lekin, bu maqoladagi faktlarga nima deysiz? Bolaligimizda bobo va momolarimiz bu haqda bizga soʻzlab berishar edi. Rossiya doim eng avvalo oʻz manfaatini oʻylab kelgan. U doim oʻz ittifoqdoshlarini boʻysundirishga urinadi, salobati va ustunligini koʻrsatib qoʻyish uchun. Bu boshqalarga imkoniyat qoldirmagan. Amerika haqida bemaza gaplar gapirishdan oldin, tan oling, Rossiya undan yomon boʻlsa bor-ku, lekin yaxshi emas. Rossiya Osiyo mamlakatlarining tarixini yoʻq qilgan, ular SSSRsiz rivojlanmasligini koʻrsatish uchun. Rossiya Osiyo mamlakatlarining yutuqlari uchun ulardan minnatdor boʻlishi kerak. Faqatgina biz sizlarga tobe emasmiz, siz ham bizlarga tobesiz. Lekin sizdagi takabburlik buni tan olishingga yoʻl qoʻymaydi. Ikkinchi Jahon urushi haqida faqat Rossiyaga oid maʼlumotlarning oʻzi bilan mulohaza yuritmanglar. Biz eng buyuk va doʻstona xalqmiz, deb oʻz-oʻzingizni aldashni bas qiling. Sizlar begona mamlakar uyoqda tursin, oʻz ota-onangiz haqida qaygʻurmaysizlar.

Javob berish

Golodomor haqiqatda boʻlgan!!! Bu tosh davriga oid dalillar emas, balki zamonaviy tarix. Barcha faktlar guvohlar tomonidan soʻzlangan va tasdiqlangan. Buning uchun kim javob beradi?! Menimcha hech kim. Ammo bu siyosat bugungi kunda ham juda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda; shunchaki niqob ostida va qoʻy terisiga oʻralib olgan holda.

Javob berish

Rusiya qilgan harbiy va iqtisodiy jinoyatlari uchun (1918-1944 yillardagi qatliomlar,quloqlashtirish siyosati va sun`iy ocharchilik),1960-1980 yillardagi Orol fojeasi,paxta monokulturasini majburiy joriy etgani ichun O`rta Osiyu xalqlariga ko`p milliardlik tovon puli to`lash kerak. Bu masalani Gaaga tribunaliga ko`tarish kerak.

Javob berish

U holda sen Rossiyaga zavodlar, mashinalar, universitetlar, maktablar, oʻz chegaralaring, shunday xalqlarning borligi uchun, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushining jang maydonlarida shu axlat gaplarni yoza olishing uchun jon bergan 19 mln. rus va 1 mln. Markaziy Osiyo fuqarolari uchun pul toʻlashing kerak. Markaziy Osiyodagi oddiy xalq biz uchun Birodar xalqlar, ocharchilik va boshqalar uchun esa senga oʻxshaganlar javob berishi kerak. Oʻz mamlakatingiz ravnaqi yoʻlidag ishlamaslik uchun bahona qidirasizlar, tilanchilik qilish va chegaradan tashqarida turib sasishni eplaysiz, xolos.

Javob berish

Qaysi zavodlar? Bu zavodlar xomashyoni qayta ishlash va Rossiyaga yuborish uchun qurilgan. Moskva Qozog‘istonni o‘margan. Xalqning yarmini yo‘q qilgan. Bu yerda yana kim sasiyapti? Odam hayoti bir necha milliarddan qadrli. Bu yerda esa eng kamida 3 million qozoq haqida gap ketmoqda!!!

Javob berish

Unda geptil, radiatsiya va boshqa zaharli moddalar ishlatib rasvo qilgan yerlaringizni qaytarib beramiz

Javob berish

Tan olinglar, rossiyaliklar. Yelkangizdagi gunohdan forigʻ boʻling. Aks holda Yaratganning oldida barchasi uchun javob berasizlar.

Javob berish

Bunda butun rus xalqi aybdor emas. Bugungi kunda hech kim bu ish uchun javob bera olmaydi, oʻgʻil esa ota uchun javobgar emas.

Javob berish

Gap Rossiya davlati toʻgʻrisida boryapti. Axir u SSSRning merosxoʻri boʻlsa va hozirdanoq goʻyoki Qozogʻistonga tortiq qilgan yerlarni qaytarib olish haqida gapirmoqda.

Javob berish

Ukraina va Qozogʻistonda odamlar ochidan oʻlayotgan vaqtda ular oʻzlarida sanoatlashtirish ishlarini olib borishgan. Gʻarbga esa bugʻdoy bilan haq toʻlashgan, oʻzlaridagi aholini boqish oʻrniga. Bu sharmandali jinoyat.

Javob berish

“Gʻarblik sheriklarning” ochiqdan-ochiq iflos tashviqotini bir qarashda anglab olish qiyinmas.

Javob berish

Gʻarblik hamkorlarsiz har qanday qariya nimalar boʻlganini aytib berishi mumkin. Bular hammasiga chidab indamay kelishgan, xolos. U davrlardagi guvohlar kam qolgan. Ammo hozir yaxshi yashasak ham ushoq yerga tushmasligi kerakligini biz qozoqlar (boshqalarni bilmadim) bolaligimizdan bilamiz... Hozir esa yuzni tortga botirish – tahqirlashdek gap. Gʻarbliklar bilanmi yoki ularsizmi, yodda tutishlari uchun bularni yoshlarga yetkazish kerak.

Javob berish

Borib turgan beʼmanilik! Navbatdagi aksil-sovet safsatasi! Tarixni oʻrganing, shunda har qanaqa boʻlmagʻur gaplarga aldanmaysiz....

Javob berish

Nima? Sovet tarixi? He-he, Andersonnikiga oʻxshash ertak bu

Javob berish

“30-yillardagi ocharchilik, faqat SSSRda emas, jumladan Ukrainaning Polsha qismida, Chexoslovakiya va Ruminiyada ham yuz bergani” yolgʻon!!! Muammoning mohiyatini yashirishga urinish bu. 20-30-yillarda Ukrainaning Polsha qismida ham, Chexoslovakiyada ham, Ruminiyada ham ocharchilik boʻlmagan. Ukrainaning sovet qismida sunʼiy ravishda ocharchilik yuzaga keltirilgan. Millionlab odamlar oʻlgan. Shuning uchun Ukrainada bu rasman Xotira kuni, bu BMT tomonidan tasdiqlangan!

Javob berish

Polsha tarkibida boʻlgan Ukraina hududida 30-yillarda Golodomor boʻlmagan.

Javob berish

(Andrey Yeremkin) Yeremkinga javob. Siz “Kremlning oqlashi”ga yordam beraman deb faktlarni buzib koʻrsatmoqdasiz. Ukrainlar bu yerda millat sifatida emas, 20-yillar oxiri 30-yillar boshida millatidan qatʻi nazar Ukrainada yashaganlar sifatida tilga olinmoqda (ukrainlar, ruslar, yahudiylar, nemislar, bolgarlar, greklar...) Buvimning oilasidagi 8 boladan ikkitasi qolgan va ularni ota-onasi bilan Ukrainadan Uralga surgun qilishgan. Bu oʻsha davr avlodlarining fojiasi edi...

Javob berish

AQSH hukumati allaqachon hindulardan uzr soʻrab boʻlgan va ularga tovon puli toʻlagan. Shuningdek, oʻz yerida yashaydigan hindular uchun ishga yoki universitetga oʻqishga kirishda koʻp sonli imtiyozlar taqdim etiladi. Rossiyaga oʻxshab, genotsid uyushtirilgani bilan bogʻliq faktni yashirishmagani tahsinga loyiq

Javob berish

AQSHda hindular qatliomi haqida film olish shart. Karvonsaroy egasi bo‘lgan amerikaliklar bunga nima deyishi qiziq. Genosiddan keyin ular irokezlar, apachilar, mogikanlar yoki cherokiylar amerikasi ittifoqini tuzishmakan-ku. Maktablarda hindular tilida dars o‘tishmagan-ku. Hatto bu tillarni o‘rgatishmagan. 90 foiz hindular o‘lib ketgan. Ularning soni tiklanmagan. Hozir Qozog‘istonda qozoqlar soni 70 foiz. Sovetlar qandaydir g‘alati genosid olib borgan ekan. 30-yillardagi ocharchilik faqat SSSRda emas, balki Ukrainaning Polsha qismida, Chexoslovakiya va Ruminiyada ham bo‘lgan, bu yerda Qozog‘istonga ittifoq respublikasi statusi berilmoqda!

Javob berish

Mening bobolarim 1929-yilda Qaragʻandaning chekkasidan Avliyo otaga (Taraz) qochgan. Onamning aytishicha, 100 oiladan ikkitasigina manzilga yetib bora olgan. Koʻpchilik yoʻlda halok boʻlgan, piyoda yurishgan, choʻntaklarida – tortib olingan chorva uchun berilgan pul. Bir oylik ocharchilikdan soʻng notoʻgʻri ovqatlanish natijasida shaharda kasallikka chalinishgan. Onam buni menga yigʻlab aytib bergandilar.

Javob berish

Aynan qozoqlar qatliomini tasdiqlovchi holatlar ham boʻlgan. Oziq-ovqat asosan ruslar yashaydigan hududlarga yetkazib berilgan, qozoqlar esa ochidan oʻlgan.

Javob berish

Ota-onam mol-mulk musodarasidan keyingi ocharchilik haqida batafsil soʻzlab berishgan. Onam bunga shaxsan Stalin, Goloshekin aybdor deganlar.

Javob berish

Kollektivlashtirish niqobi ostidagi genotsid olib borilgan

Javob berish

Dahshatli qatliom

Javob berish

Maqoladan bir narsani tushundim, Kreml bu fojialarning faqat millatchilik bilan bog‘liq ekanligini rad etmoqda. Maqolada “1930-yillardagi ocharchilik bug‘doy va chorvachilik bilan bog‘liq hududlar, aynan Qozog‘iston, Ukraina va Volgabo‘yidagi o‘limlarga bog‘lagan”. Agar ma’lum bir millat genotsidi desak, Volgabo‘yini qanday tushuntirish mumkin? Axir bu rus yerlari-ku, ukrain yoki qozoqlarning yerlari emas-ku. Genotsid tushunchasidan birgina ma’no kelib chiqadi, bunda ma’lum bir belgi (milliy, tabaqaviy, diniy) bilan odamlar yo‘q qilinadi. Milliy maqsad hech qanday mos kelmaydi. Bundan ko‘ra, ko‘proq tabaqaviy mos keladi – boy dehqonlar quloq qilingan. Ammo ukrainlar ukrainlarning genotsidi haqida (u yerdagi dehqonlar orasida ruslar ham, nemislar ham bo‘lgan), endi esa esa qozoqlar o‘zlari haqida yozmoqdalar. Ammo, kollektivlashtirishdan norozi bo‘lgan dehqonlar deyish aniqroq bo‘lar edi. Mana shu holda Ukraina, Volgabo‘yi va Qozog‘iston chekkan aziyatlarni tushuntirib berish mumkin bo‘ladi... Fuqarolar urushini milliy genotsidga o‘zgartirish? Tarixan mos kelmaydi. Orqa sana bilan qurbonlar va jallodlarni belgilash? Tashviqot va siyosiylashtirish... shu bilan Karpman va Bern uchligi botqoqligida botib qolish. (Andrey Yeremkin)

Javob berish

Volga bo‘yida xuddi Qozog‘istonda bo‘lgani kabi ikkita ocharchilik davri bo‘lgan, biri 21-22-yillarda bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi 30-yillarda bo‘lib o‘tgan. Agar 20-yillarda Saranskdagi qurg‘oqchilik haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, 30-yillar haqida hech qanday xabar yo‘q. 30-yillarda ocharchilik sun’iy yo‘l bilan paydo qilingan. Shu bilan birga, yordam faqat shaharlarga yetkazilgan, tub aholi yashaydigan qishloqlarga esa yordam umuman yuborilmagan. Boshqirdiston va Tatariston bo‘lgan Volgabo‘yida ham xuddi shunday bo‘lgan. Bu haqida gapirishga berishmaydi.

Javob berish

Volgaboʻyida, Moldovada, Ukrainada 1946-yilda ham ocharchilik boʻlgan.

Javob berish

Bu yerda (1) gap genotsid haqiqda ketmayotganligi, (2) ota o‘g‘il uchun javob bermasligi, (3) shu jumladan qozoqlar ham kollektivlashtirishdek bolsheviklarning siyosatini olib borganli aniq. Savol: nima uchun maqola mualliflari ko‘r-ko‘rona beadablik qilmoqda?

Javob berish

Unda javob berma, ovozingni oʻchir

Javob berish

Sovetlar rejimi odamxo‘rlar rejimi

Javob berish

Rossiya va SSSR asli genosid mevasi. Rossiyada Yevropadan ko‘ra ko‘proq natsistlar bor. Agar qo‘yib bersangiz ruslar yana o‘ldir-o‘ldirni boshlaydi!

Javob berish

Bu suniy ocharchilik o’lkada turkiy tilli tubjoy aholini kamaytirish uchun atay uyushtirilgan. Alihonto’ra Sog’uniy domlani esdaliklarida o’sha paytlarda yon qo’shni bo’lmish Xitoyda bug’doy ko’p bo’lganidan dalada qolib ketgani yoziladi.

Javob berish

“Genotsid” haqidagi afsonani yaratish boshlab yuborilibdi. Axmoqgarchilikning chegarasi yo‘q.

Javob berish

Haqiqat achchiq boʻladi, buni tan olishga va badal puli toʻlashga jasoratingiz yetmaydi

Javob berish

Biz xuddi Isroil Germaniyadan tovon to‘lashni talab qilgani kabi Rossiyadan qozoqlarni qirgani uchun pul to‘lashini talab qilishimiz kerak.

Javob berish

Chaqimchi va nazoratchilar avlodidan nimaniyam kutish mumkin.

Javob berish