Karvonsaroy
Namoyishlar

Qirg‘izistonlik namoyishchilar Bishkekka kelgan Putinni “bosqinchi” deb atadilar

Karvonsaroy va AFP

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin jurnalistlarning savollariga javob bermoqdalar, Bishkek, 28-mart. Putinning Qirgʻizistonga tashrifi uning olib borayotgan siyosatiga qarshi noroziliklarni kuchaytirgan. (Kreml)

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin jurnalistlarning savollariga javob bermoqdalar, Bishkek, 28-mart. Putinning Qirgʻizistonga tashrifi uning olib borayotgan siyosatiga qarshi noroziliklarni kuchaytirgan. (Kreml)

BISHKEK – Namoyishchilar prezident Vladimir Putinning Qirgʻizistonga nisbatan olib borayotgan qattiq siyosatidan norozi ekanliklarini bildirdilar.

Namoyishchilar chorshanba (27-mart) kuni, Putinning Qirgʻizistonga bir kunlik davlat tashrifi bilan kelishidan bir kun avval Bishkekdagi Rossiya elchixonasi oldida toʻplanganlar. Ular qo‘llariga “qotil” va “bosqinchi” degan plakatlarni ushlab olib, Rossiyani Qirg‘izistonning Qantidagi harbiy bazasini olib chiqib ketishga chaqirishdi.

Politsiya namoyishchilarga qarshi chiqdi va er-xotin Nurlan Karimshakov va Gulzana Imayevalarni qo‘lga oldi, deb xabar berdi AFP.

Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari hibslarni tasdiqlagan, ammo bu haqda batafsil ma’lumot bermagan.

Rossiyaning hujumchi samolyotlari 2018-yil mart oyida Qirg‘izistonning Qant shahri yaqinidagi shartli nishonlarga qarata raketalar uchirmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning hujumchi samolyotlari 2018-yil mart oyida Qirg‘izistonning Qant shahri yaqinidagi shartli nishonlarga qarata raketalar uchirmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siyosatiga qarshi namoyish oʻtkazishni rejalashtirgan faollar, 27-mart, Bishkek – tashrifdan bir kun avval olingan surat. 27-mart kuni Qirg‘iziston politsiyasi ikki namoyishchini hisbga oldi. (Afringrad/Twitter)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siyosatiga qarshi namoyish oʻtkazishni rejalashtirgan faollar, 27-mart, Bishkek – tashrifdan bir kun avval olingan surat. 27-mart kuni Qirg‘iziston politsiyasi ikki namoyishchini hisbga oldi. (Afringrad/Twitter)

“Ular millatlararo adovat qo‘zg‘ashda ayblandilar”, dedi Zamir Jooshev. U mazkur ayblovlarni “g‘irt bema’nilik”, deb atadi. Ularga 10 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

Rossiyaning Qirg‘izistondagi hozirligining kengayishi

Rossiya 2003-yildan beri Chuy viloyatidagi Qant havo bazasidan, shuningdek, 1940-yildan beri Issiqko‘ldagi torpedo sinovlari poligonidan foydalanib kelmoqda.

Putinning tashrifi Qirg‘izistonda yana bir harbiy baza ochilishi istiqbolini kuchaytiradi.

Rossiya Qirg‘izistonda ikkinchi baza ochishni “muhokama qilishga tayyor”, deb aytgan edi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fevral oyida Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE) radiosi xabar bergan.

Bir necha oydan beri mamlakat janubida ikkinchi bazaning ochilishi haqida gap-soʻzlar yurgan edi.

Qant masalasida esa, Rossiya harbiy baza hududini 60 gektarga kengaytirishini e’lon qildi.

Rossiya harbiy bazasi borasidagi kelishuv Kremlning resurslarga muhtoj Qirg‘izistonning iqtisodiy qiyinchiliklaridan foyda ko‘rayotganini aynglatadi. Masalan, 2012-yilda Qirg‘iziston Moskvaning Qant bazasidan foydalanishiga oid ijara shartmomasini yana 15 yilga uzaytirdi, bunga javoban Rossiya uning qariyb 500 million dollarlik (34,9 millard so‘m) qarzidan voz kechgan.

Kreml Markaziy Osiyodan ketmoqchi emas

Sovet Ittifoqi 1991-yilda parchalanib ketgan boʻlsa-da, koʻplab postsovet respublikalari, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda hanuzgacha Rossiya qoʻshinlari bor. Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik borasida vahima uygʻotish harbiy va siyosiy nazorat oʻrnatish hamda ichki muammolarni hal etishdan qochish usullaridan biri hisoblanadi, deydi mahalliy tahlilchilar.

Rossiyaning Qirgʻizistondagi davomli hozirligi avval ham norozilikka sabab boʻlgan.

Oʻtgan yili qirgʻizistonliklar mamlakatdagi asosiy sayyohlik maskani hisoblangan Issiqkoʻl yaqinida Rossiya qoʻshinlari oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganiga eʼtiroz bildirgan edilar.

Rossiya harbiylari Issiqkoʻl yaqinida joylashgan toglardagi shartli “dushman pozitsiyalarini” yaqin masofaga uchadigan “Iskander-M” ballistik raketalaridan oʻqqa tutganlar.

Rossiya Tojikistonda 201-Harbiy bazadan (Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy obyekti) foydalanadi. Rossiya va nochor holatda qolgan Tojikiston 2012-yilda kelishuv imzolagan, unda baza 2042 yilgacha (Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng 51 yil davomida) faoliyat yuritishi koʻzda tutilgan edi.

Oddiy fuqarolar noroziligi

Koʻpchilik qirgʻizlar Putin uchun toʻshalgan qizil gilamni va uning tashrifi chogʻida norozilik uyushtirgan namoyishchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlinganini tanqid qilmoqdalar.

“Qirgʻiziston demokratik taraqqiyot yoʻlidagi davlat ekanligini taʼkidlab keladi”, deydi Qorabolta shahridan boʻlgan tadbirkor Bolot Iskenderov Karvonsaroy bilan suhbatda. “Biz doim hukumatimiz va prezidentimizni tanqid qila olganmiz… Nima uchun endi biz Vladimir Putin va uning rejimini tanqid qila olmaymiz?”

“Plakatga boqing va undagi yozuvni oʻqing”, deb yozgan ukrainalik huquqbon Dmitriy Kabak Facebookdagi “Mustaqil Qirgʻiziston” guruhida. “Kimdir bu yerda nafrat va adovat qoʻzgʻashga urinish belgilarini koʻryaptimi?”

“Bu yerda hech qanday jinoyat tarkibi yoʻq”, deb yozgan oʻsha guruhda Bishkekda yashovchi Aleksandr Tebenkov. “Bu insonlar oʻzlarining siyosiy qarashlarini ifoda etishgan va jamoat tartibini buzishmagan.”

[Ushbu maqolani tayyorlashga Kanat Altinbayev oʻz hissasini qoʻshgan.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 32

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putin va Rossiya – bosqinchilar, juda toʻgʻri aytilibdi

Javob berish

Maqolani Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat departamenti yollagan soxta liberal yozgan. Xalqning fikri bu yozgʻuvchining fikriga zid. Biz Putinni hurmat qilamiz va yaxshi koʻramiz. Maydonga plakat koʻtarib chiqqanlarning kimligi esa nomaʼlum. Ularning kimligini AQSH elchixonasidan soʻrash kerak; elchixona ularni biladi.

Javob berish

Putin rasvo odam, Rossiyani Xitoyga sotib yubordi

Javob berish

Biz Buyuk SSSRni qayta barpo etishimiz kerak. Hozir buning vaqti boʻlmasa ham, ertami-kechmi baribir shunga kelamiz, hozir shu yoʻldan ketyapmiz. Yevropa ittifoqi bu bugungi SSSR. Men Rossiyada koʻp yillar ishladim va Rossiyaga qoʻshilishdan maʼno borligini bilaman, chunki Qirgʻizistonda ish yoʻq, odamlar oʻz holicha yashaydi, hukumat kambagʻal va hech narsa qilmaydi. Ularga qoʻshilganimizda, Qirgʻizistonda ishlashimiz va Rossiyadagi singari munosib maosh olishimiz mumkin edi.

Javob berish

Avval rus tilini o‘rganib olish kerak

Javob berish

Nima muammo? Sizningcha, buyuk SSSRni qurish uchun hamma rus tilini bilishi kerakmi? Ishoning, bu kelasi 1000000 yilda ham yuz bermaydi.

Javob berish

Haqiqatdan ham Rossiya Qirgʻizistonni oʻz holiga qoʻyishi kerak, oʻzlari harakat qilishsin va axlatdan qurol yasab oʻz chegaralarini himoya qilishsin. Rossiya federatsiyasidan hamma qirgʻizlarni haydab chiqarish kerak, vatanlariga borib mehnat qilishsin, Qirgʻizistonni yoddan chiqarsin. Amerika va Ukrainadan yordam soʻrasinlar. Qanday qilib bunday gapirish mumkin oʻzi.

Javob berish

Toʻnka, Rossiya Ikkinchi jahon urushi vaqtida Moskvani himoya qilgan qardosh xalqni hech qachon tashlab qoʻymaydi. Ustingdan toʻkishing uchun biz senga axlat yuboramiz.

Javob berish

Yaxshi javob

Javob berish

Hayronman Qirgʻiziston yoki boshqa davlatlarda bazalar qurish nega kerak, nimaga tayyorgarlik koʻrishyapti oʻzi, urushni hukmdorlar boshlaydi, nega endi jabrini oddiy odamlar tortishi kerak.

Javob berish

Bazalar siz tekintomoqlarni Rossiya chegaralariga yaqinlashtirmaslik uchun qurilyapti, strategik mulohaza yuritish kerak...

Javob berish

Vladimir Vladimirovich Putin zoʻr inson. Tinch aholining himoyachisi, dono odam. Dunyoning hamma burchaklarida oʻz kuchlariga ega. Har qanday ishni, xoh katta boʻlsin, xoh kichik – bajara oladi. Biz doim Rossiya bilan hamqadam boʻlganmiz va uning ortidan borganmiz. Bu asrlar davomida koʻplab hamyurtlarimizning hayoti evaziga amalga oshgan. Biz bularning barini bilamiz va yodda tutamiz. Rossiya qurbon boʻlgan askarlarni va onalarimizni hech qachon unutmaydi. Begonaning nogʻorasiga oʻynamaslik kerak.

Javob berish

Toʻgʻri, barakalla, qoʻshilaman!

Javob berish

AQSH bu albatta rivojlanish va texnologiyalar demakdir, Rossiya esa DNRni ham Somaliga aylantirdi.

Javob berish

Axmoq xotin. Iroq, Liviya, Suriya, Yugoslaviya, Ukraina, Venesuela va h.k.lar AQSHdan kelayotgan balo-ku.

Javob berish

Qanchalar yaxshi bosqinchi ekan, qarzlarda kechibdi, rivojlanishga mablag‘ ajratibdi! Amerikoslarni kutavering, ular qirg‘izistonliklarni bangi va bachchabozlarga aylantiradi!

Javob berish

Tur yoʻqol j...b

Javob berish

Dalillar qolmadi shekilli.

Javob berish

Qozog‘izston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston muammolarini o‘zlari hal qilishlari zarur. Rossiya oraga kirmasligi kerak. Hamkorlik qilsa mayli.

Javob berish

Rossiyalaring bilan bizni tinch qo‘yinglar, migrantlarni deportatsiya qiling, viza rejimini joriy qiling, o‘z bazalaringizni olib tashlang, bojxona ittifoqidan chiqishimizga qo‘yib bering.

Javob berish

Elchixona oldiga ikki kishi kelgan, ammo ularni ko‘pchilik bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan

Javob berish

Mualliflarga hududimizda ro‘y berayotgan hodisalarni obyektiv yoritib berganlari uchun tashakkur. Hurmat bilan Facebook tarmog‘idagi “Mustaqil Qirg‘iziston/Egemenduu Kyrgyzstan (KpTS)" guruhi administratori

Javob berish

Putin bosqinchi. To‘g‘ri.

Javob berish

Ahmoq, Putin boʻlmaganda amerikoslar Qirgʻizistonni yeb qoʻyishardiku yoki Oʻzbekistonga qarshi qayrashardi

Javob berish

Nimaga qarshilik qilyapsizlar? Jon kuydirmasang jonona qayda. Rossiyada sizlar uchun har yerda yashil chiroq. Qirg‘iz jinoyat sodir etsa tojik ayblanadi. Rossiyada bemalol yurish, qulay ishlash va bazani ijaraga topshirish uchun yaxshigina pul topyapsiz. Bular uchun siz nimadandir voz kechyapsiz, shunga ortiqcha gapirmang. Cho‘p izlashdan avval ko‘zingizdagi xodani olib tashlang.

Javob berish

Nima ruslar Qirgʻizistonda jinoyat sodir etmaydimi? Bir narsa boʻlsa, darrov konsulxonaga yugurib borasizlar. Rossiyada pul ishlayotganimiz uchun taʼna qilmanglar, siz pul bermaysiz bizga, vaqti kelib, oʻzingiz ishga taklif qilasizlar, biz esa borgimiz yoʻq deymiz.

Javob berish

Buning uchun oʻzingizda ish bo‘lishi kerak.

Javob berish

“Ko‘pchilik qirg‘iz fuqarolari” deganda ikki kishidan iborat oilami :)))

Javob berish

Yakutiyada qirg‘iz migranlarini ta’qib qilishni Kreml tashkillashtirgan. Bu Qirg‘iziston prezidenti Putinni tushunishi va unga quloq solishi uchun qilindi. Keyin Qirg‘izistonga ko‘rsatmalarni berish uchun o‘zi uchib keldi.

Javob berish

Bu nima axmoqgarchilik, to‘nkamisizlar? Nimaga bu ikkisiga yopishib oldilaring? Rossiya bo‘lmasa Afg‘onistondan bostirib kirishadi, ular bo‘lsa qarab o‘tirmaydi. Zindonga qamab qo‘yishadi yoki undan battarini qilishadi. O‘zini aqlli deb bilgan tanqidchilar miyasini qayerda qoldirdi ekan? Kechirasiz, ichimdagini aytib oldim.

Javob berish

Hozirgi hukumatdagi aqli noqislar shungacha borishgani dahshat. Ularning ahmoqona fitnalariga eʼtibor qilmaslik kerak. Oqil boʻlinglar.

Javob berish

Qirgʻizlarga dars boʻlishi keak. Toki zindon nima ekanligini bilib qoʻyishsin, aks holda tushunishmaydi.

Javob berish