OLMAOTA – Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YOII) aʼzo mamlakatlar tadbirkorlarining aytishlaricha, Rossiya oʻzining ichki bozoridagi korxonalarga raqobatchi boʻlgan Markaziy Osiyo kompaniyalariga mahsulot sotishni taqiqlovchi agressiv siyosat yuritmoqda.
Qozogʻistonning shirinliklar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi – “Raxat” bosh direktori Konstantin Fedoretsning fevral oyida Olmaotada oʻtkazilgan matbuot ajnumanida maʼlum qilishicha, Rossiya korxonalari “Raxat”ni doimiy ravishda sudlashuv jarayonlariga jalb qiladilar, nazoratchi organlar esa qozoq kompaniyasining mahsulotlarini tez-tez xatlovga oladilar.
“Raxat”ning Rossiya bozoridagi ulushi 1 foizdan oshmaydi, shunga qaramay, Rossiya kompaniyalari oʻz mahsulotlari sifatini oshirish oʻrniga xorijlik raqobatchi bilan kurashishning keskin usullarini tanlaganlar, dedi u.
Fedoretsning soʻzlariga koʻra, Rossiya qandolatchilik kompaniyalari hukumat idoralariga nisbatan taʼsir kuchiga va mahalliy hokimiyat organlari: vazirliklar, bojxona, soliq idoralari rahbarlari bilan yaxshi aloqalarga ega. “Rossiya hamma yerda kuch ishlatishni maʼqul koʻradi, shu jumladan chakana savdoda ham”.
Buning natijasida 2018-yilda “Raxat”ning Rossiyaga eksporti 2 foizga kamaydi. Rossiya hukumat idoralari “Raxat“ mahsulotlarini doimiy ravishda musodara qilavergani sababli, Qozogʻiston shirinliklarini sotuvchi Rossiya doʻkonlarining kompaniya bilan kelgusi hamkorligi shubha ostida qolgan.
Shu bilan bir vaqtda, Qozogʻiston bozoridagi ayrim xorijiy qandolatchilik kompaniyalari mahsulot tarkibiga qoʻyiladigan talablarni bajarmaydilar, dedi u Rossiya kompaniyalarini nazarda tutib.
Mahalliy davlat idoralari bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoyalash uchun “proteksionizm va ombudsmanlik funksiyalarini” bajarishi lozim, deb qoʻshimcha qildi Fedorets.
Tengsizlik muhiti
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati 2015-yilda tuzilgan mintaqaviy iqtisodiy tashkilotdir. U bir nechta sobiq Sovet Ittifoqi mamlakati – Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armanistondan tarkib topgan. Ayni damda unga Rossiya raislik qiladi.
YOII Rossiya tadbirkorlari, sarmoyasi va mahsulotlari uchun qulay sharoitlar yaratgan, ayni vaqtda ittifoqqa aʼzo boshqa mamlakatlarning raqobatchi kompaniyalari tengsiz va ogʻir sharoitlarda ishlashga majbur, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi, “Yangi Qozogʻiston” siyosiy forumi ishtirokchisi Rasul Jumali.
Jumalining aytishicha, Rossiya “nobozor mexanizmlari va oʻz nazoratchi organlari, jumladan Rospotrebnadzorni ishga soladi, u sogʻliqni saqlash standartlarining buzilishini aniqlagandek boʻlib koʻringani bilan, aslida raqobatchilarni yoʻqotadi.
YOIIning ittifoqqa aʼzo mamlakatlar oʻrtasida savdo toʻsiqlarini bartaraf etishga qaratilgan qoidalari Qozogʻistonga yirik, kuchli moliyaviy qoʻllovga ega rossiyalik eksportchilardan himoyalanish imkonini bermayapti.
Rossiya kompaniyalari Rossiya doʻkonlaridan “Raxat” va boshqa qozoq kompaniyalarini siqib chiqarish orqali Qozogʻiston bozorlariga chiqqanlar.
Moskva shahar hokimiyati maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Qozogʻiston Rossiya shokoladlarini eng koʻp import qilgan mamlakat boʻldi – xarid qilingan qandolatchilik mahsulotlari ulushi 17,4 foizni tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni 14,1 foizlik koʻrsatkich bilan Belarus, uchinchi oʻrinni esa 11,1 foiz bilan Xitoy egalladi.
“Bularning bari YOIIning hech qanday iqtisodiy missiyaga ega emasligini, balki u Rossiyaning postsovet hududda oʻz taʼsiri va avvalgi mavqeini tiklash yoʻlidagi siyosiy loyihasi ekanligini koʻrsatadi”, dedi Jumali.
Rossiya YOIIni o‘z manfaatlarini ilgari surish va boshqa a’zo davlatlarni noqulay vaziyatga qoʻyish maqsadida yaratdi, deydi mustaqil tahlilchilar.
“Shartlar tadbirkorlarimizning manfaatlarini cheklaydi”, dedi Jumali. “Shuning uchun ham ular Rossiyadan norozi.”
Jumaliga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik YOII muqobili bo‘la oladi.
“Respublikamiz fuqarolari mana shu sohada yangi tashabbuslar yaratayotgan” O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan umid qilmoqdalar, deb qo‘shimcha qildi u. Bu tashabbuslar iqtisodiy, suv va qishloq xo‘jaligidagi muhim mintaqaviy muammolarga yechim topa oladigan “Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa yetakchilari va biznes hamjamiyati uyushmasini tashkil etishni” ham o‘z ichiga oladi.
“Umidlar puchga chiqdi”
Boshqa davlatlar tadbirkorlari YOII ularning bizneslariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlamoqdalar.
Masalan, mahalliy tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston iqtisodiyoti Rossiyaning arzon mahsulotlari oqimidian aziyat chekkan.
“Qirg‘iziston YOII tarkibiga kirganidan keyin, mamlakat kiyim-kechak sanoatida og‘ir damlar boshlandi”, dedi Bishkekda kichik kiyim-kechak korxonasiga egalik qiluvchi Nazira Urmanayeva Karvonsaroy nashriga.
Urmanayevaning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston YOIIga a’zo bo‘lganidan so‘ng, u o‘z korxonasini yopishga majbur bo‘lgan. Sababi, YOIIga a’zo barcha davlatlar Rossiyaning yuqori tariflarini qabul qilishlari kerak bo‘lgan, natijada YOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlardan kirib kelgan matolarga yanada yuqori bojxona to‘lovlari joriy etilgan. Uning biznesi o‘z rentabelligini yo‘qotdi.
Dastlab YOII jozibador edi, chunki u go‘yoki zaif iqtisodiyotga ega kichik mamlakatlarga o‘z mahsulotlarini Rossiyaning katta bozoriga eksport qilish imkoni berardi, dedi Bishkekda joylashgan “Global Technology Solutions Co.” rahbari va iqtisodchi Iskender Sharsheyev Karvonsaroy nashriga.
“Ammo bu umidlar puchga chiqdi”, dedi u.
Moskva sifat standartlarining buzilganini bahona qilib, Belarus mahsulotlariga toʻsiq qoʻyishga uringani sababli dekabr oyda Belarus Rossiya bozorini tark etish bilan tahdid qilgan.
“Nohalol raqobat mavjud“, degan edi oʻshanda prezident Aleksandr Lukashenko. “Gap Belarus mahsulotlarining sifati haqida emas. Ular doim tabiiyligi bilan ajralib turgan, Rossiya mahsulotlari esa yuqori darajadagi sunʻiy qoʻshimchalarga ega.”
Maqola menga maʼqul boʻldi! Muammolar haqida darhol gapirish va qaror qabul qilish kerak.
Javob berishFikrlar 8
Bu ittifoqcha bizdagi tadbirkorlikni yoʻqotish va iflos ruslar tomonidan tayyorlangan axlat pishloqdan tortib, Prioralar, nishonga yetib bormasdan portlab ketadigan raketalar va yonuvchi samolyotlargacha boʻlgan Rossiyaning bir tiyinga qimmat sifatsiz mahsulotlariga qaramlik hosil qilish uchun tuzilgan.
Javob berishFikrlar 8
Rossiyadaning qoʻlida 9 ta tuz bor. Va u YOIIda ham, MDHda ham hamma bilan teng savdo qilmaydi. Shu bois ham koʻpchilik bu ittifoqqa qoʻshilmaydi, qoʻshilganlar esa chuqur afsusda.
Javob berishFikrlar 8
Aksil-Rossiya jazavasi shunaqangi jonga tegdiki
Javob berishFikrlar 8
U yerdan tezroq chiqish kerak, aks holda Qozogʻistondagi qolgan korxonalar ham vayron boʻladi!!!
Javob berishUlarning dastidan yoqilgʻi narxi ham qimmatlashib ketyapti
Javob berishFikrlar 8
Bojxona ittifoqi faqat Rossiya manfaati uchungina kerak.
Javob berishFikrlar 8
Qozog‘istonga bu ittifoq kerak emas
Javob berishFikrlar 8