Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Jinoiy qonunchilik islohotlari natijasida Qozogʻistonda mahbuslar soni kamaymoqda

Kanat Altinbayev

2018-yilning yozida Olmaota koʻchalarida patrul nazoratini olib borayotgan politsiya xodimi. (Ostona shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi)

2018-yilning yozida Olmaota koʻchalarida patrul nazoratini olib borayotgan politsiya xodimi. (Ostona shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi)

OLMAOTA – Qozogʻiston rasmiylariga koʻra, ekstremistlar va terrorchilarni jazolashda davom etayotganiga qaramay, mamlakatda jinoyatchilik sohasidagi qonunlarning isloh qilinishi mahbuslar sonini kamayishiga, qamoqxonalarning yopilishi va millionlab dollar mablagʻning tejalishiga olib kelgan.

Qozogʻistonda jinoiy javobgarlikni yumshatish borasida qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar qonunbuzarlarga qattiq jazodan qutulib qolish imkonini beradi. Bu haqda Qozogʻiston bosh prokurori oʻrinbosari Marat Axmetjanov 8-aprel kuni Nur-Sulton shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilgan.

2018-yilda kuchga kirgan qonun ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga jarimalar belgilashni koʻzda tutadi, deyiladi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati saytida eʼlon qilingan xabarda. Hujjatda, shuningdek, shaxs ilk marta jinoyat sodir etgan va yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan boʻlsa, uni javobgarlikdan ozod qilish belgilangan.

Yangi qonunga koʻra, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun jazo belgilash chegarasi 48 million tengedan (126 ming AQSh dollari) 120 million tengegacha (315 ming AQSh dollari) oshgan. Bu chegaraga yetmagan taqdirda ham qonunbuzarlar uchun jarimalar belgilangan.

Huquq-tartibot idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari 2017-yil 12-sentyabr kuni Qiziloʻrda shahrida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish masalalarini muhokama qilishdi. (Markaziy Osiyoda “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” / Facebook)

Huquq-tartibot idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari 2017-yil 12-sentyabr kuni Qiziloʻrda shahrida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish masalalarini muhokama qilishdi. (Markaziy Osiyoda “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” / Facebook)

Qozogʻiston bosh prokurori oʻrinbosari Marat Axmetjanov 8-aprel kuni Nur-Sulton shahrida oʻtgan matbuot anjumanida jinoiy qonunchilikdagi islohotlar haqida soʻz yuritmoqda. (Markaziy kommunikatsiyalar xizmati)

Qozogʻiston bosh prokurori oʻrinbosari Marat Axmetjanov 8-aprel kuni Nur-Sulton shahrida oʻtgan matbuot anjumanida jinoiy qonunchilikdagi islohotlar haqida soʻz yuritmoqda. (Markaziy kommunikatsiyalar xizmati)

Bu islohot kichik biznes uchun ijobiy yangilik boʻlib, “ular uchun 120 million tengedan (315 ming AQSh dollari) ortiq soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning iloji yoʻq”, dedi Ahmedjonov.

Shu bilan birga, takroran jinoyat sodir etganlar uchun jazo yanada qatʼiylashadi.

Yangi qonunga muvofiq, takroran oʻgʻirlik, firibgarlik va tovlamachilik sodir etish qamoq jazosini nazarda tutadi.

Shafqat kampaniyasi juda oʻgʻri jinoyatchilar, jumladan ekstremistlar va terrorchilarga qoʻllanilmaydi, deya taʼkidladi Ahmedjanov.

Mahbuslar sonini kamaytirish

Qonunchilikdagi oʻzgarishlar oʻz samarasini berib ulgurgan.

“Islohotlar natijasida qamoqdagilar soni kamaydi. Oʻtgan yili bu raqam 5000 kishiga kamaygan”, dedi Ahmedjanov.

2018-yilning boshidan hukumat sakkizta qamoqxonani yopgan, natijada qozogʻistonlik soliq toʻlovchilarning 12 milliard tenge (40 million AQSh dollari) mablagʻi tejab qolingan, dedi Ahmedjanov.

Endilikda toʻrtta jazoni oʻtash koloniyasining yopilishi kutilmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻtgan yili Qozogʻistonning xalqaro maxbuslar indeksi 83 oʻrindan 95 oʻringa tushib, yaxshi koʻrsatkichlarga yetgan, dedi Ahmedjanov qamoqxonadagi maxbuslar soni kamayganini nazarda tutib.

“Oʻtgan oʻn yil ichida Qozogʻistondagi qotilliklar soni deyarli ikki barobar – 2009-yildagi 1604 tadan 2018-yilda 943 taga kamaygan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Ikkinchi imkon

Olmaotalik yurist Yuliya Pototskayaning soʻzlariga koʻra, islohot jinoyatchilikka oid statistikani yaxshilabgina qolmasdan, balki qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar uchun yana bir imkoniyat beradi.

Avvallari ishning koʻpligi va xodimlar yetishmovchiligi tufayli politsiya samaradorligi past boʻlgan, dedi u Karvonsaroyga.

“Sudlar koʻpincha faqat qotil va oʻgʻrilarni emas, balki umidsizlik yoki hissiyotlar tufayli birinchi marta xato qilgan oddiy odamlarni ham qamoqqa hukm qiladilar”, deydi u.

“Qamoqxonalarimizda mahbuslar boshqalarning taʼsiri ostida boʻlishadi va yomon tarafga oʻzgaradilar”, deb qoʻshimcha qildi Pototskaya.

Shu bilan bir vaqtda, Qozogʻiston hamon terrorchilarga nisbatan qatʼiy siyosat olib bormoqda, ular oʻta ogʻir jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi va hatto oʻlim jazosini ham oʻz ichiga oladi, dedi u.

“Terrorizm radikal kayfiyatdagilarni milliy xavfsizlik va barqarorlikka tahdid sifatida koʻradigan Qozogʻiston rasmiylari uchun nozik masala, ularga qarshi kurash har doim imkon qadar qattiq boʻladi”, deydi Pototskaya.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu islohot tufayli minglab zoʻravon qotillar va talonchilar endi ozodlikda. bravo

Javob berish

Bu insoniylik choralari oʻta ogʻir jinoyatlarga taalluqli emas, diqqat bilan oʻqinglar. Minglab ozod qilinganlar haqidagi axborot qayerdan? “Ozodlik” soʻzi xato yozilgan.

Javob berish

Bu islohot faqat boylar uchun. Pulingiz boʼlmasa, hech kimsan. Oʻzim hozir qamoqdaman. Sudlar millionlarni oʻmarganlarni chiqarsa ham, meni erkinlikka qoʻyib yubormaydi. Men bir ayolni zoʼravondan qutqarib qolganim uchun qamoqdaman. Zoʻravon esa akasi sudya boʻlgani uchun erkinlikda yuribdi. Men yolgʻiz otaman, bu voqea yuz berganida oʻgʻlim toʻqqiz oylik edi, hozir u uch yoshga toʻlgan. Men hamma yerga yozdim, ammo samarasi boʻlmadi, mana bizning “adolat”, koʻrib qoʻying.

Javob berish