Kuzatuvchilar va faollarga koʻra, Rossiya rejim nazoratidan tashqarida boʻlgan soʻnggi anklavdagi tinch aholini himoya qilolmay, Idlibdagi ekstremistlar vakolatlarini bexosdan oshirib yuborish bilan Suriya urushiga aralashuvida muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Sentabr oyida Rossiya va Turkiya vaqtinchalik sulh borasida kelishib oldilar, u Idlib hududini Suriya rejimining yalpi hujumidan himoya qilishi kerak edi.
Biroq, bu sulh “Al-Qoida” shoʻbasi boʻlgan “Tahrir Ash-Shom” guruhining hududni toʻliq egallab olishi ortidan bekor boʻlgan. Hududdagi tinch aholi esa zulm, qonunsizlik va tashqaridan amalga oshirilayotgan bomba hujumlaridan aziyat chekmoqda.
Sulh bitimi kuchga kirganidan keyin Idlibda “Tahrir Ash-Shom”ning hududdagi boshqa qurollangan muxolifatchi guruhlar hisobiga kengaygani kuzatilgan, dedi suriyalik jurnalist Muhammad Abdulloh “Diyaruna” nashriga.
Kelishuv ekstremistlar ittifoqi taʼsirining kengayishiga sabab boʻldi, dedi u. Guruh iqtisodiy resurslar ustidan nazorat oʻrnatib, soliqlar yigʻish hamda oziq-ovqat va neft mahsulotlari kabi asosiy tovarlar savdosini qoʻlga olishga muvaffaq boʻlgan.
Uning aytishicha, natijada “Tahrir Ash-Shom” sulh bitimi kuchga kirishidan avvalgi holatiga nisbatan ancha kuchaygan, berilgan boshpana esa unga harbiy va siyosiy salohiyatini bir joyga jamlash imkonini taqdim etgan.
Idlib hududi “Al Qoida” va “Islom davlati” (ID) bilan bogʻliq boshqa ekstremistik guruhlar uchun ham boshpana boʻlib qoldi, dedi Abdulloh.
Sulh bekor boʻldi
“Ruslar aralashgan hudud va xalqaro koalitsiya kirgan hududlar taqqoslanadigan boʻlsa, voqelikda juda katta farq koʻzga tashlanadi”, dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro koalitsiya IDga qarshi kurash va ozod qilingan hududlarni tiklashda Suriya demokratik kuchlarini (SDK) qoʻllab-quvvatlagan.
Bu hududlar mahalliy kengashlar tomonidan boshqariladi, ular tiklash ishlarida oʻz yordam va xizmatlarini taqdim etmoqdalar, dedi u. Idlib terrorchilar iniga aylanganidan beri mahalliy aholi asosiy xizmatlarning yoʻqligidan aziyat chekmoqda.
Idlib viloyatida yashovchi mahalliy aholining fikricha, sulh bitimi ilk kunlardayoq muvaffaqiyatsizlikka uchragan, sababi koʻplab tumanlar avvalgidek har kuni oʻqqa tutilmoqda, deydi idliblik faollardan biri Haysam al-Idlibiy “Diyaruna” nashriga.
Uning aytishicha, havo hujumlarining aksari “Tahrir ash-Shom” pozitsiyalariga emas, balki tinch aholi yashaydigan hududlarga qaratilgan, bundan esa tinch fuqarolarni viloyatning ichki tumanlarga haydash orqali hududni butkul tozalash maqsad qilingan.
Suriya rejimining Idlibda kimyoviy qurol qoʻllashi va sulhga putur yetkazishga urinishi mumkinligi borasida xavotirlar paydo boʻlgan.
Otashkesim tinch fuqarolarning sharoitlarini yaxshilashi yoki ularni asosiy mahsulotlar bilan yetarli darajada taʼminlashga yordam berishi kerak edi, lekin amalda buning aksi yuz berdi va endi Idlibga yordam yetkazishning imkoni yoʻq, dedi al-Idlibiy.
Bu yerdagi aholining aksari tirikchilik vositalarisiz va ishsiz , qashshoqlik chegarasida kun kechiradi, asosiy mahsulotlarning taqchilligi sabab ularning narxi koʻtarilib ketgan, dedi u.
Suriya davlati “inqiroz yoqasida”
Rossiya ommaviy axborot vositalari mamlakatning Suriyaga bostirib kirishini “suriyaliklarga yordam berish va terrorni yengish”ga urinish sifatida tasvirlashda davom etmoqda, dedi suriyalik huquqshunos Bashir al-Asam “Diyaruna” nashriga.
“Biroq, joylardagi voqelik buning aksini koʻrsatmoqda”, dedi u Rossiyaning yagona yutugʻi Bashar Asadni iqtidorda ushlab turish boʻlganini taʼkidlar ekan.
Suriya davlati inqiroz yoqasida turibdi, dedi u. “Rossiya esa uning iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash uchun hech narsa qilgani yoʻq.”
Rejim nazoratidagi hududlar, asosan Eron islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi va unga aloqador isyonchilar ixtiyorida yoki Rossiya va uning qoʻllovidagi isyonchilar himoyasi ostidagi Suriya armiyasi qoʻlida qolgan, dedi Al-Bassam.
“Bu isyonchilar Suriya emas, balki bevosita Rossiya qoʻmondonligiga boʻysunadi. Rossiyaning Suriya davlati va armiyasiga yordam berayotgani haqidagi daʼvolarini Suriya qoʻmondonligi rad etmoqda”, dedi u.
Hozir kunda Rossiya Suriyaning Badiya (choʻl) va Badiyat Tadmor (Palmira sahrosi) viloyatlaridagi konlarga qoʻshimcha ravishda oʻz qoʻliga olgan neft konlari xavfsizligini taʼminlash bilan ovora, dedi u.
Rossiya Suriyadagi koʻplab resurslar borasida uzoq muddatli shartnomalarga erishgan va ularga mablagʻ tikib, uzoq vaqt davomida foyda olishni koʻzlamoqda, deb qoʻshimcha qildi u.
Turkiya Idlibdagi nishonlarni sotib berdi. Rossiya Suriya iqtisodiyoti uchun hech narsa qilgani yoʻq. Investitsiyalar, neft konlarini burgʻilash, koʻmir qazib olish faqat Rossiyaga foyda keltiradi. Tinch tumanlarda Rossiya Federatsiyasining hudud va resurslari yetarlicha.
Javob berishFikrlar 30
Menimcha, shuning uchun ham Rossiya inqiroz yoqasida.
Javob berishFikrlar 30
Rossiya hammaga yordam beradi, siz esa faktlarni buzib koʻrsatyapsizlar.
Javob berishFikrlar 30
Rossiya maʼlumotlarni faqat bir tarafdan yoritadi, oʻziga qulay tarafdan
Javob berishFikrlar 30
Maqolada yozilganlarga to‘liq qo‘shilaman.
Javob berishFikrlar 30
Bo‘lmagan gap!!! Idlib va tartib o‘rnatilgan boshqa tumanlardan tashqari. Bu yerda esa Turkiyaning manfaatlari aralashgan, jangarilar bunday foydalanishdi. Birgina misol bilan boshqa muvaffaqiyatlarni yo‘qqa chiqarishmoqda. Fikr qilmaydiganlar uchun mo‘ljallangan tashviqot bu.
Javob berishFikrlar 30
Hamma kommentlarni bitta odam yozganmi?
Javob berishFikrlar 30
Qayerda ruslar boʻlsa, oʻsha yerda muammo boʻladi
Javob berishFikrlar 30
Rossiya qoloq va zaif mamlakat. Barcha harbiy gʻalabalari ham soxta
Javob berishSoxta-mi, yo‘qmi farqi yo‘q. Rossiya razillarni sindirgan, sindirmoqda ham. Agar g‘ing desalaring senlarni ham sindiradi
Javob berishRossiya nimasi bilan urusha oladi? Oʻyinchoq raketalar va balalaykalar bilanmi?
Javob berishFikrlar 30
Rossiya Afgʻonistonning oʻzida magʻlub boʻlgan, Suriyaga yoʻl boʻlsin.
Javob berishAfgʻonistonni hech kim yenga olmagan
Javob berishFikrlar 30
Boʻlmagan gap
Javob berishFikrlar 30
Qoʻshilaman, Rossiya umuman jangovar shay davlat emas. Uning barcha gʻalabalari faqat televizorda.
Javob berishRazil ekansiz hammangiz !!!!
Javob berishFikrlar 30
Bekor gap! Qiziq, Axlatsaroy yozgan maqolalani oʻqiganim sari Rossiya yomon degan taassurot paydo boʻlib bormoqda. Bu fikrni qoʻllab-quvvatlovchi dumbullar ham topiladi. Amerikaliklar hali asl qiyofalarini namoyon etishga ulguradilar deb oʻylayman.
Javob berishFikrlar 30
Rossiya terrorchi mamlakat boʻlgani uchun shunday.
Javob berishOʻzing terrorchisan, dumbul!
Javob berishIstasang, juda koʻp terroristlarni koʻrsataman... Rossiyada
Javob berishFikrlar 30
Safsata
Javob berishFikrlar 30
Rossiya Suriyadan sharmandalik bilan qochib qolmogʻi kerak.
Javob berishFikrlar 30
“Karvonsaroy” - yolgʻon, aldov, tartibsizlik, har kim kelib ketadigan joy deb tarjima qilinadi. Bu Amerikaning tashviqoti. Rossiya Suriyani qutqarganini butun dunyo biladi. Boʻlmagʻur gaplarni yozishgan.
Javob berishFikrlar 30
Rossiya hech qachon samarali jang qilishni eplolmagan
Javob berishUquvsiz boʻlsa, nega hamma undan shunchalik qoʻrqadi?
Javob berishChunki normal mamlakatlarda har bir insonning hayoti qadrli, Rossiyadan farqli oʻlaroq.
Javob berishAhmoqlar!!! Rossiya hech qachon urushni boshlamagan!!! Barcha davrlarda Rossiyani shturm bilan egallashga harakat qilishgan... Hech qachon egallay olmaydilar... Amerikoslarning oliy toifadagi qalangʻi-qasangʻilari Rossiyani sindirishga qaror qilgan emish... bekorlarni yebsiz
Javob berishRossiya – asosiy agressor va bosqinchi, va u vayron boʻlishni boshlamoqda.
Javob berishHamma joyda Rossiya aybdor! Rossiyasiz nima qilmoqchisizlar oʻzi?
Javob berishRossiya - taʼmagir mamlakat. Ular oʻgʻirlamaganida Oʻzbekiston allaqachon gullab-yashnayotgan boʻlardi. Xomashyo yetkazib beruvchi qullar boʻlib qolishmasdi.
Javob berishFikrlar 30