Karvonsaroy
Din

Markaziy Osiyo diniy peshvolari umumiy maqsadlar yoʻlida saʼy-harakatlarni birlashtiradilar

Aydar Ashimov

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi Serikbay hoji Oʻraz 22-aprel kuni Nur-Sulton shahrida muftiy Maqsad hoji Toktomushev boshchiligidagi qirgʻiz delegatsiyasi bilan uchrashdi. [QMDI]

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi Serikbay hoji Oʻraz 22-aprel kuni Nur-Sulton shahrida muftiy Maqsad hoji Toktomushev boshchiligidagi qirgʻiz delegatsiyasi bilan uchrashdi. [QMDI]

QMDI raisi Serikbay hoji Oʻraz 18-aprel kuni Nur-Sultonda muftiy Usmonxon Alimov rahbarligidagi oʻzbek delegatsiyasi bilan uchrashuvi chogʻida. [QMDI]

QMDI raisi Serikbay hoji Oʻraz 18-aprel kuni Nur-Sultonda muftiy Usmonxon Alimov rahbarligidagi oʻzbek delegatsiyasi bilan uchrashuvi chogʻida. [QMDI]

Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning diniy idoralarining fatvo boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislarining uchrashuvi, 12 aprel, Nur-Sulton. [QMDI]

Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning diniy idoralarining fatvo boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislarining uchrashuvi, 12 aprel, Nur-Sulton. [QMDI]

12-aprel kuni Nur-Sulton shahrida oʻtkazilgan “Maʼnaviy Ipak yoʻli” xalqaro ilmiy-diniy anjumani ishtirokchilari. [QMDI]

NUR-SULTON – Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi (QMDI) Qirgʻiziston va Oʻzbekistondagi hamkasblari bilan qoʻshma saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash va mintaqada ekstremizmning oldini olish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirmoqda.

QMDI raisi, bosh mufti Serikbay hoji Oʻraz 22-aprel kuni Nur-Sulton shahrida muftiy Maqsad hoji Toktomushev rahbarligidagi qirgʻiz delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “tomonlar qardosh davlatlar oʻrtasidagi diniy masalalar hamda Qozogʻiston va Qirgʻiziston diniy idoralari tomonidan imzolangan Oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muhokama qildilar”, deb xabar beradi QMDI.

“Bundan tashqari, ikki mamlakat muftiylari dinga oid umumiy masalalar boʻyicha fatvolarni oʻzaro muvofiqlashtirish va diniy bayramlarni bir kunda nishonlash borasida fikr almashdilar”, deyiladi xabarda.

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi Serikbay hoji Oʻraz 22-aprel kuni Nur-Sulton shahrida muftiy Maqsad hoji Toktomushev boshchiligidagi qirgʻiz delegatsiyasi bilan uchrashdi. [QMDI]

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi Serikbay hoji Oʻraz 22-aprel kuni Nur-Sulton shahrida muftiy Maqsad hoji Toktomushev boshchiligidagi qirgʻiz delegatsiyasi bilan uchrashdi. [QMDI]

Avvalroq, 18-aprel kuni Oʻraz Nur-Sultonda muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegatsiya bilan ham uchrashgan edi.

“Ikki mamlakat muftiylari Qozogʻiston va Oʻzbekiston diniy idoralari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida soʻz yuritdilar”, deb xabar berdi QMDI.

Tajriba almashinuvi

Mufiylar uchrashuvi oldidan, 11-12-aprel kunlari Nur-Sultonda “Maʼnaviy Ipak yoʻli” xalqaro ilmiy-diniy anjumani oʻtkazilgan edi. Anjuman “Islom va yoshlar: zamonaviy tahdidlar” mavzuiga bagʻishlandi.

Anjumanda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning oliy muftiylari, shuningdek, turli davlat idoralari rahbarlari va jamoat arboblaridan iborat 300 ga yaqin vakil ishtirok etdi.

Anjuman qatnashchilari yoshlar radikallashuvining oldini olish va aniq diniy maʼlumotlarni taqdim etish masalasini muhokama qildilar.

“Konferentsiyada turli mavzulardagi maʼruzalar, shuningdek, qoʻshni mamlakatlar diniy yetakchilarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, tajriba almashinuvi, global diniy masalalarga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish, millatlararo va dinlararo muloqotni kuchaytirishga qaratilgan videofilьmlar taqdim etildi”, deyiladi tashkilotining 11-aprel kungi xabarida.

Qozogʻiston axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Dauren Abayev anjuman chogʻida radikalizm va ekstremizm muammolarini tilga oldi.

“Bular barchamizdan davlat, ilmiy va diniy arboblar saʼy-harakatlarini birlashtirishni talab qiladigan jiddiy ijtimoiy va maʼnaviy tahdidlardir”, dedi Abayev.

Mintaqada “turli maydonlar va darajalardagi qoʻshma tadbirlar va doimiy hamkorlikning ahamiyati oshib bormoqda”, deb taʼkidladi u.

Umumiy maqsadlar

Anjumanda diniy peshvolar Markaziy Osiyoda yashovchi musulmonlarni umumiy maqsadlarni roʻyobga chiqarishga daʼvat etdilar.

Anjuman doirasida Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston diniy idoralarining fatvo boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislarining uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda joriy yil Ramazon oyning boshlanishi va tugashishni belgilash masalalari koʻrib chiqildi.

Ular musulmonlar taqvimini tizimlashtirish zarurligini taʼkidlab, Ramazon oyini bir kunda boshlashga kelishib oldilar.

“Ramazon oyining bir kunda boshlanishi ham ramziy maʼnoga ega” dedi Olmaota viloyatilik imom noibi Birman Majenov.

“Qardosh davlatlarning diniy idoralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash – amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa barcha musulmonlar uchun uchun muhimdir”, deydi u. “Oramizda ixtiloflarga oʻrin boʻlmasligi lozim. Kuchimiz – hamjihatlikda”.

“Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning diniy idoralari vakillarining turli maydonlardagi bu kabi uchrashuvlari yuzaga keladigan muammolarni hal etish va saʼy-harakatlarimizni birlashtirishga yordam beradi”, dedi Majenov.

“Zamonaviy dunyoda yolgʻiz harakat qilmasligimiz zarur. Aksincha, faqat birgalikda ish yuritishimiz, barcha muammolarni ochiq muhokama qilishimiz va samarali yechimlarni topishimiz kerak”, dedi u.

Yoshlarning oʻrni

“Yoshlar va Islom, dunyoviy Qozogʻistonda va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida dinning ahamiyati, shuningdek, jamiyat, davlat va turli mamlakatlarning diniy idoralari vakillarining eng zamonaviy muammolarni muhokama qilishga tayyorligi dolzarb mavzular qatorida boʻldi”, deydi tarazlik dinshunos Sanjar Suleymenov Karvonsaroy bilan suhbatda.

Uning aytishicha, konferentsiya qatnashchilarining saʼy-harakatlari natijasida mintaqada radikallashuvning oldini olish uchun kuchlarni birlashtirish qarori qabul qilindi.

Oʻraz tomonidan “Ipak yoʻli” mamlakatlari uchun taklif etilgan “maʼnaviy xarita” – “diniy idoralar faoliyati, shu jumladan, ekstremizmning oldini olish, taʼlim-tarbiya va yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi”, dedi u.

Suleymenovning soʻzlariga koʻra, aqlli, salohiyatli va masʼuliyatli yosh avlodni tarbiyalash muhimligini qayd etish maqsadida Qozogʻiston 2019-yilni Yoshlar yili deya eʼlon qilgan.

“Ertaga ular davlat idoralarida masʼuliyatli lavozimlarni egallaydilar, yosh ota-onalarga aylanib, mamlakatda oʻzgarishlarni amalga oshiradilar”, dedi u.

Kelajakda shiddatli oʻzgarishlar tomon qadam tashlaymizmi yoki aksincha, turgʻunlikda boʻlamizmi – bu koʻp jihatdan, yoshlarimizga bogʻliq boʻladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500