Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Rang-barang liboslar va milliy taomlar – Qozogʻistonda xalq birdamligi kuni nishonlandi

Aydar Ashimov

Xalq birdamligi kuni bayramida Taraz shahri markazida oq liboslar va rangli tasmalar bilan raqs ijro etayotgan qizlar. (Aydar Ashimov)

Xalq birdamligi kuni bayramida Taraz shahri markazida oq liboslar va rangli tasmalar bilan raqs ijro etayotgan qizlar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida Tarazda qizlar qozoq milliy raqsini ijro etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida Tarazda qizlar qozoq milliy raqsini ijro etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunini nishonlash chogʻida qozoq milliy cholgʻu asboblari bilan Taraz koʻchalarini kezayotgan yosh yigitlar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunini nishonlash chogʻida qozoq milliy cholgʻu asboblari bilan Taraz koʻchalarini kezayotgan yosh yigitlar. (Aydar Ashimov)

Xalq birdamligi kuni shahar koʻchalarida osh va boshqa taomlar tayyorlandi, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Xalq birdamligi kuni shahar koʻchalarida osh va boshqa taomlar tayyorlandi, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida turli millatlar vakillari oʻz milliy taomlarini namoyish etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida turli millatlar vakillari oʻz milliy taomlarini namoyish etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Turk diasporasi vakillari ijrosidagi olovli raqs, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Turk diasporasi vakillari ijrosidagi olovli raqs, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida milliy liboslarni kiygan qizlar. (Aydar Ashimov)

1-may – Xalq birdamligi kunida milliy liboslarni kiygan qizlar. (Aydar Ashimov)

1-mayda Tarazda Xalq birdamligi kunini nishonlayotgan dungan qizlari. (Aydar Ashimov)

1-mayda Tarazda Xalq birdamligi kunini nishonlayotgan dungan qizlari. (Aydar Ashimov)

Ukrain milliy liboslaridagi yigit-qizlar. 1-may, Xalq birdamligi kuni, Taraz. (Aydar Ashimov)

Ukrain milliy liboslaridagi yigit-qizlar. 1-may, Xalq birdamligi kuni, Taraz. (Aydar Ashimov)

Maydonda surat chizayotgan rassomlar.Xalq birdamligi kuni, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Maydonda surat chizayotgan rassomlar.Xalq birdamligi kuni, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Qozoq milliy oʻyinini oʻynayotgan yosh yigit va qizlar, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Qozoq milliy oʻyinini oʻynayotgan yosh yigit va qizlar, 1-may, Taraz. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kuni bayramini nishonlash chogʻida oʻzaro kuch sinashayotgan yoshlar. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kuni bayramini nishonlash chogʻida oʻzaro kuch sinashayotgan yoshlar. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kunida “Oʻrdaboshi” jamoaviy kurash oʻyinida bellashayotgan bolalar. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kunida “Oʻrdaboshi” jamoaviy kurash oʻyinida bellashayotgan bolalar. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kuni bayramini nishonlash vaqtida xavfsizlikni taʼminlayotgan politsiyachilar. (Aydar Ashimov)

Tarazda 1-may – Xalq birdamligi kuni bayramini nishonlash vaqtida xavfsizlikni taʼminlayotgan politsiyachilar. (Aydar Ashimov)

TARAZ, Qozogʻiston – Qozogʻiston fuqarolari butun mamlakat boʻylab millatlararo hamjihatlik va totuvlikni targʻib qiluvchi 1-may – Xalq birdamligi kunini nishonladilar.

1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri, Qozogʻistonning koʻp millatli aholisi millatlararo va dinlararo toʻqnashuvlardan xoli boʻlib kelgan.

Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev Olmaota markaziy maydonida chiqish qilib, qozoq xalqini bayram bilan qutladi.

“Bugungi kunda Qozogʻiston koʻplab millatlar vakillari uchun qadrdon uyga aylangan. Barcha etnik guruhlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, hamjihatlik va bunyodkorlik mehnati evaziga biz mustaqilligimizni yanada mustahkamlab, iqtisodiy yutuqlarga erisha oldik”, deb aytgan Toqayev prezident matbuot xizmati xabariga koʻra.

Xalq birdamligi kuniga bagʻishlangan chiqishlari oldidan sahnada turgan oʻquvchi qizlar, Taraz, 1-may. (Aydar Ashimov)

Xalq birdamligi kuniga bagʻishlangan chiqishlari oldidan sahnada turgan oʻquvchi qizlar, Taraz, 1-may. (Aydar Ashimov)

“Bugungi kunda qaysi millatga mansubligidan qatʼi nazar, har bir qozogʻistonlik oʻzini katta oilaning bir aʼzosi deb his qiladi. Biz faqat birgalikda, gʻayrat hamda qatʼiyat bilangina kuchli va gullab-yashnagan davlat barpo eta olamiz”, dedi u.

Bayram tadbirlari Qozogʻistonning barcha shaharlarida boʻlib oʻtdi. Milliy madaniyat markazlari turli chiqishlar va milliy taomlarni taqdim etdilar.

“Bu yerda bugun qozoqlar, oʻzbeklar, ukrainlar, tojiklar, turklar sayilga chiqishgan”, deydi qirgʻiz millatiga mansub tarazliklardan biri, 52 yashar Almaz Tolkanov.

“Oramizda ixtiloflar yoʻq, biz bir mamlakatda yashaymiz”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Turli millatga mansub boʻlsak-da, har birimiz oʻzimizni qozogʻistonlik deb bilamiz.”

“Biz turlichamiz. Marosimlarimiz, urf-odatlarimiz, taomlarimiz va lahjalarimizning ham turlicha ekanligi ajoyib”, dedi Tolkanov.

“Qozogʻistondagi har bir xalqning oʻz tarixi bor”, deydi Jambil viloyatida yashovchi 31 yashar etnik nemis Oleg Leman Stalin tomonidan volgalik nemislarning ikki marta surgun qilinganini yodga olar ekan. Volgalik nemislar Rossiyada Buyuk Yekaterina hukmronligi davridan yashab kelishgan.

Hukumat 1930-yillarda Sovet Ittifoqida amalga oshirilgan qatagʻonlar chogʻida etnik nemislarni shu yerga joʻnatgan”, dedi u Karvonsaroyga.

Yana bir marta etnik nemislar bu yerga “Ikkinchi jahon urushi vaqtida surgun qilingan edilar”, dedi u.

“Qozogʻiston ikkinchi uyimizga aylandi, biz bu yerda bir necha avlodlardan beri yashab kelmoqdamiz. SSSR parchalanganidan keyin kimdir Germaniyaga koʻchib ketdi va “temir parda” yopildi, koʻp nemislar esa shu yerda qoldilar, ular janub quyoshi va sharqona mehmondoʻstliksiz hayotlarini tasavvur qila olmaydilar”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500