Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qirgʻiziston korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Bishkek militsiyasining yangi boshqarmasiga xodimlar yollashni boshladi

Kanat Altinbayev

Oʻtgan yilning iyul oyida Bishkek koʻchalariga chiqish oldidan saf tortgan Qirgʻiziston patrul xizmati xodimlari. (Qirgʻiziston IIV)

Oʻtgan yilning iyul oyida Bishkek koʻchalariga chiqish oldidan saf tortgan Qirgʻiziston patrul xizmati xodimlari. (Qirgʻiziston IIV)

BISHKEK – Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi (IIV) Bishkek militsiyasining yangi patrul xizmatini tashkil etishga oid tajribaviy loyiha uchun xodimlar yollashni boshladi.

6 may kuni vazirlik yangi Patrul xizmati boshqarmasiga xodimlarni ishga yollash boʻyicha sinov loyihasi boshlanganini eʼlon qildi, ishga qabul qilishda oddiy fuqarolarga afzalliklar beriladi.

Sinov loyihasi fuqarolik jamiyati va IIV vakillaridan iborat maxsus komissiya kuzatuvida amalga oshiriladi.

Loyiha prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan tashkillashtirilgan yoʻl-patrul xizmati islohotining bir qismi boʻlib, yoʻl-patrul, militsiya patruli va post-patrul xizmatlarini birlashtirishni koʻzda tutadi.

IIV respublika trening markazi xodimlari ochiq eshiklar kunida bishkeklik maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashmoqda, 2018-yil may oyida olingan surat. (Qirgʻiziston IIV)

IIV respublika trening markazi xodimlari ochiq eshiklar kunida bishkeklik maktab oʻquvchilari bilan suhbatlashmoqda, 2018-yil may oyida olingan surat. (Qirgʻiziston IIV)

Bu xizmatning tashkil etilishi haqida ilk bor oʻtgan yilning noyabr oyida eʼlon qilingan edi. U nafaqat “yoʻllardagi xavfsizlik, balki belgilangan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga ham masʼul boʻladi”, deb aytgan edi Bishkekdagi siyosatshunoslik va huquqshunoslik tadqiqotlari markazi rahbari Tamerlan Ibraimov.

Tashabbus muvaffaqiyatli boʻlgan taqdirda, tajribaviy dastur butun mamlakat boʻylab amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga barham berish

Loyiha maqsadlaridan biri – patrul xizmati xodimlari orasida korrupsiyani kamaytirish.

Shu sababli xodimlar koʻproq maosh oladilar, ularga zamonaviy texnologiyalar, jumladan mashinalar, kommunikatsiya qurilmalari va kompyuterlar taqdim etiladi.

Yangi xodimlar faoliyat boshlashdan oldin uch oylik treningdan oʻtadilar, unda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha yangi ish standartlari oʻrgatiladi.

Yangi boshqarma uch yil avval Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari tomonidan boshlangan islohotlarning bir qismi boʻlib, mamlakat rahbariyati uning amalga oshirilishini nazorat qiladi, dedi bishkeklik zahiradagi politsiya polkovnigi Kayrat Osmonaliyev Karvonsaroy nashriga.

Bishkekdagi Markaziy Osiyo inson huquqlari kongressi koordinatori Tursunbek Akunga koʻra, mazkur tashabbus hukumatga korrupsiyaga qarshi kurashda yordam beradi.

“Oddiy fuqarolar korrupsiya bilan bogʻliq muammolar kuzatiladigan huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlamagani sababli, ular bu tizimda bamisoli toza qon kabi boʻladilar”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Bu loyiha politsiyani tozalashga yordam beradi”, dedi u. “Muhimi – tanlovni haqqoniy va sinchkovlik bilan olib borish.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yoʻllarni toʻgʻrilashsa yaxshiroq boʻlardi

Javob berish

Korrupsiyaga qarshi kurashdan oldin qorinlarini yoʻqotib olishsin

Javob berish

Keraksiz joydan boshlashibdi. Post-patrul va yoʻl patrul xizmatlari xalq pulini oʻmarib, talon-taroj qilayotgan tuzilma emas :(

Javob berish