Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston “koʻplab tahdidlar” munosabati bilan mudofaa xarajatlarini oshirdi

Kanat Altinbayev

Qozogʻistonning tankchi jamoalari Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga oʻz mashgʻulotlarini namoyish etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga Qozogʻiston tankchi jamoalarining mashgʻulotlari namoyish etilmoqda. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida askarlarni qarshi olmoqda. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida askarlarni qarshi olmoqda. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonlik askarlar 10 kilometrga tezkor yurish marshida musobaqalashmoqda, may, Nur-Sulton. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonlik askarlar 10 kilometrga tezkor yurish marshida musobaqalashmoqda, may, Nur-Sulton. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev aprel oyida Taldiqoʻrgʻon shahridagi (Olmaota viloyati) harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev aprel oyida Taldiqoʻrgʻon shahridagi (Olmaota viloyati) harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

OLMAOTA – Qozogʻiston mintaqaviy xavfsizlikka eʼtibor qaratgan holda zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida mudofaa xarajatlarini oshirmoqda.

Finprom.kz moliyaviy tahlil kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilning dastlabki ikki oyida Qozogʻistonning mudofaa uchun sarf-xarajatlari 136,4 mlrd. tengeni (359 mln. AQSH dollari) tashkil etgan. Oʻtgan yilning xuddi shu davrida bu raqam 78,9 mlrd. tenge (207 mln. AQSH dollari) boʻlgandi. Oʻsish 73 foizni tashkil etgan.

1 mart holatiga koʻra, mudofaa sarf-xarajatlari jami davlat xarajatlarining 7,1 foizini tashkil etdi, bir yil avval bu koʻrsatkich 4,9 foizga teng boʻlgan.

Olmaotalik isteʼfodagi mayor Dauren Ospanovning fikricha, Qozogʻiston bundan keyin ham oʻz harbiy salohiyatini kuchaytirishda davom etadi.

Qozogʻistonning tankchi jamoalari Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga oʻz mashgʻulotlarini namoyish etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonning tankchi jamoalari Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Maylino” oʻquv poligonida mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga oʻz mashgʻulotlarini namoyish etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Koʻplab tahdidlar mavjud”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Bu yil bizda hukumat almashinuvi yuz berdi, iyul oyida muddatidan avval prezident saylovlari oʻtkaziladi, shunday ekan, Qozogʻistondagi vaziyatning beqarorlashuvidan manfaatdor boʻlgan tashqi kuchlar yoʻq emas.”

Mintaqaviy xavfsizlikka eʼtibor

Qozogʻiston strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, Nur-sultonlik harbiy tahlilchi Georgiy Dubovtsevning Karvonsaroyga maʼlum qilishicha, milliy va mintaqaviy xavfsizlik muammolari Qozogʻistonni tobora koʻproq tashvishga solmoqda.

“Bu, eng avvalo Afgʻon omilidir”, dedi Dubovtsev. “Bunda terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar aylanmasi, transchegaraviy jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash – ustuvor masalalar hisoblanadi.”

Dubovtsevning qayd etishicha, Qozogʻistonning harbiy xavfsizlik strategiyasi nafaqat mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab oladi, shu sababli Nur-Sulton qoʻshni mamlakatlar bilan harbiy hamkorlikka intilmoqda.

Aprel oyida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Toshkentga rasmiy tashrif bilan borib, oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan bir qator strategik kelishuvlarni imzolagan edi.

Ikki mamlakat mudofaa vazirliklari havo hujumiga qarshi mudofaa, harbiy aerodromlarga xizmat koʻrsatish hamda ushbu aerodromlardagi harbiy samolyotlarni himoya qilish boʻyicha hamkorlik oʻrnatishga kelishib olganlar.

Shu oyning oʻzida, 11-aprel kuni Qozogʻiston parlamentining yuqori palatasi Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasi mudofaasini mustahkamlash maqsadida Dushanbega harbiy texnika va qurol-yarogʻ taqdim etish qarorini maʼqullagan edi. Toʻqayev 22-aprel kuni mazkur hujjatga imzo chekkan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nima uchun Qozogʻistondagi afgʻonlar soni ortib bormoqda va ular bu yerda uzoq vaqtga qolish huquqiga egami?

Javob berish

Yashirib nima qilasizlar? Qozogʻiston uchun birgina xavf bor, u ham boʻlsa miyasi aynigan Putler va Moskva

Javob berish

Xuyutler... Qozogʻistonda oʻrdadan hech qayerga ketmaydi, Ukraina va boshqalar ham shu. Putin ketadi, oʻrda esa qoladi.

Javob berish