Karvonsaroy
Ramazon

Suratlarda: Qozogʻistonda muqaddas Ramazon oyi

Aydar Ashimov

Tarazning markaziy masjidi, 16-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Tarazning markaziy masjidi, 16-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Tarazning markaziy masjidi, namoz vaqti. Surat 17-may kuni olingan. (Aydar Ashimov)

Tarazning markaziy masjidi, namoz vaqti. Surat 17-may kuni olingan. (Aydar Ashimov)

Jambil viloyatidagilar har juma kuni Tarazning markaziy masjidiga namozga kelishadi. 17-may kungi surat. (Aydar Ashimov)

Jambil viloyatidagilar har juma kuni Tarazning markaziy masjidiga namozga kelishadi. 17-may kungi surat. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidida namoz vaqtlarini koʻrsatib turuvchi soat, 17-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidida namoz vaqtlarini koʻrsatib turuvchi soat, 17-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidida namoz oʻqiyotgan roʻzador musulmonlar, 17-may. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidida namoz oʻqiyotgan roʻzador musulmonlar, 17-may. (Aydar Ashimov)

Sadaqa berayotgan kishi, 17-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Sadaqa berayotgan kishi, 17-may kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Iftorlik vaqti, 16-may kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

Iftorlik vaqti, 16-may kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidi, 16-may. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy masjidi, 16-may. (Aydar Ashimov)

TARAZ, Qozogʻiston – Bu yilgi Ramazon oyi kirib kelar ekan, Qozogʻiston imomlari odamlarni savob ishlarga daʼvat qilishni boshladilar.

“Ramazon doimiy xayrli amallar oyidir. Roʻza vaqtida bajarilgan har bir ezgu amal uchun bir necha karra koʻproq mukofot beriladi”, deydi Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi (QMDI) raisi, bosh muftiy Serikbay hoji Oʻraz 4-may kungi murojaatida.

Oʻraz musulmonlarni xayrli ishlarda qatnashishga, koʻp farzandli onalar hamda boshqa zaif qatlamlar vakillariga yordam berishga daʼvat qildi. U tadbirkorlarni muqaddas oy davomida oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlarining narxlarini oshirmaslikka chaqirgan.

Oʻraz paygʻambar Muhammadning (S.A.V) “orangizda yaxshilaringiz oʻz jamoasi va mamlakatiga foydaliroq boʻlganingizdir”, degan mazmundagi hadisini yodga oldi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu turdagi ragʻbat etnik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlashga koʻmaklashadi va Qozogʻistonning “Islom davlati” kabi jangari guruhlarning fuqarolarni radikallashtirish urinishlariga qarshi kurashida muhim ahamiyat kasb etadi.

2007-yilda barpo etilgan Tarazning markaziy masjidi shahardagi asosiy diqqatga sazovor joylardan biri sanaladi. 16-may kuni olingan bu suratdagi masjid kunning kechki vaqtlarida ayniqsa chiroyli koʻrinadi. (Aydar Ashimov)

Markaziy Osiyo davlatlari imomlari bu yil Ramazon oyini bir vaqtda boshlashga kelishib olgan edilar.

Muqaddas Ramazon oyi 5-iyun kuni Iyd al-Fitr bayrami bilan oʻz nihoyasiga yetadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Suratlar ajoyib

Javob berish

Haqiqatan ham shunday

Javob berish