Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotini “boʻgʻish” uchun BMTga chora taklif etdi

AFP

Xavfsizlik niqobi, surat Nederlandiyaning Gaaga shahridagi KQTT bosh idorasida tasvirga tushirilgan. Niderlandiyaning chekka Reysveyk shaharchasida joylashgan 20 ga yaqin kishi ishlaydigan ikki qavatli bino, toksik qurollar zahiralarini yoʻq qilish boʻyicha 20 yilga yaqin davom etgan mashaqqat ishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. [Jon Tis/AFP]

Xavfsizlik niqobi, surat Nederlandiyaning Gaaga shahridagi KQTT bosh idorasida tasvirga tushirilgan. Niderlandiyaning chekka Reysveyk shaharchasida joylashgan 20 ga yaqin kishi ishlaydigan ikki qavatli bino, toksik qurollar zahiralarini yoʻq qilish boʻyicha 20 yilga yaqin davom etgan mashaqqat ishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. [Jon Tis/AFP]

NYU-YORK – Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi, unda Suriyadagi kimyoviy hujum boʻyicha yangi tergov boshlanishi oldidan BMTning kimyoviy qurollar boʻyicha nazoratchi tashkilotini “siyosiylashganlikda” ayblagan.

16-may kungi chora Suriya rejimi prezidenti Bashar Asadni himoya qilishga qaratilgan Moskvaning soʻnggi urinishidir. Asad muxolifatchilarga qarshi kimyoviy qurollar qoʻllashda ayblanmoqda.

AFPning yozishicha, loyiha matnida Rossiya unda veto huquqiga ega boʻlgan kengash kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi Konventsiyani buzadigan mamlakatlarga chora koʻradigan birdan-bir xalqaro organ ekanligi aytilgan.

Kimyoviy qurollar nazoratchisi boʻlgan Kimyoviy qurollari taqiqlash tashkiloti oʻtgan yili (KQTT) kimyoviy hujum sodir etganlarni aniqlaydigan mexanizm ishlab chiqishga kelishib olgan edi – Bunga Rossiya va Suriya qatʼiyan qarshi boʻlmoqda.

“Oq dubulgʻalilar” nomi bilan tanish boʻlgan Suriya fuqarolik mudofaasi maʼlumotlariga koʻra, butun boshli oilalar oʻz uylari va boshpanalarda “gazdan zaharlanib oʻlgan” holda topilganlar. [Oq dubulgʻalilar]

“Oq dubulgʻalilar” nomi bilan tanish boʻlgan Suriya fuqarolik mudofaasi maʼlumotlariga koʻra, butun boshli oilalar oʻz uylari va boshpanalarda “gazdan zaharlanib oʻlgan” holda topilganlar. [Oq dubulgʻalilar]

KQTTning “boʻgʻishga urinish”

Taklif etigan rezolyutsiyada “KQTT faoliyatining tobora siyosiylashib borayotgani va konsensus asosida qarorlar qabul qilish tajribasidan voz kechilayotgani” yuzasidan xavotir bildirilgan.

BMT diplomatlariga koʻra, Rossiyaning taklifi KQTTni nazoratda ushlashga qaratilgan, sababi tashkilot Suriyada kimyoviy qurol qoʻllanishi ortidan kim turganini fosh qilish boʻyicha tergovida ilgarilab bormoqda.

“Rossiyaning asosiy maqsadi albatta KQTT faoliyatini boʻgʻish”, dedi oʻz shaxsini oshkor qilishni istamagan diplomat.

Gʻarb mamlakatlari KQTTning Suriyada kimyoviy qurollar ishga solinganini tasdiqlagani, shuningdek, 2018-yil mart oyida Angliyaning Solsberi shahrida rossiyalik josus Sergey Skripalni asab tizimiga taʼsir etuvchi modda bilan zaharlashga urinish harakatlaridan soʻng, yangi tergov mexanizmini ishga tushirishni tezlashtirgan.

“Rossiyaning maqsadi Suriya va Solsberiga asoslangan holda KQTT va Kimyoviy qurollarni taqiqlashga oid konventsiyani zaiflashtirish”, deb aytgan yana bir diplomat.

Kengash rezolyutsiya loyihasi uchun qachon ovoz berishi hali aniq emas. BMTga koʻra, rezolyutsiya tasdiqlanishi uchun toʻqqizta ovoz zarur va kengash aʼzolaridan hech qanday unga veto qoʻymasligi kerak.

Taklif etilgan rezolyutsiyani Xitoy qoʻllab-quvvatlaydi, dedi diplomat.

“Bu – Suriya hukumati ham ("Islom davlati") kabi xalqaro qonunlarga zid ravishda bir necha bor kimyoviy qurol qoʻllagani haqidagi tasdiqning oldini olish harakatlariga oʻxshaydi”, dedi BMTning Inson hukuqlari boʻyicha rahbari Luis Sharbonno.

Rossiyaning BMTdagi missiyasi AFPning vaziyatni sharhlash borasidagi soʻroviga javob bermagan.

Javobgarlarni aniqlash

Suriyadagi kimyoviy hujumlar boʻyicha yangi tergov ishlari yaqin haftalar ichida boshlanadi, deb aytgan edi KQTT bosh direktori Fernando Arias mart oyida.

Gʻarb davlatlari tergov guruhini 2018-yil Suriyaning Duma shahrida sodir etilgan halokatli hujum aybdorlarini aniqlash ishlarini boshlashga chaqirmoqdalar.

Oʻtgan yil aprel oyida Dumada sodir etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya boʻylab havo zarbalarini bergan Qoʻshma Shtatlar, Britaniya va Fransiya yuz berishi mumkin boʻlgan yangi holatlarga hushyor qolmoqdalar.

KQTT oʻz hisobotida Dumada xlor gazi qoʻllanilgani va natijada 40 nafar suriyalik halok boʻlgani haqida xabar bergan, ammo Rossiya va Suriya bu daʼvolarni rad etgan.

Hisobotda Dumadagi voqea ortida kimlar turgani ochiqlanmagan, sababi bu masala oʻshanda KQTT mandatiga kirmas edi.

2015-yilda kengash Suriyada kimyoviy qurollar qoʻllanganiga kim javobgar ekanligini aniqlash maqsadida KQTT-BMTning qoʻshma tergov mexanizmini tashkil etishni bir ovozdan maʼqulladi.

Qoʻshma komissiya Suriya hukumatini xlor hujumlarini uyushtirganlikda va xuddi shu yili Xon-Shayxun shaharchasida zarin gazini qoʻllaganlikda ayblagani sababli 2017-yil oxirida Rossiya uning mandatini uzaytirish qaroriga veto qoʻygan edi.

Rossiya oʻz ittifoqdoshi Suriyani xalqaro jazo choralaridan saqlab qolish uchun 12 bor veto huquqidan foydalangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya har doimgidek suvni loyqalatmoqda.

Javob berish