Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya yolgʻon bahonalar bilan Suriyada tinch fuqarolarni qirgʻin qilishdan toʻxtamayapti

AFP va Karvonsaroy

28-may kuni Idlib viloyatida (Suriya) Rossiya aviazarbalari natijasida hayotdan koʻz yumgan oʻgʻliga motam tutib yigʻlayotgan mahalliy aholi vakillaridan biri, videolavhadan olingan kadr. [Fayl]

28-may kuni Idlib viloyatida (Suriya) Rossiya aviazarbalari natijasida hayotdan koʻz yumgan oʻgʻliga motam tutib yigʻlayotgan mahalliy aholi vakillaridan biri, videolavhadan olingan kadr. [Fayl]

NYU-YORK – Rossiya terrorchilarga qarshi kurash bahonasida Suriyada ommaviy qirgʻin amaliyotlarini davom ettirmoqda, yaqinda uning havodan bergan zarbalari natijasida yuzlab tinch aholi vakillari halok boʻldi, yuz minglab odamlar esa qochqinga aylandi.

Aprel oyi oxiridan beri Rossiya va uning ittifoqchisi Suriya hukumat kuchlari Idlibda havo hujumlarini kuchaytirgan. BMT maʼlumotlariga koʻra, buning oqibatida 270 mingdan ortiq suriyalik oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan.

Idlibning katta qismi asosan Suriyadagi “Al-Qoida” boʻlinmasining sobiq aʼzolaridan tarkib topgan “Hayot Tahrir ash-Shom” guruhi nazoratida boʻlib turibdi.

Rossiya otashkesim tartibiga amal qilayotgani va jangovar operatsiyalar chogʻida faqat “terrorchilarni” nishonga olayotganini aytmoqda.

Rossiyaning havo zarbalari natijasida vayron boʻlgani xabar qilingan bino xarobalari orasida turgan ayol. Idlib viloyatida isyonchilar nazoratida boʻlib turgan Kafr-Nabal shahri, 20-may. [Umar Haj Kadur/AFP]

Rossiyaning havo zarbalari natijasida vayron boʻlgani xabar qilingan bino xarobalari orasida turgan ayol. Idlib viloyatida isyonchilar nazoratida boʻlib turgan Kafr-Nabal shahri, 20-may. [Umar Haj Kadur/AFP]

26-may kuni Suriyaning Idlib viloyatida rossiyalik harbiy tomonidan turarjoy binosi portlatilganidan soʻng boshlangan vahima va toʻs-toʻpolon aks etgan videolavha kadrlaridan biri. [Fayl]

26-may kuni Suriyaning Idlib viloyatida rossiyalik harbiy tomonidan turarjoy binosi portlatilganidan soʻng boshlangan vahima va toʻs-toʻpolon aks etgan videolavha kadrlaridan biri. [Fayl]

Bu daʼvo joylardagi mahalliy aholi va bir qator xalqaro notijorat tashkilotlarining rad etib boʻlmaydigan dalil-isbotlariga zid kelmoqda.

Qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriyadagi Inson huquqlari vaziyatini monitoring qiluvchi tashkilotga (SOHR) koʻra, Suriya rejimi va Rossiya qurolli kuchlari tomonidan berilgan zarbalar natijasida qariyb 3 million suriyalik istiqomat qiluvchi anklavda birgina 30-aprelning oʻzida 228 nafar tinch aholi vakili, jumladan 67 ta yosh bola halok boʻlgan.

SOHR maʼlumotlariga koʻra, bir necha oy avval Idlibda zoʻravonliklar boshlanganidan beri halok boʻlganlarning umumiy soni 950 taga yetgan.

BMT insonparvarlik tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi jangovar harakatlar davomida umumiy hisobda 24 ta tibbiy muassasa va 35 ta maktabga zarba berilgan.

Dushanba kuni “Human Rights Watch” tashkiloti Suriya rejimi va Rossiyani “soʻnggi haftalarda Suriya shimoli-gʻarbida tinch aholiga qarshi noqonuniy hujumlarda xalqaro darajada taqiqlangan va boshqa keng koʻlamli taʼsirga ega qurollarni” qoʻllashda aybladi.

Ular “havodan tashlanadigan, qamrovi keng portlovchi qurollar, jumladan bochkali bombalar bilan bir qatorda taqiqlangan kassetali qurollar va alangalanuvchi oʻq-dorilarni ishga solishgan”, deb xabar bergan tashkilot.

Hujumlar kuchayib borayotganiga qaramay, hukumat kuchlari anklavni toʻliq qoʻlga olish boʻyicha qarshi hujum eʼlon qilmadi.

Rossiya va isyonchilar tarafdori Turkiya sentabr oyida oʻt ochishni toʻxtatishga kelishgan edi. Sakkiz yildan beri davom etayotgan urushning eng ogʻir gumanitar inqirozni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shunday qarorga kelingan.

Ayrim tahlilchilar Rossiyani kelishuvni buzganlikda va mintaqadagi tinch aholini himoya qilishga qodir emaslikda ayblaganlar.

30-may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, uni otashkesim bitimiga amal qilishga chaqirgan.

Erdoʻgʻon Putinga Suriya inqirozining siyosiy yechimini izlashga eʼtibor qaratish uchun “otashkesimni zudlik bilan joriy etish kerakligini” aytgan, deyiladi bayonotda.

U shuningdek, koʻplab odamlarning halokatiga sabab boʻlgayotgan, asosan tinch fuqarolarga qaratilgan Suriya rejimining hujumlarini toʻxtatish va Turkiya chegaralari tomon yoʻnalgan qochqinlar “xavfini” bartaraf etish zarurligini taʼkidlagan.

Rossiyaning Suriyani himoya qilish yoʻlidagi urinishlari

Oʻz ittifoqdoshi Suriyani xalqaro hamjamiyat nazoratidan himoya qilishga urinar ekan, Rossiya dushanba kuni Suriyaning Idlibdagi harbiy kampaniyasini qoralovchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qoʻydi.

AFPning maʼlum qilishicha, Rossiya taklif etilgan hujjatni “bir yoqlama” deb atagan.

Rezolyutsiya matni zoʻravonlikning kuchaygani munosabati bilan oʻtkazilgan kengashning ikki favqulodda majlisidan soʻng, Belgiya, Germaniya va Kuvayt tomonidan taklif etilgan edi.

Oʻtgan oyda Idlib viloyatidagi keng qamrovli hujumlar natijasida gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi boshqa bir bayonot ham Rossiyaning qarshiligiga uchragandi.

Xavfsizlik kengashi bayonotlarining qabul qilinishi uchun ularni kengashning barcha 15 aʼzosi bir ovozdan yoqlashi talab etiladi.

Moskva taklif etilgan rezolyutsiyadagi “hamma narsaga” qarshi, deb aytgan Rossiya elchisining oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy.

Taklif etilgan rezolyutsiya matnida “Suriya shimoli-gʻarbidagi jangovar harakatlarning faollashuvi”, jumladan kasalxonalar, tibbiyot muassasalari va maktablarga qarshi hujumlar yuzasidan xavotir bildirilgan.

Unda “shimoli-gʻarbiy Suriyada keng koʻlamdagi harbiy operatsiya vaziyatida yuz beradigan ehtimoliy gumanitar falokat” haqida ogohlantirilgan. Hujjat matni AFP tomonidan oʻrganib chiqilgan.

Taklif etilgan chora tomonlarning Rossiya va Turkiya oʻrtasida erishilgan otashkesim bitimiga qaytishini koʻzda tutadi.

Bu Rossiya tomonidan Suriyani himoya qilishga qaratilgan harakatlarning birinchisi emas.

16-may kuni Moskva Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etgan unda Suriyadagi kimyoviy hujum boʻyicha yangi tergov boshlanishi oldidan BMTning kimyoviy qurollar boʻyicha nazoratchi tashkilotini “siyosiylashganlikda” ayblagan. Tergovga koʻra, Suriya rejimi anchadan beri kimyoviy qurollar qoʻllab kelganlikda ayblangan.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) oʻtgan yili kimyoviy qurollardan foydalanganlarni aniqlash mexanizmini ishga tushirishga kelishib olgan edi. Bu chora Rossiya va Suriyaning qatʼiy qarshiligiga uchragan.

Boshqa raddiyalar

Kuchli qarshi dalillar mavjudligiga qaramay, dushanba kuni Kreml Idlibda Rossiya “terrorchilarni” nishonga olganini taʼkidladi.

“Idlibda koʻp sonli terrorchi va jangarilar toʻplangan”, deb aytgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

“Terrorchilarning hujumlariga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”, deb qoʻshimcha qildi u. “Bu kabi oʻt ochish pozitsiyalarini bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.”

Rossiya va Turkiya vaziyat borasidagi pozitsiyalarini muvofiqlashtirmoqdalar, dedi u.

Idlibdagi urushning tugatilishi uchun Turkiya maʼsul, degan edi Peskov oʻtgan hafta. U dushanba kuni bu soʻzlarini yana bir bor takrorlagan.

U yakshanba (2-iyun) kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya va Rossiyani Idlibni portlatishni bas qilishga chaqirganidan soʻng shunday bayonot bergan.

“Men Rossiya, Suriya va qisman Eron Suriyaning Idlib viloyatini portlatishda davom etayotgani va ajratmasdan begunoh fuqarolarni oʻldirayotganini eshitmoqdaman”, deb yozgan u Britaniyaga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketishidan avval.

“Dunyo bu qirgʻinni tomosha qilmoqda. Maqsad nima, bu sizga nima olib keladi? TOʻXTANG!”, dedi Tramp.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Chunki Rossiyaning oʻzi terrorizm homiysidir

Javob berish

AQSH, Turkiya va Yevropa Suriyadagi terrorizmning asosiy manbalari boʻlgan Rossiya va Eronni tiyib qoʻyishi kerak. AQSH Kurdiston ishchi partiyasi bilan oʻynashishni bas qilib, turklar bilan hamkorlik boshlashi, ularni Rossiya va Eron bilan yakkama-yakka qoldirmasligi kerak. Al-Asad va Putin Eron va shia guruhlarisiz yoʻq boʻlib ketadi. Asad va Putinning qonli rejalari Suriya xalqiga juda qimmatga tushib boʻldi (500 mingta qurbon). Bu ikkovini musulmonlarni qirgani uchun oʻz vaqtida Miloshevich va Karajich bilan boʻlgani kabi Haaga tribunali kutib turibdi.

Javob berish

Toʻgʻri qilyapti Rossiya. Balo bormi u yerda ahmoq oʻzbeklarga.

Javob berish

“Rossiya hech kimni bombalayotgani yoʻq, bular Gʻarbning fitnalari”. Ha, janob AFP va Karvonsaroychilar, bu fitna. Siz ham oʻsha gʻarbdan oylik olasiz, toʻgʻrimi? Ha, bu ham toʻgʻri. Fitnalarni “koʻpaytiring”, huzurlaning, faqat xomkallalar va gʻalamislar foydasiga ishlayvering.

Javob berish

Rossiya terrorchi mamlakat

Javob berish

Rossiya va AQSH boʻlmasa, Xitoy ham boʻlmaydi

Javob berish

Bularning bari Gʻarb ommaviy axborot vositalarining yolgʻonlari

Javob berish

Rossiya yana qatliomni boshladi

Javob berish

Rossiya hech kimni bombalayotgani yoʻq, Gʻarbning fitnalari bu

Javob berish

Rossiya oʻnlab xalqlarni qatilom qilishda xizmat koʻrsatgan. U terrorchi mamlakat.

Javob berish

Oʻzing terrorchisan, tentak

Javob berish

Sen esa gʻozdek ahmoq ekansan

Javob berish