Karvonsaroy
Saylovlar

Toʻqayev Qozogʻistonning yangi prezidenti etib saylandi

Aydar Ashimov va AFP

Saylov uchastkalari belgilarini olib ketayotgan mashina, 18-may kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

Saylov uchastkalari belgilarini olib ketayotgan mashina, 18-may kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi saylov posterlaridan biri, 8-iyun. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi saylov posterlaridan biri, 8-iyun. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi Qosim-Joʻmart Toʻqayevni qoʻllab-quvvatlovchi posterlardan biri. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi Qosim-Joʻmart Toʻqayevni qoʻllab-quvvatlovchi posterlardan biri. (Aydar Ashimov)

Tarazda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning taraqqiyot va yaxshiroq turmush sharoitlari haqidagi vaʼdalari bitilgan poster, 8-iyun kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

Tarazda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning taraqqiyot va yaxshiroq turmush sharoitlari haqidagi vaʼdalari bitilgan poster, 8-iyun kuni olingan surat. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Qozogʻistonda ertalab soat 9 da oʻn mingga yaqin saylov uchastkalari oʻz eshiklarini ochdi. Suratda Tarazdagi saylov uchastkalaridan biri aks etgan. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Qozogʻistonda ertalab soat 9 da oʻn mingga yaqin saylov uchastkalari oʻz eshiklarini ochdi. Suratda Tarazdagi saylov uchastkalaridan biri aks etgan. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Tarazdagi saylov uchastkalarining birida shirinliklar va ichimliklar tarqatildi. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Tarazdagi saylov uchastkalarining birida shirinliklar va ichimliklar tarqatildi. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Tarazda saylov byulettenini olayotgan ayol. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Tarazda saylov byulettenini olayotgan ayol. (Aydar Ashimov)

Saylovchilar byulettenni olish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak. Qozogʻiston fuqarosi pasporti, 9-iyun kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

Saylovchilar byulettenni olish uchun pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak. Qozogʻiston fuqarosi pasporti, 9-iyun kuni Tarazda olingan surat. (Aydar Ashimov)

NUR-SULTON – Qozogʻistonda uzoq yillardan beri iqtidorda boʻlgan prezident tanlagan voris yakshanba (9-iyun) kungi davlat rahbari saylovlarida gʻolib chiqdi.

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) xabariga koʻra, Qosim-Joʻmart Toʻqayev 70,8 foiz ovoz oldi, uning eng yaqin raqibi, muxolifat nomzodi Amirjon Kosanov esa 16,2 foiz ovoz toʻplagan.

Toʻqayev sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning oq fotihasini olgan edi. Nazarboyev mart oyida kutilmaganda isteʼfoga chiqquniga qadar mamlakatni oʻttiz yil davomida boshqarib kelgan.

Raqiblari, jumladan Kosanov ham Toʻqayevni gʻalaba bilan tabrikladi.

9-iyun kuni Tarazdagi saylov uchastkalaridan birida ovoz berayotgan ayol. (Aydar Ashimov)

9-iyun kuni Tarazdagi saylov uchastkalaridan birida ovoz berayotgan ayol. (Aydar Ashimov)

“Bu siyosiy oʻtish jarayoni xalq ishtirokida amalga oshadi”, dedi Kosanov.

“Xalq hukumat bilan ochiq muloqotga tayyor”, dedi u davlat telekanallarida namoyish etilgan intervьyu chogʻida.

Uchinchi oʻrinni Qozogʻistondagi prezident saylovida ilk bor ishtirok etgan ayol nomzod – Daniya Yespayeva egalladi. MSK xabariga koʻra, u jami 5,2 foiz ovoz toʻplagan.

Toʻqayevning oldida mamlakatning sobiq mustamlakachisi – Rossiya bilan munosabatlar va “Islom davlatiga” (ID) qoʻshilib, keyinchalik Qozogʻistonga qaytgan fuqarolarni radikallashuvdan xalos qilish kabi xavfsizlik muammolari koʻndalang turibdi.

Hibslar va namoyishlar

Yakshanba kuni Qozogʻistonda, shuningdek, soʻnggi uch yil ichidagi eng yirik namoyishlardan biri boʻlib oʻtdi va unda yuzlab odamlar hibsga olindi. Namoyishchilar saylovlarni boykot qilishga chaqirganlar.

Ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, jami 500 ga yaqin odam qoʻlga olingan. Vazir oʻrinbosari Marat Kojayev bu kabi “ruxsat etilmagan” namoyishlarni uyushtirishda “radikal guruhlarni” ayblagan.

AFP nashrining dushanba (10-iyun) kungi xabariga koʻra, voqelikda bundan koʻproq odam hibsga olingan boʻlishi mumkin.

Uyushtirilgan degan daʼvolarga qaramay, Toʻqayev saylovlarning “haqiqiy raqobat” muhitida oʻtganini daʼvo qilmoqda.

“Bu bizdagi siyosiy madaniyat darajasi koʻtarilganidan darakdir. Oldinda qilinishi kerak boʻlgan juda koʻp ishlar bor”, deb aytgan u dushanba kuni jurnalistlarga.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) xabariga koʻra, saylovlar chogʻida “keng koʻlamli qonunbuzarliklar” qayd etilgan.

Qozogʻiston hukumati saylovdagi qonunbuzarliklarga oid shikoyatlar yuzasidan tekshiruv oʻtkazilishini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bemaʼni maqola

Javob berish