Karvonsaroy
Terrorizm

Oʻzbekistonda Suriyadan qaytarilgan “aldov qurbonlari” reabilitatsiya qilinmoqda

Maksim Yeniseyev

30-may kuni “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi davomida Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalar Toshkent aeroportida. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

1-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram tadbiri uyushtirildi. (Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi)

1-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram tadbiri uyushtirildi. (Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi)

TOSHKENT – Oʻzbekistonlik mutaxassislar bir necha yil davomida ekstremistik guruhlar, jumladan “Islom davlati” (ID) hukmronligi ostida yashagan va yaqinda Suriyadan qaytarilgan oʻnlab ayollar va bolalar bilan faol ish olib bormoqda.

30-may kuni Oʻzbekiston hukumati Yaqin Sharqdagi qurolli nizolar hududlarida qolib ketgan 156 nafar oʻzbek fuqarosini vataniga qaytarish boʻyicha “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi oʻtkazilgani haqida xabar berdi.

Operatsiya davomida jami 106 ta yosh bola va 48 ayol olib kelingan. Qaytarilganlar orasida ikki nafar erkak boʻlgan, ammo ularning taqdiri haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.

Kurd kuchlari Suriyaning Qamishli shahrida oʻzbekistonlik diplomatlarga oʻzbek fuqarolarining aksar qismini topshirganlar, shundan soʻng ular Oʻzbekistonga olib kelingan.

30-may kuni “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi davomida Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalar Toshkent aeroportida. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

30-may kuni “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi davomida Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalar Toshkent aeroportida. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Kurd kuchlari vakili Kamol Akifning soʻzlariga koʻra, jami uch yuzga yaqin oʻzbekistonlikni vataniga qaytarish koʻzda tutilgan boʻlib, yaqin kunlarda qolganlar ham Oʻzbekistonga olib kelinadi.

Ular prezident Shavkat Mirziyoyevning buyrugʻi bilan “maxsus reys” orqali Oʻzbekistonga olib kelindi, deb xabar bergan Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi.

Hozirda Yaqin Sharqda 3000 ga yaqin oʻzbekistonlik bor, deb aytgan Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi (OʻMDI) rahbari, muftiy Usmonxon Alimov dushanba (10-iyun) kuni.

Qozogʻiston may oyi boshida Qoʻshma Shtatlarning transport koʻmagida Suriyadan 231 fuqarosini evakuatsiya qilishi ortidan Oʻzbekiston hukumati ham oʻz fuqarolarini vataniga qaytarish choralarni amalga oshirgan.

Shuningdek, Tojikiston ham may oyida Iroqdan 84 nafar voyaga yetmagan bolani vataniga qaytargan edi. Ularning onalari “Islom davlati” guruhiga aloqadorlikda ayblanib, qamoq jazosini oʻtayotgan boʻlgan.

“Vaqt, sabr va mehr”

Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi Oʻzbekiston olib borgan operatsiyani olqishlagan hamda nizo hududlaridan odamlarni qidirib topish va qaytganlar bilan ishlash uchun ruhshunoslarni oʻqitishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

30-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) vakili Sascha Graumann qaytarilgan bolalarga psixologik koʻmak koʻrsatishda tashkilotning yordamini taklif qildi.

“Biz Iroq va Suriyada oʻta ogʻir sharoitlarda qolayotgan va UNICEF tomonidan topilgan oʻzbekistonlik bolalarni evakuatsiya qilishda Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”, deb qoʻshimcha qilgan Graumann.

Yoʻldan adashib” oʻz vatanini tashlab ketgan oʻzbeklarga tibbiy, ruhiy, moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatiladi, deyiladi Oʻzbekiston hukumati bayonotida.

Hukumat ularni tinch hayotga qaytarish va jamiyatga qayta moslashtirish uchun taʼlim dasturlari, uy-joy va ish bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda, deb qoʻshimcha qilinadi hujjatda.

Nizoli hududlardan qaytgan ayollar va bolalar sogʻlomlashtirish muassasalariga joylashtirilganlar, u yerda ular bilan ruhshunoslar va shifokorlar ishlamoqda, deb aytgan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari va bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva 30-may kuni Gazeta.uz nashriga.

Ayollar Suriyaga turli sabablar, jumladan, ish qidirib, sevib qolganlari tufayli, ayrimlari esa oilalarini saqlab qolish uchun borishgan, dedi u.

“Koʻp ayollarning turmush oʻrtoqlari u yerda halok boʻlgan. Oralarida Suriyada homilador boʻlganlar va turli infeksion kasalliklar yoki jarohatlar sababli hayotdan koʻz yumganlar ham bor. Baʼzi ayollar uch, toʻrt nafar bolasi bilan uy-joysiz yoki oziq-ovqatsiz oʻta ogʻir sharoitda qolib ketgan”, dedi Norboyeva.

“Ular borib qolgan yerda oʻzlari va bolalari uchun na erkinlik, na ish joyi yoki qulay yashash sharoiti boʻlgan”, dedi u.

“Biz boshqa oʻzbek ayollarining bunday holatga tushishlarini yoki aldov va jangari guruhlarga yollovchilar qurboniga aylanishini istamaymiz”, dedi u.

1-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, prezidentning qizi Shahnoza Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

Bolalar turli sovgʻalar, shirinliklar bilan siylanib, ular uchun koʻngilochar dasturlar namoyish etildi.

“Olib kelingan bolalarni jamiyatga qayta moslashtirish uchun hali koʻp ishlar qilinishi zarur. Ulardagi ishonchni tiklash uchun vaqt, sabr va mehr talab etiladi”, deb aytgan Mirziyoyeva Kun.uz xabariga koʻra.

Ekstremistlar zaiflashmoqda

Insonparvarlik operatsiyasi mintaqada oʻzbek jangari guruhlarining inqiroz belgilari paydo boʻlayotgan vaqtga toʻgʻri keldi.

Avvallari Idlib viloyatida faoliyat olib borgan “Imom Buxoriy jamoati” guruhi 2018-yilda Afgʻonistonga koʻchib oʻtgandi. Biroq, guruhning Telegramdagi kanali 2019-yil boshidan beri jim-jit, uning sayti esa umuman ishlamayapti.

Bu orada oʻzbekistonlik jangarilarning baʼzilari IDni qoʻllab-quvvatlagan “Tavhid va Jihod” guruhi safiga qoʻshilganlar. Ular orasida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan boʻlgan 26-yashar Sherzod Joʻrayev ham bor edi. U guruh safidan chiqib, 2018-yilda Oʻzbekistonga qaytgan.

Guruhning sobiq qoʻmondoni, shayx Salohiddin nomi bilan mashhur boʻlgan Abu Saloh YouTube kanaliga videolar joylab turgan boʻlsa-da, ular u qadar ommalashmagan, bor-yoʻgʻi bir necha oʻn marta koʻrilgan, kanalning obunachilari esa undan ham kam.

Suriya yoxud Kurd kuchlari nazoratidagi qamoqxonalarda qolayotgan oʻzbekistonlik erkaklarda vatanga qaytish imkoni bor”, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Umid Asatullayev.

Ularning ayrimlari biror jazosiz Oʻzbekistonga qayta olishlari uchun maxsus komissiya oʻtgan yilning noyabr oyidan ishlarni koʻrib chiqishni boshlagan.

“Agar ular qilmishlariga chin dildan iqror boʻlib, tergov bilan hamkorlik qilsalar, jazodan qutulib qolishlari mumkin”, deydi Asatullayev. “Shu tariqa hukumat kelajakda ularning radikallashuvini oldini olmoqchi. Jangovar harakatlar yoki terrorchilik amaliyotlarida bevosita ishtirok etganlar esa amnistiyaga tushmaydi, biroq ular oʻz vatanlarida adolatli sud qilinishga haqli boʻladilar”.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi 30-may kungi bayonotida Yaqin Sharqdagi qurolli nizo hududlarida qolayotgan oʻzbek fuqarolariga yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi.

“Turli sabablarga koʻra, oʻzga yurtda ogʻir turmush sharoitlarida qolgan vatandoshlarimizga ular Oʻzbekiston Respublikasi himoyasi ostida ekanliklarini, davlatimiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni koʻrishini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Farzand ota-onasining qilmishlari uchun javob bermasligi kerak. Oʻzbekiston prezidentiga rahmat!

Javob berish

Ketmasdan avval oʻylash kerak nima bilan tugashini, ularni kechirish kerak emas, otish kerak. Vatan xoinlari. Nechta musulmonni oʻldirding? Noinsof.

Javob berish

Eng asosiysi, bu sekinlashtirilgan poyezd halokatiga aylanib qolmasligi kerak. Ular oʻz davlatlarini tuzishga urinmaydilar, deb umid qilamiz.

Javob berish

Hammasi yaxshilik bilan tugaydi deb umid qilamiz

Javob berish