OLMAOTA – Surishtiruvchi jurnalist Ivan Golunovning narkotik moddalar savdosida ayblanishi jurnalistning mamlakatdagi korruptsiya haqida yozishiga toʻsqinlik qilish yoʻlidagi siyosiy oʻyindir, deydi Markaziy Osiyodagi OAV vakillari va inson huquqlari faollari.
Qarorgohi Latviyada joylashgan mustaqil onlayn nashr – “Meduza” da ishlovchi Golunov 6 iyun kuni Moskvada noqonuniy ravishda narkotiklar saqlash va sotishga urinishda ayblanib qoʻlga olindi.
Moskva politsiyasi jurnalistning oʻzida va uning xonadonida narkotik moddalarni topganligini daʼvo qilmoqda.
Golunovning soʻzlariga koʻra, politsiya xodimlarining oʻzi unga narkotik moddalarni tashlab qoʻyishgan va uni ikki oylik uy qamogʻiga hukm qilishgan. Sud hukmi natijasida unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin edi.
Ammo, uning hibsga olinishi xalqaro miqyosdagi noroziliklarni keltirib chiqarishi ortidan 11 iyun kuni Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev kutilmaganda dalillar yetarli emasligi aytib ishni yopishini eʼlon qildi.
Golunov pul yuvish amaliyoti va hukumat rasmiylari bilan uyushgan jinoiy guruhlar oʻrtasidagi aloqalar, jumladan siyosiy taʼsirga ega biznesdagi korruptsiya boʻyicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan edi, deb xabar bergan Jurnalistlarni ximoya qilish qoʻmitasi (CPJ).
Dunyo hamjamiyatining bosimi
Golunovga qarshi jinoiy ishning toʻxtatilgani unga qarshi ayblovlarning soxta ekanligini anglatadi, dedi ayni damda Yevropada istiqomat qiluvchi tojikistonlik jurnalist Xayrullo Mirsaidov.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari “Meduza” jurnalistini mamlakat siyosiy tizimidagi korruptsiyani fosh etuvchi maqolalari uchun hibsga olgan.
“Shunday boʻlsa-da, Rossiya hukumati jinoiy ishga nisbatan bunday reaktsiyani kutmagan edi. Politsiya Golunovni xuddi boshqalar kabi qamab qoʻya oladi, deb oʻylagan”, dedi Mirsaidov intervyu chogʻida.
Golunovning qoʻlga olinishiga qarshi dunyo boʻylab noroziliklar, uni qoʻllab-quvvatlovchilarning Moskvadagi rejali namoyishlari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi jonli efirning uzilish xavfi hukumatni bu ishni qayta koʻrib chiqishga majbur qilgan.
Putinning yillik savol-javob tarzidagi jonli efiri payshanbaga (20-iyun) rejalashtirilgan, unda u mamlakat boʻylab turli savollar javob beradi.
“Shu bilan rasmiylar Putinga efir davomida noqulay savollar berilishining oldini oldilar. Putinning mashhurlik reytingi shusiz ham past”, deb qoʻshimcha qildi Mirsaidov.
12-iyun kuni Moskvada Golunovning hibsga olinishiga javobgar rasmiy shaxslarga qarshi jazo choralari koʻrilishini talab qiluvchi namoyish boʻlib oʻtdi.
Namoyishda politsiya xodimlari 400 dan ortiq odamni qoʻlga olgan, deb xabar beradi AFP nashri.
Yana bir soxtalashtirilgan jinoiy ish
Inson huquqlarini tashkilotlariga koʻra, Golunovning qamoqqa olinishi va keyingi tergov ishlarida bir qator qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan va unga nisbatan ochilgan ish soxtalashtirilgan.
Rossiya huquqni muhofaza qilsh idoralari tez-tez soxtalashtirilgan dalillar asosida ayblovlar qoʻyishadi, deb yozgan oʻz Twitter sahifasida Xalqaro va xavfsizlik munosbatlar Germaniya instituti xodimi Fabian Burkxardt.
“#Rossiya politsiyasi tarafidan tahsinga loyiq ish. Bu holat politsiya xodimlarining 228-moddaga koʻra jinoiy ish ochish uchun “yetarlicha” narkotik moddalarni musodara qilishini koʻrsatadi”, deb yozgan u Twitter sahifasida yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotni nazarda tutib.
Rossiya siyosiy jihatdan nomaqbul deb topilgan mustaqil jurnalistlarni taʼqib qilishi tarixda koʻp kuzatilgan, dedi CPJ xodimasi Gulnoza Said.
“Surishtiruv jurnalistikasi ijtimoiy xizmat oʻrniga jinoyat deb qabul qilinadi”, deb yozgan u oʻzining Facebook sahifasida.
Rossiyada soʻz erkinligi avvalgidan ham kuchliroq cheklanmoqda. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti tomonidan taqdim etilgan 2019-yilgi “Jahon matbuot erkinligi indeksi”da Rossiya 180 ta davlat ichida 149 oʻrinni egallagan.
Jurnalistlar uchun ogohlantirish
Golunovning hibsga olinishi uning oʻz faoliyati uchun taʼqibga uchrashidan boshqa narsa emas, deydi Markaziy Osiyolik huquqbonlar va jurnalistlar.
“Professional surishtiruvchi jurnalistning sintetik giyohvand modda ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganiga ishonish qiyin”, dedi Qirgʻiziston jurnalistlari mustaqil uyushmasi rahbari Azamat Kasibekov intervyuda. “Bu holat huquq-tartibot xodimlariga tomonidan uyushtirilganiga ishonish esa ancha oson.”
“Meduza”ga koʻra, Golunov bungacha ham muntazam ravishda tahdidlarga uchrab kelayotgan, dedi u.
“Korruptsiya boʻyicha tergov qilayotgan jurnalistning qoʻlga olinishi barcha jurnalistlar uchun xavfli. Buday holatlar soʻz erkinligining cheklanishi va butun professional hamjamiyatga qarshi bosim sifatida koʻrilishi kerak”, dedi Kasibekov.
“Korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilish ogʻir va xavfli, dedi oʻzi ham surishtiruvchi jurnalist boʻlgan Kasibekov.
“Korrupsiyachilar jurnalist va uning surishtiruvini toʻxtatish uchun hech narsadan toymaydilar”, dedi u.
Rossiya kuch tuzilmalarining “arzon” instsenirovkasi
Golunovni jinoiy taʼqib qilish, shunga oʻxshash boshqa ishlar singari jurnalistni qoʻrqitib qoʻyish maqsadida amalga oshirilgan, deydi Olmaotada joylashgan “Huquqiy OAV markazi” nodavlat tashkiloti rahbari Diana Okremova.
Shunga qaramay, bunday chora global tanqidlarga qarshi tura olmaydi, dedi u.
“Rossiya huquq-tartibot organlarining qoʻpolligidan hayratdaman. Jurnalistga narkotiklar tashlab qoʻyish arzon va ishonchsiz sahna koʻrinishiga oʻxshaydi”, dedi Okremova.
Tajribali va nufuzli surishtiruvchi jurnalist oʻz obroʻsini xavf ostiga qoʻyib, narkotik sotishi mantiqqa toʻgʻri kelmaydi, deb qoʻshimcha qildi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya hukumatidagilar qozogʻistonlik hamkasblariga yomon oʻrnak boʻlmoqda.
“Rossiya hukumati oʻzini jurnalistik faoliyat sohasini nazorat qilish vakolatiga ega deb hisoblaydi. Bu paradigma, afsuski Qozogʻistondagi voqelikka ham taʼsir koʻrsatmoqda”, dedi Okremova.
Shafqatsiz Putin rejimi
Javob berishFikrlar 5
Rossiyada kuch tuzilmalari doim oʻziga nomaqbul odamlarga narkotik tashlab kelgan.
Javob berishFikrlar 5
Facebookda meni nega blokladingiz??? Sizga tegishli axlat OAV yuzi bilan oʻziga munosib substansiyaga botgani yoqmaydimi? )))
Javob berishRossiyada oldin soʻz erkinligini yoʻlga qoʻyib olishsin :)))
Javob berishFikrlar 5
Ammo endi Rossiya “Golunov”larni qamoqqa olib oʻtirmaydi. “Qotil talonchi” tarafidan oʻldirib ketiladi xolos. Xuddi hozirda demokratik huquqlarini talab qiluvchi va yoki jamiyatga har qanday taʼsiri sezilgan musulmonlarning oʻldirilib ketayotganligi singari.
Javob berishFikrlar 5