Karvonsaroy
Xavfsizlik

IDning oʻz safiga mingyillik avlodga mansub ayollarni yollashga urinayotgani xavotirlarni keltirib chiqarmoqda

AFP va Salaam Times

ID ayollarning jamiyatdagi oʻrni borasida oʻz fundamendalistik gʻoyalariga sodiq qolgan holda, tashkilotga aʼzo jangari ayollarni yangi va “yanada faolroq” vazifalarga tayinlamoqda. [Fayl]

ID ayollarning jamiyatdagi oʻrni borasida oʻz fundamendalistik gʻoyalariga sodiq qolgan holda, tashkilotga aʼzo jangari ayollarni yangi va “yanada faolroq” vazifalarga tayinlamoqda. [Fayl]

HAAGA, Niderlandiya – “Islom davlati” (ID) “xalifaligi” inqirozga yuz tutgach, oʻz safiga yangi aʼzolarni yollashga urinar ekan, u mingyillik avlodiga mansub xotin-qizlarni nishonga olmoqda, deb xabar beradi Yevropol.

2014-yil iyundan 2018-yil avgustgacha boʻlgan muddat uchun IDning ayollar borasidagi tashviqotiga oid Yevropol hisobotida aytilishicha, bu kelajakdagi terrorchi tashkilotlarda jangari ayollar rolining oʻzgarishiga “yoʻl ochishi” mumkin.

“Gap mingyillikka mansub avlod haqida ketmoqda”, dedi Yevropolning terrorizmga qarshi kurash markazi rahbari Manuel Navarette 14-iyun kuni Haagada ushbu maʼruzani taqdim qilar ekan.

ID tashviqoti 16-25 yoshdagi qizlarga qaratilgan. Bu yoshdagilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi va ularda tashviqotga qarshi himoya yoʻq”, dedi Navarett. “ID oʻz eʼtiborini yangi maqsadga qaratgan.”

Suriyaning “Al-Hol” qochqinlar maskanidagi ayol, 3-iyun. [Delil Sulaymon/AFP]

Suriyaning “Al-Hol” qochqinlar maskanidagi ayol, 3-iyun. [Delil Sulaymon/AFP]

Jumladan, ID ayollarning jamiyatdagi oʻrni boʻyicha oʻz fundamendalistik qarashlarini saqlab qolgan holda, tashkilotga aʼzo jangari ayollarni yangi va “yanada faolroq” vazifalarga tayinlamoqda.

“Ular ayollarning erkaklarga yordamchi boʻlish va ular haqida qaygʻurish vazifasini qandaydir saqlab qolishgan”, dedi Navaretta.

“Lekin, keyinroq ular ayollardan boshqa ishlarni, uy bekasi emas, shifokor sifatida yoki boshqa turdagi yordam berishni soʻraydilar”, deb qoʻshimcha qildi u.

Boshpanasiz qolgan ID yangi hududlarni izlamoqda

Tashkilot safiga mingyillik avlodga mansub ayollarni jalb qilish choralari IDning Iroq va Suriyadagi “xalifaligi” shu yil boshida koalitsiya kuchlari tarafidan tor-mor etilishi ortidan boshlangan. Endilikda jangarilar qaytadan kuch toʻplash va shiddatli kurashni davom ettirish uchun oʻz diqqatini Afgʻoniston va yaqin atrofdagi boshqa mamlakatlarga qaratgan koʻrinadi.

Suriya va Iroqda nochor ahvolda qolgan IDga aloqador 4000 nafar ayol va 8000 ta yosh bola muammosini hal etish ustida xalqaro hamjamiyatning boshi qotgan.

Xavf shundaki, tashviqot uchun ayollarning nishonga olinishi yaqin yillarda jangarilar uchun manfaat keltirishi mumkin, deydi Yevropol.

“Ayollar ishtirokining faollashuvi kelajakda jangari ayollar rolining jiddiy oʻzgarishi tomon yoʻl ochishi mumkinligi xavotirga sabab boʻlmoqda”, deyiladi Yevropol maʼruzasida.

Navarettening soʻzlariga koʻra, terrorizmga aloqador ayollarning hibsga olinishi bilan bogʻliq holatlar, ayniqsa Fransiya va Buyuk Britaniyada oshgan.

“IDning tashviqot mashinasi ayollar va bolalar orasida eng faol boʻlganlardan terrorizmga koʻmaklashishni talab qilayotgani oʻrtasida qandaydir bogʻliqlik boʻlishi mumkin”, deb qoʻshimcha qildi u.

Bu kabi xulosalarga qaramay, huquq-tartibot organlari radikallashuv sabablarini izlashda “gender borasida neytral yondashuvni” qabul qilishlari kerak, dedi Yevropol direktori Katrin De Bolle.

“Bu erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham jannat sari yoʻl”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500